A. V. Vahobov, T. S. Malikov
Download 5.09 Mb. Pdf ko'rish
|
belgilanadi. Sug'urta bozorida mijozlarni jalb etish bo'yicha raqobat bo'lganligi tufayli ixtiyoriy shaxsiy sug'urta turiari bo'yicha tarif stavkalari doim o o'zgarib turadi. M asalan, «O'zbekinvest» kompaniyasida 20-25 yoshlardagi shaxslami 100,0 ming so'mga sug'urtalash uchun tarif stavkasi ana shu sug'urta summasiga nisbatan 1,125 foizni, yoshi 55-60 da bo'lgan fuqarolar uchun esa tarif stavkasi 1,575 foizni tashkil etadi. «O'zagrosug'urta» sug'urta kompaniyasida maktab o'quvchilarini baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug'urtalash bo'yicha tarif stavkasi sug'urta summasiga nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilangan. «K afolat» sug'urta kom paniyasida talabalarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug'urtasi bo'yicha tarif stavkasi sug'urta summasiga nisbatan 0,5 foizni tashkil etadi. Shaxsiy sug'urta turiari tarkibida fuqarolami baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug'urtalash alohida o'ringa ega. Shu bois, biz ushbu sug'urta turi bilan yaqindan tanishamiz. Fuqarolami baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug'urtalash bo'yicha shartnoma qonunga ko'ra yuridik va jismoniy shaxslami yozma arizasi asosida tuziladi. Shartnoma tuzishdan aw al sug'urta tashkiloti o'z mijozlariga sug'urta xizmatini taklif etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar sug'urta shartnomasi tuzishdan avval, albatta, sug'urtalovchining moliyaviy holati, litsenziyasi bor-yo'qligi bilan qiziqishi lozim. Sug'urta shartnomasi tuzishdan aw al sug'urta tashkiloti vakili sug'urtalayotgan fuqarolami baxtsiz hodisalardan sug'urtalash qoidalari bilan tanishtirishi lozim. Mazkur sug'urta turi bo'yicha fuqarolami baxtsiz hodisa ro'y berishi natijasida sog'lig'i va hayotini saqlash bilan bog'liq manfaati sug'urta o b ’ekti hisoblanadi. Sug'urtalovchi, odatda, asab va ruhiy kasallikka duchor boMgan, shol, ko'zi ojiz shaxslar, eshitish qobiliyati zaif boMgan va nogiron shaxslar bilan sug'urta shartnomasini tuzmaydi. Sug'urtalangan shaxsning hayotiga va sog'lig'iga quyidagi baxtsiz hodisalarning ro'y berishi natijasida shikast yetganda sug'urta summalari berilishi mumkin: jarohat olganda; suyaklarning sinishi, chirishi; ichki organlarning zararlanishi; kuyish; teri qatlamlarining sovuq urishi; elektr toki ta’sirida jarohatlanish; kimyoviy moddalar va zararli o'simlik ta’sirida zararlanish; tish sinishi. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan holatlar natijasida o'lim holati yuz berganda xam sug'urta summasi to'lanadi. Quyidagi hodisalarning ro'y berishi oqibatida sug'urtalangan shaxsning hayoti va sog'lig'iga shikast yetkazilsa yoxud o'limga olib kelsa sug'urta summasi to'lanmaydi: yadro portlashi; radiatsiya va nurlanish; sug'urtalangan shaxsning atayin xatti-harakati natijasida baxtsiz hodisalar yuz berganda, o'z joniga qasd qilganda va jinoiy harakatlar natijasida ro'y berganda. Sug'urta mukofoti sug'urta tashkilotining hisob-kitob raqamiga kelib tushgandan so'ng, u shartnomada ko'rsatilgan muddat ichida fuqarolarga sug'urta polisini berishi shart. Agar sug'urta polisi yo'qotilgan taqdirda sug'urta tashkiloti sug'urtalangan shaxsga uning dublikatini beradi. Sug'urtalanuvchilarning huquqlariga quyidagilar kiradi: sug'urta shartnomasi amalda boMgan davrda sug'urtalangan shaxs sug urta tashkilotidan sug'urta masalalari bo'yicha maslahatlar olish; sug'urta polisi yo'qotilganda uning dublikatini olish. Fuqarolami baxtsiz hodisalardan suurtalashda sug'urtalangan shaxslar yana quyidagi huquqlarga ega bo'lishi mumkin: sug'urta summasini olishda nizolar paydo bo'lganda mustaqil ekspertni jalb etish; sug'urtalovchi bilan kelishilgan holda amaldagi sug'urta shartnomasiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish: sug'urtalovchi bilan kelishgan holda sug'urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish. Sug'urtalanuvchining majburiyatlariga quyidagilar kiradi: sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan muddat va shartlarda sug'urta mukofotini to'lash; sug'urtalangan shaxslarga sug'urta shartnomasi shartlari to'g'risida ma’lumotlar berish. Sug'urtalovchining huquqlariga esa quyidagilar kiradi: sug'urta hodisalari sug'urtalovchi tomonidan tan olinmaganda sug'urta summalarini to'lamaslik; sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan muddatda sug'urta mukofoti to'lanmasa, sug'urta shartnomasini bekor qilish. Uning majburiyatiariga quyidagilar kiradi: sug'urtalanuvchini fuqarolaming baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug'urtalash qoidalari va sug'urta shartnom asi shartlari bilan tanishtirish; sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan muddatda sug'urta polisini berish; sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urta summasini to'lash; sug'urta summasini to'lashdan voz kechilganda, shartnomada ko'rsatilgan muddatda bu haqda sug'urtalanuvchiga yozma ravishda xabar berish. Sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urtalangan shaxslar voqyea tafsilotlari haqida qisqa muddatda sug'urtalovchiga xabar berishi lozim. Sug'urta summasini olish uchun sug'urtalangan shaxslar sug'urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: 1. Sug'urta polisi. 2. D avolash-profilaktika muassasasidan sug'urtalangan shaxsning davolanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. Zaruriyat bo'lganda sug'urtalovchi sug'urta summasini to'lash masalasini hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlarni so'rashga ham haqli. Baxtsiz hodisalar natijasida o'lim hodisasi ro'y berganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 1. Sug'urta polisi. 2. FXDYodan fuqaroning vafot etganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 3. Merosxo'rlik huquqini tasdiqlovchi hujjat. 4. Agar o'lim hodisasi yo‘l-transport hodisasi natijasida ro'y bergan bo'lsa, yo'l harakati xavfsizligi idorasidan olingan ma’lumotnoma. 5. Fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urtalovchi zaruriyat bo'lganda yuqoridagi hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni so'rashga ham haqli. Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta summasini to'lash to'g'risida qaror qabul qilinganda sug'urta summasi shartnomada ko'rsatilgan muddat ichida mijoz yoki uning merosxo'riga to'lanadi. O'zbekiston Respublikasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlami amalga oshirish turli mulkchilik shakliga ega sug'urta tashkilotlarining vujudga kelishi bilan bir qatorda yangidan-yangi sug'urta xizmatlarini ko'rsatishga shart-sharoit yaratdi. Ana shunday sug'urta xizmatlaridan biri javobgarlikni sug'urta qilishdir. Ko'pgina iqtisodiy adabiyotlarda javobgarlik sug'urtasi sug'urtaning mustaqil tarmog'i sifatida yoritiladi. Jumladan, professor V.V.Shaxovning ta’kidlashicha «Javobgarlikni sug'urtalash mulk va shaxsiy sug'urtadan farq qilib, sug'urtalovchining uchinchi shaxslarga zarar yetkazish yuzasidan javobgarligini nazarda tutadi». Sug'urta sohasidagi tajribali mutaxassislardan biri dotsent M.A Safronov javobgarlik sug'urtasiga quyidagicha ta’rif beradi: «Bir shaxs tomonidan boshqa bir shaxs mulkiy manfaatlariga zarar yetkazish- javobgarlikni sug'urtalovchi ixtiyoriga o'tishi deb tushuniladi»52. Bozor munosabatlariga o'tishga qadar, boshqa sobiq ittifoq respublikalari kabi O'zbekistonda ham javobgarlik sug'urtasi bo'lmagan. Sug'urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi va buning natijasida raqobatning vujudga kelishi yangi xizmat turlarini, xususan, javobgarlikni sug'urtalash turlarining joriy etilishini talab qildi. Javobgarlik sug'urtasi-tasodifan va oldindan ko'zda tutilmagan holda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan uchinchi bir shaxslarga yetkazilgan zararni sug'urta vositasida qoplash bilan bog'liq munosabatlar yig'indisidir. Javobgarlikni sug'urtalash sug'urtaning eng yosh va mustaqil tarmog'idir. Uning paydo bo'lganligiga 100 yildan oshdi53. Javobgarlikni sug'urtalash hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olib, uning rivojlanishi fan va texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq. Mazkur sug'urta turlarining iqtisodiy mohiyati shundaki, sug'urtalanuvchining uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarini to'lash majburiyatini sug'urtalovchi o'z zim m asiga oladi. Sug'urtalanuvchi sifatida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs 52 Сафронов А. Страхование ответственности. - «Страховое дело», №2 1997 г. Стр. 12. 53 Основы страховой деятельности. Учебник (отв.ред. проф. Т.А.Федорова). - М.: «БЕК», 2001 г. С. 549. maydonga chiqishi mumkin. Ba’zi holatlarda uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar juda katta miqdorni tashkil etadi va aybdor uni to‘liq qoplash imkoniyatiga ega boMmaydi. Agar, uchinchi shaxsga zarar yetkazgan shaxs o'zining javobgarligini sug'urtalagan bo'lsa, uning uchun moddiy zararni sug'urtalovchi to'laydi. Javobgarlik sug'urtasining ayrim unsurlarini qadimgi Rimda ham ko'rish mumkin. Rimda «dengiz xatarlaridan himoyalanish bo'yicha jamiyat» tashkil etilgan va uning vazifasi jamiyat a’zolari dengiz qaroqchilari tomonidan o'g'irlanganda uni sotib olish xarajatlarini to'lashdan iborat bo'lgan. Grek huquqida ham javobgarlik sug'urtasining ayrim jihatlari nazarga tashlanadi. Javobgarlik sug'urtasining hozirgi zamon shakliga o'xshash turiari ilk marta XIX asrning birinchi yarmida Fransiyada paydo bo'lgan. U ot va mashina egalarini baxtsiz hodisalardan va kasko- sug'urtasidan tashkil topgan. Mustaqil soha sifatida javobgarlikni sug'urtalash sanoatning rivojlanishi bilan yangi bosiqichga ko'tarildi. Ishlab chiqarishning fabrika usuliga o'tilishi ishlab chiqarish vositalari ishlatishda yuzaga keladigan risklarni vujudga kelishiga olib keldi. Transport vositalarini yaratilishi, shubhasiz, yo'l harakati ishtirokchilarining manfaatiga daxldor bo'ladigan risklarni paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Transport vositasini boshqarish natijasida fuqaroni jabrlanishi bilan bog'liq dastlabki hodisa 1897 yil Londonda bo'lgan. Bunda soatiga 7 km tezlikda kelayotgan mashina yo'lovchiga tan jarohati yetkazgan54. Javobgarlik o'z mazmun-mohiyati jihatidan uchga bo'linadi: • ijtimoiy javobgarlik; • ma’naviy javobgarlik; • huquqiy javobgarlik. Ijtimoiy javobgarlik umumiy tushuncha bo'lib, jamiyatdagi barcha javobgarlikni o'z ichiga oladi. Fuqarolaming o'zaro muomalasida axloqiy normalarning buzilishi ma’naviy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Huquqiy javobgarlik esa davlat tomonidan o'matilgan qonuniy normalarning buzilishi oqibatida yuzaga keladi. 54 Основы страховой деятельности. Учебник (отв.ред. проф. Т.А.Федорова). - М.: «БЕК», 2001 г. С. 550. Huquqiy javobgarlikning o'zi bir qancha turlarga bo'linadi. Jumladan, intizomiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, fuqarolik- huquqiy javobgarlik, moddiy javobgarlik, jinoiy javobgarlikka bo'linadi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan javobgarliklar ichida fuqarolik- huquqiy javobgarlik o'ziga xos o'rin egallaydi. Zero, javobgarlikni sug'urtalash fuqarolik-huquqiy javobgarlik bilan chambarchas bog'liq. Bu javobgarlik, odatda, bir shaxs tomonidan ikkinchi bir shaxsga mulkiy zarar yetkazganda yuzaga keladi. Fuqarolik—huquqiy javobgarlik quyidagi ikkita turga bo'linadi: — shartnomaviy javobgarlik; — shartnomasiz javobgarlik. Shartnomaviy javobgarlik shartnoma majburiyatlarini bajar maslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida yuzaga keladi. Bunda bir tomon ikkinchi tomonning aybi bilan zarar ko'radi. Shartnomasiz javobgarlik deganda aybdor tomonidan jabrla- nuvchiga u bilan shartnoma munosabatlarida bo'lmagan holda zarar yetkazish tushuniladi. Masalan, avtomobil transporti egasi o'ziga tegishli bo'lgan transport vositasini noto'g'ri boshqarish oqibatida tasodifan uchinchi shaxs hisoblanuvchi yo'lovchiga tan jarohati yetkazadi. Bunda tomonlar muqaddam shartnoma munosabatlarida bo'lmagan. O'zida bir nechta sug'urta turlarini mujassamlashtirgan hamda sug'urta sohasining mustaqil larm og'i bo'lgan javobgarlik sug'urtasining mohiyati shundan iboratki, u jismoniy va yuridik shaxslarga sug'urtalanuvchi tomonidan yetkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratilgandir. Javobgarlik sug'urtasi o'zida mol-mulk va shaxsiy sug'urta turlarining ayrim qirralarini namoyon etgan. Ya’ni, agar zarar yuridik yoki jismoniy shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan bo'lsa-mol-mulk sug'urtasini; agar zarar jismoniy shaxsning hayoti yoki sog'lig'iga yetkazilgan bo'lsa, shaxsiy sug'urta turlarini qamrab oladi. Javobgarlik sug'urtasida, sug'urtalanuvchining uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarini qoplash bilan bog'liq mulkiy manfaatlari sug'urta ob’ekti bo'lib hisoblanadi. Sug'urtalanuvchining uchinchi shaxslarga yetkazgan zararlarini qoplash bilan bog'liq javobgarligi tuzilgan sug'urta shartnomasiga muvofiq muayyan haq to'lash evaziga sug'urtalovchiga o'tkaziladi. Sug'urta hodisasi ro'y berganda, ya’ni sug'urtalanuvchi uchinchi shaxslarga zarar yetkazganda, bu zararlar sug'urtalovchi tomonidan qoplanadi. Ayni chog'da, mol-mulk va shaxsiy sug'urta turlaridan farqli ravishda, javobgarlik sug'urtasi birinchi navbatda sug'urtalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash va bir vaqtning o'zida sug'urtalanuvchining mulkiy manfaatlarini himoya etish vositasidir. Sug'urtalanuvchining mulkiy manfaatlari deganda, uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash yuzasi dan u ko'radigan ziyonni tushunish kerak. Agar, sug'urtalanuv chining uchinchi shaxslarga zarar yetkazish javobgarligi sug'urta langan bo'lsa, zarar sug'urtalovchi tomonidan kelishilgan sug'urta summasi doirasida qoplanadi. Ma’lumki, mol-mulk sug'urtasida sug'urta summasi shu mol- mulkning butun qiymati doirasida yoki uning bir qismi sifatida aniqlanishi mumkin. Javobgarlikni sug'urtalashda esa tomonlar o'zaro kelishgan holda uchinchi shaxslarga zarar yetkazilganda ularga to'lanadigan sug'urta qoplamasi summasini, ya’ni javobgarlik limitini belgilaydilar. Shuning uchun javobgarlik sug'urtasida «sug'urta summasi» tushunchasi o'rniga «javobgarlik limiti» degan tushuncha qo'llaniladi. Qoidaga ko'ra, javobgarlikni sug'urtalash shartnomalarida bir yillik javobgarlik limiti ko'rsatiladi. Shuningdek, shartnomada har bir sug'urta hodisasi bo'yicha ham javobgarlik limiti belgilanadi. Sug'urtalovchilar sug'urta hodisasi sodir bo'lgan taqdirdagina sug'urta qoplamasini to'laydi. Sug'urtalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga zarar yetkazilib, bu zararni aybdor tomonidan majburiy qoplanishi xususida qonun kuchiga ega sud qarori qabul qilingan- dagina sug'urta qoplamasi to'lanishi mumkin. Sug'urtalanuvchining tasodifan va o'zi bilmagan holda uchinchi shaxslarga yetkazgan zararini aniqroq holda quyidagicha ifodalash mumkin: • uchinchi shaxs bo'lgan fuqaroning hayotiga, sog'lig'iga jarohat yetkazilishi yoki o'lim holatining ro'y berishi; • uchinchi shaxs bo'lgan fuqaro yoki yuridik shaxsning mol- mulkiga zarar yetkazilishi. Javobgarlikni sug'urtalash orqali uchinchi shaxslarga yetkazilgan mulkiy zarar qoplanadi, ammo bu bilan aybdor shaxs jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikdan ozod etilmaydi. Masalan, avtomobil egasi yo‘l-transport hodisasi ro'y berishi natijasida fuqaroning fojiali halok bo'lishiga sababchi bo'ldi. Bu baxtsiz hodisa avtomobil egasining atayin yoki qasddan qilgan xatti-harakatlari natijasida emas, balki tasodifan va bexosdan sodir bo'ldi. Sug'urtalovchi mazkur holatni muayyan o'rganishlardan so'ng sug'urta hodisasi sifatida tan olishi va shunga ko'ra sug'urta qoplamasi to'lashi mumkin. Ammo, sug'urtalovchi tomonidan jabrlangan shaxsga sug'urta qoplamasini to'lanishi aybdor shaxs ma’muriy va jinoiy jazodan ozod etildi, degan m a’noni keltirib chiqarm aydi. Bu yerda fuqarolik javobgarligini jinoiy javobgarlikdan farqlash zarur. Fuqarolik javobgarligi uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashni nazarda tutsa, jinoiy javobgarlik esa qasddan jinoyat qilgan shaxsni jazolashdir. Javobgarlikni sug'urtalash ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. Rivojlangan chet el davlatlarida javobgarlikni sug'urta qilishning majburiy shakllari ancha taraqqiy etgan. Javobgarlik sug'urtasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati sug'ur taning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bilan chambarchas bog'liq desak, xato bo'lmaydi. Sug'urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug'urta tashkilotida yetarli miqdorda pul mablag'lari fondi bo'lishi lozim. Agar, sug'urtalovchi pul fondini, ya’ni sug'urta fondini tashkil etmasa, uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug'urta fondining mablag'lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo'lib, u faqat sug'urta hodisalari ro'y berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug'urta fondining mablag'larini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug'urta fondi mablag'lari davlat tomonidan olib qo'yilishi va soliqqa tortilishi ham mumkin emas. 2. Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligining majburiy sug'urtasi. Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va jismoniy shaxslaming uchinchi shaxslar manfaatiga zarar yetkazish xavfi kuchayadi. Bu xavfning ro'y berishi natijasida yetkazilgan zarami qoplash yuzasidan zarar yetkazgan shaxslam ing javobgarligini sug'urta qilish mamlakatimizda o'z rivojini topmoqda. Ana shunday javobgarlikni sug'urta qilishning keng tarqalgan turlaridan biri-transport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga zarar yetkazishdagi fuqarolik javobgarligini sug'urtalashdir. Ma’lumki, transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi manba lardan biri hisoblanadi. Transport haydovchisi transport vositasini boshqarish jarayonida uchinchi shaxslaming muayyan manfaatlariga, sog'lig'iga zarar yetkazishi mumkin. Yo'l transport hodisasi natijasida zarar ko'rgan shaxslar, ko'p holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar. G'ayri qonuniy Download 5.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling