84
IX chizma
+ - zanjirlararo tuz bog‘lari
---- H – bog‘lar
Amalda IPK
pardalardan filtrlashga qarshi membranalar sifa-
tida suvli – bo‘kgan holatlarida foydalaniladi. Shuning
uchun
IPKdan tayyorlangan materiallar fizik –
kimyoviy xossalarini
muvozanatli – bo‘kgan holatda o‘rganish ham muhim sanaladi.
Bu xossalar ko‘p darajada IPK
tuzilmasi, undagi suv holati va
miqdori bilan belgilanadi.
IPK
pardalar mexanik xossalarini
suvda muvozanatli shish-
gan holatda, pH=6.0:7.00 qiymatlarda o‘zaro ta‘sirlashuvchi
komponentalar nisbatlari o‘zgarishiga bog‘liqligini o‘rganish
natijalari 2.10, 2.11–rasmlarda keltirilgan.
Ko‘rinadiki, KMS ga ekvimol nisbatga qadar MFS kiritilishi
bilan elastiklik moduli qiymati orta borib,
maksimum orqali
kamayishga o‘tadi. Ta‘kidlash kerakki, quruq havodagi,
hamda
muvozanatli – bo‘kgan holatlardagi ta‘sirlashuvchan komponen-
talar nisbatlariga elastiklik modulini bog‘lanishida umumiy qonu-
niyat
kuzatiladi, lekin bu xarakteristikalarning son qiymatlari
KMS uchun
120 marta, IPK
uchun
60 marta kamayadi.