A. V. Umarov, G’. I. Muxamedov, X. O. Qo’chqorov // Polimerli kompozit materiallar fizikasi


-rasm. To’rsimon polimerni ustmolekulyar tuzilmasi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/134
Sana14.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1772466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
Bog'liq
Polimer kompozitlar fizikasi-Umarov compressed

1.5-rasm. To’rsimon polimerni ustmolekulyar tuzilmasi 
Quyuqlashish katta quyuqlikdagi to‘rni xarakterlab, izometrik 
shaklga ega bo‘ladi va shuning uchun ularni globulalar deb 
ataladi. 
Globulalar o‘lchamlari 10-15 nm dan oshmaydi. Globulalar 
fazoviy to‘rni kichik zichlikdagi sohalari bilan ajralgan bo‘ladi. 
Quyuq to‘rsimon reaktoplastlar buzilishi doimo globulalararo 
oraliq bo‘yicha ro‘y beradi. 
Kristallanmaydigan polimerlar uchun mumkin bo‘lgan 
yagona qattiq holat bu shishasimon holatdir.
Shishalanish jarayoni kristallarga o‘xshab qat‘iy bir haroratda 
ro‘y bermasdan balki, ma‘lum harorat intervalida ro‘y beradi. 
Bu intervalda polimer asta-sekin suyuqlikka xos xususiyat-
larini yo‘qota borib, qattiq jismga xos xususiyatlarni ola bosh-
laydi. Bu sohaning o‘rtacha haroratini shishalanish harorati 
deyiladi.


22 
Kompozit materiallar deganda, ikki yoki undan ortiq kompo-
nentalardan tuzilgan va ular orasida aniq chegara bo‘limiga ega 
materiallar tushuniladi.
Kompozit materialda miqdori katta bo‘lgan komponentni 
asosiy yoki matritsa, shuningdek, bog‘lovchi ham deyiladi.
Matritsada taxsimlangan komponenta yoki komponentalar 
to‘ldiruvchi yoki to‘ldiruvchilar deyiladi. 
Kompozit materialda matritsa materialni yaxlitligini, to‘ldi-
ruvchidagi kuchlanishlar taxsimotini va uzatilishini ta‘minlaydi. 
Shuningdek, issiqlik, namlik, kimyoviy va olovbardoshlilikni 
aniqlaydi. 
To‘ldiruvchi kompozit materiallarda sinchlovchi vazifasini 
bajarib, materialda asosiy yuklanishni qabul qiladi.
KM konstruksiyali materiallar sinfiga kiradi.
Konstruksiyali materiallar deganda turli detallar, mashina 
mexanizmlarining qismlari, uy va inshootlar, konstruksiyalar va 
boshqalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan va shu bilan birga 
mexanik (statik va dinamik) kuchlanishlarga chidamli, ma‘lum 
darajadagi talablarga, ya‘ni kuchlanish kattaligiga, uning ta‘sir 
davomiyligiga, deformatsiya kattaligiga, issiqbardoshlikka va 
boshqalarga javob beradigan materialni tushuniladi. 
Barcha konstruksiyali materiallar uch turga bo‘linadi. 
1. Metal konstruksiyali materiallar – bularga temir, nikel, 
mis, alyuminiy, magniy, titan, molibden, volfram, niobiy va 
boshqalar asosidagi qotishmalar kiradi. 
2. Nometal konstruksiyali materiallar – bularga plastik 
massalar, keramika, olovbardoshlilar, shisha, taxta, beton, ba‘zi 
tog‘ jinslari kiradi. 
3. Kompozit konstruksiyali materiallar – metal va nometal 
KM ko‘p hollarda konstruksiyali hisoblanadi. 


23 
Kompozit materiallarni matritsa turiga qarab quyidagilarga 
ajratish mumkin: 
1) Polimer KM – turli polimerlarga har xildagi to‘ldiruvchilar 
kiritiladi; 
2) Metal KM – bular matritsasi alyuminiy, magniy, mis va 
boshqa materiallar qotishmasidan iborat bo‘lib, ular bor, uglerod, 
kremniy karbidi yoki po‘lat, molibden yoki volfram tolalari bilan 
sinchlangan bo‘ladi;
3) uglerodli KM – uglerod tolalari bilan sinchlangan uglerod 
matritsadan iborat; 
4) Keramik KM – keramika asosli matritsa uglerodli, kremniy 
karbidli va boshqa issiqbardosh tolalar bilan sinchlangan bo‘ladi; 
5) Kombinatsiyalangan (yarimmatritsali) materiallar – 
bularda ikki yoki undan ortiq matritsa bo‘ladi. 
Kompozit materialda to‘ldiruvchi sifatida qattiq, suyuq yoki 
gazsimon organik (o‘simlik, hayvonot), noorganik (mineral) yoki 
sun‘iy (sintetik) tarzda olingan moddalar olinishi mumkin.
Qattiq to‘ldiruvchi sifatida quyidagilardan foydalaniladi: 
1) Yupqa dispers zarralar (kukunli to‘ldiruvchi); 
2) Tolalar, jumladan ipsimon kristallar (ipsimon to‘ldi-
ruvchi); 
3) Plastinkalar, pardalar (pardalar, qatlamli to‘ldiruvchi); 
4) Turli tabiatga ega to‘ldiruvchilar kombinatsiyalari (gibrid 
kompozit materiallar). 
Matritsa va to‘ldiruvchi tarkibi, xossalari, ular munosabati va 
to‘ldiruvchi yo‘nalishlarini tanlash yo‘li bilan talab darajasidagi 
ishchi xarakteristikalarga ega material olish mumkin. 
Polimerli KMda matritsa termoreaktiv (epoksidli, poliefirli, 
fenolformal‘degidli va boshqalar) yoki termoplast (polietilen, 


24 
polipropilen, polimetilmetakrilat va boshqalar) polimer material-
lardan iborat bo‘ladi. 
To‘ldiruvchi sifatida kukunsimon, tolasimon, yoki yupqa 
qatlamli materiallar olinishi mumkin. 
To‘ldiruvchi sifatida mayda dispers zarralari bo‘lgan polimer 
kompozitni premix yoki compaund polimer deyiladi.
Uzluksiz tolalar, to‘qimalar, qog‘oz yoki boshqa tolali 
materiallar bilan to‘ldirilgan KM prepreglar deb ataladi.
Polimer KM buyum shakllariga o‘tkazilishida qovushoq, 
oquvchan yoki qovushoq oquvchanlik bilan birga qisman yuqori 
elastik holatda bo‘ladi. Ishchi holatda esa, shishasimon yoki 
qisman kristallangan holatda bo‘ladi. 
Olinadigan buyumni belgilangan shaklga keltirish jarayoni 
xarakteriga bog‘liq holda polimerli KM termoplastik (termoplast) 
va termoreaktivlarga (reaktoplast) ham bo‘linadi.

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling