106
Ko‘rinadiki, keyingi qizdirish sikllarida namunalarni qizdi-
rish davomida ɛ'ni haroratga bog‘liqligidagi keskin o‘zgarish
sohasi ham yuqori haroratlar tomon siljiydi (2.18-rasm 1 va 2-
egrilar). Aniqlangan holatlarni birinchi
termosikllarda namu-
nalarni 450K gacha qizdirishda yutilgan suvni qisman bug‘lanishi
bilan tushinish mumkin.
Ma‘lumki, KMS va shuningdek uning asosidagi IPK
uchun
suv plastifikator vazifasini bajaradi.
Shu tufayli suvni qisman
bug‘lanishida ko‘rsatilgan polimerlarda relaksatsion o‘tishlar
ancha yuqori haroratlar tomon siljiydi. KMS da kuzatiladigan
bog‘lanishlar barcha o‘rganilgan IPK
uchun ham o‘rinli bo‘ladi.
Yuqoridagi barcha hodisalar
qaytar xususiyatga ega, ya‘ni
KMS va IPK
namunalarini qizdirilgandagi dielektrik xarakte-
ristikalari namunalarni xona haroratidagi
havoda ushlab turili-
shida suv yutilishi bilan qayta tiklanadi.
Shu vaqtning o‘zida tgδ maksimumlari siljishi yuqori
haroratlar tomon bo‘ladi.
2.19-rasmda havoda 423 K haroratda 1 soat davomida qizdi-
rilgan turli komplekslar ɛ' va tgδ
kattaliklarining haroratga
bog‘lanishi keltirilgan: KMS-PMAG (1 va 1
'
-egrilar), KMS-
PGMG (2 va 2
'
-egrilar) va KMS-MFS (3 va 3
'
-egrilar). 2.19-
rasmda keltirilgan bog‘lanishlar shakli ozod zaryadli tashuvchilar
Debay relaksatsiyasi mexanizmi uchun xarakterli va kuzatilgan
dielektrik kirituvchanlik dispersiyasi
issiqlik ionli qutblanish
modeli doirasida tushuntirilishi mumkin. Yuqorida aytilganidek,
KMSni PGNG, PMAG va MFSlar bilan o‘zaro ta‘siridan
hosil
bo‘ladigan IPK
yangi interpolimer birikma bo‘lib, uning xossalari
tashkil etuvchi polimerlar xossalaridan kuchli farq qiladi. Bu
holat IPK
dielektrik xarakteristikalarini o‘zgarishida yuzaga
chiqadi.