A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

Polimerli KM tuzilmalari. Konstruksion maqsadda KM 
tayyorlash uchun to‘ldiruvchi kiritilishining sababi, kuchaytiril-
gan fizik-mexanik xossalari kompleks tarzda yaxshilangan poli-
mer material olishdan iborat. 
Bunga erishish uchun tolasimon sinchlovchi
to‘ldiruvchilarni, 
yupqa dispers to‘ldiruvchilarni, qirqilgan shisha tolalarni, nano-
o‘lchamli organik yoki noorganik zarralar va boshqalarni kiritish 
lozim bo‘ladi. 
Maxsus xossaga ega KM yaratish uchun odatda to‘ldiruv-
chilarni materialga mexanik xossadan tashqari kerakli elektro-
fizik, termik, sensorlik va boshqa xususiyatlarni berish uchun 
kiritiladi. Bunda to‘ldiruvchi zarralari polimer matritsada u yoki 
bu usulda taqsimlanadi. Komponentlarni taqsimlanishi bo‘yicha 
kompozitlar 
matrik 
(regulyar) 
sistemalarga, 
statistik 
aralashmalarga va tuzilmalangan kompozitlarga bo‘linishi 
mumkin. 1.6-rasmda kompozitlarni turli tuzilmalari va matritsada 
to‘ldiruvchini taqsimlanishi ko‘rsatilgan. 
1.6-rasm. Kompozitlar tuzilishi va matritsada to’ldiruvchilar taqsimoti. 
Matrik sistemalarda to‘ldiruvchi zarrachasi regulyar (a
panjarani 
tugunlarida 
joylashadi. 
Statistik 
sistemalarda 
komponentlar xaotik taqsimlanadi va regulyar tuzilma hosil 
qilmaydi 
(b). 
Tuzilmalangan 
kompozitlar 
sistemasiga 


27 
komponentalari zanjirli, yassi yoki hajmiy tuzilmalar hosil 
qiladiganlari kiradi (v,g).
 
1.3. Geterogenli sistemalar (kompozitlar) topologiyasi 
KM topologiyasi deganda dispers faza zarrachalari shakli
ularning o‘lchamlari va dispers muhit hajmi bo‘yicha dispers faza 
taqsimotini tushuniladi. Yana bunga kiritilgan kirishmalar 
o‘lchami, ular o‘rtasidagi masofa, kirishmalar markazi koordi-
natasi, o‘lchamli bir xil bo‘lmagan kirishmalar fazasida yo‘nalish 
burchagi, ya‘ni kirishmaning bir yoki ikkita ajratib olingan 
yo‘nalishdagi o‘lchamlari boshqa yo‘nalishdagiga nisbatan 
anchayin ortiq bo‘ladi. Masalan, tola, plastina kabilar bilan ham 
xarakterlanadi. 
Bir o‘qda yo‘nalgan uzluksiz tola yoki to‘qima asosli 
kompozit materiallar tahlilga oson beriladi (1.7-rasm).

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling