A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
Download 6.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi
V chizma
V chizmada polikompleksni taxminiy geterogen sohalari kel- tirilgan. Bu yerda I – MFSni protonlashtirilmagan bo‘g‘inlaridan va KMSni COOH va OH guruhlaridan tashkil topgan yuqori zichlik- dagi molekulalararo ham tuz, ham vodorod bog‘lariga ega bo‘l- gan ikkitortqili blok. II – oz sonli molekulalararo bog‘ga ega, ancha bo‘shashgan IPK qismini ifodalovchi gidrofil blok. Kislotali muhitda (pH=2:3) ekvimol miqdorga nisbatan KMS yoki MFS miqdorlarini ortishi, vodorod bog‘lar zichligini orti- shiga olib keladi. Bunda ikki turdagi vodorod bog‘ bo‘lishi mumkin, ya‘ni KMS va MFO kimyoviy komplementar zanjirlari o‘rtasida (ularni OH … … … N deb belgilaymiz) va bir nomdagi faqat bittasiga yoki IPKni turli zarralariga tegishli zanjirlar bo‘g‘inlari o‘rtasida (OH … … … O) bo‘ladi. Komplekslanishda pH – muhit qiymati ortishi yoki kamayishi olinayotgan IPK tuzilmasini o‘zgarishiga olib keladi, buni eritma qovushqoqligi o‘zgarishidan ko‘rish mumkin (2.2, 2.3-rasm). Olingan natijalar IPKva KMS makromolekulalari assotsiatsiyalanishi yoki ichki segregatsiyasi haqida guvohlik beradi. pHning (<4) kichik qiymatlarida makromolekulani segregatsiyasi ro‘y berib, kompleks gidrofobli, ikkitortqili sohalar bilan boyiydi, bu esa, 65 suvda erimaydigan IPK olinishiga olib keladi (V chizma 1-soha). KMS eritmasini kislotalashtirishda qovushqoqlikni pasayishi, ion shaklidagi COO - Na + guruhni zanjirlararo vodorod bog‘lari bilan assotsiatsiyaga kirishadigan kam dissotsatsiyalangan karboksil COOH guruhga aylanishi bilan bog‘liq. Bu holda go‘yoki makromolekulani o‘ramga o‘tkazuvchan burash ro‘y beradi, buni qovushqoqlikni kamayishidan ham ko‘rish mumkin. pH qiymatini 4 dan 9 gacha orttirganda, vodorod bog‘lar va choklanish takrorlanishini kamayishi evaziga IPK makromolekulasini o‘ram holatidan yoyilishga o‘tishi kuzatiladi. Bu holatni qovushqoqlik qiymatini ortishi ham tasdiqlaydi (2.3- rasm). Shunday qilib, KMS va MFO reaksiya aralashmalari kislo- taligiga bog‘liq holda, yoki eruvchan IPEK (pH=7), yoki erimay- digan IPK (pH=2:4) hosil bo‘lishi kuzatiladi. Interpolimer KMS-MFS kompleks tuzilmasi asosan MFS zarralari tuzilmasi bilan aniqlanib, o‘z navbatida KMS bilan ta‘sirlashuvchan triazinli sikllar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. MFO zanjirida triazinli sikllar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, IPK to‘rli tuzilmasi shuncha zaif tuzilgan bo‘ladi. Olingan IPK muhim xarakteristikalaridan biri, ularning keng pH (2-12) sohada barqarorligidir. KMS IPKdan suvli muhitga joylashadi, MFS esa, cho‘kmaga tushadi. Bu haqda cho‘kmani infraqizil spektroskopiyasi natijalari guvohlik beradi. IPKni ishqoriy muhitda buzilishi ko‘rsatadiki, unig barqaror- ligi uchun faqat KMS OH guruhlari bilan MFS qutbli guruhlari o‘rtasidagi vodorod bog‘lar yetarli bo‘lmaydi, uning uchun yoki interpolimerli tuz bog‘lari, yoki KMS COOH guruhlari ishtiro- kida vodorod bog‘lar yoki bo‘lmasa, har ikkisi ham bir vaqtda 66 hosil bo‘lishi zarur. Ishqoriy muhitda IPK barqarorlik chegarasi oxirgi mahsulotda KMS qanchaligiga bog‘liq bo‘ladi. IPK tarkibida KMS miqdorini, ya‘ni ozod karboksil guruh- larni ortishi barqarorlik chegarasini pasaytiradi. Masalan, KMS: MFS=3:1 mol nisbatlarda olingan mahsulot pH=10 bo‘lganda buziladi. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling