A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

 



SO’Z BOSHI 
Insoniyat o‘z taraqqiyoti davrida foydalangan materiallar
rivojlanish bosqichlarida hamma vaqt ham muhim va ko‘p 
hollarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Hattoki, taraqqiyot 
bosqichlari ular bilan bog‘lanib, tosh asri, bronza asri, temir asri 
kabi nomlar olgan.
Bugungi 
kunda 
barcha 
sohalarda 
foydalanilayotgan 
materiallar turkumining ko‘lamiga ko‘ra, asrimizni polimerli 
kompozit materiallar asri deb atalsa mubolag‘a bo‘lmaydi.
Inson hayotida polimerlarning ahamiyati shu qadar kattaki, 
kishilarning turmush darajasi haqida bu materiallarni iste‘mol 
ko‘lamiga qarab fikr yuritish mumkin. Ma‘lumki polimer modda 
va polimer materiallar o‘rtasida keskin farq bor. 
Polimer modda materialga o‘tishi uchun ko‘p hollarda unga 
turli kimyoviy qo‘shilmalar kiritish zarur. U qo‘shilmalar, 
moddaning fizik va kimyoviy xossalarini, issiqlik va yorug‘likka 
barqarorligini, mexanik mustahkamligi va iqlimbardoshliligini, 
suvga chidamliligi va boshqa xususiyatlarini yaxshilashga 
yordam beradi. Odatda ko‘p polimer materiallarga noorganik 
tabiatga ega bo‘lgan moddani- to‘ldiruvchini kiritib modda 
xususiyatlari o‘zgartiriladi. 
Yetarlicha kompleks xossaga ega materialga bo‘lgan talab 
yuzaga kelsa, yangi turdagi polimerlarni sintez qilib, ularni ishlab 
chiqarilishiga erishish, hamma vaqt ham maqsadga muvofiq 
kelavermaydi. Bu yo‘l juda murakkab, uzun, hamda katta 
mablag‘ talab etishi bilan birga, kutilgan natijaga erishish 
ehtimolligi ham yuqori bo‘lavermaydi. Shuning uchun mavjud 
polimerni fizik o‘zgarishga uchratilishi (modifikatsiyalash), 
ularning boshqa tabiatli modda bilan kombinatsiyasi, boshqacha 
tuzilishga o‘tkazilishi kabi ishlarning bajarilishi natijasida 
olinadigan materialni mustahkamlash, unga alohida to‘ldiruvchi 
turiga bog‘liq holda kompleks xususiyat baxsh etish va arzon-



lashtirish kabi muammolarni hal etish mumkin bo‘ladi. Shuning 
uchun, so‘nggi yillarda polimerlar haqidagi fanda birinchi o‘rinda 
polimerli kompozit materiallar yaratish muammosiga e‘tibor 
kuchaymoqda.
Bunday materiallarni olishning ilmiy asosini ishlab chiqilishi, 
plastiklar doirasini anchayin kengayishiga hamda avval yaratilgan 
va ishlab chiqarilayotgan polimerlar asosida ularning xossalari 
turini orttirishga imkon yaratdi. 
Umumiy holda kompozit materiallar tuzilmasini uzluksiz 
polimer faza (matritsa) va u matritsada ma‘lum darajada taxsim-
langan bir yoki undan ortiq dispers fazadan (to‘ldiruvchi) tashkil 
topgan deb tasavvur qilish mumkin. 
Kompozit materiallar olish tamoyili ikki turlicha fazaning 
(to‘ldiruvchi va matritsa) berilgan kombinatsiyasini u yoki bu 
texnologik usul bilan yaratishdan iborat.
Kompozitlar iste‘mol vazifasiga qarab konstruksion material-
larga, ya‘ni fiziko-mexanik xossalari kompleks tarzda yaxshilan-
gan polimer materiallarga va maxsus xossalarga ega materiallar-
ga, ya‘ni ular iste‘molchi buyurgan talabga ko‘ra, ma‘lum 
darajadagi issiqlik o‘tkazuvchanlik, optik yoki elektrofizik 
xossalarga ega bo‘lgan materiallarga ajratilishi mumkin. 
Ushbu qo‘llanmada polimerli kompozit materiallar xossalari-
ning fizik asoslari bayon etilgan.
Shu bilan birga, polimerli kompozitlar xossalarini matritsaga, 
to‘ldiruvchi turiga, shakliga, o‘lchamlariga, matritsadagi 
ulushiga, tayyorlash texnologiyasi va tashqi ta‘sirlarga bog‘liq 
holda o‘zgarish mexanizmlari tahlil etilib, ulardan amaliyotda 
foydalanish sohalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Qo‘llanmani keltirilgan monografiya va adabiyotlardan keng 
foydalanilib, КА-12-004 ―Respublikaning elektrotexnik va 
mashinasozlik sanoatlari uchun mahalliy xom ashyo asosida 
rivojlantirilgan texnik parametrli polimer kompozitsion material-
lar (shu jumladan nanostrukturali) yaratish‖ loyihasi doirasida 
tayyorlandi.



Aytish joizki, bu turdagi qo‘llanma o‘zbek tilidagi dastlabki 
kitob bo‘lib, ko‘plab atamalar bevosita jarayonga bog‘liq holdagi 
ma‘noda ifodalangan va ayrim kamchiliklardan holi emas. 
Qo‘llanma haqida bildirilgan har qanday fikr va mulohazalarni 
minnatdorchilik bilan qabul qilamiz. 
Mualliflar. 




Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling