A. V. Vahobov, T. S. Malikov
o'zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
o'zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan. Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo'lsa-da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70 foizi qonunda ko'zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi. Pensiya ta’minoti xarajatlari YalMga nisbatan Ispaniyada — 7,5%, Avstriyada — 14,8%, Fransiyada — 11,8%, GFRda — 10,8%, Buyuk Britaniyada — 9,5%ni tashkil etadi. Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliya tizimi bo'g'inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G'arbiy yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng va 1945—1950 yillarda temir yo‘1 va havo transporti, energetika tarmog'i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. O'sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan o'ta qoloq va raqobatga bardoshsiz edi. Ularni qayta isloh qilish juda katta miqdordagi mablag'lami talab etdiki, bu mablag'lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq to'lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modemizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg'or bo'lishiga qaramasdan, moliyaviy jihatdan, hamon past rentabelli yoki zararga (ziyonga) ishlaydigan bo'lib qolaverishdi. Davlat korxonalarining moliyaviy holati og'irligiga asosiy sabab ulaming mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosati yurgizilayotganligidir. 0 ‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron doiralaridagi yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatga ko'ra ko'pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu •narsa davlat mulki miqdorini keskin kamaytirdi. Bahs-munozara va nazorat uchun savollar • Moliya tizimi deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday ta’rifberish mumkin? • Moliya tizimi, dastlab, qanday sohalarga bo'linadi? • Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo'g'inlardan tashkil topishi mumkin? • Xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi qanday bo'g'inlardan iborat? • Moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g'ini sifatida Davlat byudjeti o'z ichiga nimalarni oladi? • Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o'z oldida turgan qanday muammolami hal etishi kerak? • Mablag'lardan foydalanishning maqsadli yo'naltirilganligi belgisi bo'yicha davlat maqsadli fondlarini qanday guruhlarga birlashtirish mumkin? • Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining alohida bo'g‘ini sifatida qanday fondlardan iborat bo'lishi mumkin? • Nega davlat krediti moliya tizimi «Davlat moliyasi va mahalliy moliya» sohasining o'ziga xos bo'g'ini hisoblanadi va unga tegishli bo'lgan xususiyatlar nimalardan iborat? • Xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasi sifatida qanday bo'g'inlardan tashkil topgan? • Notijorat asosda xo'jalik yuritishning asosiy xususiyatiari nimalardan iborat? • Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini qanday asosiy guruhga ajratish mumkin? • Notijorat sektom i davlat tom onidan to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) qo'llab-quvvatlashning qanday asosiy shakllari mavjud? • Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirishning asosiy ko'rinishlari nimalardan iborat? • Rivojlangan xorijiy mamlakatlaming davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlaming qanday bo'g'inlaridan iborat? • Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi qanday bo'g'in lardan tashkil topadi? • Federativ davlatlarda byudjet tizimi qanday bo'g'inlardan tarkib topgan? • Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining muhim bo'g'inlari sifatida Davlat byudjeti, davlat krediti, byudjetdan tashqari fondlar va davlat korporatsiyalari moliyasi o'ziga xos qanday xususiyatlarga ega? 4 -B O B . MOLIYAVIY B O S H Q A R U V 4.1. Moliyaviy boshqaruvning m azm un-m ohiyati «Boshqaruv» atamasi umumiy tarzda ob’ektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslami qayta taqsim lash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu narsa shakllangan boshqaruv tizimini tashkil etishni taqazo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko‘rinishda boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yo'naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi. Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslami sog'lomlashtirishga qaratilgan munosa batlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni yo'lga qo'yishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruv zimmasiga yuklatilgan. Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo'lib, boshqariladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’ektlar) tizimlaming yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy tashkilotlaming majmuidan iborat bo'lgan m oliya tizim ini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari majmuidan tashkil topgan moliya tizimini o'z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo'lmasdan, u faqat ob’ektlarni boshqarishni emas, balki boshqaruv sub’ektlarini tashkil qilishni va ularning faoliyatini takomillashtirishni ham o'z ichiga oladi. Moliyaviy boshqaruv ob’ekti sifatida moliyaviy munosabatlar- ning turli ko'rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzumi mamlakatdagi siyosiy kuchlarning nisbati va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko'rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o'ziga xos moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasida moliyaviy boshqaruv sub’ekti sifatida moliyaviy apparat deb nomla- nuvchi maxsus xizmatlar yuzaga keladi. Davlatning xo'jalik yurituvchi sub’ektlar va uy xo'jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o'zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini, moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo'llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida, nihoyat, davlat va jamiyat a’zolarining iqtisodiy manfaatlari mushtarakligida namoyon bo'ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: • pirovard maqsadga bog'liqlik; • xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy muvoza natda bo'lishi; • jamiyatdagi barcha a’zolarning manfaatlariga mos kelish; • iqtisodiy qonunlardan foydalanish; • real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlami hisobga olish. M oliyaviy boshqaruvning aniq m etodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: • tfioliyaviy rejalashtirish; • bashoratlash; • dasturlashtirish; • moliyaviy tartibga solish; • moliyaviy nazorat; • moliyaviy qonunlarni qabul qilish; • moliyaviy resurslami jalb qilish metodlari tizimi. Eng umumiy ko'rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini 4.1.1- chizmadagidek tasavvur qilish mumkin. 4.2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin: • Prezident va Prezident devoni; • Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo'yicha Oliy Majlis palatalarining tegishli qo'mitalari; • Vazirlar Mahkamasi; • Hisob palatasi; • Moliya vazirligi va uning joylardagi, jumladan, G'aznachilik tizimi organlari; • Markaziy bank; • Davlat soliq qo'mitasi; • Davlat bojxona qo'mitasi; • Davlat mulk qo'mitasi; • Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya; • Byudjetdan tashqari fondlarning ijroiya idoralari • va boshqalar. Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimi faoliya tini tartibga soladi, mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomo nidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga «veto» qo'yish huquqiga ega. Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo'lgan Oliy majlis soliqlar, yig'imlar, soliqdan tashqari to'lovlarni belgilaydi, Davlat byudjetini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi. Shuningdek, u Davlat byudjeti ijrosi to'g'risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o'zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli darajasini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini ko'rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida ish yuritadi. Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliya viy boshqaruvga oid quyidagi vazifalami bajaradi: • hajmi va maqsadga mo'ljallanganligi bo'yicha Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlari daromadlar va xarajatlari o ‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish; • davlat m ablag'larining sarflanish va davlat m ulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash; • Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir ko'rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko'zda tutadigan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy tahlil qilish; • Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari natijalari to'g'risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish; • va boshqalar. Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; • Davlat byudjeti loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash; • byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari fondlar mablag'lari oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish; • davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlami ko'rish; • mamlakat byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko'rish; • mamlakat ijtim o iy -iq tiso d iy taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlariga moliyaviy resurslami to'plash; • Davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobot tayyorlash; • davlat tomonidan qarzlami olish dasturini ishlab chiqish, davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish; • uzoq, o ‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mo'ljallangan mam lakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqish da ishtirok etish; • iqtisodiyotni moliyaviy sog'lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlami bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo'llab-quwatlovchi chora-tadbirlami ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish; • mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va to'lovlaming ahvolini yaxshilash bo'yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish; • faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo'naltirilgan choralami ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish; • moliyaviy rejalashtirish va milliy xo'jalikni moliyalashtirish sohalarida uslubiy rahbarlikni amalga oshirish; • mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish; • moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to'xtatib qo'yish; • va boshqalar. Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar bo'lishi mumkin: • davlat byudjeti bosh boshqarmasi; • valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi; • hududlar moliyasi bosh boshqarmasi; • agrosanoat majmuini m oliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi; • ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi; • nazorat-taftish bosh boshqarmasi; • investitsiyalar boshqarmasi; • iste’mol bozori va xizmat ko'rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi; • boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi; • soliq siyosati boshqarmasi; • buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi; • qimmatli qog'ozlar va moliya bozori boshqarmasi; • moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi; • sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg'i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi; • mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi; • va boshqalar. Moliya vazirligining muhim bo'linmasi G'aznachilik tizimi bo'lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashga mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo'lgan G'aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi: • mamlakat byudjeti ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish; • kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachiiikning bankdagi hisob varaqlarida bo'lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish; • davlatning byudjetdan tashqari fondlari moliyaviy ijrosini ta’minlash; • davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ boshqarish; • Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga xizmat ko'rsatish; • byudjet bo'yicha hukumatning moliyaviy tadbirlari to'g'risida shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli to'g'risida qonun chilik va ijroiya organlariga hisobot taqdim etish; • va boshqalar. Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bo'lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi. U Xazinachilik tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlari faoliyatini nazorat qiladi. Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo'mitasi va uning quyi organlari ham muhim rol o'ynaydi. Ular yordamida soliqlar, yig'imlar va boshqa to'lovlaming to'g'ri hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to'liq va o'z vaqtida o'tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo'mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalami bajaradi: • byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar, yig'imlar va to'lovlaming to'g'ri hisoblanishi, to'liq va o'z vaqtida o'tkazilishi masalalari bo'yicha moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish; • soliq to'lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish; • moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa to'lovlaming haqiqatdagi tushumlari to'g'risida har oyda ma’lumot taqdim etish; • ortiqcha to'langan soliq summalarini va soliq to'lovchilardan noto'g'ri undirilgan jarima va penyalami egalariga qaytarish bo'yicha tegishli ishlarni amalga oshirish; • va boshqalar. Davlat bojxona qo'mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv tizimida o'ziga xos bo'lgan o'ringa ega. Ular bojxona bojlarining o'z vaqtida tushishi uchun mas’ul hisoblanadi. Bu borada quyidagi asosiy vazifalar ulaming zimmasiga yuklatilgan: • bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo'yicha soliq tekshiruvlarini amalga oshirish; • bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlami hisoblash va to'lash bilan bog'liq hujjatlarni tekshirish; • soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to'liq rioya qilmaganligi uchun soliq to'lovchilaming bankdagi operatsiyalarini to'xtatib turish; • soliq qonunchiligida ko'zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish; • va boshqalar. O'z navbatida, Davlat mulki qo'mitasi moliyaviy boshqaruvga oid soliqdan tashqari mohiyatga ega bo'lgan daromadlami (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi. Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya fond bozori ishtirok chilari faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushum larning ortishiga o'z ta’sirini ko'rsatadi. 4.3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish Korxonalaming jamg'armalari, daromadlari hamda markazlash tirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablagMari- ning miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo‘lgan Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling