A. V. Vahobov, T. S. Malikov


•  har  xil  maxsus  jamg‘armalar  ko‘magida  aholiga  ijtimoiy


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75

•  har  xil  maxsus  jamg‘armalar  ko‘magida  aholiga  ijtimoiy 

xizmatlar koiam ini kengaytirish. 

;

Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari  bevosita davlat 

ixtiyorida  bo‘lsa-da,  alohida  shaklda  faoliyat  ko’rsadi  va  davlat 

tomonidan moliyaviy resurslarini o ’z -o ’zidan olib qo‘yishga ruxsat 

berilmaydi.  Ularning Davlat byudjeti va unga tenglashtirilganlardan 

farqli  tomoni  shundaki,  bu  fondlarning  moliyaviy  resurslaridan 

foydalanish qat’iy maqsadli xususiyatga ega.

. Amaliyotda  har  bir  Davlatning  byudjetdan  tashqari jamar- 

masining moliyaviy manbalari har xil bo‘ladi.  Lekin shartli ravishda 

ularning  quyidagi  guruhlardan  tashkil  topishi  jahon  tajribasida 

namoyon bo'lmoqda:

•  mos  ravishdagi  fondlar uchun  davlat  tomondan  o'matilgan 

maxsus maqsadli soliqlar, yig'imlar va  ajratmalar;

•  xo'jalik  sub’ektlarining  iqtisodiy-moliyaviy  samarasidan 

ajratmalar;

•  Davlat  byudjeti  mablag'lari;

•  fondlarni  yuridik  shaxs  sifatida  tijorat  faoliyati (moliya 

bozori)dan olgan foydalari;

• tijorat banklarining  kredit resurslari. 

o.

 

1

;  Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalarining  klassifi­

katsiyasi.  Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini o'zlarining 

iqtisodiy  mazmuni  va  tashkil  etish  zaruratiga  ko'ra  ikkita  katta 

guruhga bo'lish  mumkin:

1.  Ijtimoiy  xususiyat  kasb  etuvchi  jamg'armalar.  Bularning 

tarkibiga Pensiya jamg'armasi,  Bandlikni qo'llab-quvvatlash  Davlat 

jamg'armasi,  Maktab  ta’limi  jamg'armasi,  Majburiy  tibbiyot 

sug'urtasi  jam g'arm asi,  A holini  ijtimoiy  qo'llab-quvvatlash 

jamg'armasi va boshqalar kiradi;

2.  Iqtisodiy  xususiyat  kasb  etuvchi  jamg'armalar.  Bularning 

tarkibi Respublika Yo'l jamg'armasi, Taraqqiyot va tiklanish zaxira 

jamg'armasi va boshqalardan iborat.  "  1

Davlatning  byudjetdan  tashqari  jam g'arm alari  huquqiy 

maqomiga muvofiq ham klassifikatsiyalanadi.  Odatda, ular federativ 

siyosiy tuzumga asoslangan davlatlarda 3 taga, unitar siyosiy tuzumga 

asoslangan mamlakatlarda esa 2 taga bo'linadi. Jumladan,  Federativ

mamlakatlarda  Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalar 

quyidagilardan iborat:

1.  Federal  boshqaruv mulkida bo'lgan  Davlat jamg'armalari;

2.  Federatsiya tarkibida bo'lgan shtat, respublika, yer, kantonlar 

va boshqalar mulkidagi mintaqaviy jamg'armalar;

3.  Mahalliy boshqaruv qaramog'idagi mahalliy ahamiyat  kasb 

etuvchi jamg'armalar.

Unitar  siyosiy  tuzum ga  asoslangan  davlatlarda  esa  bu 

jamg'armalar:

1)  respublika tasarrufida bo'lgan jamg'armalardan va

2)  mahalliy  hokimiyat  ixtiyori  va  boshqaruvida  bo'lgan 

jamg'armadan tashkil topadi.

Bundan  tashqari  dunyoning juda  ko'p  davlatlarida  idoralar, 

vazirliklar  va  yirik  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlar  ixtiyorida  ham 

ko'plab jamg'armalar tashkil etilgan.

3 O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan 

boshlab Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarini tashkil etish 

va ularni davr talabidan  kelib  chiqqan  holda davrga  moslashtirish 

chora-tadbirlari  amalga  oshirilib  kelinmoqda.  2002  moliya  yiliga 

qadar  bunday  jamg'armalaming  alohida  moliyaviy  resurslarini 

shakllantirish va ulardan maqsadli yo'nalishlarda foydalanish keng 

qo'llanilib kelinardi. Ammo ayrim byudjetdan tashqari jamg'arma- 

larda o'z vaqtida va  to'liq  moliyaviy resurslami  shakllantirmaslik, 

aholiga  berilayotgan  va  tarqatilayotgan  moliyaviy  resurslarda 

kechikish,  uzilish  hollari  tez-tez  uchray  boshladi.  Buning  oldini 

olish maqsadida 2002 yildan boshlab umumdavlat ahamiyatiga ega 

bo'lgan  ayrim  davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalari 

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida bo'lishi ma’qul 

deb  topildi.  Ammo  shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,  ularning 

muxtoriyatliligi to'liq saqlanib qoldi.  у  

If

  Hozirgi kunda  O'zbekiston  Respublikasi  milliy  iqtisodiyotida 

bir  qator  Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalar  mavjud. 

Ularning asosiylari quyidagilar:

1. 

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya 

jamg'armasi.

2.

  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

Respublika Y o‘1 jamg‘armasi.

3.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M ehnat  va  aholini  ijtimoiy 

muhofaza  qilish  vazirligi  huzuridagi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

aholisining bandligini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi.

4.  O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Maktab 

ta’limini  rivojlantirish  jamg'armasi  (2004—2009  yillarga  m o'l— 

jallangan).

5.  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

«Sug'oriladigan yerlarni  meliorativ yaxshilash» jamg'armasi.

6. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi.,

20.2. Pensiya jamg'armasi



Umumdavlat  moliyasi  tarkibidagi  bo'g'inlar  ichida  davlat 

byudjetidan  keyin  hajmi  va iste’molchilarni  qamrab  olish  ko'lami 

hamda  ijtimoiy  ahamiyati  bo'yicha  ikkinchi  o'rinda  turadigan 

markazlashgan jamg'armalardan biri bu byudjetdan tashqari Pensiya 

jamg'armasi  hisoblanadi.  O'zbekiston  Respublikasida  byudjetdan 

tashqari  Pensiya jamg'armasiga  dastlab  O'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  1996  yil  27  dekabrdagi  «O'zbekiston 

R espublikasi  ijtim oiy  ta’m inot  vazirligi  huzurida  Pensiya 

jamg'armasini tashkil etish to'g'risida»gi 459-sonli qaroriga muvofiq 

asos solingan.  Har bir yangi tashkil etilgan markazlashgan jamg'arma 

oldiga  muayyan  maqsad  qo'yilgani  bois,  ushbu jamg'arma  oldiga 

ham zarur maqsad qo'yildi. Jumladan,  Byudjetdan tashqari  Pensiya 

jamg'armasining  bosh  maqsadi-davlat  tomonidan  kafolatlangan 

pensiya ta’minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini  takomillashtirish, 

daromadlarga mo'ljallangan  majburiy badal, yig'im va ajratmalarni 

to'liq  yig'ilishini  ta’minlash,  shuningdek,  aholini  kuchli  ijtimoiy 

himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-tadbirlarini o'z vaqtida 

va to‘liqligicha ta’minlashga erishish hisoblanadi

2007  yil  ma’lumotlariga  muvofiq,  pensionerlar  soni-2,8  mln. 

nafar, nogironlar soni 812 ming nafar: shular jumlasidan, bolalikdan 

nogironlar 235 ming nafar, nogiron bolalar  122 ming nafar, o ‘zgalar 

yordami va qaromog‘iga muhtoj yolg‘izlar  30  ming  nafarni tashkil

etmoqda.  Shu kabilami  ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam 

berish,  o ‘z  navbatida,  Byudjetdan  tashqari  Pensiya jamg‘armasini 

tashkil  etishga asos boMadi.

Byudjetdan tashqari  Pensiya jamg'armasining  asosiy vazifala­

ridan biri O'zbekiston  Respublikasining  1993 yil  3 sentyabrda qabul 

qilingan «Fuqarolami  davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonu­

nini  hayotga tatbiq etishga qaratilgan.  Qayd etilgan qonunning  2- 

moddasida  quyidagi  ko'rinishdagi  davlat  pensiyalari  zikr etilgan:

— yoshga  qarab;

— nogironligi  bo'yicha;

— boquvchisini yo'qotganligiga ko'ra.

1995 yil 20 noyabrda O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining 

1289-sonli  Farmoni  e ’lon  qilindi.  Mazkur  Farmonda  1996  yil  1 

yanvardan  boshlab,  ishlayotgan,  xizmat  ko'rsatayotgan  va  ish 

bajarayotgan  pensionerlar  uchun  moMjallangan,  belgilangan 

pensiyaning  50  foiz  toManishi  nazarda  tutilgan.  Ammo,  ikkinchi 

jahon urushi  qatnashchilari yoxud  shularga tenglashtirilganlar,  1- 

2-guruh nogironlari,  Chernobil halokatini bartaraf etishda ishtirok 

etib,  ishlayotgan pensionerlar bundan mustasnodirlar.  Ular uchun 

belgilangan pensiyalar to'liq  100 foiz miqdorda olinishi belgilangan.

2000  yil  23  dekabrda  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 498-sonli «Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi 

mablagMarini  shakllantirish  va  xarajat  qilish  tartibi  to'g'risidagi 

Nizomni  tasdiqlash  to‘g ‘iii>ida»gi  Qarori  e ’lon  qilindi.  Ushbu 

Nizomda Byudjetdan tashqari  Pensiya jamg'armasini muvofiqlash­

tirib turishga xizmat qiladigan umumiy qoidalar, Pensiya jamg'arma- 

sining asosiy vazifalari va uni  hayotga tatbiq etish, jamg'armaning 

daromadlarini  shakllantirish  va  xarajatlarini  amalga  oshirish, 

jamg'armaning  daromad  va  xarajatlar  tartibini  ko'rib  chiqish  va 

prognozlar bo'yicha mas’ul vazirliklar bilan kelishish, jamg'armaning 

daromad va xarajat mablag'lari bo'yicha majburiyatlar, jamg'armaga 

kirim va chiqim qilinayotgan mablagMar ustidan nazorat qilish kabi 

talablar  mavjud  bo'lib,  ularni  o'z  vaqtida  va  to'liq  bajarilishini 

O'zbekiston  Respublikasi  Ijtimoiy  ta’minot  vazirligiga,  uning 

daromadlarini  shakllantirish  esa  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat 

soliq  qo'mitasiga  yuklatildi.  Moliyaviy  resurslaming  shakllanishi

va  mablag'lardan  maqsadli  foydalanish  ustidan  umumiy  nazorat 

«Nuroniy» jamg'armasi huzuridagi «Nazorat kengashiga» yuklatildi.

2005  moliya  yili  boshlangunga  qadar  Byudjetdan  tashqari 

Pensiya  jamg'armasi  dastlab  O'zbekiston  Respublikasi  Ijtimoiy 

ta’minot vazirligi, so'ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan umumlash- 

tirilganidan  keyin  O'zbekiston  Respublikasi  Mehnat  va  aholini 

ijtimoiy muhofaza  qilish vazirligi  tasarrufiga o'tkazildi.

2004  yil  21  oktyabrda  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 490-sonli «Byudjetdan tashqari  Pensiya jamg'armasi 

boshqaruvini  yanada  takomillashtirish  to'g'risida»gi  Qarori  e ’lon 

qilindi.  Ushbu  qarorga  muvofiq  Pensiya  jamg'armasi  2005  yil  1 

yanvardan  boshlab,  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

huzuridagi Byudjetdan tashqari  Pensiya jamg'armasi  maqomini oldi. 

Shuningdek,  ushbu  qaror  bilan  Byudjetdan  tashqari  Pensiya 

jamg'armasini boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgilandi.

Boshqaruv  kengashi  tarkibiga  quyidagi  vazirlik  va  idora 

rahbarlari yoki ularning muovinlari kiritilgan.  Jumladan:

— Kengash  raisi,  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya vaziri;

—  Kengash  raisi  muovini,  O'zbekiston  Respublikasi  Mehnat 

va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish vaziri;

A’zolari:

— O'zbekiston  Respublikasi  Davlat soliq  qo'mitasi  raisi;

— O'zbekiston  Respublikasi Markaziy banki  raisining muovini;

—  «Xalq banki»  boshqaruvi  raisi;

— «O'zbekiston pochtasi» Ochiq aksiyadorlik kompaniyasi bosh 

direktori;

— «Nuroniy»  respublika jamg'armasi  boshqaruvi  raisi.

Qayd  etilgan  qarorga  muvofiq  Moliya  vazirligi  huzuridagi

Byudjetdan tashqari  Pensiya jamg'armasini tezkor muvofiqlashtirib 

turuvchi  Ijroiya direksiya tasdiqlangan.

Byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'armasi  daromadlarining 

shakllanish tartibi  va  manbalari.  Jamg'arma daromadlari  quyidagi 

manbalar hisobiga shakllanadi:

1.  Majburiy ajratma  va  badallar

— mulk shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxs maqomida bo'lgan

xo'jalik sub’ektlarining ish haqi jamg'armasiga nisbatan o'matilgan 

yagona ijtimoiy to'lov;

— alohida yuridik shaxslardan  ijtimoiy sug'urta badallari;

— yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan 

shug'ullanayotgan jismoniy shaxslardan ijtimoiy sug'urta badallari;

— fuqarolaming  ish haqidan sug'urta  badallari;

— korxona,  tashkilot va muassasalar tovar (ish, xizmat) larining 

realizatsiya hajmidan ajratmalar.

2.  Boshqa to'lovlar

—dehqon  xo'jaligi  a’zolari  tomonidan  ixtiyoriy  ravishda 

to'lanayotgan sug'urta badallari;

— majburiy ajratma, to'lov va badallarni o'z vaqtida to'lamagan 

yuridik shaxslardan undiriladigan jarimalar;

— qonun bo'yicha taqiqlanmagan boshqa manbalar, shuningdek, 

xorijiy investitsiyalar va kreditlar,  ixtiyoriy to'lanadigan badallar.

Pensiya,  nafaqa va to'lov xarajatlarini  moliyalashtirish tartibi. 

Amaldagi  m e’yoriy  hujjatlarga  muvofiq  Pensiya  jamg'armasi 

quyidagi yo'nalishlarga xarajat qilinadi.

1.  Ishlamayotgan fuqarolarga, jumladan:

— ijtimoiy ta’minot bo'limi tomonidan belgilangan pensiyalar;

— davlat pensiya ta’minoti  huquqiga ega bo'lmagan mehnatga 

layoqatsiz,  nuroniy  va  bolalikdan  nogiron  bo'lgan  fuqarolarga 

nafaqalar;

— qonunga mos ravishda jamg'arma mablag'laridan moliyalash- 

tiriladigan boshqa kompensatsion  (tovon) to'lovlar(i).

2.  Ishlayotgan fuqarolarga,  xususan:

— ijtimoiy ta’minot bo'limi  tomonidan belgilangan pensiyalar;

— vaqtinchalik  mehnatga  layoqatsizligi uchun nafaqalar;

— homiladorlik va  tug'ish  uchun  nafaqalar;

— farzand tug'ilganligi  uchun  suyunchi  nafaqasi;

— motam  marosimlarini  bajarish uchun beriladigan  nafaqa;

—  16 yoshga to'lmagan, bolalikdan nogiron farzandlarning ota- 

onasidan biriga qo'shimcha beriladigan oylik to'lov;

— qonunga  mos ravishda  Pensiya jamg'armasi  mablag'laridan 

moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsion (tovon)  to'lovlar(i).

Ishlaydigan va  ishlamaydigan fuqarolar uchun pensiya,  nafaqa 

va boshqa kompensatsiya to'lovlarini moliyalashtirish  uchun Mehnat 

va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  va  uning joylardagi 

bo'limlarida hisob-kitob  raqami ochiladi.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi har oyning 

10-sanasigacha ishlaydigan va  ishlamaydigan fuqarolarga pensiya, 

nafaqa  va  kompensatsiya  to‘lovlariga  zarur  bo'lgan  moliyaviy 

mablag'lar  hajmini  aniqlaydi  va  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi huzuridagi  Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi ijrochi 

direksiyasiga buyurtma beradi.

Buyurtmaga  asoslangan  holda  Ijrochi  direksiya  jamg'arma 

mablag'ini  Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 

hisob  raqamiga  quyidagi  tartibda o'tkazadi:

—joriy to'lov oyining 5-sanasigacha — buyurtmada ko'rsatilgan 

moliyaviy  mablag'ning 40  foizi;

—joriy to'lov oyining 20-sanasigacha — buyurtmada ko'rsatilgan 

moliyaviy mablag'ning qolgan qismini.

M e’yoriy  hujjatlarda  ko'rsatilm agan  maqsadlar  uchun 

jamg'arma  mablag'larini  o'tkazish  yoki  undan  vaqtinchalik 

foydalanish  qat’iyan  man  etiladi.  Faqat  jamg'arma  boshqaruv 

kengashining maxsus qaroriga muvofiq,  ijrochi direksiya jamg'arma 

mablag'laridan  boshqa  maqsadlarda  foydalanishi  mumkin.  Ya’ni 

ijobiy  qoldiq  vujudga  kelgan  sharoitda  investitsion  ob’ektlarga 

iqtisodiy samara olish  maqsadida joylashtirish  mumkin.

Byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'armasi  xarajatlari  va 

daromadlari  hisobini  olib  borishga  bir  qator  vazirlik  va  idoralar 

javobgar.  Masalan,  O'zbekiston  Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi 

va uning joylardagi bo'limlari  prognoz bo'yicha jamg'armaga zarur 

bo'lgan soliq, ajratma, badal va to'lovlarni o'z vaqtida va to'liqligicha 

jamg'arma darodmadlariga kelib tushishiga  mas’uldirlar.

Ijrochi  direksiya  ko'zda  tutilgan  pensiya,  nafaqa  va  kompen- 

satsiyalarni  o'z vaqtida  moliyalashtirishga javobgardir.  Mehnat va 

aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirligi  va  uning  joylardagi 

bo'limlari  jamg'arma  mablag'larini  qat’iy  maqsadli  sarflanishiga 

mas’uldirlar.

20.3. Yo‘l jamg'armasi

0 ‘zbekiston Respublikasi geografik joylashuviga muvofiq, okean 

va dengiz bandargohlariga to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun kamida 

ikkita mustaqil mamlakatning davlat chegarasini bosib o'tishi lozim. 

Bunday  holat,  o'z  navbatida,  dengiz  transportini  tashkil  etish  va 

undan foydalanishga  imkoniyat  bermaydi,  albatta.  Bu narsa bizda 

havo yo'li tarnsporti,  temir yo'l tarnsporti,  quvur transporti va eng 

asosiysi  avtomobil  yo'l  transportini  boshqa  davlatlardagi  (Rossiya 

Federatsiyasi,  Ukraina,  Yaponiya,  Buyuk  Britaniya,  AQSh  va  bir 

qator  Fors  hamda  Arab  mamlakatlari)ga  qaraganda jadal  va  tez 

sur’atda rivojlantirishni  ob’ektiv zarurat deb biladi.  Buni teran his 

etgan  mamlakatimiz  rahbariyati  mustaqillikning  ilk  kunlaridan 

boshlab, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarni qurish, qayta 

ta’mirlash,  rekonstruksiya qilish chora-tadbirlariga katta ahamiyat 

berib kelmoqda.  ’

O'zbekiston  Respublikasining  Markaziy  Osiyo  mintaqasida 

tranzit  transport  tashuvlari  chorrahasida  joylashuvi  bevosita 

avtomobil  yo'llarini  muttasil  yangilanishini  va  davr  talabiga  mos 

rivojlanishini talab etadi.

Respublikamiz  transport  siyosatining  birlamchi  maqsadi  — 

mahalliy  iste’molchilar  bilan  birga,  xorijiy  mamlakatlar  foyda­

lanadigan eng yaxshi,  qulay va yuqori  iqtisodiy samaradorlikka ega 

bo'lgan  transport  yo'laklarini  respublika  hududidan  o'tkazishni 

ta’minlashdan iboratdir.

Avtomobil yo'llarini davr talabiga mos ravishda tashkil etishdan 

ko'zlangan  asosiy  maqsad  —  xalqaro  transport  yo'laklarini 

rivojlantirishga erishish,  mahalliy ishlab chiqaruvchilaming ishlab 

chiqargan  mahsulotlarini  xalqaro  bozorlarga  yetkazish  bo'yicha 

tarnsport xarajatlarini kamaytirish,  mahalliy ishlab chiqaruvchilar- 

ning  mahsulotlarini  xalqaro  bozorlarda  raqobatbardoshligini 

ta’minlashdir.  Avtomobil  yo'llarini  mana  shunday  ijtimoiy  va 

iqtisodiy xususiyatlarini  inobatga olib,  1992 yil 3-iyulda O'zbekiston 

Respublikasining  «Avtomobil  yo'llari  to'g'risida»gi  qonuni  qabul 

qilindi.  Mazkur  qonunning  10-moddasi  bevosita  yo'l  ishlarini 

moliyalashtirishga  bag'ishlangan  bo'lib,  uning  birinchi  bandida

shunday talablar o ’z aksini  topgan:«Umumiy foydalanishdagi  yo‘1 

ishlarini (avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya 

qilish, ta’mirlash va saqlash) moliyalashtirish tartibi Yo‘1 jamg'armasi 

mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi».

Qonunda aks  etgan ushbu bandning o'zi respublikada  maxsus 

yo'l jamg'armasini  tashkil etishni taqozo  etmoqda.  Shu bois,  1990 

yillarning  boshlaridayoq  «O'zavtoyo'1»  davlat  konserni  bazasida 

Respublika Yo'l jamg'armasi tashkil etilgan edi.  Pirovard natijada, 

respublikamizda  xalqaro  va  mintaqaviy  ahamiyat  kasb  etadigan 

umumiy yo'llar  barpo  etildi,  ko'plab jahon  andozalariga  mos  xos 

keladigan yo'l  ko'priklari  qurildi  va ko'rilmoqda.

Mamlakatning  izchil  rivojlanishi  va  jahon  integratsiyasiga 

yaqinlashishi,  Respublika Yo'l jamg'armasi  moliyaviy resurslarini 

shakllantirish  va  moliyalashtirishni  samarali  tashkil  etishni  talab 

qila  boshladi.  Shundan  so'ng  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2003  yil  21  avgustida  «O'zbekiston  Respublikasi 

M oliya  vazirligi  huzurida  Respublika  yo'l  jamg'armasi  va 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling