Futbol sport turining taktik texnik tayyorgarligi


Download 1.17 Mb.
bet1/2
Sana01.05.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1418126
  1   2
Bog'liq
FUTBOL SPORT TURINING TAKTIK TEXNIK TAYYORGARLIGI

  • Futbolning umumiy tavsifi.
  • Futbol – haqiqiy atletik o’yindir. U tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va sakrovchanlik kabi xususiyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. O’yin davomida futbolchi o’ta yuqori yuklamali ishni bajaradi va bu narsa, o’z navbatida, insonning funksional imkoniyatlari darajasini oshiradi aqliy-irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi.
  • O’zbekistonda futbol jismoniy tarbiya vositasi sifatida tarqalgan. Futbol bilan maktab, kollej, institut, ishlab chiqarish tashkilotlari va armiyada shug’ullanishadi.
  • O’yin jamoaviy kurashning murakkab vaziyatida o’tadi. Bunda har bir jamoa eng yaxshi natijaga erishish uchun barcha bilim va imkoniyatlarini ishga soladi. O’yin negizida o’yinchilari yagona g’alaba maqsadida birlashgan ikki jamoaning kurashi yotadi. Futbol o’yini davomida har bir o’yinchi o’zining shaxsiy fazilat (sifat) larini ko’rsatish imkoniyatlariga ega, lekin shu bilan bir qatorda o’yin har bir futbolchining shaxsiy intilishlarining umumiy maqsadga bo’ysunishini talab etadi.
  • Futbolchi texnik usullarni mukammal darajada bilishi, murakkab o’yin vaziyatlari texnik usullarni qo’llay olishi va jamoaning barcha a’zolari bilan kelishgan holda harakat qilishi lozim.

FUTBOLDAN AMALIY ISHLANMALAR

Oyoq yuzasining ustki qismi bilan to’pga zarba berish

Oyoq yuzasining ichki qismi bilan to’pga zarba berish

Tirgagichlar. To’pni olib yurish, estafeta, masofani belgilash, maydoncha, kuchuvchi darvoza va hakoza mashqlarni bajarish uchun qo’llaniladi.

Futbol boshqaruvining tashkiliy tuzilishi O’zbekiston futbol federasiyasi (O’FF) jamoatchilik tashkiloti sifatida mamlakatda futbolning rivojlanishi uchun to’liq javobgardir. Mamlakatda bolalar va o’smirlar futbolini ommaviylashtirish, futbolchi, murabbiy va hakamlarning professional darajasi va mahoratini oshirish, musobaqalar tizmini tashkil etish va takomillashtirish, moddiy-texnik bazaning rivojlanishiga ko’maklashish O’zbekiston futbol federasiyasining asosiy vazifalaridandir. O’zbekiston futbol federasiyasi O’zbekiston respublikasida futbol rivojiga oid joriy va istiqbolli rejalar ishlab chiqadi, O’zbekiston terma jamoalarining tayyorgarligini tashkillashtiradi. O’zbekiston futbol federasiyasi 14 ta hududiy va viloyat futbol federasiyalarini, 200 dan ortiq usta jamoalari, futbol klublari, sport maktablari, iqtidorlilar va terma jamoa tayyorlash markazlarini birlashtiradi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va viloyatlar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari bilan hamkorlik qiladi. O’zbekiston futbol federasiyasi nizomiga asoslangan xolda xududiy futbol federasiyalari o’z ish sharoitlariga muvofiq nizom ishlab chiqadi vash u nizom bo’yicha o’z faoliyatini olib boradi. O’zbekiston futbol federasiyasining eng yuqori organi anjuman bo’lib, unda 4 yil muddatga prezident saylanadi. Ijroiya qo’mitasi ish organi hisoblanadi. Futbolni rivojlantirish masalalari bo’yicha, qabul qilingan qarorlarning tadbiq etilishini nazorat qilish uchun ijroiya qo’mitaga qo’shimcha bolalar va o’smirlar, o’quv-uslubiy, hakamlar va boshqa qo’mitalar tuziladi.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling