A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


 Interpolimer komplekslarning fizik – kimyoviy


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

2.3. Interpolimer komplekslarning fizik – kimyoviy 
xossalari va ular asosidagi kompozit materiallar 
IPEK va IPK hosil bo‘lishini ikkita: tur va mahsulot tabiatiga 
hamda turiga ko‘ra ajratish mumkin, ya‘ni neytral – kuchsiz 
ishqoriy hamda, kuchsiz kislotali va kislotali muhitlarda yuzaga 
keladigan mahsulot tabiati bo‘yicha.
Birinchi variantda interpolimerli tuz bog‘lari barqaror bo‘lsa, 
ikkinchisida ham ion, ham vodorod bog‘lar bo‘ladi. Hozirgi 
kunga qadar ma‘lumki, quyimolekulyar elektrolitlarsiz suvli 
eritmadan bir jinsli pardalar hosil bo‘lmaydi, chunki uning komp-
lekslanish reaksiyalarida katta zaminli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Bunday sistemalardan pardalarni odatda suv–ammiakli yoki 
suv–organik erituvchilar aralashmasidan olinadi. Zanjirida 
turlicha triazinon fragmentlari bo‘lgan KMS bilan MFS 
sistemalar pardalarini suvli eritmadan olishda optik shishani 
sirtiga sepish va erituvchini bug‘latish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Olingan IPK pardalari bir jinsli bo‘lsalarda, hamda IPK bitta 
komponentasi – mochevinaformal‘degidli smola – eritmasidan 
parda hosil qilmasa ham, ular optik zichliklari bo‘yicha bog‘lar 
turi va miqdoriga bog‘liq holda farq qiladilar. 


69 
MFO va KMS asosida IPK–MFS aralashmalari va IPK 
shakllanishini mochevinaformal‘degidli oligomerlar polikonden-
satsiyalanayotganda rastrli elektron mikroskop usuli bilan maxsu-
lot morfologiyasi o‘zgarishini kuzatish mumkin.
Rastrli elektron mikroskop usuli yordamida IPK va IPK–MFS 
va IPK–KMS aralashmalar pardalari morfologiyasini o‘rganish 
natijalari ko‘rsatadiki, bu ob‘yektlar tuzilmasiga MFS kimyoviy 
tuzilishi va birinchi navbatda ulardagi interpolimerli elektrostatik 
o‘zaro ta‘sirlashuv qobiliyatini belgilovchi aminoguruhlar miq-
dori kuchli ta‘sir qiladi. 
Dastlabki MFO tarkibida triazinon fragmentlari miqdorini 
35% gacha orttirilishi o‘ta birjinsli tuzilma hosil bo‘lishiga olib 
keladi. Bu holat interpolimerli elektrostatik o‘zaro ta‘sirla-
shuvidan kelib chiqadigan KMS va MFSlarni bir-biriga kuchli 
moyilligida aks etadi. Turlicha sikllarga ega IPK tuzilmalari 
fragmentlarini VI chizmadagi kabi tasavvur etish mumkin.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling