A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi
-rasm. Yupqa pardalar issiqlik o’tkazuvchanligini haroratga
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed
2.14-rasm. Yupqa pardalar issiqlik o’tkazuvchanligini haroratga
bog’lanishi. 1-dastlabki KMS; 2-KMS-MFS; 3-KMS-PMAG; 4-KMS-PGMG. Shu bilan birga interpolimer bog‘larni mavjudligi zanjir bo‘y- lab qo‘shimcha issiqlik qarshiligini hosil qiladi. Shu bois ko‘rsa- tilgan komplekslar uchun χ xatoligi 15 foizdan ortmaydi. 100 Issiqlik o‘tkazuvchanlikni 300-500K oraliqda o‘zgarish xarakteri ko‘plab amorf polimerlarga xos va oxir oqibatda issiqlik sig‘imini C v (T) haroratga bog‘liq bo‘lishiga olib keladi, chunki polimerlarda fononlarni erkin yugurish yo‘li Ɩ makromolekula uzunligi bilan bir tartibda va harorat bo‘yicha o‘zgarmaydi, fononlarni o‘rtacha tarqalish tezligi ʋ esa haroratga sust bog‘lan- gan. Shuning uchun asosiy kinetik formuladan kelib chiqib χ = рС v ʋ (1) χ(Т) С v (Т) issiqlik sig‘im chiziqli С v =1,5Rπ 2 . (Т/θ1) qonuniyat bo‘yicha haroratni keng diapazonda θ3˂˂Т˂˂θ1, ya‘ni makromolekulalar skletli tebranishi xarakteristik haroratlarga mos bir o‘lchamli va uch o‘lchamli kontiniumga mos o‘zgaradi. Ma‘lumki, volt-amper xarakteristikalar (VAX) usuli turli tuzilmalarni tahlili uchun izlanishlarni eng mumkin bo‘lgan usullardan bo‘lib, aniq tok o‘tish sistemasi ma‘lum bog‘lanishli soha ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun yetarlicha katta (lekin teshib o‘tishli darajada emas) toklarda, tok o‘tish sistemasini aniqlash, ularni baholashni yengillashtiradi Interpolielektrolitli komplekslar asosidagi tuzilmalar uchun shunday baholashlarni mavjud ionli va elektronli o‘tkazuv- chanlikni fenomenologik nazariyasi bilan kvazikimyoviy kristall panjaralar defektlari o‘zaro nomukammalligi va material sirti bilan o‘zaro ta‘sirlari kvazikimyoviy nazariyasi o‘rtasidagi o‘xshashlikdan foydalanib o‘tkazildi. Masalan, ma‘lumki yopi- shish, rekombinatsiya va nomukammalliklar tomonidan harakat- chan tok tashuvchilarni tutib qolish kesimi darajalari haqidagi tasavvurlarni mosligi. 101 Tutashuv hodisalarini fenomenologik nazariyasi statsionar tokni tutashuv soha orqali o‘tishini ifodalaydigan va barcha uch turdagi o‘tkazuvchanlik uchun bir xildagi ko‘rinishga (belgilash- largacha mos keladigan) ega differentsial tenglamalar sistemasiga asoslangan. Olingan nazariy natijalardan G‘.I.Muxamedov shogirdlari bilan tayyorlagan KMS va aminoqismlari bo‘lgan polimerlarda (MFS, PMAG va PGMG) sendvich tuzilmali metal-IPEK metal VAXlarini tahlili uchun foydalandilar. Tutashuv materiali sifatida nikel (Ni) olinib 5•10 -5 tor vakuumda termik bug‘latish usuli bilan sirtga purkaladi. Kuchlanishni 10 -1 ’10 -2 (V) oraliq qiymat- larida tajribadagi VAX natijalari omik bog‘lanishga yaqin bo‘ldi, J V n , n=1 (2.15-rasm). O‘ta chiziqli sohalarning yo‘qligi tutashuvdan tok tashuv- chilar injeksiyasi ta‘siri juda kichik ekanligini ko‘rsatadi. Sub chiziqli bog‘lanish yo‘qligi tutashuv oldi hajmiy zaryad sohalari (H 2 S), shu bilan birga metal-IPEK o‘tish qatlami bilan bog‘langan sohalarni ham ta‘siri juda kuchsizligini ko‘rsatadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling