A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Kompozit xossalarini modellashtirish
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- A = ᴧ V bu yerda A , V
6.1. Kompozit xossalarini modellashtirish
Kompozitlarning qo‘llanilish sohasi (mashinosozlik, qurilish, aviasozlik, kosmonavtika va boshqa texnika sohalarida) tobora kengayib bormoqda. Bu esa kompozit materiallarni tayyorlash, ularning komponentalarini analitik tahlil qilish va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganishni dolzarbligini ko‘rsatadi. Tajriba orqali izlanishlar olib borishda maxsus sharoit, uzoq vaqt sarflanishi, asbob-uskuna va komponentalar narxi qimmatligi va h.k. kabi ma‘lum bir qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ushbu qiyinchiliklarni oldini olish uchun optimal matematik modellashtirish usullari orqali kompozitsion materiallarning xossalarini hisoblab o‘rganish katta ahamiyatga ega. Real kompozitsion materiallar uch va undan ko‘p bo‘lgan fazali sistemalar bo‘lib, faza sifatida to‘ldiruvchi va matritsa orasidagi o‘tish qatlami olinadi. Materialning berilgan xossalarini amalga oshirishga ko‘proq imkon beruvchi sistemalar – bu real ko‘p komponentli geterogen sistemalar hisoblanadi. Adabiyotlardan ma‘lumki, turli fizik jarayonlarning guruhi quyidagi turdagi tenglama bilan xarakterlanadi: A = ᴧ V bu yerda A, V – vektor kattaliklar, ᴧ - ko‘chirish koeffitsiyenti yoki materialning boshqa fizik parametri. 6.1–jadvalning 2 va 4 ustunlarida bunday turdagi tenglamalar keltirilgan. Ular j qi –issiqlik oqimini va ∇T i – harorat gradiyentini, j ei – elektr oqimini va D i – elektr induktsiyani, i – elektr maydon kuchlanganligini va V i – magnit induktsiyani, j mi – massa oqimini va ∇C i – kontsentratsiya gradiyentini, va h.k.. 247 Demak, geterogen sistemalarning issiqlik o‘tkazuvchanligini λ, elektr o‘tkazuvchanligini ζ, magnit singdiruvchanligini µ, diffuzi- yasini D va boshqa bir qator fizik parametrlarini aniqlash umumlashgan o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti deb nomlanuvchi ᴧ koeffitsiyentni aniqlashga olib kelar ekan. Agarda hodisaning ma‘lumotlarini tavsiflovchi bir xillik shartlari va tenglamalar bir xil ko‘rinishga ega bo‘lsa, koeffitsiyent ᴧ tuzilishi bir xil bo‘ladi. Ya‘ni masalan, kompozitning elektr o‘tkazuvchanligini hisoblash formulasidagi mos fizik parametrlarni almashtirib, uning issiqlik o‘tkazuvchanlik formulasini olish mumkin. Kritik sohadan tashqarida effektiv muhit nazariyasining turli formulalarini qo‘llash yetarlicha samarali bo‘ladi. Bu formula- larni chiqarishda, metal va dielektrik ―donachalari‖, yaxlit kompozit uchun haqiqiy qiymatiga mos keluvchi solishtirma o‘tkazuvchanlikli bir jinsli ―samarali muhit‖ga tushirilgan deb faraz qilinadi. Effektiv muhit nazariyasida ikki- va uch o‘lchovli sistemalar uchun q 2 =t 2 =q 3 =t 3 =1. Landauer-Bruggeman formulasi effektiv muhit nazariyasining ancha qulay formulasi hisoblanadi: 0 ) 1 ( x x Д Д H H Kompozit xossalarini hisoblovchi ko‘plab formulalar mavjud. Masalan, statistik aralashmalar uchun Odelevskiy formulasi: 2 16 ) 1 3 ( ) 1 3 ( 4 ) 1 3 ( ) 1 3 ( н 2 н н н н V V V V Bu yerda V H, V D - birlik ulushlardagi to‘ldiruvchi va dielektrikning hajmiy kontsentratsiyalari, ρ – aralashmaning solishtirma hajmiy elektr qarshiligi, ρ n, ρ d – to‘ldiruvchi va dielektrikning solishtirma hajmiy elektr qarshiligi. Formuladagi 248 ρ n, ρ d lar almashtirilishi mumkin, masalan: aralashmaning issiqlik o‘tkazuvchanligi λ ni hisoblash uchun to‘ldiruvchining va dielektrikning issiqlik o‘tkazuvchanlik kattaliklariga almashtirish yetarli bo‘ladi. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling