A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. pH=2,5 qiymatda interpolimer komplekslar pardalari q bo‘kish


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

2.6-rasm. pH=2,5 qiymatda interpolimer komplekslar pardalari q bo‘kish 
darajasini KMS bilan MFSI (1), MFSII (2), MFSIII (3) lar nisbatlariga 
bog’lanishi. Harorat 25
0
, pH=7, bo‘kish vaqti 40 min bo’lganda 
1 – 7 % triazinon sikllarda 
2 – 15 % triazinon sikllarda 
3 – 35 % triazinon sikllarda (fibrillangan tuzilma) 
Qizig‘i shundaki, mochevinaformal‘degidli smolani o‘zi suv-
da shishmaydi, lekin ekvimol qiymatiga nisbatan IPKda ortiqcha 
miqdorda 
bo‘lishi 
sistemada 
MFS 
protonlashtirilgan 
aminoguruhlari qatnashishi tufayli sistema shishuvchanligini 
orttiradi.
KMS qatnashmaganda olingan MFS zich taxlanib quyuq 
choklangan tuzilmaga ega bo‘ladi. Bunda barcha to‘rli triazinon 
sikllarga tegishli aminoguruhlar qisqa metilenli ko‘priklar bilan 
bir – biriga bog‘langan bo‘lib, gidrofob tuzilmaga olib keladi. 
MFO ortiqcha bo‘lgandagi IPK hosil bo‘lish jarayonida oligomer 


75 
molekulasi IPKni uch o‘lchamli quyuq choklangan zarralari 
orasida qamalib qoladi, natijada oligomer molekulalari orasida 
bog‘ hosil qilish uchun tuzilmalanishni qiyinlashishi yuzaga 
keladi. 
VII chizma 
 
Shuning uchun ham MFO zich taxlanib quyuq choklangan 
MFS tuzilmasiga to‘la o‘ta olmaydi. Bunda yana VII-chizmadagi 
kabi qandaydir miqdorda IPK–MFS aralashmani bo‘kish 
darajasini biroz ortishiga olib keluvchi bog‘lanmagan 
aminoguruhlar ham qoladi.
2.6-rasmdan ko‘rinadiki, MFS zanjirida triazinon sikllar 
qancha ko‘p bo‘lsa, KMS va MFS barcha nisbatlari uchun IPK 
pardalarini shishuvchanligi yuqori bo‘ladi.
Bundan bilinadiki, ko‘rsatilgan namunalarni shishuvchanlik 
qobiliyati ko‘proq tuz bog‘lari bilan belgilanadi, shuning uchun 
tuz bog‘lar bilan barqarorlashtirilgan polielektrolitli komplekslar 
vodorod bog‘lari bilan barqarorlashtirilgan polikarbon kislota 
asosidagi polikomplekslarga qaraganda yuqori darajadagi shi-
shuvchanlikka ega bo‘ladi. Shunga o‘xshash shishuvchanlik 
darajasi o‘zgarishini IPK (KMS-MFSI; KMS-MFSII; KMS-


76 
MFSIII 2.6-rasm) sistemalarda kuzatish mumkin. Ularda 
zanjirlar-aro tuz bog‘larni 7% dan 35% gacha ortishida sistema 
shishuvchan-ligi 50-100 marta ko‘payadi. MFSIII qatnashganda 
KMS-MFSIII sistema shishuvchanligini pasayishi (2.6-rasm 3-
bog‘lanish), ya‘ni MFSIII ekvimol miqdorga nisbatan IPKda 
ortiqcha bo‘lishini MFSIII da bog‘lanmagan zaryadli funksional 
guruhlar miqdorini interpolimerli zanjirlararo hamda ichki 
polimerli kovalent bog‘lar hosil bo‘lishi evaziga kamayib ketishi 
bilan tushuntirish mumkin.
Bu sistema shishuvchanlik darajasi KMS-MFSII va KMS-
MFSI sistemalardan 3-5 marta yuqori bo‘ladi. 
Muhitning pH ko‘rsatkichi o‘zgarishi nafaqat PE orasidagi 
interpolimer ta‘sirlar tabiatini o‘zgartirishga olib keladi, balki 
IPK tuzilma va xossalariga ta‘sir etuvchi funksional guruhlar 
ionlashuv holatlarini o‘zgarishiga ham olib keladi. Turli tartib-
dagi IPK KMS-MFS tuzilmalariga daxldor yuqoridagi muloha-
zalardan aytish mumkinki, muhit pH ko‘rsatkichini IPK bo‘kish 
jarayonidagi o‘zgarishi davomida IPK KMS-MFS salmoqli 
o‘zgarishga uchrashi kerak. 
IPK pardalarini shishuvchanligi pH qiymati 1 dan 5 gacha 
o‘sib borganda anchayin ortadi (2.7-rasm). Bu ortish IPKni 
barqarorlashtiruvchi vodorod bog‘larni buzilishi tufayli bo‘lishi 
mumkin. pH qiymatini keyingi 5 dan 10 gacha ortishi IPK 
namunalar shishuvchanligini sezilarli o‘zgarishga olib kelmaydi. 
IPK shishuvchanlik darajasi qiymatini o‘zgarmay qolishi 
quyidagicha izohlanishi mumkin. pH qiymati bu keng oraliqda 
o‘zgarganda IPK barqarorligini ta‘minlovchi zanjirlararo tuz 
bog‘lari o‘zgarishga uchramaydi. Bu esa, ularni suv va qishloq 
xo‘jaligida qo‘llash uchun juda muhim sanaladi, pH qiymatini 
keyingi 10 dan yuqoriga tomon ortishida zanjirlararo tuz 


77 
bog‘larni uzilish jarayoni boshlanadi va IPK pardalari 
shishuvchanligini keskin ko‘tarilishiga olib keladi. Kuchli 
ishqoriy muhitlarda pH≥12 parda disperslanib, to‘rsimon MFS 
kukunsimon cho‘kma ko‘rinishida bo‘ladi, KMS esa, eritma 
gardishida ajralib chiqadi.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling