A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


Download 6.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/134
Sana20.11.2023
Hajmi6.9 Mb.
#1788612
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi

 
 
 


113 
II bobga doir savollar 
1. IPK yordamida tuzilmalantirish qanday ro‘y beradi? 
2. IPK fizik va kimyoviy xossalari haqida nimalarni aytish 
mumkin? 
3. IPK pardalarni shishuvchanligi deganda nimani tushunish 
mumkin? 
4. IPK membranalari qanday xossalarga ega? 
5. KMS-MFS sistema pardalari mustahkamligi nimalarga 
bog‘liq? 
6. Potensiometrik titrlash bog‘lanishlari qanday xulosalar bera 
oladi? 
7. KMS elektr o‘tkazuvchanligini haroratga bog‘lanishini 
o‘rganish orqali qanday ma‘lumotlar olish mumkin? 
8. Yupqa pardalar issiqlik o‘tkazuvchanligidagi sakrashlar 
nimani anglatadi? 
9. KMS asosidagi IPKlarda relaksatsion jarayonlar qanday 
usulda o‘rganiladi? 
10. Namga sezgirligi yuqori bo‘lgan datchiklarni qanday olsa 
bo‘ladi? 
 
 


114 
III BOB. POLIMERLI KOMPOZIT 
MATERIALLARNING MEXANIK XOSSALARI 
 
3.1. Kompozitlarning mexanik xossalari 
 
Polimerli kompozitlarning mexanik xossalari tashqi yuklama 
ta‘sirida buzilishi va deformatsiyalanishini belgilaydi.
Materialning asosiy mexanik xossalaridan biri, mustahkamlik 
bo‘lib, u tashqi kuchlar ta‘sirida buzilishga qarshilik ko‘rsatishini 
xarakterlaydi.
Polimerning buzilishi deganda uni qismlarga uzilishini (tu-
tashlik buzilishi) tushuniladi. Buzilish jarayonida bo‘linish chega-
rasida yangi sirt yuzaga keladi. Mustahkamlik yuklama ta‘siri 
davomiyligiga, haroratga, polimer tuzilmasiga, tuzilmadagi turli 
nuqsonlar mavjudligiga, tuzilmadagi molekulalar yo‘nalishiga, 
molekulyar massaga va boshqa qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Polimerli materiallar qattiq jismlar bilan umumiy bo‘lgan va shu 
bilan birga o‘ziga xos buzilish qonuniyatlariga ega. Ularga 
yuklama ta‘siri davomiyligi (mustahkamlikni vaqtga bog‘lanishi), 
harorat (haroratga bog‘lanishi), kuchlanish holati ko‘rinishi, 
molekulyar massa va polimer tuzilmasi kiradi.
Turli fizik holatlarda (relaksatsion holatlarda) polimerli kom-
pozitlar turlicha o‘ziga xos buzilish mexanizmlari bilan xarak-
terlanib, ko‘p holatlarda relaksatsion jarayonlar salmoqli ro‘l 
o‘ynaydi.

Download 6.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling