A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

II chizma 


58 
Interpolimer komplekslar va ularning kompozitlari ularning 
tuzilmaviy tuzilishini boshqarish imkoniyatlari mavjudligi bilan 
istiqbolli hisoblanadi, ya‘ni ulardagi gidrofob va gidrofil bo‘g‘in-
lar miqdori tuproqni tuzilmalantirishi yoki mul‘chmaterial (chi-
rindi material) vazifasini bajarishi munkin.
IPK zanjirida gidrofilli sohalarni orttirilishi ularni tuzilma-
lantiruvchi xususiyatini yaxshilaydi, chunki IPKni tarqalgan 
bo‘g‘inlari tuproq zarralariga nisbatan yo‘nalish olib, tuproqdagi 
mavjud anion va kationlar bilan bog‘lanadi (III-chizma).
Mustahkam komplementar tuzilmalarda o‘zaro ta‘sirlashuv-
chi komponentlar yaxshi sferik moslikda bo‘ladi, masalan, 
chiziqli polietilenimin va ataktik poliakril kislotalarni har birini 
20 foiz bo‘g‘ini defekt hosil qiladi.
IPK zanjirida gidrofilli sohalar ulushini orttirish uchun o‘zaro 
ta‘sirlashuvchi komponentlardan birini tarkibida ularni orttirilsa, 
nostexiometrik polielektrolit kompleks (NPEK) olinishiga eri-
shiladi.
III chizma 
NPEK muvozanatdagi tuzilma bo‘lib, uning qator xossalari 
elektrostatik komplementar makromolekulalararo reaksiyalar 
mahsuloti sifatida kelib chiqadi va ularni alohida maxsus suvda 
eruvchan polimer birikmalar sinfiga kiritishga imkon yaratadi. 


59 
IPK olinish tamoyili bo‘yicha ikkita farqlanuvchi usulda bo‘lishi 
mumkin. Kimyoviy ta‘sirlashuv va makromolekulalarni komple-
mentar tuzilmalanishi (tayyor holdagi polimerli komponentlar 
eritmalarini aralashtirish) bilan, yoki matritsa- makromolekulalari 
reaktsion muhitiga oldindan kiritilgan monomerni polimeri-
zatsiyasi bilan (matrik polireaksiyalash, ya‘ni komponentlardan 
birining boshqa makromolekulalarda bo‘ylama zanjir ortishi 
bilan) polikompleks shakllanadi. Turli jins guruhlari o‘zaro 
ta‘sirlari tabiati polimer-polimer komplekslarda turlicha bo‘lishi 
mumkin: Van-der-Vaal‘s, elektrostatik, gidrofobli ta‘sir, vodorod 
va koordinatsion bog‘lar.
Polielektrolit komplekslar va ular asosidagi kompozit 
materiallar o‘ziga xos fizik va kimyoviy xossalarga ega. Jum-
ladan: ma‘lum erituvchilarda erimaslik, qiyin eruvchanlik, suv va 
elektrolit ta‘siri ostida plastiklanish qobiliyati, suvga, shuningdek, 
ko‘plab boshqa suyuqliklarga yuqori maxsuslikda adsorb-
siyalanishi, bo‗kgan (shishgan) holatda shaffoflik, ion yutilishida 
tanlashlik va ion almashuv xossalari; dispers zarralarni anion va 
kation sohalariga moslashadigan gidrofil va gidrofob xossalarini 
boshqarish imkoniyatlarini mavjudligi kabilarga ega.
Shu holatlar asosida yangi modifitsirlangan PEK material-
larni qo‘llanish sohalari uzluksiz kengaymoqda.
Hozirgi kunda ularni tuzilmalantirish, flokulyatsiyalash va 
turli yuqori dispers sistemalarni barqarorlashtirish jarayonlarida 
yuqori samara berishi yaxshi ma‘lum.
So‘nggi paytlarda PEK tibbiyotda, qishloq xo‘jaligida, tabiat 
muhofazasi chora-tadbirlar ishlarida tadbiq etishga kirishilmoqda.
Dializ membranalari, suv bug‘lari uchun o‘tkazuvchan plas-
tiklar, sun‘iy qon tomirlari, kontakt linzalar va shunga o‘xshash-


60 
larni tayyorlash uchun yangi material sifatida PEKdan foydala-
nish imkoniyatlari mavjud. 
Shunday qilib, hozirda PEK bo‘yicha ko‘plab nazariy va 
amaliy izlanishlar bajarilayotgani, bu xildagi makromolekulalarni 
o‘zaro ta‘siridan kelib chiqadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
mahsulotlarga va ularning texnika, tibbiyot va qishloq xo‘jaligini 
turli sohalaridagi amaliy tadbiqot imkoniyatlariga bo‘lgan 
qiziqishni kuchli ekanligiga guvohlik beradi.
Hozirgi kunda biologiya va tibbiyotda qo‘llanadigan mikro-
elementlarga ega fiziologik faol polimerlarni sintez qilishda 
metal-komplekslar katta ahamiyat kasb etishi to‘la isbotlangan.
Ular tibbiyotda fiziologik faol polimerli dori-darmonlar yara-
tishda va o‘simlikshunoslikda fitofaol moddalar tashuvchi modda 
sifatida keng foydalaniladi.
Yuqorida aytganimizdek, karboksimetiltsellyulozali (KMS) 
interpolimer komplekslardan ham boshqa biopolimerlar singari 
keng foydalaniladi, lekin polielektrolitlardan farqli ravishda ular 
ko‘p tonnali va iqtisodiy yengil, ekologik toza material 
hisoblanadi.
Barcha adabiyotlarda KMS larni komplekslanishi muhitni – 
vodorod salmog‘i yoki faollik o‘lchovi (pH) funksiyasi sifatida 
o‘rganiladi. Chunki, makromolekula konformatsiyasi va tuzilishi, 
ion kuchlari, karbon (C3) va KMS makromolekulasini erituvchi 
bilan o‘zaro ta‘sir uning kattaligiga bog‘liq.
pH ning kichik qiymatlarida kislota shaklidagi karboksil 
guruhlarini ionlashuvi pasaygan bo‘ladi. Yuqori qiymatlarda esa, 
ko‘p sonli Na ionlari ortishi tufayli itarishish kuchi kamayadi. 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling