A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. Polikompleksli membrana suv o’tkazuvchanlik koeffitsiyentini


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

2.8-rasm. Polikompleksli membrana suv o’tkazuvchanlik koeffitsiyentini 
KMS : MFO nisbatlarga bog’liq holda o’zgarishi. 
1 - KMS – MFSI, 7 % triazinonli sikllar.
2 - KMS – MFSII, 15 % triazinonli sikllar. 


80 
2.5. Interpolimerli komplekslarning membranalari 
xossalari va ular asosidagi kompozit materiallar 
Polimer materiallarning yangi avlodi – interpolimer 
komplekslar o‘zining qator yangi va qimmatli xossalarini 
namoyon qilishi bilan hozirda texnika va qishloq xo‘jaligida keng 
amaliy tadbiqini topmoqda.
Lekin, interpolimer komplekslar berishi mumkin bo‘lgan boy 
imkoniyatlarni hozirgi kunda juda oz darajadagi qismi amalda o‘z 
tadbiqini topmoqda xolos. Buni ko‘p tonnalardagi polielektro-
litlarni va ular xossalarini sistemalashtirilgan ma‘lumotlari 
yo‘qligi, ya‘ni ko‘plab tadqiqotlar yo‘nalishi komplekslanish 
reaksiyalari kinetikasi qonuniyatlarini o‘rgatishga qaratilganligi 
bilan izoh-lanadi.
Shu ma‘noda interpolimer komplekslar xossalarini o‘rganish 
va mahsulot xossalari bilan o‘zaro ta‘sirlashuvchi komponentlar 
xossalarining bog‘lanishini aniqlash hozirgi kunda katta ilmiy va 
amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
Qator interpolimer komplekslar uchun xos bo‘lgan ilmiy 
muammolarni yechimi, berilgan xossaga ega yangi polimer 
mahsulotlarini olishga imkon beradi. Lekin bu yo‘nalishlardagi 
tadqiqotlar soni juda kam va ular ham PEK kabi sistemalar uchun 
bajarilgan. IPK-KMS-MFS pardalarning mexanik xossalarini o‘r-
ganish, ularni bevosita suv va shamol erroziyalariga qarshi va 
tuproq melioratsiyalarida qo‘llash muammolarini dolzarbligidan 
kelib chiqadi.
Turli tuzilmali IPK KMS-MFS pardalarni bir o‘qdagi 
cho‘zilishi 2.9-rasmda keltirilgan. Absissa o‘qi bo‘yicha namu-
nani dastlabki ko‘ndalang kesimiga keltirib hisoblangan nisbiy 
deformatsiya ε (%), ordinata o‘qi bo‘yicha kuchlanish δ (MPa) 


81 
qo‘yilgan. Ko‘rinadiki, KMS va IPK pardalari 15% gacha 
bo‘lgan oraliqda elastik deformatsiyaga ega. Adabiyotlardan 
ma‘lumki, sellyuloza efirlari, jumladan KMS ham quruq havoli 
holatda xona haroratida shishasimon holatda bo‘ladi. Shuning 
uchun bir o‘qli cho‘zilish diagrammasida yuqori elastik defor-
matsiya sohasi uncha katta emas (2.9-rasm 4-bog‘lanish). KMS 
va IPK deformatsiyali – mustahkamliklarini solishtirishlar (2.9-
rasm 2 va 4 bog‘lanishlar) ko‘rsatadiki, ular bir turdagi 
deformatsiyali – mustahkamlik xossasiga ega va bir xildagi fizik 
holatda, ya‘ni shishasimon holatda bo‘ladi. Bunday hol 
kuzatilishini tabiiyligi shundaki, IPK mohiyati jihatdan 
mikrogeterofazali sistemani tashkil etib, unda uzluksiz faza 
vazifasini KMS o‘ynaydi.
Dinamometrik bog‘lanishlar (2.9-rasm) deformatsiya qiymati 
kichikligi uchun o‘rganilayotgan ob‘yekt tuzilmasi haqida to‘la 
tasavvur bermaydi. Shuning uchun IPK pardalari tuzilishini 
dastlabki komponentalarni turlicha nisbatlarida baholash uchun 
elastiklik modulini aniqlash zarurati tug‘iladi, chunki uning 
qiymati o‘zaro ta‘sirlashuvchan komponentalar tuzilmasiga va 
zanjirlararo makromolekulyar ta‘sirlar takroriyligiga bog‘liq. 
Sharsimon holatdagi polimerlar uchun elastiklik moduli (E) 
asosan molekulalararo ta‘sir energiyasi bilan aniqlanadi. 
Shuning uchun uning kattaligi interpolimer o‘zaro ta‘sir 
intensivligi va tabiatiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Ma‘lumki, polimer 
sistemaga ixtiyoriy makromolekulalar kinetik bukiluvchanligini 
pasa-yishga olib keladigan tashqi ta‘sir, sistema elastik 
xossalarini orti-shiga olib keladi. 


82 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling