A. V. Petrovskiy o'z ishlanmalarida "individual" va "shaxs" tushunchalari bir XIL emasligidan kelib chiqadi. Shaxs bu jamiyatda shaxs tomonidan tabiatan ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayonida EGA bo'lgan alohi


Rus psixologiyasida shaxsning ta’rifi


Download 83.5 Kb.
bet4/5
Sana24.04.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1395317
1   2   3   4   5
Bog'liq
SHXS 2- QISM

Rus psixologiyasida shaxsning ta’rifi
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’riflar berilgan va uning tuzilishini o‘ziga xos tarzda tasavvur qilishgan.Shaxs muammosi rus psixologlari tomonidan juda keng va chuqur o‘rganilgan mavzlardan biri bo‘lib, quyida rus psixologlari tomonidan shaxsga berilgan ta’riflarning tahlillarini keltirib o‘tamiz.

  • A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs – bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ektidir.

  • A.N.Leont’ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va shaxsga shunday ta’rif beradi: shaxs faoliyat sub’ektidir.

  • K.K.Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o‘z rolini anglovchi, jamiyatning ishiga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi.

  • S.L.Rubinshteynning ta’rifiga ko‘ra, shaxs – bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir.

Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o‘zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo‘llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini oldingi mavzuda aniqlashtirib o‘tganimiz uchun, bu tushunchalarning rus psixologlari tomonidan keltirilgan talqiniga qisqacha ta’rif berib o‘tish maqsadga muvofiq.Odam sut emizuvchilar sinfiga daxldorligi, biologik jonzot ekanligi uning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini biologik tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniga ham egadir.
Shaxs jamiyatda o‘z mehnati tufayli ma’lum bir o‘rin egallagan, jamiyatdagi qonuniyatlar asosida rivojlanuvchi, til yordamida boshqalar bilan normal muloqot va munosabatga kirishuvchi odam shaxsdir. Shaxsning asosiy tavsifi uning ijtimoiy mohiyatida ifodalanadi.Individuallik – har qanday insonning betakror, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishidir. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi.
Rus psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir ham bir qancha izlanishlar olib borilgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo‘yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega:

  • Yo‘nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.

  • Bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar – hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.

  • Individual tipologik xususiyatlar – temperament, xarakter, qobiliyat-larda aks etadi.


Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling