A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75

oshirishi mumkin.

0 ‘z  navbatida,  mamlakat  byudjet  tizim ini  boshqarishda 

0 ‘zbekiston Respublikasi  Moliya vazirligi muhim rol o ‘ynab, u bu 

sohada quyidagi vakolatlarga egadir:

• davlat byudjeti  loyihasini  tayyorlash;

•  davlat  byudjeti  mablag'larining  tushumi  va  sarfi  tartibini 

belgilash  hamda ular ustidan  nazoratni  amalga oshirish;

• respublika byudjeti xarajatlarini  amalga oshirish;

• byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini 

ro'yxatdan o'tkazish;

•  byudjetdan  mablag'  olu vch ilarn in g  D avlat  byudjeti 

mablagiaridan foydalanishini  tartibga soluvchi  me’yoriy-huquqiy 

hujjatlarni,  shuningdek,  umummajburiy tusdagi boshqa  me’yoriy- 

huquqiy hujjatlarni qabul  qilish;

•  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  amalga 

oshirish.

18.2. Byudjet tuzilmasi va klassifikatsiyasi



Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan munosabat­

lar majmuiga (uning ichki bo'linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan 

foydalanish sohalarining funksional  cheklanganligi,  o'zaro bo'ysu- 

nuvchanligi,  o'zaro  aloqadorligi  va  ta’sirchanligi  hamda  huquqiy 

tomonlarini inobatga olgan holda) byudjet tuzilmasi deyiladi.  Har 

bir  mamlakatning  byudjet  tuzilmasi  uning  milliy-davlat  yoki 

ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti:

•  Respublika byudjetini;

•  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  byudjetini  va  m ahalliy 

byudjetlarni o'z ichiga oladi.

Shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasining  Davlat  byudjeti 

tarkibida davlat maqsadli jamg'armalari jamlanadi.

O'z  navbatida,  Q oraqalpog'iston  Respublikasi  byudjeti 

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda shu 

respublikaga bo'ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o ‘z 

ichiga oladi.  Viloyatlar byudjeti  esa viloyat byudjetidan,  viloyatga 

bo'ysunuvchi  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlaridan  iboratdir.

Shuningdek, tumanlaiga boiinadigan shaharlarning byudjeti shahar 

byudjetini  va  shahar tarkibiga  kiruvchi  tumanlar  byudjetlarini  o ‘z 

ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari boigan 

tumanning  byudjeti  tuman  byudjetidan va  tuman  bo'ysunuvidagi 

shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi.

Davlat  byudjetining  daromadlari  va  xarajatlari  o'zlarining 

manbalari,  m a’lum  maqsadlarga  mo'ljallanganligi  va  boshqa 

belgilariga  ko'ra  xilma-xildir.  Bir  vaqtning  o'zida  ular  umumiy 

belgilarga ham ega.  Butun mamlakat miqyosida byudjet daromadlari 

va  xarajatlarining  to'g'ri  rejalashtirilishi  va  hisobga  olinishini 

ta’minlash  uchun  ular klassifikatsiya qilinadi.

Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va 

xarajatlari,  shuningdek,  uning  taqchilligini  m oliyalashtirish 

manbalarini  guruhlarga  ajratishda  yoki  guruhlashda  byudjet 

klassifikatsiyasi muhim rol o'ynaydi.  Undan Davlat byudjetini tuzish, 

ko'rib  chiqish,  qabul  qilish  va  ijro  etish  maqsadida  byudjet 

ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foydalaniladi va 

byudjet  klassifikatsiyasi  byudjet  m a’lumotlari  xalqaro  tasnif 

tizimlarining  aynan  shunday  ma’lumotlari  bilan  taqqoslanishini 

ta’minlaydi.  Shu  ma’noda,  ma’lum  bir  tizimga  keltirilgan  va 

o'matilgan tartibda  kod  (shifr)lashtirilgan byudjet  daromadlari  va 

xarajatlarining bir xil  belgilari  bo'yicha  ilmiy asoslangan  iqtisodiy 

guruhlanishiga byudjet klassifikatsiyasi deyiladi.

Odatda,  byudjet  klassifikatsiyasining  asosida  daromadlar 

bo'yicha ularning  manbalari, xarajatlar bo'yicha esa mablagiarning 

maqsadli sarflanish yo'nalishlari yotadi.

Byudjet  klassifikatsiyasi  o'zining  keng  yo'nalishi  bilan  ajralib 

turadi.  Uning  boiinmalariga  qat’iy  rioya  etgan  holda  byudjet 

rejalashtirilishi amalga oshiriladi, byudjet tashkilotlarining individual 

va  umumiy  hamda  yig'ma  tarmoq  smetalari  tuziladi,  mahalliy, 

respublika va Davlat byudjetining ishlab chiqilishi amalga oshiriladi.

Byudjetning mamlakat  iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalari, 

xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlar  va  ularning  yuqori  tashkilotlarini 

moliyaviy rejalari bilan bog'liqligini ta’minlashda, bir turdagi byudjet 

tashkilotlarining  xarajatlari  va  alohida  m a’m uriy-hududiy 

birliklarning  byudjetlarini  taqqoslashda,  ijtim oiy-m adan iy

xarakterdagi  u  yoki  bu  ehtiyojlaming  qondirilish  darajasini 

aniqlashda byudjet klassifikatsiyasi muhim rol  o'ynaydi.

Byudjet ijrosi jarayonida  ham byudjet  klassifikatsiyasi  alohida 

ahamiyatga ega.  Tasdiqlangan byudjet va byudjet tashkilotlarining 

xarajatlar  smetasida  ko'zda  tutilgan  tadbirlaming  maqsadli 

moliyalashtirilishini  ta’minlashda  u  zaruriy  shart  hisoblanadi. 

Byudjet klassifikatsiyasi moliya organlarida, byudjet tashkiJotlarida 

va  boshqa  muassasalarda  byudjet  daromadlari  va  xarajatlarining 

sintetik  va  analitik  hisobi  yagonaligining  asosini  tashkil  etadi.  U 

O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining  ijrosi  to'g'risidagi 

hisobotni tayyorlash uchun zarurdir.

Byudjet  klassifikatsiyasida  belgilangan  darom adlar  va 

xarajatlarning  iqtisodiy guruhlanishi  byudjetni  tuzish  va  ijro  etish 

hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-byudjet intizomiga 

rioya etilishini nazorat  qilishga imkon beradi.

Byudjet klassifikatsiyasi tashkiliy ahamiyatga ham ega, bu uning 

bo'linmalariga  muvofiq  ravishda  byudjetni  tuzish  va  ijrosini 

ta’minlash  borasida  katta  ishlaming  amalga  oshirilishi  orqali 

namoyon  bo'ladi.  Bu  yana shu  narsa  orqali  ifodalanadiki,  byudjet 

tasdiqlanganidan  so'ng  barcha  xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlar  va 

ularning  yuqori  organlari  byudjet  daromadlari  tushumining 

to 'liq lig in i  ta ’m in la sh g a  va  ta sd iq lan g an   b yu d jetd agi 

klassifikasiyaning  bo'linmalariga  muvofiq  ravishda  xarajatlarni 

amalga oshirishga majburdirlar.  Demak, byudjet klassifikatsiyasining 

tashkiliy  ahamiyati  byudjetni  rejalashtirish  va  uning  ijrosini 

ta’minlashga bir xilda tegishlidir.

Tasdiqlangan  Davlat  byudjeti  qonun  kuchiga  ega  bo'lganligi 

va uning ko'rsatkichlarini barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar aniq 

va to'liq bajarishga majbur bo'lganligi uchun byudjet klassifikatsiyasi 

huquqiy ahamiyat ham kasb  etadi.

Byudjet klassifikatsiyasi quyidagilami  o'z ichiga oladi:

• davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi;

•  davlat  byudjeti  xarajatlarining  vazifa jihatidan,  tashkiliy  va 

iqtisodiy klassifikatsiyasi;

•  davlat  byudjeti  defitsitini  moliyalashtirish  manbalarining 

klassifikatsiyasi.

Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi ularni turiari 

va manbalari bo'yicha guruhlashdan iborat.  Bunda tarmoq va vazirlik 

(rahbarlik organi) belgilari inobatga olinishi mumkin.  Odatda, bunda 

daromadlar byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq bo'linmalar, boblar, 

paragraflar va moddalarga bo'linadi.  Bo'linmalar daromadlaming 

alohida turlarini,  boblar — daromadlami to'lovchilarni,  paragraflar

— daromadlami to'lovchilaming toifalarini, moddalar esa — jismoniy 

shaxslar  tomonidan  to'lanadigan  soliqlaming  alohida  turlarini 

ko'rsatishi mumkin.

Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatdan  klassifikatsiyasi 

davlat  boshqaruv  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyat  organlari, 

shuningdek, boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan  ijro etiladigan 

vazifalar bo'yicha xarajatlarni guruhlashdan tarkib topadi.  Ularning 

tashkiliy klassifikatsiyasi byudjetdan ajratiladigan mablag'lar, ulami 

bevosita oluvchilar o'rtasida taqsimlanishini  aks ettiruvchi xo'jalik 

yurituvchi  sub’ektlar  va  tadbirlar  turiari  bo'yicha  xarajatlarni 

guruhlashdan iborat bo'ladi. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy 

klassifikatsiyasi esa to'lovlaming iqtisodiy vazifasi va turiari bo'yicha 

xarajatlarni  gunihlashdan  iboratdir.  Umumiy  tarzda,  bu  yerda 

xarajatlar byudjet  klassifikatsiyasiga  muvofiq  ravishda  guruhlarga, 

bo'linmalarga,  boblarga,  paragrallarga  va  moddalarga  bo'linishi 

mumkin.  Guruhlar — byudjet mablag'larining asosiy yo'nalishlarini, 

bo'linmalar —  milliy iqtisodiyot tarmoqlarini,  boblar — vazirlik va 

idoralar bo'yicha xarajatlarni,  paragraflar — bir tipdagi  korxonalar 

va tadbirlar bo'yicha sarflami, moddalar esa-xarajatlarning alohida 

turlarini ko'rsatadi.

D avlat  byudjeti  d efitsitin i  m oliyalash tirish   manbalari 

klassifikatsiyasi  defitsitni  moliyalashtirishning  ichki  va  tashqi 

manbalari  bo'yicha guruhlashdan  iborat boiad i.

Byudjet klassifikatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan  ishlab chiqiladi 

va tasdiqlanadi.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  Byudjet tizimi  deb  nimaga aytiladi?

•  Mamlakatning byudjet  tizimi  nimalarga bog'liq  boMadi?

•  (J yoki bu mamlakatning byudjet tizimi necha bo'g'inli boMishi 

mumkin?

•  Har  bir  mamlakatning  byudjet  tizimi  qanday  prinsiplarga 

tayanadi?

•  Byudjet  tizim ining  yagonaligi  prinsipi  nimalar  bilan 

belgilanadi?

•  Byudjet  tizimining  darajalari  o'rtasida  daromadlar  va 

xarajatlarning chegaralanganligi prinsipi nimalarni ko'zda tutadi?

•  Byudjetlarning mustaqilligi  prinsipi  nimalarni taqozo  etadi?

•  Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg'armalari  byudjetlari, 

byudjetlarning daromadlar va xarajatlarining toMiq aks etishi prinsipi 

nimalarni anglatadi?

•  Byudjetlarning balansliligi prinsipi nimalarni bildiradi?

•  Byudjet  mablagMaridan  foydalanishning  samaradorligi  va 

tejamliligi  prinsipining ma’no-mazmuni  nimalardan  iborat?

•  Byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi  prinsipi nimani 

anglatadi?

• Byudjet tizimidagi oshkoralik prinsipi nimalarni  ko'zda tutadi?

•  Byudjetning  haqqoniyligi  prinsipi  nimalarni taqozo etadi?

• Byudjet mablagMarining manzilliligi va maqsadli xarakterdaligi 

prinsipi  nimani  nazarda  tutadi?

•  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  byudjet 

tizimini  boshqarish sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?

• Qoraqalpog'iston  Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va mahalliy 

hokimiyat vakillik organlariga byudjet tizimini boshqarish sohasida 

qanday vakolatlar xos?

• Qoraqalpog'iston  Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli 

hokim iyatlar  byudjet  tizim ini  boshqarish  sohasida  qanday 

vakolatlarga ega?

• O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet tizimini 

boshqarish  sohasidagi vakolatlarining tarkibiga nimalar kiradi?

•  Byudjet  tuzilmasi deb  nimaga aytiladi?

•  Har  bir  mamlakatning  byudjet  tuzilm asi  nima  bilan 

belgilanadi?

•  0 ‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  byudjeti  o'z  tarkibiga 

nimalarni  (qanday byudjetlarni)  oladi?

• 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tarkibida davlat 

maqsadli jamg‘armalari jamlanadimi?

•  Q oraqalpog‘iston  R espublikasining  byudjeti  qanday 

byudjetlardan tarkib topgan?

• Viloyatlar byudjetining  tarkibiga qanday byudjetlar kiradi?

•  Tumanlarga  bo'linadigan  shaharlarning  byudjeti  qanday 

byudjetlardan tarkib topadi?

• 0 ‘ziga bo'ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti 

qanday byudjetlardan tashkil topgan?

•  Byudjet daromadlari va xarajatlarini  klassifikatsiya qilishdan 

maqsad  nima?

•  Byudjet  klassifikatsiyasi  deb  nimaga  aytiladi?

•  Odatda,  byudjet klassifikatsiyasining asosida nimalar yotadi?

•  Byudjet  klassifikatsiyasining ahamiyati  nimalardan iborat?

•  Hozirgi  paytda byudjet  klassifikatsiyasi  o ‘z  ichiga  nimalarni 

oladi?

•  Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiyasi  nimalardan 

iborat?

•  Davlat byudjeti xarajatlarining vazifasi,  tashkiliy va iqtisodiy 

jihatdan klassifikatsiyasi  nimalardan  iborat?

•  Davlat  byudjeti  defitsitini  m oliyalashtirish  manbalari 

klassifikatsiyasi qanday guruhlardan tashkil topadi?

•  Byudjet  klassifikatsiyasi  kim  tomonidan  ishlab  chiqiladi  va 

tasdiqlanadi?

1 9 -B O B . 

B Y U D JE T   JARA YO NI

19.1. Byudjet jarayoni: ta’rifi, bosqichlari, vazifalari, 



ishtirokchilari va  prinsiplari

Byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish), ko‘rib chiqish 

(muhokama  qilish),  qabul  qilish  (tasdiqlash)  va  ijro  etish,  uning 

ijro etilishini  nazorat qilish,  ijrosi  haqidagi hisobotni tayyorlash va 

tasdiqlash,  shuningdek,  Davlat  byudjeti  tuzilmasiga  kiruvchi 

byudjetlar o'rtasidagi  o'zaro  munosabatlaming qonun hujjatlariga 

muvofiq  tartibga  keltirishga  tegishli  bo'lgan  davlat  hokimiyati  va 

m ahalliy  o 'z in i-o 'z i  boshqarish  organlari  hamda  jarayon 

ishtirokchilarining  faoliyatiga  byudjet  jarayoni  deyiladi.  Uning 

mazmuni mamlakatning davlat va byudjet tuzilishi (qurilishi), tegishli 

organlar va yuridik shaxslaming byudjet huquqlari bilan belgilanadi. 

Shuningdek, byudjet jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni 

tuzish (ishlab chiqish, yaratish) tartibi, uning normativ-huquqiy va 

tashkiliy asosi,  mamlakat byudjetini tuzish  (ishlab chiqish, yaratish) 

ning  nazariy va uslubiy  masalalari  muhim  rol  o'ynaydi.

Byudjet jarayoni,  odatda,  byudjet  faoliyatining  quyidagi  to'rt 

bosqichini  o'z ichiga oladi:

• byudjet loyihasini  tuzish  (ishlab  chiqish,  yaratish);

• byudjetni  ko'rib  chiqish  (muhokama  qilish) va tasdiqlash;

• byudjetni  ijro  etish;

•  byudjetning  ijrosi  to'g'risidagi  hisobotni  tayyorlash  va  uni 

tasdiqlash.

Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi  to'rt  bosqichdan 

iborat bo'lib,  odatda,  uch yilga yaqin davom etadi.  Buning bir yil­

ga  yaqini  byudjet  loyihasini  ishlab  chiqish  (yaratish,  tuzish),  uni 

muhokama  qilish  (ko'rib  chiqish)  va  tasdiqlash  (qabul  qilish)ga, 

bir kalendar bo'yicha (1  yanvardan  31  dekabrgacha)  byudjetni  ijro 

etishga  (byudjet  davri)  va  sakkiz  oyga  yaqini  byudjetning  ijrosi 

to'g'risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to'g'ri keladi.

Byudjet  jarayonini  amalga  oshirish  uchun  quyidagi  muhim 

vazifalar qo'yilgan:

• muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish 

maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni  qidirib topish;

•  alohida  soliqlar  va  boshqa  to'lovlar  bo'yicha,  shuningdek, 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning  bashoratlari va  maqsadli  dastur- 

lariga  muvofiq  byudjet  daromadlari  va  ularning  umumiy  hajmini 

aniqlash;

• maqsadga mo'ljallanganligi  bo'yicha, shuningdek,  byudjetda 

ko'zda  tutilgan  umumdavlat  ahamiyatiga  ega  bo'lgan  barcha 

tadbirlami uzluksiz  moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan  holda 

byudjet xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash (o'rnatish);

•  iqtisodiyotdagi  inflyasion  tendensiyalar  va  pul-kredit 

tanazzulini  bartaraf  etishga,  milliy  pul  birligining  barqarorligini 

ta’minlashga yo'naltirilgan moliyaviy baqarorlashtirishning umumiy 

dasturini byudjet orqali  muvofiqlashtirish;

•  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofiq  bo'lgan  manbalar 

hisobidan byudjet defitsitiga barham berish yoki uni  qisqartirish;

•  iqtisodiy mintaqalar,  xo'jalik sohalari va byudjetlar o'rtasida 

davlat  daromadlarining  manbalarini  qayta  taqsimlash  yo'li  bilan 

turli  darajadagi  byudjetlarni  balanslashtirish  maqsadida  byudjetli 

tartibga solishni  amalga oshirish;

•  keng  ko'lam li  barcha  ijtim oiy-iqtisodiy  dasturlam ing 

balansliligi  va  proporsionalligini  ta’minlashga  imkon  beradigan 

istiqbolli byudjet tomonidan rejalashtirishning rolini  oshirish;

• soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar daromadlari 

va  yuridik  shaxslaming  moliyaviy  faoliyatlari  ustidan  nazoratni 

kuchaytirish;

• zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish 

va  moliyaviy  hisob-kitoblarning  avtomatlashtirilgan  tizimi  orqali 

byudjetlarni  tuzish  va  ijro  etish jarayonlarini  avtomatlashtirish  va 

boshqalar.

Umumiy tarzda, byudjet jarayonining ishtirokchilari quyidagilar 

hisoblanadi:

•  mamlakat  Prezidenti  va  qonunchilik  (vakillik)  hokimiyat 

oiganlari;

• ijroiya hokimiyat organJari (mamlakat sub’ektlarining yuqori 

mansabdor  shaxslari,  mahalliy  o ‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari 

rahbarlari,  moliya organlari, byudjet  daromadlarini undirish bilan 

shug'ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar);

• pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;

• davlat va  mahalliy nazorat  organlari;

• davlatning byudjetdan tashqari jamg'armalari;

• byudjet mablag'larini  Bosh  taqsimlovchilar,  taqsimlovchilar 

va boshqalar.

Byudjet jarayonini  tashkil  etishda  quyidagi  prinsiplarga  rioya 

qilinadi:

• yagonalik;

• mustaqillik;

• balans metodi.

Yagonalik  prinsipi  bu  yerda  yagona  huquqiy  baza,  yagona 

byudjet  klassifikatsiyasi,  mamlakatning  konsolidatsiyalashtirilgan 

byudjetini tuzishda zarur bo'ladigan statistik va byudjet ma’lumotlari 

uchun byudjet hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi 

orqali ifodalanadi.

Mustaqillik prinsipi byudjet jarayonini amalga oshirishda uning 

har bir  ishtirokchisi  uchun  mustaqil  bo'lganligi  bilan  belgilanadi. 

Bunga muvofiq,  bu jarayonning ishtirokchilari daromadlami o'zlari 

va  tartibga  soluvchi  manbalari  hamda  ulardan  foydalanishning 

yo'nalishlarini  mustaqil  ravishda aniqlash  huquqiga egadirlar.

Balans  metodi  prinsipi  byudjet  daromadlari  va  xarajatlari 

o'rtasida to'g'ri nisbatlar o'rnatishda ko'zga tashlanadi.  Unga rioya 

qilinishi  byudjetning  barqarorligini  va  xo'jalik  sohalari  o'rtasida 

mablag'lami taqsimlashda zaruriy proporsiyalarni ta’minlashi zarur. 

Bu metodning muhim sharti byudjet xarajatlarining daromadlariga 

muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishdan iborat.  Bu prinsip 

moliyaviy siyosatning bosh maqsadi  hisoblanadi.

19.2. Byudjet loyihasini tuzish

Byudjet  loyihasini  tuzish  (yaratish,  ishlab  chiqish)  byudjet 

jarayonining  eng  muhim  bosqichlaridan  biri  hisoblanadi.  Bu 

jarayonda quyidagi masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi:

•  byudjetning  hajmi;

•  navbatdagi  (kelgusi)  yil  uchun soliq va pul-kredit  siyosati;

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling