A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75

taqdim etishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining 

ijrosi  to'g'risidagi  hisobotni  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

M ahkam asiga  h isobot  yilidan  keyingi  yilning  1  m ayidan 

kechiktirmay,  taqdim  etishi  kerak.  O'z  navbatida,  O'zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Davlat  byudjetining  ijrosi 

to'g'risidagi  hisobotni  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga 

hisobot  yilidan  keyingi  yilning  15  mayidan  kechiktirmay,  taqdim 

etishi  kerak.

Davlat  byudjetining  ijrosi  to'g'risidagi  hisobot  O'zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 

Shunga  mos  ravishda  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  byudjeti  va 

mahalliy byudjetlar ijrosi to'g'risidagi hisobotlar Qoraqalpog'iston 

Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik 

organlari  tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar



•  Byudjet jarayoni  deb  nimaga aytiladi?

•  Byudjet jarayonining  mazmuni  nimalar bilan belgilanadi va 

unda  nimalar  muhim  rol  o'ynaydi?

•  Byudjet  jarayoni,  odatda,  byudjet  faoliyatining  qanday 

bosqichlarini qamrab oladi?

• Byudjet jarayonining oldiga qanday muhim vazifalar qo'yiladi?

•  U m um iy  tarzda 

kimlar  (qanday  sub’ektlar)  byudjet 

jarayonining ishtirokchilari  hisoblanadi?

•  Byudjet jarayonini  tashkil  etishda  qanday  piimiplaiga  rioya 

qilinadi?

•  Byudjet  loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish) jarayonida 

qanday masalalar yechiladi yoki ularga qanday aniqlik  kiritiladi?

•  Byudjet loyihasini tuzish  (yaratish,  ishlab chiqish)da qanday 

maqsadlar kun tartibiga qo'yiladi?

•  Byudjet  loyihasini  tuzish  (yaratish,  ishlab  chiqish)dan  oldin 

O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  har  yili  O'zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda 

kelgusi moliya yiliga qanday oiganlaiga byudjet so'rovini yuborishi kerak?

•  O'zbekiston  Respublikasining  «Byudjet  tizimi  to'g'risida»gi 

qonuni  byudjet  loyihasini  tayyorlashning  qanday  muddatlarini 

belgilaydi?

•  Kelgusi  moliya  yiliga  mo'ljallangan  Davlat  byudjetining 

loyihasini  kim  tayyorlaydi  va  u  qachongacha  O 'zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi  kerak?

•  Kelgusi  moliya  yiliga  mo'ljallangan  Davlat  byudjet  loyihasi 

o'z  ichiga nimalarni olmog'i  lozim?

•  Byudjetnoma loyihasini  kim  ishlab chiqadi va unda nimalar 

aks ettiriladi?

• Byudjet loyihasini tuzish  (yaratish, ishlab chiqish)da nimalar 

hisobga olinadi?

•  Byudjet loyihasini  tuzish (yaratish,  ishlab chiqish)da qanday 

metodlardan foydalaniladi?

• Davlat byudjetining loyihasi muhokama qilish (ko'rib chiqish) 

va tasdiqlash  (qabul qilish) uchun qanday organga taqdim  etiladi?

•  Davlat  byudjeti kim  tomonidan  qabul  qilinadi?

•  Davlat  byudjetiga  muvofiq  Qoraqalpog'iston  Respublikasi 

byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlari, Qoraqalpog'iston 

Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar 

byudjetlari,  shaharlar  tarkibiga  kiruvchi  tumanlar  byudjetlari  va 

tuman  bo'ysunuvidagi  shaharlar  byudjetlari  qanday  organlar 

tomonidan qabul  qilinadi?

•  Davlat  byudjeti  qabul  qilingandan  so'ng  uning  mablag'lari 

byudjetdan  mablag'  oluvchilarga qanday  tartibda  va  muddatlarda 

yetkazilishi kerak?

•  Byudjetni  ijro  etish  qachondan  boshlanadi?

•  Byudjet jarayonining  bu  bosqichi  nimalarning  bajarilishini 

qamrab oladi?

•  Byudjetni  ijro  etishning  muhim  vazifasi  ikkiyoqlamalik 

xarakteriga egaligi nimalarda namoyon bo'ladi?

• Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda qanday masalalarning 

hal etilishiga jiddiy e ’tibor bermoq lozim?

• Byudjet ijrosiga oid bevosita ishlar qanday organlar tomonidan 

amalga oshiriladi?

•  Davlat g'aznachilik tizimi  byudjet  ijrosi  bo'yicha  nimalarni 

amalga oshiradi?

• Byudjetning daromadlar bo'yicha ijro etilishi nimalarni ko'zda 

tutadi?

• Byudjet xarajatlarining ijrosi davomida sanksiyalashtirishning 

asosiy bosqichlari  nimalar?

• Tayinlash  sertifikati  nima?

• Davlat byudjeti qabul qilinmagan davr ichida davlat xarajatlari 

qanday shartlarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi mumkin?

•  Davlat  byudjetining ijrosi davomida byudjetdan ajratiladigan 

mablag'larga o'zgartirishlar kiritish  tartiblari qanday?

•  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya vazirligi va  boshqa  moliya 

organlari  Davlat  byudjeti  ijrosining  nazorat  qilinishi  davomida 

qanday ishlarni amalga oshiradilar?

•  Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi hisobot o'zida  nimani 

ifoda etadi?

•  Respublika  byudjetidan  m oliyalashtiriladigan  byudjet 

mablag'larini  oluvchilar  byudjetdan  ajratiladigan  mablag'lardan 

hisobot  davrida  foydalanganlik  to'g'risidagi  hisobotlami  qachon 

taqdim etishi  kerak?

•  Qoraqalpog'iston  Respublikasi byudjetidan  hamda mahalliy 

byudjetlardan moliyalashtiriladigan byudjet mablag'larini oluvchilar 

byudjetdan  ajratiladigan  mablag'lardan  hisobot davrida  foydalan­

ganlik to'g'risidagi hisobotlami kimlarga taqdim etmoqlari  lozim?

• Respublika (Qoraqalpog'iston), viloyat bo'ysunuvidagi shahar- 

laming moliya organlari shahar, tuman byudjetining hisobot davri­

dagi  ijrosi  to'g'risidagi  hisobotlami  kimlarga taqdim etishi  kerak?

• Qoraqalpog'iston  Respublikasi  Moliya vazirligi,  viloyatlar va 

Toshkent  shahri  moliya  organlari  tegishli  byudjetlarning  hisobot 

davridagi  ijrosi  to'g'risidagi  hisobotlami  kimlarga  va  qaysi  organ 

belgilagan muddatlarda taqdim etmog'i lozim?

• O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojxona 

qo'mitasi soliqlar, yig'imlar, bojlar va boshqa majburiy to'lovlaming 

Davlat byudjetiga hisobot davridagi tushumlari to'g'risidagi hisobotni 

qanday muddatda va  kimga taqdim  etishlari shart?

• Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar hisobot 

davrida  davlat  maqsadli  jamg'armalariga  mablag'lar  tushumi  va 

ulardan foydalanish to'g'risidagi hisobotlami kimga va qanday organ 

belgilagan muddatlarda taqdim etishi lozim?

• O'zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi  Davlat byudjetining 

ijrosi  to'g'risidagi  hisobotni  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasiga qachondan boshlab kechiktirmay taqdim etishi kerak?

• O'zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudje­

tining  ijrosi  to'g'risidagi  hisobotni  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisiga qachongacha taqdim etishi  mumkin?

•  Davlat  byudjetining  ijrosi  to'g'risidagi  hisobot  kim(qanday 

organ)  tomonidan ko'rib chiqiladi va  tasdiqlanadi?

• Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 

ijrosi to'g'risidagi hisobotlar kimlar tomonidan (qanday organ) ko'rib 

chiqiladi va tasdiqlanadi?

2 0 -B O B . 

DAVLATNING  B Y U D JE T D A N   T A SH Q A R I 

JA M G 'A R M A L A R I

20.1. Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining 



ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

iDavlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalari  markaziy  va 

mahalliy  davlat  boshqaruv  organlari  ixtiyoridagi  qatciy  maqsadli 

xususiyatga  ega  bo'lgan  moliyaviy  mablag'lar  yig'indisidir.  Ular 

har bir  alohida  davlat  moliya  tizimining  ajralmas  bo'g'ini  hisob­

lanadi.  Bu jamg'armalarni moliyaviy mablag'larining shakllanishi, 

taqsimlanishi va resurslardan maqsadli yo’lda foydalanishi bevosita 

moliyaviy m e’yoriy-huquqiy  hujjatlar bilan  muvofiqlashtiriladi va 

tartibga solinadi.

’ Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari ijtimoiy-iqtisodiy 

xususiyatiga ko'ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur 

ehtiyojlarini nazarda tutib,  mamlakatda yaratilayotgan milliy daro­

madni qayta taqsimlash orqali tashkil etiladi.  Davlat umumjamiyat 

ahamiyatiga molik bo'lgan  ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlami o'z 

vaqtida  va  to'liq  amalga  oshirish  uchun  jism oniy  va  yuridik 

shaxslarda  shakllanayotgan  moliyaviy  resurslaming  bir  qismini 

Davlatning byudjetdan tashqari jamg'aimalari ixtiyoriga moliyaning 

taqsimlash  funksiyasi orqali jalb  qiladi.

Tarixiy  ma’lumotlarda  qayd  etilishi,  davlat  byudjet  tashqari 

jamg'armalarining dastlabki shakllari hozirgi davlatchilikning yagona 

markazlashgan fondi hisoblangan davlat byudjetidan avval maxsus 

fondlar  ko'rinishida  shakllangan.  Ma’lumki,  davlatning  faoliyat 

ko'lami kengaygan sari uning xarajatlarga bo'lgan talabi  ham oshib 

boraveigan.  Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat yoxud 

uning vakolatiga ega bo'lgan muayyan organ moliyaviy mablag'lami 

maxsus fondlarda markazlashtiigan va maqsadli ob’ektlarni moliya­

lashtirish uchun yo'naltirgari.  Shuni alohida qayd etish joizki, o'sha 

vaqtlar  markazlashgan  Davlat  fondlari  davr  taqozosiga  ko’ra, 

vaqtinchalik  xarakterga  ega  bo'lgan.  Ya’ni  davlat  zarur  chora- 

426

tadbirlami  amalga  oshirib,  moliyalashtirishni  tugatgandan  so’ng 

ushbu  fondlar  faoliyati  o ‘z -o ‘zidan  tugatilgan.  Shu  bois,  maxsus 

fondlarning  miqdori  va  shakli  doimo  o'zgarib  turgan,  ya’ni  davr 

taqozosi va muayyan zaruriyatdan kelib chiqib, ehtiyoj qolmaganlari 

tugatilgan,  yangilari  esa  paydo  bo'lgan^Lekin,  tarixiy  tendensiya 

shuni  ko’rsatyaptiki,  muayyan  mamlakatda  ishlab  chiqarish  va 

xizmat  ko'rsatish  sohalari  va  mamlakat  hududining  kengayishi 

munosabati bilan davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalarining 

miqdori  ham,  hajmi  ham  o'sish xususiyatiga ega bo'lgan.

O'z  navbatida,  Davlatning  byudjetdan tashqari jamg'armalari 

miqdorining  ortishi  (ko'payishi)  ma’lum  bir  qiyinchilik  va 

noqulayliklarni  keltirib  chiqargan.  Xususan,  jamg'arma  qat’iy 

maqsadli  xususiyatga  ega  bo'lgani  bois,  ayrim  jamg'armalarda 

moliyaviy resurslar keragidan ortiq bo'lsa,  ayrimlarida yetishmov- 

chiliklar  paydo  bo'lgan.  Shuningdek,  davlat  ularni  boshqarish  va 

muvofiqlashtirishni  moliyalashtirish  uchun  qo'shimcha  moliyaviy 

resurslami jalb  etishga  majbur  bo'lgan.) Bu,  o'z  o'mida, jismoniy 

va  yuridik  shaxslarga  qo'shimcha  moliyaviy  yuk  hisoblanib,  ular 

o'rtasida  ma’lum  bir  noroziliklarning  paydo  bo'lishiga  ham  olib 

kelgan.  Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun markazlash­

tirilgan davlat shakllanishiga zarurat tug'ilgan.

V   Markazlashtirilgan  davlatning  qaror  topishi  bir  qator  davlat 

fondlarini  uyg'unlashtirib,  bir necha muammolaming oldini  olish 

imkoniyatini  tug'dirgan.  Jumladan,  bir  fondda  ortiqcha  bo'lgan 

moliyaviy  mablag'lami  ikkinchi  bir  fonddagi  yetishmayotgan 

moliyaviy mablag'lar o'rniga jalb etish imkoniyati hosil bo'la bosh­

lagan. Davlatning  har xil  fondlarining uyg'unlanishi asosida ulkan 

bir  markazlashtirilgan  fond,  ya’ni  Davlat  byudjetining  tashkil 

etilishiga asos solingan.  Davlat byudjeti sekin-asta har tomonlama 

mustahkamlanib borgach,  mamlakatning oliy oigani uni ko'rib chi­

qib, tasdiqlagandan so’ng qonun kuchga kirib, ijro etish majburiyati 

sezila  b o sh la n d ^ u   haqda  mazkur o'quv qo'llanmasining  oldingi 

boblarida batafsil to'xtalib o'tilgan).

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgan dastlabki 

kunlardan boshlab,  mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash 

bilan  birga,  Davlatning  byudjetdan  tashqari jamg'armalarini  ham

tashkil etishga zarurat tug‘ildi. Bu jamg‘armalami tashkil etish uchun 

bir qator omillar ta’sir etadi, albatta.  Ularning asosiylari quyidagilar 

bo'lishi mumkin:

•  iqtisodiyot  qisman  nobarqaror bo'lgan  bir sharoitda,  tijorat 

va  tadbirkorlikni  qo'llab-quvvatlash,  zarur  bo'lgan  sharoitlarda 

ularning  moliyaviy  operatsiyalarini  rag'batlantirish  uchun  davlat 

boshqaruv organlari  ortiqcha  moliyaviy  resurslar hisobidan  yangi 

shakldagi qo'shimcha  Davlat fondlarini  tashkil  etadi;

•  Davlat  byudjetidan  xoli  bo'lgan  Davlatning  byudjetdan 

tashqari jamg'armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud 

mavjud muammolar ko'lamini qisqartirishga qaratilgan bo'lib, davlat 

tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo'ladi. Aynan ushbu jamg'armalar 

qat’iy maqsadli yo’nalishga ega bo'lib, ularning moliyaviy resurslarini 

tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali 

nazorat qilish  imkoniyati tug'iladi;

•  Davlatning  byudjetdan  tashqari jamg'armalari  muayyan  bir 

sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo'lgan 

hollarda,  ortiqcha  mablag'lardan Davlat byudjeti  defitsitini  kredit 

shaklida  qisqartiradi  yoki  moliyaviy  bozordan  foiz  va  dividend 

shaklida  manba olib,  daromadlar hajmini  yanada  ko’paytiradi.

i   Davlatning  byudjetdan  tashqari jamg'armalarini  tashkil  etish 

tartibi  va  shakllantirish  metodlari.  Rivojlangan  mamlakatlaming 

ilg'or  tajribalariga  tayangan  holda  mumkinki,  odatda  Davlatning 

byudjetdan tashqari jamg'armalari  quyidagi shartli  ikki  yo'l  orqali 

tashkil etiladi:

1.  Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag'lar hisobidan muhim 

umumjamiyat  ahamiyatiga  ega  bo'lgan  muammolami  hal  etish 

uchun ma’lum bir xarajatlarni  tashkil  etish;

2.  Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armasini shaxsiy (o'zlik), 

maxsus ajratma va badal  mablag'lari hisobidan shakllantirish.  2

"Masaian;  qator davlatlarda  daromadi  cheklangan  va  ijtimoiy 

himoyaga  muhtoj  aholi  qatlamini  moliyaviy  qo'llab-quvvatlash 

maqsadida  Davlat  byudjeti  ko'magida  maxsus  ijtimoiy  sug'urta 

fondlari  tashkil  etilgan^ avlatning  byudjetdan  tashqari jamg'ar­

malarini tashkil etish, awal ma’lum bo'lmagan, ammo ishlab chiqa­

rishning rivojlanishi, xizmat ko'rsatish ko'lamining kengayishi yo’lda

siyosatning  o'zgarishi  natijasida  paydo  bo'ladigan  muammolami 

maqsadli yo’lda bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi£$hunday 

vaziyat  shakllangan  holda  hukumat  davlat  byudjetidan  tashqari 

jamg'armasini  ham tashkil etish uchun maxsus qaror qabul  qiladi. 

Bizda ham yuqorida qayd etilgan vaziyatga o'xshash  holat vujudga 

kelishi  va  mamlakatning ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabat­

lariga bosqichma-bosqich o'tishi munosabati bilan 2004-2009 moliya 

yillarini o'zida qamrab olgan davlatning byudjetdan tashqari Maktab 

ta’limi jamg'armasi tashkil etildi.

Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armasi har qanday maqsadli 

xususiyatga ega bo'lib,  odatda uning nomida qanday maqsad uchun 

tashkil  etilayotganligi  aks  etadi.  Masalan,  Pensiya  jamg'armasi, 

Respublika yo'l jamg'armasi,  Maktab ta’limi jamg'armasi  va h.k.

M oliya  tizim ining  boshqa  bo'g'inlari  kabi  D avlatning 

byudjetdan  tashqari  jamg'armalarini  tashkil  etishning  moddiy 

manbalari  milliy daromad  hisoblanadi.  Bunday jamg'armalaming 

aksariyat  qismi  milliy  daromadni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash 

jarayonida vujudga keladi..

Amaliyotda milliy daromadni  qayta taqsimlash jarayoni orqali 

D avlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalari  darom adini 

shakllantirishning asosiy metodlari quyidagilar hisoblanadi:

1.  Maxsus soliqlar,  yig'imlar va ajratmalar;

2.  Davlat byudjeti  mablag'lari  va zayomlar.

Davlatning  byudjetdan  tashqari jamg'armalari  daromadlarini 

tashkil  etishning  asosiy  metodi  maxsus  soliqlar,  yig'imlar  va  aj— 

ratmalar  hisoblanadi.  Ushbu  manbalalar  hisobidan jamg'armalar 

daromadlarining  80—90  foiz  va  hatto  100  foiz  ham  shakllanishi 

mumkin.

Davlat  byudjeti  hisobidan  shakllanayotgan  m ablag'lar 

amaliyotda qaytarib bermaslik sharti  bilan dotatsiya va subvensiya 

ko'rinishida  beriladi.  Ayrim  hollarda  fond  daromadlariga  har  xil 

muddat va qiymatda (foizli, foizsiz) bo'lgan zayomlar ham berilishi 

mumkin.

Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalarini  moliyaviy 

munosabatlari. Alohida mamlakatlarda Davlat byudjetidan tashqari 

Davlat  jamg'armalarining  mavjudligi  fond  ichida,  fondlararo  va

moliya  tizimining  boshqa  bo‘g‘inlari  o'rtasida  murakkab  hamda 

ko‘p  qirrali  moliyaviy  munosabatlami  amalga  oshirishni  taqozo 

etadi. Amaliyotdagi bunday moliyaviy munosabatlar bir tomonlama, 

ikki tomonlama va  ko‘p  tomonlama bo'lishi  mumkin.  '

Bir tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar, 

odatda, jamg'armaning daromadlarini  shakllantirishda yoki uning 

xarajatlarini  amalga  oshirishda  nam oyon  bo'ladi.  Masalan, 

ko'pchilik  mamlakatlarda  valyuta  fondining  tashkil  etish  manbai 

markazlashtirilgan byudjet mablag'laridan qaytarib berilmaydigan 

subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi.  Bir tomonlama moliyaviy 

aloqalar fond  daromadining bir qismini moliya tizimining boshqa 

bo'g'iniga dotatsiya yoki subsidiya sifatida o'tkazganda ham vujudga 

keladi.  AQShda  tashkil  etilgan  Yo'l jamg'armasi  maxsus  soliqlar 

hisobiga tashkil etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq bo'lgan 

davrlarda Federal byudjetga zayom shaklida taqdim  etiladi.

Ikki tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar 

amaliyotda  moliyaviy  resurslaming  oqimi  fondlararo  va  moliya 

tizimining  boshqa  bo'g'inlari  o'rtasida  sodir  bo'lganda  vujudga 

keladi.  Masalan,  Pensiya jamg'armasi  nafaqat  maxsus  ajratmalar 

hisobiga  tashkil  etiladi,  balki  respublika  byudjetidan  olinayotgan 

dotatsiya  hisobidan  ham qisman  shakllanadi.  Bir vaqtning o'zida, 

agar  fond  daromadida  aktiv  qoldiq  vujudga  kelsa,  u  ortiqcha 

moliyaviy resurslar hisobiga qisqa muddatli davlat xazina qimmatli 

qog'ozlarini xarid qilib, byudjet defitsitini kamaytirishi yoxud Davlat 

byudjetga kreditor sifatida ham namoyon bo'lishi  mumkin.

Ko'p tomonlama moliyaviy munosabatlar.  Bunda bitta davlat­

ning byudjetdan tashqari jamg'armasi bir vaqtning o'zida bir nechta 

fondlar  hamda  moliya  tizimining  boshqa  bo'g'inlari  bilan  o'zaro 

aloqada  bo'ladi.  Ya’ni,  pul  mablag'lari  turli  xil  va  rang-barang 

yo'nalishlarda  harakat va oqimda bo'ladi.  - 

7

Davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari bir qator vazifa- 

larni  bajaradi.  Ularning  ko'lami  keng,  ammo  asosiylari  quyida­

gilardan iborat:

• 

iqtisodiyotning  ustuvor  sohalarini  qo'shimcha  moliyaviy 

resurslar  bilan  ta’minlash  (ekologiya  fondlari,  ilmiy  tadqiqot  va 

tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqalar);

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling