115
3.2. Mexanik xossalarni asosiy xarakteristikalari
Mustahkamlik xossalarining muhim xarakteristikalaridan biri
uzoq muddatlik
bo‘lib, bu vaqt
davomida yuklamali namuna
buzilmay turadi.
Amalda qisqa muddatli va uziq vaqtli mustahkamlik tushun-
chalaridan foydalaniladi.
Qisqa
muddatli mustahkamlik
– uzilishga yoki uzish
kuchlanishiga vaqtinchalik qarshilik ko‘rsatish qobiliyati bo‘lib, u
berilgan deformatsiya tezligi va yuklanish
rejimi tezligidagi
uzuvchi mashinada aniqlanadi. Uzilgungacha bo‘lgan vaqt odatda
100 c atrofida bo‘ladi. Turli haroratlardagi deformatsiya yukla-
masi diagrammasini plastmassalar uchun ko‘rib o‘tish
foydali
(3.1-rasm). Birinchi bog‘liqlik namunani faqat elastik
defor-
matsiyasi kuzatiladigan mo‘rt buzilishiga mos keladi.
Bu holda
uzish kuchlanishi
polimerni chegaraviy mustahkamligiga teng.
2-bog‘liqlik polimerni mo‘rtlik haroratidan
T
x
yuqorida defor-
matsiya va buzilishiga mos keladi, ya‘ni
buzilishdan oldin
majburiy elastik deformatsiyaga to‘g‘ri keladigan mo‘rt
bo‘lmagan (shisha-simon) holat mos keladi.
Bu holat polimerda majburiy elastiklik chegarasiga
yetganda o‘sib boradi.
Kuchlanish
qiymati
orqali o‘tganda namuna barqa-
rorlikni yo‘qotadi. Kuchlanishni ozgina
ortishiga deformatsiyani
katta ortishi mos keladi. Bu holda polimer mustahkamligi
majburiy elastiklik chegarasiga mos keladi. Uzish kuchlanishi
esa,
dan bir qancha katta, chunki cho‘zilish jarayonida polimer
mustahkamlashadi.