A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
6.1-jadval Turli jarayonlar uchun koeffitsiyentlarni aniqlash Materialning fizik xossasi Mikrosoha uchun tenglamalar (komponentalarda) Komponentalar chegara sirtidagi chegaraviy shartlar Geterogen sistemaning makrosohalari uchun tenglamalar Issiqlik o‘tkazuvchanlik λ 0 qi i i qi j div T j n T n T i i i i 1 1 0 q i i q j div T j Elektr o‘tkazuvchanlik ζ 0 ei i i ei j div j n n i i i i 1 1 0 e e j div j Dielektrik singdiruvchanlik ε 0 i i i i D div D n n i i i i 1 1 0 j div D Magnit singdiruvchanlik μ 0 i i i i B div H B n n i i i i 1 1 0 B div B Diffuziya D i 0 im i i im j div C D j n C D n C D i i i i 1 1 0 m m j div C D j 249 To‘ldiruvchi kontsentratsiyasi yuqori bo‘lgan kompozitlar- ning xossalari ko‘proq to‘ldiruvchi zarrachalari orasidagi tuta- shuv qarshilik bilan aniqlanadi. Ammo adabiyotlarda real kompo- zitsion materiallardagi tutashuv qarshiliklar kattaliklari haqidagi ma‘lumotlar deyarli uchramaydi. Bu ularni eksperimental aniq- lashga urinishdagi paydo bo‘ladigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ancha vaqtgacha kompozitlardagi tutashuv qarshilikni hisob- lash uchun tutashuvning klassik nazariyasidan foydalanilgan. Bunda ―elektr tutashuv‖ tushunchasini elektr toki o‘tkaza oladigan ikki o‘tkazgichning mexanik ulanishi deb tushunilgan. Tutashuv qismida tok chiziqlari naparallel bo‘lib qoladi, ya‘ni tutashuv oldiga yig‘iladi, bu esa o‘tish qarshiligini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Lekin so‘nggi vaqtlarda, zaryad tashuvchilarning o‘tishi faqat bevosita kontakt orqali emas, balki to‘ldiruvchining zarrachalari orasidagi yupqa polimer pardalar orqali ham bo‘lishi mumkinli- gini tasdiqlovchi yangi ma‘lumotlar paydo bo‘lmoqda. Bunda tutashuv qarshilik sifatida ana shunday zarrachalar orasidagi qar- shilikni tushunish kerak. Qalinligi d<500 nm bo‘lgan yupqa polimer qatlamlar bilan ajratilgan zarrachalarga ega bo‘lgan polimer kompozitlardagi tunnel ko‘chish mavjudligi ko‘plab ishlarda ko‘rsatilgan va shubha tug‘dirmaydi. Shu bilan birga zaryad tashuvchilarni ancha qalin pardalardan ham o‘tish imkoni borligini ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar mavjud. Kompozitlarning xossalarini boshqarish imkoniyati: 1) tutashuv qarshilikni o‘zgarishi hisobiga to‘ldiruvchi dispersligini o‘zgarishi (uzunlik birligidagi tutashuv sonlarini kamayishi yoki ortishi) hisobiga amalga oshirish mumkin; 2) to‘ldiruvchi zarra- 250 chalarini majburiy taxlash va ularni aralashmalar tayyorlashdagi optimal usuli, tokli shakllantirish yoki mahsulotni presslash orqali yaqinlashtirish hisobiga; 3) qotish holatini tanlash va to‘ldiruvchi sirtini bog‘lovchi bilan fizik-kimyoviy o‘zaro ta‘sirini inobatga olgan holda termik qayta ishlov, ba‘zi hollarda ushbu o‘zaro ta‘sirni ta‘minlash uchun bog‘lovchini modifikatsiyalash hisobiga amalga oshirish mumkin. Hozirda elektr, issiqlik, magnit maydonlarni hisoblovchi kuchli hisoblash dasturlarining paydo bo‘lishi kompozitlarning xossalarini modellashtirishga imkoniyat bermoqda. Bunday hisob-kitoblarning asosiy qiyinchiligi geometrik modelni tuzib olishda, chunki u ko‘p mexnat talab qiladi. Ayniqsa, uch o‘lchovli masalalar uchun. Geometrik model tuzilgandan so‘ng (6.1-rasm) hisoblash uchun komponent xossalari va chegaraviy shartlar beriladi. Komponent xossalarini yoki materialga qo‘yilgan kuchlanish (―yuklama‖) lar kattaligini o‘zgartirib, bir modelda hisoblash natijalarni kompleks to‘plamini olish mumkin. 500> Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling