A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Grafit tuzilmasi (tuzilishi)


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

1.9-rasm. Grafit tuzilmasi (tuzilishi) 
Qo‘sh π- bog‘ tekisliklari orasidagi masofa anchayin katta 
(3.35 
0
A
), shuning uchun tekisliklar bir-biri bilan nisbatan kuchsiz 
bog‘langan va grafit osongina qatlamdan chiqa oladi. Grafitning 
zichligi 
. Grafitning qatlamlari tekisligidagi elektr 
o‘tkazuvchanligi metal xarakterga ega bo‘lib 10

(Om·sm)
-1
kattalikgacha yetadi. Qatlamlarga perpendikulyar yo‘nalishdagi 
elektr o‘tkazuvchanligi kuchli darajada mono kristall tuzilmani 
mukammalligiga, aralashmalar borligiga va boshqa qator factor-
larga bog‘liq. Elektr o‘tkazuvchanlik anizotropiyasi kattaligi keng 
oraliqda tebranadi: 250 dan 10
4
Om
-1
•sm
-1
gacha. Elektr o‘tka-
zuvchan to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladigan tabiiy grafit ko‘p sonli 
amorf uglerodlari bo‘lgan poli kristall tuzilmaga ega. Shuning 
uchun bunday grafitni elektr o‘tkazuvchanligi katta emas. Undan 


34 
tashqari grafit zarralari zanjirli tuzilma hosil qilish qobiliyatiga 
ega emasligi sababli kompozitning elektr o‘tkazuvchanligini 
orttirish uchun katta konsentratsiyali to‘ldiruvchi kiritiladi. Bu 
esa, materialni fizik-mexanik xossalarini yomonlashtiradi. 
Shu sabablarga ko‘ra, tabiiy grafitga hatto u juda arzon bo‘lsa 
ham oldinlari elektr o‘tkazuvchan to‘ldiruvchi sifatida qiziqish 
uyg‘otmagan.
Lekin oxirgi vaqtlarda aniqlandiki, yangi to‘ldirish usullari-
dan foydalanish bu nuqtai nazarni o‘zgartirishi mumkin. Aniq-
lanishicha, grafitga grafit qatlamlarini hosil qiluvchi kuchli 
elektronlar akseptorlarini (SbF
5
, AsF
5
) kiritilishi uning elektr 
o‘tkazuvchanligini eng yaxshi o‘tkazgich - misdan ham yuqori 
o‘tkazuvchanlikka erishishiga olib keladi. Bunday birikmalardan 
elektr o‘tkazuvchan to‘ldiruvchi sifatida foydalanish ayrim 
hollarda o‘ta qiziqarlidir. 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling