A. V. Vahobov, T. S. Malikov


•  Soliq  stavkasi  nima  va  uning  qanday  ko'rinishlari  boMishi


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75

•  Soliq  stavkasi  nima  va  uning  qanday  ko'rinishlari  boMishi 

mumkin?

•  Soliq imtiyozlari  deyilganda nimalar tushuniladi?

•  Soliqqa tortiladigan  baza  (asos,  negiz)  nima?

•  Soliq  okladi  deyilganda  nima  nazarda tutiladi?

•  Soliq tizimi  deb nimaga aytiladi?

•  Soliq  mexanizmining ta’rifini aytib bering.

•  Unitar  davlatlarda  soliq  tizimi  o ‘z  ichiga  qanday  soliqlami 

oladi?

•  Federativ  davlatlarda  soliq  tizimi  necha  bo‘g‘indan  tarkib 

topadi?

• Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan qanday 

asosiy soliqlar Davlat  byudjetiga biriktiriladi?

• Zamonaviy soliq tizimi  nimalarga  qaratilgan bo'lishi  kerak?

•  O'zbekiston  Respublikasining  soliq  tizimi  qanday  belgilar 

bilan xarakterlanadi?

•  Soliqqa  tortish jarayonlari  bilan  tartibga  solinadigan  soliq 

tizimining asosiy prinsiplari nimalardan  iborat?

• Sizningcha, hoziigi sharoitda soliq tizimida qanday nuqsonlar 

bo'lishi  mumkin?

• Soliq islohotlarini amalga oshirish bo'yicha davlat siyosatining 

asosiy yo'nalishlar; umumiy ko'rinishda nimalardan iborat bo'lishi 

mumkin?

•  Mamlakatning  soliq  tizimi  qanday  belgilar  va  omillarga 

muvofiq klassifikatsiya qilinadi?

•  Soliqqa  tortishning  ob’ekti  hamda  soliq  to'lovchi  va  davlat 

o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga bog'liq ravishda soliqlar qanday 

guruhlarga bo'linadi?

•  Nega  soliqlaming  bir  guruhi  to'g'ri  (bevosita)  va  ikkinchi 

guruhi esa  egri  (bilvosita)  soliqlar deb yuritiladi?

• Qanday soliqlar to'g'ri (bevosita) soliqlaming tarkibiga kiradi?

•  Egri  (bilvosita) soliqlaming tarkibi  nimalardan  iborat?

•  Foydalanilishi  bo'yicha  soliqlar  qanday  soliqlardan  iborat 

bo'lishi mumkin?

• Olinishi va tegishliligi qaysi organga bog'liqligiga qarab, soliqlar 

qanday soliqlarga farqlanadi?

• Umumdavlat soliqlari deb nimaga aytiladi va ularning tarkibiga 

qanday soliqlar kiradi?

• Qo'shilgan qiymat solig'i  deganda  nima tushuniladi?

•  Boshqa soliqlarga nisbatan  qo'shilgan  qiymat solig'i  qanday 

afzalliklarga ega?

• Kimlar qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchilar hisoblanadi?

• Qo'shilgan qiymat solig'i orqali soliqqa tortishda qanday soliq 

imtiyozlari  ko'zda tutiladi?

•  Odatda,  qo'shilgan  qiymat  solig'ini  to'lashning  qanday 

muddatlari belgilanishi mumkin?

•  Aksiz  solig'i  nima  va  qanday  mahsulotlarga  aksiz  solig'i 

solinadi?

• Korxona va tashkilotlaming daromadi (foydasi)dan olinadigan 

soliqning  ahamiyati  nimadan  iborat  va  kimlar  uning  to'lovchilari 

hisoblanadi?

• Korxona va tashkilotlaming daromadi (foydasi)dan olinadigan 

soliq  uchun  soliqqa  tortish  ob’ekti  bo'lib  nima  xizmat  qiladi  va 

uning tarkibi qanday elementlardan tashkil topgan?

•  Korxonalarga  tegishli  bo'lgan  daromad  (foyda)ni  soliqqa 

tortishda  qanday  soliq  imtiyozlari  beriladi  va  soliqni  hisoblashda 

soliqqa tortiladigan baza qanday summalarga kamaytiriladi?

•  Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig'i  qanday 

o'matilgan progressiv stavkalarda undiriladi va bu soliq yordamida 

soliqqa  tortishning qanday  ikki tizimi  mavjud?

•  Kimlar  bu  soliqning  to'lovchilari  hisoblanadi  va  u  qanday 

shakllarda to'lanishi  mumkin?

•  Mahalliy soliqlar va yig'imlar deb nimaga aytiladi va ularning 

tarkibi nimalardan  iborat?

•  Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o ‘z-o ‘zini boshqarish 

organlari  vakolatiga,  o'zlarining  fiskal  ahamiyatiga  va  amal  qilish 

davriga  qarab  mahalliy  soliq  va  yig'imlar  qanday  ikki  guruhga 

bo'linadi va ularning  har biri  tarkibiga nimalar kiradi?

17-B O B . 

BYUDJET  XARAJATLARI

17.1. Byudjet xarajatlari:  mazmun-mohiyati,  tarkibi, 

tuzilmasi va klassifikatsiyasi

Davlatning o'z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bogMiq 

ravishda vujudga  kelgan  chiqimlar byudjet xarajatlari  deyiladi.  Bu 

chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari  mablagMaridan 

turli yo' nalishlar bo'yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan 

iqtisodiy munosabatlami  ifodalaydi.

Byudjet xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya boMgan byud­

jetning  ko'rinishlaridan  biri  bo'lib,  unga tegishli  boMgan  umumiy 

xususiyatlarga  egadir,  ya’ni  ular  taqsimlash  xarakteriga  ega, 

ifodalanishning  pul  shakli  xos,  pul  fondlarining  amal  qilishi  bilan 

bogMangan va davlat tomonidan tashkil qilinadi.  Shu bilan birgalikda 

byudjet xarajatlari bir butunning o ‘ziga xos qismi boMganligi uchun 

ular  davlatning  markazlashtirilgan  pul  fondlari  mablagMaridan 

foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bogMiqdir.  Bu 

taqsimlash  munosabatlarining  moddiy  buyumlashgan  shakli  turli 

sohalarga  yo'naltirilayotgan  byudjet  mablagMarining  harakatidan 

iboratdir.

Byudjet  xarajatlarining  iqtisodiy  mohiyati  uning  turli-tuman 

ko'rinishlari  (turiari)  orqali  namoyon  boMadi.  Xarajatlarning  har 

bir  turi  o'zining  miqdoriy  va  sifat  tavsifiga  ega.  Ularning  sifat 

xarakteristikasi  voqelikning  iqtisodiy  tabiatini  ifodalab,  byudjet 

xarajatlarining  mo'ljallanganligini,  miqdoriy  xarakteristika  esa 

ularning o'lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi.

Byudjet xarajatlari chiqimlarning konkret turiari orqali namoyon 

boMadi.  Byudjet xarajatlarining konkret turlarining xilma-xilligi esa, 

o'z  navbatida,  quyidagi  omillaming  mavjudligi  bilan  belgilanadi: 

davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari;  mamlakatning ijtimoiy- 

iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi;  byudjetning  milliy  iqtisodiyot  bilan 

bog'langanligi;  iqtisodiy munosabatlaming rivojlanganlik darajasi; 

byudjet  mablagMarining  namoyon  boMish  shakllari  va  h.k.  Bu

omillaming qo'shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir 

bosqichida  har  qanday  davlat  JJyudjet  xarajatlarining  u  yoki  bu 

tizimini  vujudga keltiradi.

Jamiyatning  iqtisodiy  hayotida  lj>yudjet  xarajatlarining  roli  va 

ahamiyatini  aniqlash  uchun  ularni  m a’lum  belgilarga  ko'ra 

turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet 

xarajatlarini  klassifikatsiya  qilishning  bir  necha  belgilari  mavjud. 

Ular o'zlarining iqtisodiy mazmuni,  funksionalligi,  ijtimoiy takror 

ishlab  chiqarishdagi  roli,  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  va  faoliyat 

turiari yoki  idoraviy bo'linishi,  ijtimoiy mo'ljallanganligi  bo'yicha, 

hududiy  turkumlanishi,  ma’lum  maqsadlari  va  yuridik  nuqtai 

nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko'ra alohida guruhlarga 

ajratilishi  mumkin.

Iqtisodiy  mazmuniga  ko'ra byudjet  xarajatlari  kapital  va joriy 

xarajatlarga  bo'linadi.  Bu  xarajatlar  kengaytirilgan  takror  ishlab 

chiqarish jarayoniga ulaming qanday ta’sir ko'rsatishimumkinligini 

ifodalaydi.

Byudjetning  kapital  xarajatlari  innovatsion  va  investitsion 

faoliyatga yo'naltirilgan xarajatlardir.  Bu xarajatlarning tarkibiga:

a)tasdiqlangan  investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki 

yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun 

mo'ljallangan xarajatlar;

b)yuridik  shaxslarga  investitsion  maqsadlar  uchun  byudjet 

kreditlari sifatida beriladigan mablag'lar;

v)kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  bilan  bog'liq  bo'lgan 

kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog'liq 

bo'lgan boshqa xarajatlar;

g)amalga  oshirilishi  davlat  mulkiga  tegishli  bo'lgan  mulkni 

oshirish yoki  uni  yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;

d)byudjet  xarajatlarining  iqtisodiy  turkumlanishiga  muvofiq 

byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar 

kiradi.

Byudjetining  kapital  xarajatlari  tarkibida  Taraqqiyot  byudjeti 

shakllantirilishi mumkin.

Davlat  hokimiyat  organlari,  mahalliy  o'z-o'zini  boshqarish 

organlari,  byudjet  tashkilotlarining  joriy  faoliyatini  ta’minlashga

yo'naltirilgan  byudjet  xarajatlari,  boshqa  byudjetlar va  iqtisodiyot 

alohida  tarmoqlariga  dotatsiya,  subsidiya  va  subvensiya  shaklida 

ko'rsatiladigan,  davlat tomonidan qoMlab-quvvatlash  bilan bog'liq 

bo'lgan  xarajatlar  va  byudjet  xarajatlarining  turkumlanishiga 

muvofiq,  kapital  xarajatlarning  tarkibiga  kiritilmagan  boshqa 

xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari  deyiladi.

Aniqroq  qilib  aytganda  byudjetning  joriy  xarajatlari  tarkibi 

quyidagilardan  iborat bo'lishi  mumkin:

• davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, 

milliy xo'jalikning davlat tarmoqlarini  saqlash,  fuqarolik va harbiy 

xarakterdagi  tovariar  va  xizmatlami  sotib  olish,  davlat  muassasa­

larining joriy xarajatlari);

• hokimiyatning  quyi  organlari,  davlat  korxonalari  va xususiy 

korxonalarga joriy subsidiyalar;

• transfert toMovlari;

• davlat qarzlari  bo'yicha  foizlami to'lash;

• boshqa xarajatlar.

Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar 

byudjetida aks etgan  chiqimlarga  mos  keladi.

Takror ishlab chiqarishdagi roliga qarab byudjet xarajatlari milliy 

iqtisodiyotga  (xo'jalikka)  qilinadigan  xarajatlar  va  ijtimoiy  soha 

hamda  aholini  ijtimoiy  qo'llab-quvvatlash  xarajatlariga bo'linadi. 

Bu xarajatlarga,  eng avvalo,  davlat korxonalari va davlat ulushi bor 

bo'lgan korxonalaming ustav  kapitalini shakllantirish, ulami yanada 

kengaytirish  va  rivojlantirish,  davlat  moddiy  zaxiralarini  yaratish 

xarajadari kiradi.  Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy 

qo'llab-quvvatlash  xarajatlari  ham  ijtimoiy jihatdan zarur bo'lgan 

xarajatlardir.  Bu xarajatlar  iste’mol  fondlarini  shakllantirish  bilan 

bog'liq.  Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyoj­

larini,  boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondi­

rishga mo'ljallangan.  Bu yerda byudjet xarajatlari  ijtimoiy iste’mol 

fondlarini  (mamlakatning  mudofaa  fondi,  ilmiy tadqiqotlar  fondi 

va boshqalar) shakllantirishni to'liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa 

qisman (nomarkazlashtirilgan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) 

ta’minlaydi.  Shu  bilan  birgalikda,  byudjet  mablag'larining  katta 

qismi  shaxsiy  iste’mol  fondlarining  ijtimoiy  iste’mol  fondlariga

(maorif, sogMiqni saqlash,  madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug'urta 

va  ijtimoiy  ta’minot,  aholi  uchun  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan 

xizmatlar  bahosi  o'rtasidagi  farqlarni  qoplash,  ko'p  bolali  va  kam 

ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo'l­

gan qismini  shakllantirishda  keng foydalaniladi.

Funksional  nuqtai  nazardan byudjet xarajatlarining klassifika­

tsiya qilinishi pul mablag'larini ijtimoiy faoliyat sohalariga yo'naltiril- 

ganligini aks ettiradi.  Bunda byudjet xarajatlari quyidagi yirik guruh­

larga bo'linishi  mumkin:

•  davlat  boshqaruvi  va  mahalliy o'zini-o'zi  boshqarish;

•  sud  hokimiyati;

•  xalqaro  faoliyat;

•  milliy  mudofaa;

•  huquqni  muhofaza qilish  va  davlat xavfsizligini  ta’minlash;

•  fundamental  tadqiqotlar  va  ilmiy-texnika  taraqqiyotini

•  ta’minlash;

•  sanoat,  energetika va qurilish;

•  qishloq  xo'jaligi va  baliqchilik;

•  atrof-m u h itn i  va  tabiiy  resurslam i  m uhofaza  qilish, 

gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya;

•  transport,  yo'l  xo'jaligi,  aloqa va  informatika;

•  uy-joy  kommunal  xo'jaligi;

•  maorif;

•  sog'liqni  saqlash  va jismoniy tarbiya;

•  madaniyat,  san’at  va  kinematografiya;

•  ommaviy axborot  vositalari;

•  davlat  qarziga xizmat  qilish;

•  boshqa  darajadagi  byudjetlarga  moliyaviy yordam;

•  maqsadli  byudjet  fondlari;

• davlat  zaxiralari va  rezervlarini  to'klirish;

•  ijtimoiy siyosat;

•  boshqa  xarajatlar.

Byudjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi 

davlatning ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi rolini ko'rsatadi.

Byudjet  xarajatlarining  tarmoq  belgisi  bo'yicha  guruhlarga 

ajratishning asosi qilib  milliy iqtisodiyot (xo'jalik)ning umume’tirof

etilgan tarmoqlarga bo'linishi qabul qilingan.  Shunga ko'ra, byudjet 

xarajatlari sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish, transport, aloqa,  maorif, 

sog'liqni  saqlash,  madaniyat  va  sport,  fan,  ijtimoiy  sug'urta  va 

ijtimoiy ta’minot,  davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga 

bo'linishi  mumkin.  Byudjet  xarajatlari  milliy iqtisodiyot  (xo'jalik) 

tarmoqlarining pul fondlarini shald lantirishda mustahkam moliyaviy 

asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning tarmoqlararo bo'linishi 

moliyaviy  resurslami  taqsimlashdagi  nisbatlarni  aniqlashga  ham 

imkon beradi,  milliy xo'jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli 

yo'nalishda o'zgartiradi.  Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda 

yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet mablag'larining katta 

qismini  ijtimoiy  soha  va  aholini  bevosita  ijtimoiy  qo'llab- 

quwatlashga yo'naltirish  imkonini  berayapti.  Bir vaqtning  o'zida 

iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlarining  (mashinasozlik,  qishloq 

xo'jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko'lamlarda byudjet 

hisobidan moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti.

Idoraviy  belgiga  ko'ra  byudjet  xarajatlarining  klassifikatsiya 

qilinishi byudjet assignovaniyalarini oluvchi vazirlik,  boshqa davlat 

muassasasi yoki yuridik shaxsning  ajratib olinishiga  imkon beradi. 

Byudjet xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi natijasida 

boshqaruv  tizimining  o'zgarishi  bilan  bog'liq  bo'lgan  xarajatlar 

tuzilmasidagi o'zgarishlar o'z vaqtida ko'rsatiladi.

Ijtimoiy mo'ljallanganligi bo'yicha byudjet xarajatlarining iqtisodiy 

guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan 

funksiyalami  o'zida  aks  ettiradi.  Ana  shunga  muvofiq  ravishda 

byudjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

• ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari;

• milliy xo'jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;

•  harbiy  (mudofaa) xarajatlar(i);

• boshqaruv xarajatlari;

• rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim 

etish xarajatlari.

Ijtimoiy soha va aholini  ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari 

maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, 

aholi  uchun  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan  xizmatlar baholaridagi 

farqlarni  byudjetdan  qoplash  va  oilalarga  ijtimoiy  nafaqalarni  o'z

tarkibiga oladi.  Davlatning ijtimoiy funksiyasini o ‘zida aks etib, bu 

guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish 

va  takomillashtirishga,  fan  va  madaniyatni  moliyalashtirishga, 

aholining tibbiy xizmatga boMgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, 

ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo‘1 

ochib beradi.

Ta’lim  va  sogMiqni  saqlashning  aholiga  tekin  xizmat  qilishi 

hamon ustuvorligicha  qolayapti.  Umumiy ta’limni tekin va kasbiy 

ta’limni  tanlov  asosida  o'tkazish  kafolatlanganligicha  qolmoqda. 

Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga 

katta e ’tibor berilmoqda.  Ish haqining eng kam darajasini oshirish, 

ishsizlik bo'yicha berilishi  lozim  bo'lgan  nafaqalarning  miqdorini 

ko'paytirish,  maktab  yoshigacha  bo'lgan  bolalar,  maktab 

o'quvchilari, studentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya 

qilish, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish 

bo'yicha choralar ko'rilmoqda.

M illiy  xo'jalikka  (iqtisodiyotga)  byudjetdan  xarajatlarning 

qilinishi davlatning hamon xo'jalik yurituvchi asosiy sub’ektlardan 

biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko'lamlarda 

yangi  sanoat  korxonalarini  qurish,  zamonaviy  industrial  asosda 

qishloq  xo'jaligi  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  transport,  aloqa 

va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollani- 

shini  ta’minlashga  imkon  yaratadi.  Shuning  uchun  ham  hozirgi 

sharoitda byudjetning  bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar 

va  markazlashtirilgan  investitsiyalami  moliyalashtirish  xarajatlari 

alohida o'rin egallaydi.

Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab 

chiqarish  kuchlarini  rivojlantirishga  byudjetning  ma’lum maqsad­

larga yo'naltirilgan  ta’sirchanligi  kuchaymoqda.  Byudjet xarajatlari 

iqtisodiyot  rivojiga  rag'batlantiruvchi  ta’sir  ko'rsatadi.  Shuning 

uchun  ham  jahonning  ko'pgina  mamlakatlaridagi  (masalan, 

Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va boshqa mamla­

katlarda)  «iqtisodiy  mo'jiza»  aynan  davlatning  moliyaviy  qo'llab- 

quwatlashi  natijasida sodir bo'ldi.

Byudjetning milliy xo'jalikka (iqtisodiyotga) yo'naltirilgan xara­

jatlari tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari,

iqtisodiy va  ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo‘jaligini va iqtisodiyot­

ning davlat tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash, milliy xo‘jalikning ayrim 

tarmoqlari  va  mamlakat  mintaqalarida  bandlikni  ta’minlash, 

eksportni rag'batlantirish  xarajatlaridan iborat.

Keyingi  yillarda  davlat  kapital  quyilmalarining  hajmi  keskin 

oshmoqda.  Xususiy  firmalarga,  ayniqsa,  taraqqiyot  mintaqalariga 

berilayotgan  subsidiyalar  miqdori  ko'paymoqda.  Iqtisodiyotda 

tarkibiy  o ‘zgarishlami  amalga  oshirish  maqsadida  uning  ayrim 

tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli 

bank kreditlari  ko'rinishida tanlov yordami ko'rsatilayapti.

Iqtisodiyotning  qishloq  xo'jaligi  tarmog'iga  byudjetdan  katta 

miqdorda mablag' berilmoqda. Bu tarmoq ustuvor ravishda qo'llab- 

quwatlanishi lozim bo'lgan tarmoq hisoblanadi.  Qishloq xo'jaligiga 

beriladigan subsidiyalar ikki  ko'rinishda taqdim etilyapti:

1) qishloq xo'jaligi mahsulotlari uchun  kafolatlangan baholarni 

qo'llab-quvvatlash;

2)  ishlab  chiqarish  maqsadlari  —  qishloq  xo'jaligi  mashina­

lari,  mineral  o'g'itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun.

M illiy  mahsulotlami  eksport  qiluvchi  firmalar  faoliyatiga 

byudjetdan  yordam  ko'rsatilishi  jahon  bozorlaridagi  shiddatli 

ravishda o'sib borayotgan raqobat sharoitida ulaming ahvolini ancha 

yengillashtiradi.

Davlatning  byudjet  xarajatlari  orqali  iqtisodiyotga  aralashuvi 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling