A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

nisbatlariga bog’lanishi. 
1 – KMS – MFSI 7% triazinonli sikllar
2 – KMS – MFSII 15% triazinonli sikllar 
pH=2,5 bo‘lganda o‘tkazilgan interpolimerli reaksiyalarda 
KMS karboksilat guruhlari protonlashtiriladi va ular orasida 
COOH-COOC vodorod bog‘lar yuzaga keladi. Bu ta‘sir bog‘lari 
KMS makromolekulasini o‘rama shaklda qayrilishga olib keladi 
va ular o‘zi ham o‘zaro shunday vodorod bog‘lari bilan 
bog‘lanadi. IPK zarralarida uning komponentalari makromoleku-
lalari qaralayotgan sharoitlarda o‘zaro ionli va vodorod bog‘lar 
bilan barqarorlashgan bo‘ladi, zarralar esa, bir-biri bilan vodorod 
bog‘lari va Van-der-Vaal‘s kuchlari bilan bog‘langan.
Interpolimer kompleks pardalarni muvozanatli bo‘kgan 
holatida suv molekulalari kuchsiz bog‘larni (Van-der-Vaal‘s) va 
oson yetadigan vodorod bog‘larni osongina uzib yuboradi va 
zanjirlararo tuz bog‘lari energiyasini pasaytiradi, natijada KMS-
MFS va ular kompozitlarini bo‘kgan holatida quruq-havodagiga 
qaraganda elastiklik modulini umumiy kamayishi ro‘y beradi.


86 
KMS da asosiy molekulalararo bog‘lar, vodorod bog‘lari 
sanaladi. IPKda esa, vodorod va zanjirlararo tuz bog‘lari bo‘ladi.
Suv molekulalari ta‘siri ostida vodorod bog‘lar KMSda ham 
IPKda ham uziladi, lekin IPKda zanjirlararo tuz bog‘lari biroz 
bo‘shashgan holatga o‘tsada, saqlanib qoladi. 
Shuning uchun KMS bo‘kgan holatidagi (120 marta) 
elastiklik moduli IPKlarni bo‘kgan holatidagiga nisbati, bu 
materiallarni quruq havoli holatidagi nisbatiga qaraganda ko‘p 
marta (60 marta) kamayadi (2.10, 2.11-rasmlar). 
IPK-MFS sistemalarni muvozanatli bo‘kgan holatida quruq 
havodagiga nisbatan kamroq kamayishini suvni plastiklantirish 
ta‘siri bilan bog‘lash mumkin.
IPK pardalarni amaliy qo‘llanishida ularni ishchi xarakteris-
tikalaridan uzilish va uzayish kuchlanishini hamda parda olinishi-
ga muhit pH qiymat ta‘sirini bilish zarur. O‘zaro ta‘sirlashuvchan 
komponentalarni turli nisbatlarda buzilish kuchlanish qiymatlari 
o‘zgarishini murakkab xarakterda ekani 2.12–rasmda ko‘r-
satilgan. 
KMS tarkibiga dastlabki MFSI qo‘shilishi pardalarni uzilish 
kuchlanishini kamaytirishga olib keladi. Bu hol o‘ramasimon 
srtrukturalar yuzaga kelishi bilan hamkorlikda ro‘y beradigan 
fibrillali tuzilmalarni o‘zgarishi bilan bog‘liq. Boshqacha 
aytganda, geterogen tuzilma hosil bo‘ladi. O‘rganilayotgan 
sistemalarning geterogenlik darajasi quyidagi qator bo‘yicha ortib 
boradi: KMS-MFSIII (3-bog‘lanish), KMS-MFSII (2-bog‘lanish), 
KMS-MFSI (1-bog‘lanish). Bunda uzilish kuchlanishi ko‘proq 
darajada 
geterogenligi 
katta 
sistemalarda 
kamayadi 
(1-
bog‘lanish).
Sistemada ekvimol nisbatga qadar kuchlanish ortib borishini, 
hosil bo‘layotgan zanjirlararo tuz va vodorod bog‘lari miqdorini 


87 
ortishi bilan bog‘lash mumkin. Qancha tuz bog‘lari ko‘p bo‘lsa 
(ya‘ni MFS zanjirida triazinonli fragmentlar miqdori ko‘p bo‘lsa), 
uzilish kuchlanishining mutloq δ
р
qiymati shuncha katta bo‘ladi. 
sistemada MFS miqdorini keyingi ortib borishi sistemani 
geterogenlik darajasini oshiradi va uzilish kuchlanishini kama-
yishiga olib keladi (2.12-rasm). 
IPK pardalari namunalarini uzilishdagi nisbiy uzayishi 
qiymati turli tarkibdagi KMS-MFSI va KMS-MFSII uchun 
sistemada MFS konsentratsiyasi ekvimol tarkibga qadar ortishi 
bilan ortadi. 
Ekvimol miqdoridan MFS ortib ketsa, uch o‘lchamli 
choklangan MFS zarralari hosil bo‘la boshlaydi va sistema 
geterogenligi ortadi, bu esa, uzilishdagi nisbiy uzayish kattaligini 
kamayishiga olib keladi (2.12-rasm). 

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling