A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

I BOB. POLIMERLI KOMPOZITLAR 
1.1. Polimerli kompozit materiallar tushunchasi va ta’rifi 
 
Monomer 
– quyimolekulyar birikma bo‘lib, undan 
polikondensatsiyalanish yoki polimerlanish kimyoviy reaksiyasi 
natijasida polimer hosil bo‘ladi. Polimerlanishda qatnashayotgan 
ko‘pchilik monomerlar quyidagi ikkita sinfga tegishli bo‘ladi:
1) Polimerlanish jarayonida karrali bog‘larni ochilishi tufayli 
yuzaga keladigan birikmalar C=C, C≡C, C=0, C≡N (olefinlar, 
atsetilinli uglevodorodlar, al‘degidlar, nitrillar) va boshqalar;
2) Polimerlanishda siklli guruhlarni yoyilishi natijasida hosil 
bo‘lgan birikmalar, masalan, olefin oksidlari, laktamlar, laktonlar. 
Polikondensatsiyalanish uchun monomerlar sifatida moleku-
lalarda eng kamida ikkita ta‘sirlashuvchi (funksionalli) guruhdan 
iborat ixtiyoriy birikmalar bo‘lishi kerak. Masalan, diaminlar, 
dikarbon kislotalar, aminokislotalar, glikollar.
Bunda bifunksional birikmalardan chiziqli polimerlar, ikki-
dan ortiq funksionallikka ega birikmalardan tarmoqlangan va 
fazoviy (to‘rli) polimerlar hosil bo‘ladi.
Monomerlarga misol sifatida etilen, propilen, stirol, butadien, 
kaproloktallarni ko‘rsatish mumkin.
Polimerlanish (polikondensatsiyalanish) darajasi (koeffitsi-
yenti) – makromolekulalarda takrorlanuvchan bo‘g‘inlar soni 
bilan aniqlanadi. 
Polimerlarda polimerlanish darajasi bir necha birlikdan yuz 
ming, hatto milliontagacha bo‘lishi mumkin.
Polimerlanish darajasini bilgan holda polimer makromoleku-
lasini molekulyar massasini aniqlash mumkin.
M
m
=nM
3



Bu yerda M
m
–makromolekula massasi, M
3
–tuzilmalangan 
bo‘g‘inni (monomer) molekulyar massasi.
Molekulyar massa kattaligiga qarab polimerlar quyidagilarga 
bo‘linadi: 
1. Oligomerlar – MM<5000 
2. Polimerlar – 50003. Yuqori molekulyar birikmali polimerlar – 500001000000 
4. O‘ta yuqori molekulyar polimerlar – MM > 1000000 
Tuzilmalangan bo’g’in – atomlar guruhi bo‘lib, ular polimer 
makromolekulasida ko‘p marotaba takrorlanadi.
Tuzilmalangan bo‘g‘inga misollar: polietilen CH
2
, polistirol 
CH
2
-CH-C
6
H
5

Makromolekula konformatsiyasi va konfiguratsiyasi. 
Konfiguratsiya – makromolekulada valent burchaklar va mos 
bog‘lar uzunligi bilan aniqlanuvchi atomlarni turlicha fazoviy 
taxsimoti bo‘lib, ularni bir holatdan ikkinchisiga o‘tishi kimyoviy 
bog‘larni uzilib o‘zgarishi orqali ro‘y beradi.
Konfiguratsiya makromolekulani ―Kimyoviy tuzilma‖sini 
xarakterlaydi. Konformatsiya konfiguratsiyadan farqli o‘laroq 
molekulani turlicha fazoviy joylashuvlari bo‘lib, ular atomlararo 
bog‘larni uzmasdan kimyoviy bog‘ atrofida atomlar yoki atomlar 
guruhlarini aylanishi tufayli bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Konformatsiya – makromolekulaning konfiguratsiyasini fizik 
o‘zgarishini xarakterlaydi.
Konformatsiya, makromolekulani tashkil etgan atomlar va 
atomlar guruhini fazoviy o‘zgarib joylashishini bildiradi. 
Makromolekulani ma‘lum konfiguratsiyasiga faqat ichki issiqlik 



harakat tufayli uzlukli yoki uzliksiz tarzda o‘zgarib boruvchi 
konformatsiyalar to‘plami mos keladi.
Izomerlar – molekuladagi yadrolarni muvozanat holatidagi 
joylashuvi o‘zaro barcha ta‘sirlar potensial energiyasini 
minimumiga to‘g‘ri keladi. Agar potensial sirtdagi energiya 
minimumlari yetarlicha chuqur va ekvivalent bo‘lmasa, ya‘ni 
chuqurligi va shakli bilan farq qilsa, unda yadroning holatini 
ifodalovchi to‘lqin funksiya ulardan biri atrofida eng katta 
ehtimollikda bo‘lib, shu minimum koordinatasi bilan xarakterla-
nadi. Buning ma‘nosi shundan iboratki, potensial energiya 
sirtidagi har bir minimumga muayyan yadroviy konfiguratsiya 
to‘g‘ri kelib, undagi eng chuqur minimumga molekulalar 
sistemasidagi yadrolarni asosiy holati mos keladi. Qolgan 
energiya minimumlari esa shu molekulani qo‘zg‘atilgan holatdagi 
konfiguratsiyalariga to‘g‘ri keladi. Ya‘ni, bitta molekulyar 
sistema uchun turlicha yadroviy energetik holatlar mavjud bo‘lib, 
ularning har biri o‘zining elektronlar taxsimotiga va o‘zining 
xossalar majmuasiga ega bo‘ladi. Lekin bir konfiguratsiyali 
holatdan ikkinchisiga o‘tish energetik minimumlarini ekvivalent 
emasligi va yetarlicha chuqurligi evaziga juda qiyin bo‘ladi. 
Shuning uchun ularni har biridagi yadro holatlarini bir xil 
tarkibdagi atomlarni turlicha kimyoviy bog‘lar bilan birikkan 
holatlari sifatida qaralib, ularni izomerlar deb yuritiladi.
Izomerlarga misol sifatida benzol, ful‘ven, benzvalen, priz-
man va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.



Benzol 
Ful‘ven 
Benzvalen 
Prizman 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling