A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.

bet12/75
Sana13.11.2017
Hajmi5.09 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75

bo'lib, o'zining  mo'ljallanganligiga ko'ra ular davlat boshqaruvi va 

iqtisodiy tartibga solishda joriy ehtiyojlami «to'lash» uchun ishlatil- 

masligi kerak.  Ma’lumki,  hozirgi va kelajak avlodga mo'ljallangan 

milliy boyliklar behuda ishlatilmaydi, aksincha, ko'paytirib boriladi. 

Shuning  uchun  ham  davlatning  (agar,  albatta,  davlat  hududlar, 

aholi, an’analar va h.k.lar majmuasi sifatida emas,  balki boshqaruv 

organi  sifatida  qaralsa)  haqiqiy  boyligi  uning  markazlashtirilgan 

pul  fondidan,  ya’ni  davlat  moliyasining  moddiy  asosidan  iborat 

ekanligi ma’lum bo'ladi.  Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun 

turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan 

qo'shilib  ketishi,  o'z  o'lchami  bo'yicha  turlicha  b o ig an   pul 

fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit,  rezerv, valyuta, sug'urta, byudjet, 

markaziy,  mintaqaviy,  homiylik  va  boshqalar)  shakllantirish  va 

ulardan foydalanish  xosdir.  Ularning barchasi  yagona  real  manba

— mamlakat ichida va xorijda shu yilning o'zida yaratilgan qo'shilgan 

qiymat — hisobidan «oziqlanadi».  Bu fondlarni qayta taqsimlashning 

tartibi  va  tarkibiy  tuzilmasini,  ya’ni  davlat  uning  qancha  qismini 

o'ziga olishi va undan qanday foydalananishi,  milliy xo'jalik takror 

ishlab chiqarishining proporsiyalari, ijtimoiy sohani ta’minlash, zaru­

riy rezervlarni yaratish, milliy xavfsizlikni ta’minlash imkoniyatlari 

va h.k.larni  belgilab beradi.

H ozirgi  paytda  dunyoning  sanoati  taraqqiy  etgan 

mamlakatlarida  markazlashtirilgan  pul  fondlarining  jami  hajmi

YalMning o'rtacha 30 foizdan 50 foizgacha tashkil etadi.  Shunday 

qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning ichki 

imkoniyati  va  boshqa  har  qanday  pul  fondlarini  shakllantirish 

sharoitlariga  ta’sir  ko'rsatish  zamonaviy  davlat  moliyasi  miqdoriy 

xarakteristikasiga  borib  taqaladi.  Biroq,  rivojlanayotgan  dunyo, 

shuningdek o'tish  iqtisodiyotiga ega bo'lgan  mamlakatlar moliyasi 

uchun  bu sifatlar,  ularning  bunday  ko'lami  xos emas,  albatta.  Bu 

mamlakatlarda tegishli raqamlar YalMga nisbatan  11—17% atrofida 

tebranadi  va  aynan  shu  raqamlaming  o'zi  davlat  tomonidan  bu 

jarayonga  aralashuvning yetarli  darajada  faol  emasligidan  dalolat 

beradi13.

Bu jarayonlaming yanada rivojlanish tendensiyalari to'g'risida 

gapirilganda,  qayd  etish  kerakki,  bu  o'rinda  davlatning  tartibga 

solish  roli  uzluksiz  yuqoriga  o'sib  boruvchi  to'g'ri  chiziq  sifatida 

qaralmaydi.  Chunki  rivojlangan  xorij  mamlakatlarida  xususiy 

sub’ektlar daromadlarini  davlat daromadlariga  «oqib  o'tishi»ning 

o'ziga xos bo'lgan iqtisodiy chegarasiga erishilgan.  Shunga muvofiq 

ravishda,  G'arbning  nazariy bilimlari  tegishli  hukumatlarni davlat 

ta’sirini qisqartirish yo'lidan borishlari uchun faol va muvaffaqiyatli 

tarzda  harakat qilmoqda.

Aksincha,  dunyoning  rivojlanayotgan  mamlakatlari  va  bozor 

iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlaming kelajak manzarasi bosh- 

qacharoqdir.  Bu  mamlakatlarda  bozor  tuzilmalari  va  institutlari­

ning  rivojlanishi  va  mustahkamlanishi  bilan  yondosh  ravishda 

davlatning  moliyaviy  tartibga  solishi  ham kuchayib borishi  kerak. 

Ularning  tegishli  iqtisodiy «chegara»ga  yetishiga  hali  ancha bor.

Turli  ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda  moliyaning  ahamiyatini 

to'liq idrok etish uchun davlat xarajatlari va davlat daromadlarining 

o'rni va  vazifasini atroflicha tahlil  qilib chiqmoq  lozim.

13 


Xorijdagi  eng  buyuk  zamonaviy  nazariyotchilardan  biri  E.Xansen  o'zining  oxirgi 

asarlaridan biri bo'lgan «AQShning urushdan so'nggi iqtisodiyoti»  da shunday deb yozadi: 

«Ijtimoiy  xarajatlari  eng  past  darajada  boMgan  mamlakatni  menga  ko'rsatingchi,  men 

sizga  turmush  darajasi  eng  past  bo'lgan  mamlakatni  aytaman».  Yana  u  davom  etib 

ta’kidlaydi:  «Hatto  Qo'shma  Shtatlarda  ham  maorif  Ishiga  yo'naltirilgan  100  dollar 

ishlab  chiqarish  binolari,  inshootlari,  mashinalar  va  asbob-uskunalarga  sarflangan  100 

dollarga nisbatan yuqoriroq bo'lgan mehnat unumdorligiga olib  keladi».  (Qarang:  Хассен 

Э.  Послевоенная  экономика  США.  -   М.:  Прогресс,  1966.  сс.84,  147).

Dastlab, davlat xarajatlari tavsifiga murojaat qilish kerak.  Chunki 

aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy vazifasi nimadan 

iborat ekanligini aniq ko'rsatadi.  Shunga mos ravishda, aynan davlat 

xarajatlarining  tarkibi,  tarkibiy  tuzilmasi  va  hajmi  moliya  tizimi 

faoliyatining  natijalarini  o'zida  aks  ettiradi  va  bu  tizim  ijtimoiy 

takror ishlab chiqarish jarayonida o'z funksiyalarini  bajarayaptimi 

yoki yo'qmi,  degan muammoni  aniqlashga imkon beradi.

Takror  ishlab  chiqarish jarayonida  davlat  moliyasining  rolini 

aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo'yicha klassifikatsiya 

qilish  mumkin.

Agar davlat  xarajatlariga tovariar yoki  mehnatda  ifodalangan 

xizmatlar  qarama-qarshi  turadigan  bo'lsa,  u  holda  davlat  pul 

mablag'lari  oqimlarining  boshqa  ne’matlarga  o'ziga  xos  tarzda 

transformatsiyalashuvi sodir bo'ladi.  Shu munosabat bilan bunday 

xarajatlarni transformatsion xarajatlarga kiritish mumkin.  Ularning 

orasidan  quyidagilami ajratib ko'rsatish lozim:

•  davlat  iste’moli  (davlat sektori  ishchilarining ish  haqi, joriy 

ehtiyojlami qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovariar 

uchun to'lovlar,  ishlab chiqarishni dotatsiyalashtirish; davlat qarziga 

xizmat ko'rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu yerda ko'rsatilgan 

maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);

•  davlat  investitsiyalari  (davlat  korxonalari  va  tashkilotlarining 

asosiy  kapitali  va  aylanma  fondlarining  o'sgan  qismiga  quyilmalar, 

davlat zaxiralari va rezerlari, uzoq muddatli byudjet kreditlarini yaratish).

Shunday  qilib,  iqtisodiy  resurslar  cheklangan  sharoitda 

transformatsion xarajatlar  davlatdan tashqari  sektorda  tovariar va 

xizmatlami ishlab chiqarish hajmini bevosita o'zgartiradiki, bulardan 

jamiyat vaziyatga qarab foydalanadi va bir vaqtning  o'zida  barcha 

ehtiyojlamingning tarkibiy tuzilmasiga o'z ta’sirini  ko'rsatadi.

Agar davlat xarajatlari turli xildagi pensiyalarni (yosh bo'yicha, 

nogironlik,  boquvchisini  yo'qotganda,  alohida  xizmatlari  uchun) 

va  nafaqalarni  (bolalarga,  vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini 

yo'qotganda,  ishsizlik  bo'yicha)  to'lashga  yo'naltirilsa,  mablag' 

berishning  o'ziga  xos  —  transfert  shakli  sodir  bo'ladi.  Bunda 

mablag'lar  soliq  to'lovchilardan  shu  to'lanmalarni  oluvchilarga 

beriladi.  Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi.  Bunday xarajatlar

transfert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyat daromadlari a’zolar 

o'rtasida taqsimlanishini o'zgartiradi.

Davlat  xarajatlari  yana joriy  (davlat  iste’moli  va  transfertlar) 

hamda kapital xarajatlaiga (davlat investitsiyalari) bo'linadi.  Bunday 

bo'linish  takror  ishlab  chiqarish  ko'lamlari  o'sishiga  moliyaning 

ta’sirini baholash uchun muhimdir.  Shuningdek, davlat xarajatlarini 

insonlarga  (shaxsiy daromadlar)  va  kapitalga  (joriy  quyilmalar va 

investitsiyalar)  xizmat  qilish  mezoni  bo'yicha  ham  klassifikatsiya 

qilinishi  mumkin.  Bu  narsa  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  va 

uni  iste’mol  qilishda  mazkur  ulushlarni  alohida  hisobga  olishga 

imkon beradi.

Davlat  xarajatlarini  guruhlarga  ajratishda  funksional  prinsip 

mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo 

hamjamiyati bilan o'zaro munosabatlariga doir faoliyatini (ijtimoiy, 

iqtisodiy,  tadqiqotchilik,  boshqaruvchilik,  tashqi  siyosiy  va 

boshqalar)  namoyish  qilishi  mumkin.  Ana  shu  narsalaming  o'zi 

ma’lum  tizimga  xos  ustuvor  yo'nalishlarni  aks  ettiradi  va  davlat 

siyosati  ta’sirchanligini  baholashga  imkon  beradi.  Masalan, 

davlatning  ijtimoiy  funksiyalami  bajarish  bilan  bog'liq  bo'lgan 

xarajatlari aholi kam ta’minlangan qatlamlarining tabaqalashtirish, 

tibbiy xizmat,  uy-joy,  kafolatlangan  minimal  pensiya va nafaqalar 

olishga tegishli sharoitlami yaratadi, ijtimoiy munosabatlar barqaror 

bo'lishini ta’minlaydi.  Bularning barchasi talabning hajmi va tarkibiy 

tuzilmasiga  keskin  ta’sir  ko'rsatadi  va  bu  narsa  quyidagilarda 

namoyon bo'ladi:

•  ijtimoiy  subsidiya  oluvchilar  aholining  moddiy  ne’matlar 

iste’moli  qismiga  nisbatan  barqaror  to'lovga  qobiliyatli  talabning 

barqarorligini ta’minlaydi;

•  ijtimoiy-madaniy  soha  tashkilotlarini  joriy  saqlash  uchun 

tovariar va xizmatlami  davlat tomonidan sotib olinishi  bozoming 

juda ko'p bo'g'inlarida talab va taklif o'rtasidagi  muvozanatga o'z 

ta’sirini ko'rsatadi;

•  maorif,  sog'liqni  saqlash,  madaniyat  va  ijtimoiy  ta’minot 

ob’ektlarining kengaytirilishi,uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari 

bilan  birgalikda,  faqat  qurilish  material lariga emas,  balki  qurilish 

industriyasi  bilan  bog'liq  sanoatning  boshqa  alohida  tarmoqlari

uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanishga 

mo'ljallangan narsalar uchun talabni oshiradi.

Bundan  tashqari,  davlatning  ijtimoiy-madaniy  tadbirlarga 

bog‘liq xarajatlari ayni zamonda malakali ishchi kuchini tayyorlashga 

yo'naltirilgan investitsiyalardan iboratdir.  Bunday tadbir zaminida 

ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qisqartirish  va  tadbirkorlik  sohasini 

qo'llab-quwatlashga  doir  strategik  chora  borligi  ham  yaqqol 

ko'rinadi.  Davlatning  boshqa  funksiyalarini  amalga  oshirilishi 

jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalarini 

subsidiyalashtirish  va  kreditlashtirishda,  infratuzilma  ob’ektlarini 

yaratish va ularni takomillashtirishda,  harbiy qurilish uchun qurol- 

aslahalami sotib olishda, davlat qarzlarini qaytarish va ular bo'yicha 

foizlami  kamaytirishda  ham  bozor  kon’yunkturasini  keskin 

o'zgartiradi.  Yuqorida  sanab  o'tilgan  xarajatlar  hajmining 

o'zgartirilishi investitsiyalar o'lchamiga, jami talabning hajmiga va 

taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita o'z ta’sirini ko'rsatadi.

Shunday  qilib,  davlat  xarajatlari  barcha  talab-ehtiyojlaming 

qondirilishida  ijobiy  tarkibiy  qism  hisoblanishi  mumkin.  Teskari 

holatlarda  esa,  ya’ni  harbiy,  boshqaruv,  mafkuraviy  xarajatlar 

salmog'i  ko'tarilib,  shuningdek,  davlat  qarzlariga  xizmat  qilish 

xarajatlari hajmi kattalashganda davlat xarajatlari faqat sun’iy ijtimoiy 

talablaming  o'sishiga  olib  keladiki,  ular  oxir-oqibatda,  qutilib 

bo'lmaydigan vayronagarchilik kuchlar(i)ni vujudga keltiradi.  (Jahon 

amaliyotida  bunday  mi&ollai  juda  ko  p,  masalan,  o  tgan  asrning 

70-80—yillarida butun kapitalistik dunyoni qamrab olgan inflyasiya, 

1998 yilning avgustida Rossiyada sodir bo'lgan moliyaviy tanazzul 

va boshqalar).

Umumdavlat pul fondi mablag'larining sarf etilishi, shubhasiz, 

davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy 

jihatdan ta’minlaydigan resurslaming mobilizatsiya qilinishini taqoza 

etadi. Qo'shilgan qiymatni moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki 

bosqichida  davlat  daromadlari  — YalM  va  MDning  bir  qismini 

qaytarilmaslik  sharti  bilan  davlatning  ixtiyoriga  o'tkazishga  doir 

iqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi.

Davlat daromadlarining  hajmi  va  tarkibi bilan  manipulyasiya 

qilish  vositasida  umumishlab  chiqarish  ko'rsatkichlarini  tartibga

solish imkoniyati quyidagi ob’ektiv shart-sharoitlar bilan izohlanadi. 

Jismoniy  va  yuridik  shaxslar  ega  bo'lgan  va  o'zlarining  joriy 

xarajatlari hamda investitsiyalarini to'lash uchun foydalaniladigan 

resurslar  bir  qismining  davlat  ixtiyoriga  o'tkazilishi  yuqoridagi 

ijtimoiy tizim sub’ektlaridagi daromad darajasini pasaytiradi va jami 

iste’molning tarkibiy  tuzilmasini  o'zgartiradi.  Yuqoridagi tartibda 

davlatlashtirish  ijtimoiy  tabaqalanish  darajasini  o'zgartirishga  va 

ishlab  chiqarish  samaradorligining  yetarli  darajada  asoslanmagan 

past  yoki yuqori chegaralarini  cheklab  turishga  imkon  beradi.  Bu 

narsaga,  birinchidan,  aholining  kam  ta’minlangan  tabaqalariga, 

shuningdek zararga  ishlayotgan  yoki  past  rentabelli  korxonalarga 

ma’lum bir imtiyozlarni taqdim etish orqali erishiladi.  Ikkinchidan, 

ustama  daromadlaming  bir  qismini  qarama-qarshi  yo'nalishda 

yo'naltirish  vositasida  (masalan,  mehnatni  rag'batlantirish  yoki 

meros sifatida o'tadigan mol-mulk, yoki mahsulotlar bahosi sog'lom 

faoliyat  uchun  zarur  bo'lgan  shart-sharoitlardan  yuqori  bo'lgan 

daromadlaming shakllanishiga olib kelsa)  qo'lga kiritish mumkin.

Umumiy tarzda, davlat daromadlarining olinishi quyidagilarga 

ta’sir etadi  deb ta’kidlash  mumkin:

•  baholami shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvosita) soliqlar);

•  ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulk qiymatidan, iste’mol 

fondidan olinadigan soliqlar,  ijtimoiy yo'nalishdagi byudjet tashqari 

ajratmalar);

• jamg'armalar hajmiga  (investitsiya imtiyozlari);

•  bandlik  va  shaxsiy  iste’molga  (mehnat  haqi  fondidan 

olinadigan soliqlar,  aholi  bandlik  fondiga ajratmalar va h.k.lar)14.

Yuqoridagilardan tashqari,  davlat daromadlari ko'rinishlari va 

ularni undirish mexanizmlarining xilma-xilligi davlatga ma’lum bir 

tovariar va xizmatlarga bo'lgan talabni maqsadli yo'nalishda tartibga 

solish,  eng  samarali  texnologiyalar,  import  mahsulotlari  va 

boshqalarni  tanlashga  imkoniyat  beradi.  Ma’Iumki,  rivojlangan

14 


Davlat  daromadlarining  barchasi  u  yoki  bu  darajada  takror  ishlab  chiqarish 

sub'ektlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  faoliyatini  tartibga  solib,  ijtimoiy  munosabatlaming 

barcha  turlariga  o ‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi,  albatta.  Shuning  uchun  ham  ularni  iqtisodiy 

ko‘rsatkichlarning  ma’lum  bir guruhiga  ustuvor ta’sir yo'nalishi  bo‘yicha  klassifikatsiya 

qilinishi  shartli  xarakterga  egadir.

zamonaviy  davlatlarda  markazlashtirilgan  pul  oqimlarining  katta 

qismi soliqlar yordamida shakllantiriladi. Ulaming umumiy darajasi 

global  pasaytirilsa  va  bu  hoi  sof daromadlar,  talab,  bandlikning 

oshishiga olib kelsa, tadbirkorlik tashabbusini faollashtirsa, bunday 

oshirilish bozor kon’yunkturasini «muzlatish» dagi ishonchli vosita.

Soliqlaming  har  bir  aniq  turi  ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni 

tartibga keltirishning tabaqalashtirilgan yo'nalishiga ega.  Masalan, 

ijtimoiy-madaniy  soha  xo'jalik  hisobidagi  muassasalarining 

soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga ko'pgina soliq imtiyozlarining 

taqdim etilishi jamiyatdagi madaniy-ma’rifiy salohiyatni oshirishga, 

uning  axloqiy  sog'lig'ining  mustahkamlanishiga  o'z  ta’sirini 

ko'rsatishi  mumkin.  Aholi  daromadlari  va  mol-mulkini  soliqqa 

tortishda  ijtimoiy yo'naltirilganlikning  kuchaytirilishi  (soliq  asosi 

va soliq ustamalarining  ko'p bolali  oilalar,  nogironlar va faxriylar 

uchun kamaytirilishi),  o'z mohiyatiga  ko'ra shu maqsadlar uchun 

davlat xarajatlari ko'paytirilishganini anglatadi va jamiyat tuzumining 

ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi va aksiya egalariga 

to'lanadigan dividentlami soliqqa tortishda tabaqalashtirilgan holda 

yondashish,  foyda  nisbatni  o'zgatiradi.  Ularning birinchi  qismiga 

tegishli bo'lgan stavkalaming kamaytirilishi va bir vaqtning o'zida 

ikkinchi  qismi  yuqoriroq  stakalarda  soliqqa  tortilishi  o'z-o'zini 

moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi,  uzoq muddatli istiqbolda 

esa  hatto,  kompaniyaning  haqiqiy egalari  tarkibi  o'zgarishiga  olib 

kelishi mumkin. Agar korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasiga 

nisbatan soliqlar oshirilsa va dividentlarga nisbatan ular kamaytirilsa, 

teskari vaziyat vujudga kelishi kuzatiladi.  Mehnatga mo'ljallangan 

xarajatlarning  yuqori  darajada  soliqqa  tortilishi  ishlab  chiqarish 

kapital sig'imining oshirilishini foydali  qilib qo'ysa,  korxona mol- 

mulkiga  nisbatan  soliqlaming  o'sishi  esa  xo'jalik  yurituvchi 

sub’ektlarni kapital texnikaviy tuzilishi pasayishiga sabab bo'ladi.

Davlat boji bitimlaming sodir bo'lishidan manfaatdor bo'lgan 

u yoki bu shaxslar uchun yuridik xizmat ko'satishni tartibga solishga 

imkon  beradi.  Bojxona  bojlari  esa  milliy  va  xorijiy  ishlab 

chiqaruvchilaming raqobatbardoshligiga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Ular 

oshgan  paytda  tovariar  qimmatlashadi va  tashqi  savdo  aylanmasi

qisqaradi.  Va  aksincha,  ularning  pasaytirilishi  va  bekor  qilinishi 

tashqi savdoning kengayishiga, baholar o'sishining sekinlashuviga, 

ichki va dunyo bozorlarida  raqobat  kuchayishiga olib keladi.

Davlat  foydasiga  mablag'lami  undirish  va  soliq  to'lovchilar 

xulq-atvoriga  xos  munosabatlar  o'rtasidagi  sababiy-oqibat 

bog'liqlikni tahlil  qila turib, shartli-doimiy va shartli-o'zgaruvchan 

soliqlar  to'g'risida  to'xtalib  o'tmaslik  mumkin  emas.  Birinchi 

guruhga  kiruvchi  soliqlaming  (korxonaning  mol-mulkidan 

olinadigan  soliqlar,  yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyati  bilan 

shug'ullanadigan shaxslardan olinadigan qat’iy soliq va boshqalar) 

iqtisodiy tavsifi tannarxning shartli-doimiy xarajatlari bilan bir xildir, 

ya’ni  ularning miqdori  ishlab chiqarish va sotuv darajasiga bog'liq 

emas.  Ularning yuridik shaxslar zimmasiga yuklangan barcha soliq 

yukidagi  salmog'i  faoliyat  hajmi  o'sishiga  proporsional  ravishda 

pasayadi.  Bu,  bir  tom ondan,  zararga  ishlayotgan  ishlab 

chiqarishlarning  vayron  bo'lishini  tezlatsa,  ikkinchi  tomondan, 

istiqbolli  sektorga  qo'shimcha  erkinlik  va  afzallik  ato  etadi, 

ishbilarmonlik faolligi va kapitallarning o'rinli qo'llay olmayotgan 

sohalardan  yuqori  samara  berayotgan  sohalarga  oqib  o'tishini 

rag'batlantiruvchi  omilga  aylanadi15.  Bundan  tashqari,  qat’iy 

soliqlaming  undirilishi  ma’lum  ishlab  chiqaruvchilar  iqtisodiy 

faoliyati  natijalariga  bog'liq  bo'lmaganligi  uchun  Davlat  byudjeti 

daromadlari ayrim qismlari to'ldirilishini kafolatlaydi.

Shakllangan  kapital  tuzilmasiga  nisbatan  pul  mablag'larini 

shartli-o'zgaruvchan tartibda umumdavlat fondiga olinishi konserva- 

tivligiga qaramasdan soliq to'lovchilaming ish faolligi bilan to'g'ri­

dan-to'g'ri bog'langandir. Takror ishlab chiqarish sub’ektlari faoliyati 

qancha samarali  bo'lsa,  ulardan  undirilishi  lozim  bo'lgan shartli- 

o'zgaruvchan  soliqlaming  (masalan,  foydadan  olinadigan  soliq 

miqdori)  o'lchami  shuncha  yuqori  bo'ladi.  Agar  bu  soliqlami

15 


Oqimlarning yo'nalishi  bozor ehtiyojlari bilan aniqlanib,  byurokratik  tartibga solish 

talab etilmasligi bu yerda e’tiborga  loyiq bo‘lgan  holatlaming yana biridir.  Biroq shartli- 

doimiy  soliqlami  o‘rnatishda  tarmoq  xususiyatlarini  inkor  etish,  xususan,  rentabellik 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling