A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. pH=2,5 qiymatlarda olingan IPK pardalari bo’kish darajasini
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII chizma
2.7-rasm. pH=2,5 qiymatlarda olingan IPK pardalari bo’kish darajasini
bo’kish muhiti – pH ga bog’lanishi 1 - KMS – MFSI, 7 % triazinonli sikllar. 2 - KMS – MFSII, 15 % triazinonli sikllar. Harorat 25 0 С. Bu holat MFSlari dispers faza ko‘rinishida bo‘ladigan MFO polikompleks kompozit sistemani uch o‘lchamli polikondensatsi- yalanishi natijasida hosil bo‘ladigan mikrogeterofazali tuzilma bilan yaxshi mos keladi. Ishqor fazalararo o‘zaro ta‘sirni samarali ekranlash bilan birga, KMS karboksil guruhlari ionlashishi hisobiga vodorod bog‘larini ham, MFS aminoguruhlarini 78 protonsizlantirish hisobiga tuz bog‘larini ham buzadi (VIII- chizma). VIII chizma Shu bilan bir vaqtda ishqoriy eritma KMS uchun tanlangan erituvchi ham hisoblanadi. Shunday qilib, IPK pardalarining xossalari ularni olinish jarayonida muhit pH qiymati o‘zgarishiga, hamda komponentalar ta‘sirlashuv tabiatiga va nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bular inter- polimer komplekslarni suv va qishloq xo‘jaliklarida tuzilmalan- tiruvchilar, dispers sistemalarni o‘rnatuvchilar va boshqalarda amaliy qo‘llanishni belgilaydi. Haqiqatan ham, kelgusida, amalda qo‘yilgan aniq masalaga bog‘liq holda oldindan berilgan xossa- larga ega IPK material olish imkoni mavjud. IPK fizik-kimyoviy xossalari ularni amalda filtrlanishga qarshi ekranlar, suv va qishloq xo‘jaliklarida tuzilmalantiruvchilar sifatida qo‘llanili- shini aniqlaydi. IPK pardalarni yutish va ultrafiltrlash xossalarini o‘rganish ularni gaz va suv o‘tkazuvchanligini aniqlsh o‘simlik- shunoslikda membrana sifatida qo‘llanishi sohalari imkoniyat- larini belgilash uchun zarur hisoblanadi. IPK va ularning KMS va MFO asosli turlicha tuzilmali kompozitlarning membrana o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti ―K‖ doimiy p=0,2 kg/sm 2 bosim ostidagi bog‘lanishi 2.8-rasmda keltirilgan. Ko‘rinadiki, membra- nalar ―K‖ qiymatlari MFS miqdori ekvimol tarkibgacha ortganda kamayadi, MFS yanada ortishi esa, membrana o‘tkaza olish koeffitsiyentini oshira boshlaydi. Ma‘lumki, polimer pardalar suv 79 o‘tkazuvchanligi molekulalararo bog‘lar soniga, makromoleku- lalar taxlanish zichligiga va parda gidrofilligiga bog‘liq bo‘ladi. IPK komponentalaridan biri, yoki ikkinchisini ortiqchalash- tirib membrana o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini orttirish, yoki bo‘shashtirish geterogen g‘ovak tuzilmalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Suv o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti ―K‖ning qiymati, 7% triazinonli sikllarga ega IPK KMS-MFSI pardalarda, MFS zanjirida 15%li triazinonli sikllarga ega bo‘lgan IPK parda- larinikidan yuqori bo‘ladi. Bu IPK–MFSII pardalarda ko‘p miqdordagi molekulalararo tuz bog‘larini hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. IPKning barcha variantlarida ekvimol tarkibga yaqin qiymatlarda o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti minimal qiymatga ega bo‘ladi va u IPKda bir jinsli to‘rlar hosil bo‘lishiga olib keluvchi makromolekulalar o‘zaro ta‘sirini ortishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling