A. V. Vahobov, T. S. Malikov


mahsulotlami yetkazib berish bo'yicha shartnomalarning buzilganligi


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75

mahsulotlami yetkazib berish bo'yicha shartnomalarning buzilganligi 

uchun  olingan jarimalar,  penyalar va shunga  o ‘xshashlar kiradi.

QQS  orqali  soliqqa tortishda soliq imtiyozlari  ko'zda tutiladi. 

Masalan, quyidagilar QQS bo'yicha soliqqa tortishdan ozod qilinishi 

mumkin:

•  korxonaning ustav fondiga o'tkazilgan  mablag'lar;

• eksport qilinadigan  tovariar va xizmatlar;

• pul, valyuta,  banknot va qimmatli qog'ozlar muomalasi bilan 

bog'liq  operatsiyalar;

•  madaniyat va san’at  muassasalarining xizmatlari;

•  kvartira  haqi

• va  boshqalar.

QQSning stavkalari  10 va 20% darajasida o'matilgan.  10% li stavka 

iste’mol tovarlari (aksizosti tovarlaridan tashqari) va mamlakat hukumati 

tomonidan  tasdiqlangan  ro'yxat  bo'yicha  bolalar uchun  tovarlarga, 

20% li stavka esa qolgan boshqa tovariar, ishlar va xizmatlarga (aksizosti 

iste’mol tovarlari bilan birgalikda)  nisbatan amal qiladi.

Tovar  (ish,  xizmat)larning  soliqqa  tortiladigan  aylanmasi 

aniqlanib,  soliq  imtiyozlari  va soliq stavkasi  o'rnatilganidan  so'ng 

soliqqa  tortiladigan  aylanmani  soliq  stavkasiga  ko'paytirish  yo'li 

bilan  QQSning  summasi  hisoblab  topiladi.  Amaliyotda  QQSni 

to'lovchi byudjetga realizatsiya qilingan tovar (ish, xizmat)lar uchun 

sotib oluvchidan olingan  soliq summasi va moddiy boyliklar uchun 

mol yetkazib beruvchiga to'langan soliq summasi o'rtasidagi farqni 

to'laydi, ya’ni hisobga olish mexanizmi amal qiladi.  Bu yerda hisobga 

olish mexanizmi  korxonaga mol  yetkazib beruvchiga sotib olingan 

tovar  (ish,  xizmat)lar  uchun  to'langan  QQS  summasini  sotib 

oluvchiga tovar (ish, xizmat)lar realizatsiya qilinganda olingan QQS 

summasidan  chegirib  tashlash  imkoni  berishni  anglatadi.  Tadbir­

korlar  quyidagi  shartlar  bajarilganda  hisobga  olish  (byudjetdan 

qoplash) huquqiga egadirlar:

• sotib olingan  tovar (ish,  xizmat)lar mol  yetkazib beruvchiga 

to'langan  bo'lishi,  ya’ni  boshlang'ich  va  hisob-kitob  hujjatlarida 

QQSning summasi  alohida qatorda belgilanmog'i lozim;

•  sotib  olingan  tovar  (ish,  xizmat)lar  kirim  qilingan,  ya’ni 

balansda aks ettirilgan  bo'lishi  kerak;

• sotib  olingan  moddiy boyliklardan ishlab  chiqarish  maqsad­

larida foydalanilgan bo‘lmog‘i  lozim;

•  mol yetkazib beruvchidan schyot-fakturalar olinganda.

QQSni  to'lash  muddatlari soliq summasining hajmiga bog‘liq:

soliq summasi qanchalik katta bo'lsa, uni to'lash muddati shunchalik 

tez  bo'lmog'i  lozim.  Ayrim  hollarda  QQSni  to'lashning  quyidagi 

uch  muddatlari belgilanishi  mumkin:

•  yirik  korxona  va  tashkilotlar  soliqni  uch  muddatda  (15,  25 

va  keyingi  oyning  5-kunlarida)  to'lashi  mumkin;

•  o'rta  korxonalar  —  har  oyda  bir  marta  (keyingi  oyning  20- 

kunidan  kechikmagan holda);

•  uncha  katta  bo'lmagan  va  kichik  korxonalar-har  chorakda 

(hisobot  choragidan  keyingi  oyning  20-kunidan  kechikmagan 

holda).

QQSni  to'lovchilar hisobot davrida to'langan soliq summalari 

to'g'risida  o'zlari  joylashgan  joydagi  soliq  organiga  belgilangan 

muddatlarda va tartibda hisob-kitoblarni  taqdim etishlari  kerak.

Aksizlar. 

Umumdavlat  soliqlarining  turlaridan  yana  biri 

aksizlardir.  Ular  mahsulotlar va xizmatlaming bahosidan undiriladi. 

Aksizlar tegishli mahsulotning bahosi, xizmatning haqi yoki tarifning 

tarkibiga kiritiladi.  Odatda,u yuqori rentabelli  mahsulotlami  ishlab 

chiqaruvchilaming yuqori foydasini byudjetga olish uchun sotilayot­

gan  mahsulotlaming sotish bahosiga davlat tomonidan o'matiladi. 

Mamlakat  hududida  ishlab  chiqarilgan  va  import  qilingan  aksiz 

to'lanadigan mahsulotlarga aksiz solig'i solinadi.  Bu soliq bo'yicha 

soliqqa  tortish  ob’ekti  aksizosti  mahsulotlaming  (ichimlik  spirti, 

vino-aroq,  tamaki,  mo'yna,  ikra, zargarlik buyumlari,  yengil avto­

mobillar,  maishiy-kimyo  buyumlari,  neft  va  neft  mahsulotlari  va 

boshqalar)  qiymatidir(Qo‘shiIgan qiymat solig'i hisobga olinmagan 

holda).

Aksiz to'lanadigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yoki bun­

day  mahsulotlami  import  qilayotgan  yuridik va jismoniy  shaxslar 

byudjetga  aksiz  solig'ini  to'lovchilar  bo'lib  hisoblanadi.  Aksiz 

to'lanadigan  mahsulotlar  ro'yxati  va  aksiz  solig'ining  stavkalari 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqla­

nadi.  Ularning  stavkalari,  odatda,  5%  dan  (yengil  avtomashinalar

uchun)  90%  gacha  (ichimlik  spirti)  tebranishi  mumkin.  Aksiz 

solig'ining asosiy qismi  neft va  gazga  nisbatan  o'matilgan  aksizlar 

hisobidan shakllanadi.

Aksiz  solig'i  byudjetga  oyning  aksiz  to'lanadigan  mahsulot 

realizatsiya  qilingan  10  kunligi  tugaganidan  keyin  (agar  qonun 

hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa) uch kundan 

kechiktirmay o'tkazilishi  lozim.

Korxona va tashkilotlaming daromadi (foydasi)dan olinadigan 

soliq.  Bozor  munosabatlari  sharoitida  daromad  (foyda)ning  roli 

keskin  oshishi  munosabati  bilan  undan  olinadigan  soliq  nafaqat 

fiskal  funksiyani  bajarishi,  balki  ishlab  chiqarish  samaradorligini 

oshirishga ham ta’sir ko'rsatishi  kerak.  Bu soliq byudjetning muhim 

daromadlaridan biri hisoblanadi.  Quyidagilar uni to'lovchilardir:

•  yuridik  shaxslar  (shu jumladan,  byudjet  tashkilotlari  ham), 

shuningdek, mamlakat hududida xorijiy kapital  ishtirokida tuzilgan 

yuridik shaxslar ham;  •

•  korxonalaming alohida  tugallangan  balansi  va hisob  varag'i 

bo'lgan  filiallari va shunga o'xshash  boshqa  bo'linmalari;

• soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o'tmagan kichik 

korxonalar.

Bu soliq uchun korxonalaming yalpi daromadi  (foydasi) soliqqa 

tortish ob’ekti bo'lib xizmat qiladi.  Uning tarkibi quyidagi element­

lardan tashkil  topadi:

•  mahsulotni  sotish,  ishlami  bajarish  va  xizmatlami  ko'rsa- 

tishdan olingan daromad  (foyda);

• asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan daro­

mad  (foyda);

•  realizatsiyadan  tashqari  operatsiyalardan  olingan  daromad 

(foyda)lar (bu operatsiyalar bo'yicha xarajatlar chegirilgan).

Mahsulot  (ish,  xizmat)ni  sotishdan  olingan  daromad  (foyda) 

mahsulot  (ish,  xizmat)ni sotishdan olingan  tushum  bilan  (QQS va 

aksizlarsiz) mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va realizatsiya 

qilish xarajatlari o'rtasidagi  farq sifatida aniqlanadi.  Mahsulot (ish, 

xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi mamlakat hukumati 

tomonidan tasdiqlangan  «Xarajatlar tarkibi  to'g'risida»gi nizomga 

muvofiq  belgilanadi.  Soliqqa  tortish  maqsadlarida  aniqlanadigan

asosiy  fondlar va  boshqa  mol-mulkni  sotishdan  olingan  daromad 

(foyda)  shu  fondlar va  mol-mulklarning  sotish bahosi  va  ularning 

boshlangMch  (yoki  qoldiq)  qiymati  o'rtasidagi  farq  (inflyasiya 

indeksiga  oshirilgan  qayta  baholashni  hisobga  olgan  holda) 

ko'rinishida hisoblanadi.  Realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan 

olingan  daromad  (foyda)larning  tarkibiga  boshqa  korxonalaming 

faoliyatiga  hissali  ishtirok etishdan,  mol-mulkni  ijaraga  berishdan 

olingan daromad  (foyda)lar hamda mahsulotni ishlab chiqarish va 

realizatsiya qilish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan operatsiyalardan 

olingan  boshqa daromad  (foyda)lar kiradi.

Korxonalarga  tegishli  bo'lgan  daromad  (foyda)ni  soliqqa 

tortishda soliq imtiyozlari  muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb 

etadi.  Shu munosabat bilan soliqni hisoblashda soliqqa tortiladigan 

baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:

• ishlab chiqarish maqsadlariga mo'ljallangan  kapital quyilma- 

larni  moliyalashtirishga,  xuddi  shu  maqsadlar  uchun  olingan  va 

foydalanilgan bank kreditlarini qaytarishga (foizlarini ham qo'shgan 

holda) yo'naltirilgan  daromad  (foyda)ning summasiga;

•  iqtisodiyotning  barcha tarmoqlari  korxonalari uchun  uy-joy 

qurilishini  moliyalashtirishga yo'naltirilgan  daromad  (foyda)  ning 

summasiga;

• mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlan­

gan  normativlarga muvofiq ravishda ijtimoiy-madaniy soha ob’ekt­

lari va uy-joy fondini saqlashga yo'naltirilgan korxonalaming haqiqiy 

xarajatlari summasiga;

• xayriya  fondlariga badallar summasi va boshqalarga.

Korxonalaming  daromadi  (foydasi)dan  olinadigan  soliqning

stavkasi  «Byudjet  to'g'risida»gi  qonunga  muvofiq  o'matiladi.  Bu 

soliq  joriy  etilgan  dastlabki  yilda  uning  stavkasi  38%  darajasida 

belgilangan bo'lsa,  uning darajasi  2007 yilda  10% ga  teng bo'lgan.

Soliqning  summasi  soliq to'lovchilar tomonidan  buxgalteriya 

hisoboti  ma’lumotlari  asosida  (yil  boshiga  nisbatan  o'sib  borish 

tartibida), mustaqil ravishda aniqlanadi.  U byudjetga soliq to'lovchi 

tomonidan choraklik hisob-kitoblar bo'yicha choraklik buxgalteriya 

hisobotini  taqdim  etish  muddati  uchun  belgilangan  kundan  besh 

kunlik muddatda, yillik hisob-kitoblar bo'yicha esa yillik buxgalteriya

hisoboti  va  balansini  taqdim  etish  muddati  uchun  belgilangan 

kundan  o ‘n  kunlik  muddatda  o'tkaziladi.  Chorak  davomida  bu 

soliqni  to'lovchilar  har  oyning  15-kunidan  kechiktirmasdan 

choraklik soliq summasining  1/3 qismi miqdorida avans to'lovlarini 

amalga oshirishlari  kerak.

Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig'i.  Bu  soliq 

jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlaming asosiysidir.  Odatda, 

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i murakkab progres­

siya prinsipi  bo'yicha o'matilgan progressiv stavkalarda undiriladi. 

Bu  soliq  yordamida soliqqa  tortishning  ikki  tizimi  mavjud:

1)  shedulyar  yoki  inglizcha  tizim.  Bunday  tizim  uzoq  davr 

mobaynida Buyuk Britaniya va dunyoning boshqa mamlakatlarida 

qo'llanilib kelinayapti.  U soliq to'lovchi daromadining jami bo'yicha 

emas,  balki  uning  qismlari  bo'yicha  daromad  manbaida  amalga 

oshiriladi;

2)  global  tizim.  Bunda  daromad  solig'i  orqali  soliqqa  tortish 

soliq  to'lovchining jami  daromadi bo'yicha  amalga oshiriladi va u 

G'arb  mamlakatlarida asosiy tizim  hisoblanadi.

Ba’zi  hollarda  daromad  solig'i  orqali  jismoniy  shaxslaming 

daromadlari soliqqa tortilayotganda soliqqa tortilmaslik minimumi 

qo'llaniladi  va  uning  miqdori  qonunchilikka  muvofiq  ravishda 

o'matiladi.

Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo'lgan jismoniy 

shaxslar bu soliqning to'lovchilari hisoblanadi.  U quyidagi shakllarda 

to'lanishi mumkin:

•  daromad  manbaidan,  ya’ni  asosiy  ish joyidan va  boshqa  ish 

beruvchilardan;

• agar daromad  bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy 

tarzda  belgilangan  daromadning  yillik  sum m asidan  oshsa, 

daromadlar to'g'risidagi  deklaratsiya ko'rinishida;

• tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish 

shaklida.

Jami  yillik  daromad  bilan  qonunda  belgilangan  chegirmalar 

o'rtasidagi  farq  sifatida  hisoblangan  soliq  solinadigan  daromad 

soliqqa  tortish  o b ’ektidir.  Jismoniy  shaxslam ing  jam i  yillik 

daromadiga soliq to'lovchi olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki tekinga

olgan  pul  yoki  boshqa  mablag'lar,  shu jumladan,  mehnatga  haq 

to'lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslaming mulkiy 

daromadi  va  tadbirkorlik  faoliyatidan  keladigan  yalpi  daromadi 

kiradi.

16.5.  Mahalliy soliqlar va yig'imlar

Mahalliy  soliqlar  va  yig'imlar  fiskal  nuqtai  nazardan  yetarli 

darajada  samarali  bo'lmagan  va  ikkinchi  darajali  ahamiyatga  ega 

bo'lgan soliqlar va yig'imlardir.  Mamlakatning soliq qonunchiligiga, 

davlat  hokimiyati  organlarining qarorlariga va mahalliy o'z-o'zini 

boshqarish  organlarining  m e’yoriy-huquqiy  aktlariga  muvofiq 

o'rnatiladigan  hamda  tegishli  mahalliy  hududda  to'lanishi  shart 

bo'lgan soliq va yig'imlarga  mahalliy soliqlar va yig'imlar deyiladi.

Davlat  hokimiyati  oiganlari va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish 

organlari  vakolatiga,  o'zlarining  fiskal  ahamiyatiga- va  amal  qilish 

davriga  qarab  mahalliy soliq va yig'imlar ikkiga bo'linadi:

1) hokimiyatning qonunchilik organi tomonidan joriy etiladigan 

va  mamlakatning  barcha  hududlarida  amal  qiladigan  mahalliy 

soliqlar va yig'imlar;

2)  mahalliy  o'zini-o'zi  boshqarish  organlarining  qaroriga 

muvofiq joriy etiladigan  mahalliy soliqlar va yig'imlar.

Birinchi  guruhga  kiruvchi  mahalliy  soliqlar  va  yig'imlarning 

tarkibi quyidagilardan  iborat:

• jismoniy shaxslaming  mol-mulkidan olinadigan soliq;

• yer solig'i;

•  reklama solig'i;

•  savdo  qilish  huquqi  uchun  yig'im;

• va boshqalar.

Mahalliy soliqlar va yig'imlar bo'yicha ushbu konkret stavkalar 

davlat hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq belgilanadi.  Ularni 

undirish  va  to'lash  tartibi  tegishli  organ  (masalan,  Davlat  soliq 

qo'mitasi) tomonidan ishlab chiqilgan yo'riqnomaga muvofiq amalga 

oshiriladi.

O'z  navbatida,  ikkinchi guruhga kiruvchi  mahalliy soliqlar va 

yig'imlarning tarkibi quyidagilardan  iborat bo'lishi  mumkin:

•  kompyuterlar,  hisoblash  texnikalari  va  avtomobillarni  olib- 

sotganlik uchun  soliq;

• avtotransportlar to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig'im;

•  hududlarni  obodonlashtirish  uchun yig'im;

•  maorif tashkilotlarining ehtiyojlari uchun yig'im;

• fuqarolaming boshqa maqsadli yig'imlari;

• va  boshqalar.

Ikkinchi  guruhga  kiruvchi  mahalliy  soliqlar  va  yig'imlarga 

nisbatan yagona yo'riqnomaning bo'lishi mumkin emasligi sababli 

tegishli vakolatli organlar (Moliya vazirligi,  Davlat soliq qo'mitasi 

va boshqalar) alohida olingan mahalliy soliqlar va yig'imlar bo'yicha 

namunaviy  nizom  (yo'riqnoma)  ishlab  chiqishlari  va  mahalliy 

hokimiyat oiganlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishda undan 

foydalanish  tavsiya etilmog'i lozim.

Bahs-munozara va  nazorat uchun savollar

•  Byudjet  daromadlari  deb  nimaga  aytiladi?

•  Nima uchun byudjet daromadlari  oraliq xarakteriga  ega?

•  Byudjet  daromadlari  nima  uchun  zamr?

•  Byudjet  daromadlari  qanday  jarayonda  vujudga  keladigan 

iqtisodiy munosabatlami  o'zida ifoda etadi?

•  Byudjet  daromadlari  qanday  organlarning  ixtiyoriga  kelib 

tushadi?

•  Mamlakatlaming  davlat tuzilishiga bog'liq ravishda  byudjet 

daromadlari qanday farqlanadi?

• Qaysi tushuncha bir-biridan katta:  davlat daromadlarimi yoki 

byudjet daromadlari?  Nima uchun?

•  Byudjet  daromadlarining  moddiy-buyumlashgan  shaklini 

nimalar tashkil etadi?

• Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbaini  nima tashkil 

etadi?

•  Davlatning  ehtiyojlarini  qondirishga  milliy  boylik  ham jalb 

etilishi mumkinmi?  Qanday hollarda?

•  Milliy daromadni  davlat  tomonidan  davlatlashtirish  (davlat 

ixtiyoriga o'tkazish) qanday metodlar yordamida amalga oshiriladi?

• Davlat kreditiga nimalar inobatga olingan holda murojaat qilinadi?

•  Davlat  kreditini  olishning  qanday  ikki  yo‘li  mavjud?

• Qanday vaziyatlarda davlat qog‘oz pullar emissiyasiga murojaat 

qiladi?

•  Byudjet  daromadlari  kategoriyasining  namoyon  bo'lish 

shakllari  nimalardan iborat?

•  Miqdoriy jihatdan  byudjetning  daromadlari  o'zida  nimani 

ifodalaydi?

•  Byudjet daromadlarining absolyut hajmi va salmog'i  qanday 

omillarga bog'liq?

•  Byudjet  daromadlarini  shakllantirish  jarayonining  asosiy 

prinsiplari nimalardan iborat?

•  Byudjet  daromadlarining  asosiy  qismi  soliqlar  yordamida 

byudjetga  undirilishi  tufayli  ularga  nisbatan  bu jarayonda  qanday 

prinsiplardan foydalaniladi?

• Byudjet daromadlari qanday mezonlar asosida klassifikatsiya 

qilinishi  mumkin?

•  Byudjet  daromadlari  o'zlarining  manbalariga  ko'ra  qanday 

guruhlarga bo'linadi?

•  Byudjetning soliqli  daromadlari  tarkibi  nimalardan  iborat?

•  Byudjetning soliqsiz daromadlari  tarkibiga  nimalar kiradi?

•  Tushumlarning  qanday  turiari  (ko'rinishlari)  byudjet 

daromadlarining tarkibiga olinishi  mumkin?

• Amaliyotda  Davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda 

klassifikatsiya qilinayapti?

• To'g'ri  (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlaming tarkibi nima­

lardan iborat?

• O'zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko'ra byudjet daromadlari 

qanday guruhlarga bo'linishi  mumkin?

•  Mulkchilik  shakliga  ko'ra  byudjet  daromadlari  qanday 

ko'rinishlarga ega  bo'lishi  mumkin?

•  Yuridik  nuqtai  nazardan,  byudjet  daromadlari  qanday 

guruhlardan tashkil topadi?

• Davlat byudjeti daromadlariga «Byudjet tizimi to'g'risida» gi 

O'zbekiston Respublikasi qonunining  11-moddasiga muvofiq qanday 

daromadlar kiritilgan?

•  0 ‘zbekiston  Respublikasining  respublika  byudjeti  qanday 

daromadlami o ‘z tarkibiga oladi?

• Qoraqalpog‘iston  Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 

daromadlari qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi mumkin?

•  Byudjetlarning  barcha  daromadlari  u  yoki  bu  byudjetlarga 

biriktirilishiga qarab,  qanday guruhlarga bo'linishi  mumkin?

•  Byudjet daromadlari qay tarzda (shaklda) jalb qilinishi mumkin?

•  Qanday  metodlami  qoMlash  evaziga  sub’ektlarning  daro­

madlari byudjet  ixtiyoriga olinayapti?

•  Hozir  Davlat  byudjeti  daromadlarining  tarkibi  nimalardan 

iborat va uning  tuzilmasi  qanday?

•  Milliy  iqtisodiyotda  qo'llanilayotgan  byudjet  daromadlari 

tizimining  samaradorligi  bevosita  nimaga  bogMiq  va  u  o ‘z  ichiga 

nimalarni oladi?

• «Byudjet daromadlari» va «Davlat daromadlari» tushunchalari 

o ‘rtasiga tenglik belgisini qo'yish  mumkinmi?

•  Soliq  (lar)  deb  nima(lar)ga  aytiladi?

•  Soliqlaming  ijtimoiy  mazmuni  nimadan  iborat?

•  Soliqlaming  moddiy asosini  nimalar tashkil  etadi?

•  Soliqlar qanday xarakterli  belgilarga ega?

•  Soliqlar qanday  funksiyalami  bajaradi?

• Soliqlaming fiskal funksiyasining mazmuni nimalardan iborat?

• Soliqlaming tartibga solish (rag'batlantirish)  funksiyasiga xa- 

rakteristika bering.

•  Soliqlaming asosiy elementlari  tarkibiga nimalar kiradi?

•  Soliq sub’ekti  nima?

•  Soliq ob’ekti  nimalardan  iborat  boMishi  mumkin?

•  Soliq  manbai tarkibiga  nimalar kiradi?

•  Soliqqa tortish  birligi  deb nimaga  aytiiadi?

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling