A. V. Vahobov, T. S. Malikov
ravishda tekshiruvlar o'tkazib turish
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
ravishda tekshiruvlar o'tkazib turish; • byudjet muassasalari tomonidan shtatlar jadvali smeta intizomiga rioya etilishini nazorat qilish; • hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining byudjet jarayoniga noqonuniy ravishda aralashuvi faktlarini to'xtatish; • davlat valyuta mablag'larining to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini nazorat qilish; • fuqarolaming moliya va byudjet intizomi buzilganligi faktlari to'g'risidagi xat, shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish va h.k. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalami bajarish uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan: 1) hududiy moliya organlarining mahalliy byudjetlar ijrosi bo‘yicha ish-faoliyatini, barcha darajadagi byudjet muassasalarining esa, xarajatlar smetalari va byudjet intizomiga rioya etish bo‘yicha ish-faoliyatini taftish qilish va tekshirish (monitoring); 2) hududiy moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalarining pul va buxgalteriya hujjatlari, hisobotlari, smetalari va boshqa hujjatlari, moddiy boyliklari mavjudligini tekshirish; 3) maxsus vakolatli organning qaroriga asosan xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish; 4) tijorat banklari muassasalari, soliq organlari, boshqa idoralardan taftish va tekshiruvlar o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan savollar bo'yicha zarur bo'lgan ma’lumotnomalar va axborot, ma’lumotlarni olish; 5) qurilish, montaj, ta’mirlash kabi ishlar nazorat o'lchamlarini amalga oshirish va boshqa tekshiruvlarni o'tkazish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish; 6) hududiy moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalari hamda xo'jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari va mansabdor shaxslaridan taftish va tekshiruvlar o'tkazish jarayonida yuzaga keladigan masalalar, moliya va byudjet intizomi buzilishi faktlari, shuningdek ma’lumotnoma, taftish va tekshiruvlar dalolat nomalarining imzolanishi bo'yicha tushuntirishlar talab qilish; 7) zarur bo'lgan hollarda kassa va kassa xonalari, omborlar, arxivlarni muhrlab qo'yish, qalbaki, soxta hujjatlar va boshqa suiste’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlarni olib qo'yish, tekshirilayotgan ob’ektlar rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar- moddiy boyliklar, pul mablag'lari va hisob-kitoblarning yo'qlama qilinishini talab etish; 8) Moliya vazirligining topshirig'i va u tomonidan tasdiqlangan maxsus grafiklar bo'yicha paxta xom-ashyosini tayyorlash va qayta tayyorlashga oid butun davrda paxta tozalash korxonalarida tayyorlanayotgan, qayta tayyorlanayotgan va saqlanayotgan paxta xom-ashyosiga tegishli masalalar bo'yicha tekshiruv va taftishlar o'tkazish; 9) moliya va byudjet intizomi bo'yicha aniqlangan tartibbuzar- liklarni bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslami javobgarlikka tortish hamda boshqa vazifalar bo'yicha taftish va tekshiruvlar materiallari yuzasidan tegishli takliflar kiritish. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog'iston Respub likasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari o'z ish-faoliyatini Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejalariga asosan amalga oshiradi. Ular, zarur bo'lgan hollarda, moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini rejadan tashqari taftish va tekshiruvdan o'tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini taftish va nazorat qiladi. Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to'g'risida» 1997 yil 29 avgustdagi qonuni23 soliq nazorati- ning asoslari, uni amalga oshirish bo'yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Soliq nazorati soliq solish sub’ektlari va ob’ektlari hisobini yuritish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortiladigan sub’ektlar va ob’ektlar hisobini yuritish, soliq tekshi ruvlarini o'tkazish, soliq to'lovchilar, boshqa shaxslami so'roq qilish va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 25
0 ‘z b e k isto n R e sp u b lik a sin in g «D avlat soliq x izm ati t o ‘g ‘risida»gi q o n u n i. 0 ‘z b ek isto n R e sp u b lik asi O liy M ajlisi A x b o ro tn o m a si, 1997 y ., № 9 . — soliq qonunchiligi, soliqlar hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pensiya fondiga majburiy to'lovlaming o‘z vaqtida hisoblab yozilishi, to'liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat etish; — soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini ta’minlash, soliq toMovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko‘rsatish, soliq bo'yicha qoidabuzarliklarni aniqlash, ogohlantirish va to'xtatib qo'yish. Davlat soliq xizmati organlari o'z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega: • soliq to'lovchilarda (jumladan soliq to'lovchilar bilan bog'langan qarshi sub’ektlarda) O'zbekiston Respublikasi nobyudjet Pensiya fondiga majburiy to'lovlaming o'z vaqtida hisoblab yozilishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishi bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy hujjatlarni, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog'liq bo'lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha zarur bo'lgan tushuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish; • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslaming banklardagi va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalami to'xtatib qo'yish. Davlat soliq xizmati organlari o'z zimmalariga yuklatilgan vazifalami boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolaming o'zini o‘zi boshqaruv organlari, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro birgalikda bajaradilar. Ko'rsatilgan organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi kurashda yordam berishlari shart. Ko'rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini tashkil etish Davlat soliq qo'mitasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi to'g'risida nizom26ga muvofiq u davlat soliq xizmatining 26
0 ‘z b e k is to n R e sp u b lik asi V azirlar M a h k a m a s in in g 2 000 yil 5 m ay d ag i 1 8 0 -so n li q aro ri b ila n ta s d iq la n g a n . soliq qonunchiligiga rioya etilishi, davlat iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoyalashning ta’minlanishi sohasidagi nazorat bo'yicha markaziy organi hisoblanadi. Davlat soliq qo'mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq to'lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlaming to'g'ri hisoblab yozilishi, ularning to'liq va o'z vaqtida to'lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi. Davlat soliq qo'mitasi o'z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqlidir: 1) Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq boshqa tekshiruv va nazorat organlarini jalb etgan holda, mulkchilikning barcha shakllaridagi xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy- xo'jalik faoliyatini tekshirish; 2) coliq to'lovchilarda (jumladan soliq to'lovchilar bilan bog'langan qarshi sub’ektlarda) moliyaviy hujjatlar, shartnomalar, smetalar, soliqlami hisoblab yozish va to'lash hamda eksport-import bilan bog'liq bo'lgan hujjatlarni hujjatlar asosida tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo'yicha zarur bo'lgan tushun tirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish; 3) savdo, tovarlarni sotish va xizmat ko'rsatish, aksiz spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish va markalash qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mablag'larining to'liq kirim qilinishi, nazorat-kassa apparatlarini qo'llash qonunchiligiga rioya etilishi va boshqalarni nazorat qilish. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tizimida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi27 tuzilgan bo'lib, uning Qoraqal pog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo'linmalari mavjud. Mazkur organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming soliq qonunchiligiga rioya 27
H u k u m a t n i n g « D a v l a t s o l i q x i z m a t i o r g a n l a r i f a o l i y a t in i t a s h k il e t i s h n i ta k o m illa sh tirish t o ‘g ‘risid a» 2000 yil 13 m a rtd a g i 8 7 -s o n li q aro ri b ila n tu z ilg a n . U s h b u o rg a n t o ‘g ‘risidagi N iz o m 0 ‘z b e k is to n R e sp u b lik a si V a z irla r M a h k a m a si to m o n id a n 2000 yil 5 m aydagi 1 8 0 -so n li q a ro r b ilan ta s d iq la n g a n . etishi bo'yicha moliyaviy-xo'jalik faoliyatini belgilangan tartibda hujjatlar asosida tekshiruvlarni hamda hukumat qarorlari bilan soliq organlari zimmasiga yuklatilgan masalalar bo'yicha nazorat tekshi ruvlarini tashkil etish va o'tkazish; • xo'jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan soliqlar va yig'imlarning hisoblab yozilishi, undirib olinishida qonuniylikka rioya etilishi, byudjetga to'lovlaming to'g'ri hisoblanishi va o'z vaqtida kiritilishini nazorat qilish; soliq qonunbuzarliklarini aniqlash, ogohlantirish va to'xtatish; • o'tkazilgan hujjatli va nazorat tekshiruvlari (hisoblangan summalar, moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va h.k.ni undirib olish) yakuni bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish; • soliq qonunchiligining buzilishiga oid ma’lumotlarni hamda hujjatli va nazorat tekshiruvlari natijasida aniqlangan boshqa faktlarni umumlashtirish va tahlil etish va h.k. Davlat soliq qo'mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalami hal etishi va funksiyalarini bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega: — yuridik va jismoniy shaxslardan xo'jalik yurituvchi sub’ektlar (soliq to'lovchilar) faoliyatiga tegishli ma’lumot, axborot, ma’lumot noma, hujjatlar va ularning nusxalarini olish; — banklar va boshqa kredit-moliya muassasalaridan xo'jalik yurituvchi sub’ektlar (soliq to'lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalari to'g'risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish. Davlat moliyaviy nazorati bo'yicha funksiyalami bank tizimi ham bajaradi. O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida» 1995 yil 21 dekabrdagi qonuniga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qo'llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi. Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bo'yicha o'z vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlami tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qoidalarni belgilaydi. Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan: 1) banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning faoliyati, jumladan operatsiyalari to'g'risida axborot, ma’lumotlarni so'rash va olish; 2) olingan axborot, ma’lumotlar bo'yicha tushuntirishlar talab qilish; 3) banklarning ichki auditi bo'yicha talablar belgilash; 4) bank aktivlarini sifat bo'yicha tasnif qilish va aktivlar bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni qoplash uchun shunday zaxiralar tuzishni talab qilish; 5) banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish bo'yicha bajarilishi majburiy bo'lgan yozma buyruqlar, ко' rsatmalar jo' natish. Tekshiruvlar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan vakolatli vakillar va auditorlar tomonidan o'tkaziladi. Davlat moliyaviy nazoratining ayrim funksiyalarini boshqa organlar ham bajaradi. Bu, xususan, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo'mitasi huzuridagi Qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi28ga taalluqli bo'lib, uning zimmasiga barcha davlat organlari va xo'jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. 6.4. N odavlat moliyaviy nazorat Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat turiari rolini oshiradi. Yuqorida qayd etilgandek, moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi. 28
0 ‘z b e k is to n R e sp u b lik a si P re z id e n tin in g 1996 yil 26 m a rtd a g i N ° U P —1414 -so n li fa rm o n i b ilan tu z ilg a n . Ichki firmaviy moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporatsiyalar o'zining iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya, moliya bo'limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tomonidan o'z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilmalarining moliyaviy faoliyati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag'lari (shaxsiy, qarziy, jalb etilgan) ishlatilishidagi samaradorlik va maqsadga muvofiqlikni kuzatadi, rejalashtirgan moliyaviy natijalar bilan haqiqiy moliyaviy natijalami qiyoslab, tahlil qiladi, investitsion loyihalar natijalariga moliyaviy baho beradi, korxonaning moliyaviy holatini nazorat qiladi. Ichki nazorat kapitalni investitsiyalashtirishga bog'liq barcha jarayonlarni kuzatib boradi. Ichki nazorat ko'rinishlaridan biri bo'lgan va «post-audit» nomini olgan nazorat biznes-rejaning moliya bo'limidagi ishlab chiqarish-investitsiya faoliyatidagi har bir bosqichda rejalashtirilgan moliyaviy natijani haqiqiy holat bilan taqqoslash, ulami nomuvofiq kelish sabablarini aniqlash va bartaraf etish, chiqimlarni kamaytirish va moliyaviy rejalashtirish metodlarini yaxshilash yo'llarini qidirishni anglatadi. Bank tizimi qayta qurilishi natijasida tijorat banklarining paydo bo'lishi moliyaviy nazorat sohasidagi banklarning funksiyalarini sezilarli darajada o'zgartiradi. Agar SSSR Davlat bankining bo'limlari o'zlariga biriktirilgan korxonalaming butun moliyaviy faoliyatini nazorat qilgan bo'lsa. tijorat banklari esa qonunga muvofiq ravishda davlat tomonidan faqat hisob-kassa operatsiyalarini yuritish va valyuta qonunchiligiga rioya etish borasida o'matilgan tartibning mijozlar tomonidan amal qilinishini nazorat qilib borishi kerak. Shu bilan birgalikda likvidlikni qo'llab-quvvatlashning ob’ektiv zamrligi bankdan potensial zayom oluvchilarning, ya’ni zayom oluvchi korxonalaming moliyaviy holati va kredit olishga layoqatini baholashni talab qiladi. Ssuda berilgan taqdirda bank o'matilgan muddatlarda tegishli foizlar bilan birgalikda ssudaning qaytarilish ehtimolini baholash maqsadida berilgan ssudaning ishlatilishini, mijozning to'lov qobiliyati va likvidligini nazorat qiladi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan bunday nazorat kredit riskini boshqarishdagi muhim elementi bo'lib hisoblanadi. Auditorlik nazorati nodavlat moliyaviy nazoratining yangi turi bo‘lib, u mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekistonda ham paydo bo'ldi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor tizimiga o'tilishi va turli tijorat tizimlarining paydo bo'lishi bilan ularning moliyaviy ishonchliligiga, shuningdek moliyaviy holatini ob’ektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi. Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgalterlik va moliyaviy hisobotda ishonchlilikni hamda bajarilayotgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning to'lov-hisobot hujjatlarini, soliq deklaratsiyalarini va boshqa moliya viy majburiyatlarini tekshirishdan iborat. Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlami ham ko'rsa tishlari mumkin: • buxgalteriya hisobini yo'lga qo'yish va olib borish; • daromadlar haqida buxgalteriya hisobotini va deklaratsiyani tuzish; • moliya-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish va bashoratlash; • buxgalteriya xizmati xodimlarini o'qitish va qonunchilik masalalarida maslahat berish; • auditorlik tekshiruvlari natijasida olingan tavsiyalarni ishlab chiqish; • va boshqalar. Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbusli bo'lishi mumkin. Agar tashabbusli tekshiruv iqtisodiy sub’ektning o'z qarori bo'yicha amalga oshiriladigan bo'lsa, majburiy audit uning xohish-irodasi va istagiga bog'liq bo'lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda o'tkaziladi. Har yili majburiy auditorlik tekshiruvi: • aksiyadorlik jamiyatlari; • banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug'urta tashkilotlari; investitsion va boshqa jamg'armalar, yuridik va jismoniy shaxslaming mablag'lari, ularning boshqaruvchi kompaniyalari; • yuridik va jismoniy shaxslaming ixtiyoriy ajratma mablag'lari ularning asosiy manbalari bo'lgan xayriya va boshqa ijtimoiy jamg'armalar; • hosil bo'lish manbalari qonunchilikda nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan majburiy ajratmalardan iborat bo'lgan byudjetdan tashqari fondlar, ustav jamg'armasida davlatga tegishli ulushi bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub’ektlarda o'tkazilishi shart. Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling