A. V. Vahobov, T. S. Malikov


• favqulodda  hodisalaming  mavjudligi


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75

• favqulodda  hodisalaming  mavjudligi;

•  iqtisodiyotdagi  krizisli holatlar,  uning yemirilishi;

• moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali emasligi;

• hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni yetarli darajada 

nazorat qilolmasligi;

•  ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi  nisbatan pastligi;

• tashqi  iqtisodiy aloqalaming natijasi  nisbatan  kamligi;

• byudjet xarajatlari tarkibiy tuzilishi  (strukturasi)ning oqilona 

emasligi;

•  mamlakat miqyosida mavjud bo'lmagan  mablag'lar hisobidan 

yashashga intilish;

•  yirik  davlat  investitsiyalarini  amalga  oshirish  amaliyotining 

mavjudligi;

•  harbiy xarajatlar darajasining  nisbatan  kattaligi;

• real ichki imkoniyatni yetarli darajada hisobga olmagan  holda 

boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;  •

•  davlatga  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishga 

rag'batlantiruvchi  sifatida  foydalanish  imkonini  bermaydigan  va 

yetarli  darajada  samarali  boMmagan  byudjet  mexanizmining 

mavjudligi;

• boshqa sabablar.

Byudjet  defitsiti  vujudga  kelganda  unga  nisbatan  strategik 

yondashuv  quyidagilarga alohida e ’tibor beriiishini  taqozo etadi:

•  byudjet  defitsitining  mavjudligini  matematik  yoM  bilan  hal 

qilishga harakat qilmaslik kerak.  Chunki, bu holda iqtisodiyotning 

«davolanish»i  o'rniga «kasalligi»  kuchayadi;

• byudjetning balansliligi, daromadlaming xarajatlardan ko'pligi 

sog'lom va uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi. 

Byudjet  defitsiti boMishi  mumkin:

•  byudjet  defitsitining  miqdori  (darajasi),  odatda,  mamlakat 

yalpi  milliy  mahsulotining  2—3%idan  oshmasligi  lozim.  Ana  shu 

chegaradan  oshilsa,  uni  tezroq  qisqartirish  (yoki  shu  darajaga 

keltirish) choralarini  ko'rish  kerak;

•  byudjet  defitsitini  qoplash  uchun,  eng  avvalo,  davlat 

kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim.  Shuningdek, davlat 

qimmatbaho qog'ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish maqsadga

muvofiqdir.  Aksincha,  milliy  pul  birligi  belgilarini  zarb  etuvchi 

uskunani  ishga solmaslik  kerak;

• byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham 

berish uchun, birip6hi navbatda,  iqtisodiyotning o ‘zini «davolamoq» 

lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun ko‘zda tutilgan 

har qanday tadbir,  albatta,  muvaffaqiyatsizhkka uchraydi.

Byudjet defitsitining darajasini  kamaytirish yoki  unga  barham 

berish  borasidagi  amalga  oshirilishi  lozim  bo'lgan  chora-tadbir- 

laming eng asosiy yo'nalishlari  quyidagilardan  iborat:

•  byudjet  xarajatlarining  (mablag'larining)  investision  yo'na- 

lishini o'zgartirish, ularni eng ko'p samara beradigan yo'nalishlarga 

yo'naltirish;

• xo'jalik yuritishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi 

moliyaviy  imtiyoz va jazolardan  keng  foydalanish;

•  davlatdan  moliyalashtirish  va  davlat  iqtisodiyoti  sohasini 

qisqartirish, xorijiy davlatlarga yordam ko'rsatishni keskin kamaytirish;

• harbiy xarajatlarni qisqartirish;

• eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirish ni saqlab 

qolish,  yirik  byudjet  xarajatlarini  talab  etuvchi  dasturlarni  qabul 

qilishni to'xtatib turish;

•  Markaziy bankning  qarzlami  davlat qimmatbaho  qog'ozlari 

shaklida  rasmiylashtirmasdan  turib  hukumat  organlariga  kredit 

berishini taqiqlab qo'yish;

• xorijiy sarmoyalarni jalb  etish;

• va  boshqalar.

Byudjet  defitsiti  vujudga  kelgan  paytda  uni  moliyalashtirish 

manbalarini aniqlab olmoq zarur.  Uni  moliyalashtirishning asosiy 

manbalaridan biri davlatning qarz olishidir.

Davlatning  qarz  olishi  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  xorijiy 

davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom 

va kreditlarni olishdan  iborat  bo'lib,  hukumat oldida qarz oluvchi 

yoki  boshqa  qarz  olganlarning  qarzlarni  qaytarishi  bo'yicha 

kafolatchi  sifatidagi  majburiyatlari vujudga keladi.

Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy 

davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom 

va  kreditlarni  olishdan  iborat  bo'lib,  ular  bo'yicha  qarz  oluvchi

yoki  boshqa  qarz  olganlarning  qarzlami  qaytarish  bo'yicha  ham 

kafolatchi sifatida hukumatning o ‘z milliy valyutasida ifodalangan 

qarziy majburiyatlari  paydo bo‘ladi.

Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy 

davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom 

va  kreditlarni  olishdan  iborat  bo'lib,  ular  bo'yicha  qarz  oluvchi 

yoki boshqa qarz olganlarning qarzlami qaytarish bo'yicha kafolatchi 

sifatida  hukumatning  xorijiy valyutada  ifodalangan  qarziy  majbu­

riyatlari vujudga keladi.

Byudjet defitsitini  moliyalashtirishning barcha  manbalari jalb 

qilingan mablag'laming asosiy turiari bo'yicha  navbatdagi  moliyaviy 

yilga  mo'ljallangan  byudjet  to'g'risidagi  qonunda  qonunchilik 

hokimiyati organlari  tomonidan,  albatta tasdiqlanishi  kerak.

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida mamla­

kat  Markaziy  bankining  kreditlari  va  Markaziy  bank  tomonidan 

hukumatning sotib olingan qarziy majburiyatlari maydonga chiqishi 

maqsadga  muvofiq  emas.

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikki 

guruhga bo'lish  qabul  qilingan:

1)  ichki  manbalar;

2)  tashqi  manbalar.

Byudjet defitsitini  moliyalashtirishning ichki manbalari sifatida 

quyidagilami ko'rsatish  mumkin:

•  mamlakat  hukumati  tomonidan  shu  mamlakatning  milliy 

valyutasida  kredit tashkilotlaridan olingan  kreditlar;

• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog'ozlarni chiqa­

rish  orqali  amalga oshirilayotgan  davlat zayomlari;

• davlat  mulkiga tegishli bo'lgan mol-mulkni sotishdan olingan 

tushumlar;

• davlat zaxiralari va rezervlar bo'yicha daromadlaming xarajat­

lardan  o'sgan  qismi  summasi;

• byudjet  mablag'larini hisobga oluvchi hisobvaraqlaridagi  mab­

lag'lar qoldig'ining o'zgarishi;

• va  boshqalar.

Byudjet defitsitini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatoriga 

quyidagilar kiradi:

•  mamlakat  hukumati  nomidan  qimmatbaho  qog'ozlarni 

chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;

•  xorijiy  valyutada  taqdim  etilgan  va  mamlakat  hukumati 

tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro 

moliyaviy tashkilotlaming  kreditlari.

Yuridik  va  jism oniy  shaxslar,  xorijiy  davlatlar,  xalqaro 

tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat 

kafolatlari  bo‘yicha  majburiyatlarni  qo'shgan  holda)  mamlakat 

hukumatining  qarziy  majburiyatlari  hukumatning  davlat  qarzini 

vujudga keltiradi.  Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan  davlat 

mulki  bilan  to‘liq  va  hyech  qanday  shartsiz  ta’minlanishi  kerak. 

Bunda davlat  hokimiyati organlari  mamlakat hukumatining qarziy 

majburiyatlari  va  davlat  qarziga  xizmat  qilish  uchun  respublika 

byudjetining  daromadlarini  shakllantirish  b o ‘yicha  barcha 

vakolatlardan foydalanadilar.

Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo'lishi 

mumkin:

•  qarz  oluvchi  sifatida  mamlakat  hukumati  nomidan  kredit 

tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan 

tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;

•  mamlakat  hukumati  nomidan  qimmatbaho  qog'ozlarni 

chiqarish orqali  amalga oshirilgan  davlat zayomlari;

•  mamlakat  hukumati  tomonidan  davlat  kafolatini  berish 

to'g'risidagi shartnomalar;

• o'tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restruk- 

turizatsiya  qilish va muddatini  o'zgartirish  to'g'risidagi  mamlakat 

hukumati  nomidan  tuzilgan  (shu jumladan,  xalqaro)  bitimlar  va 

shartnomalar;

• va boshqalar.

Mamlakatning qarziy majburiyatlari o'zining muddatiga qarab 

qisqa  muddatli  (bir yilgacha),  o'rta  muddatli  (bir yildan  ortiq  va 

besh  yilgacha)  va  uzoq  muddatli  (besh  yildan  yuqori)  bo'lishi 

mumkin.  Ular  zayomning  konkret  shartlariga  muvofiq  ravishda 

(zayom shartlarini, jumladan, to'lov muddatlari, foiz to'lovlarining 

miqdori, muomala muddatlarini o'zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.

Mamlakat  hukumatining  davlat  ichki  qarzlari  quyidagilardan 

iborat bo'lishi  mumkin:

•  hukumatning  davlatni  qimmatbaho  qog'ozlari  bo'yicha 

qarzining asosiy nominal  summasi;

• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo'yicha asosiy qarzning 

hajmi;

• mamlakat  hukumati  tomonidan berilgan kafolatlar bo'yicha 

majburiyatlar hajmi;

• va  boshqalar.

O'z  navbatida,  hukumatning davlat tashqi  qarzlari:

• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari,  firmalar va 

xalqaro  moliyaviy  tashkilotlarga  mamlakat  hukumati  tomonidan 

taqdim  etilgan  davlat  kafolatlari  bo'yicha  majburiyatlar hajmi;

• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va 

xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo'yicha 

asosiy qarz  hajmidan  iborat bo'ladi.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  Davlat  byudjeti  nimalarga  bog'liq  holda  vujudga  keladi  va 

rivojlanadi?

•  Davlat  byudjeti  o'zida qanday  munosabatlami  ifodalaydi?

•  Davlat  byudjeti  uchun  qanday xarakterli  xususiyatlar xos?

• «Davlat byudjeti» tushunchasiga terminologik jihatdan yana 

qanday tushunchalar qo'shiladi?

•  Mamlakatning yalpi  ichki  (milliy) mahsuloti  Davlat byudjeti 

orqali  taqsimlanganda  qanday bosqichlarni  bosib o'tadi?

•  Byudjet  fondini  shakllantirishda  qanday  ikki  tushunchalar 

foydalaniladi?

• Qanday byudjet kategoriyalarini  bilasiz?

•  Davlat  byudjetining  iqtisodiy  mazmuni  nimalardan  iborat?

• Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi deyilganda nima nazarda 

tutiladi?

•  Davlat byudjeti  deb  nimaga  aytiladi?

• Davlat byudjetining mohiyati nimalar orqali namoyon bo'ladi?

•  Davlat  byudjeti  boshqa  iqtisodiy  (moliyaviy)  kategoriyalar 

bilan qanday bog'langan?

•  Davlat byudjeti  qanday  funksiyalami  bajaradi?

•  Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari qanday 

xarakterli xususiyatlarga ega?

•  Davlat  byudjetining  taqsimlash  va  nazorat  funksiyalarining 

miqdoriy va sifat tomonlari  nimalardan  iborat?

•  Byudjet  mexanizmi  deyilganda  nimalar tushuniladi?

•  Davlat  byudjetining ahamiyati  nimalarda namoyon  bo'ladi?

•  Davlat byudjeti  mamlakatning moliya tizimida qanday o'rinni 

egallaydi?

•  Davlat  byudjetining  daromadlari  nima  uchun  oraliq  xarak­

terga ega?

•  Davlat  byudjeti  daromadlarining  moddiy-buyumlashgan 

shaklini  nimalar tashkil  etadi?

•  Byudjet  daromadlarini  shakllantirish  jarayonining  asosiy 

prinsiplari  nimalardan iborat?

•  Davlat  byudjetining  daromadlari  qanday  mezonlar  asosida 

klassifikatsiya qilinishi  mumkin?

• Davlat byudjetining daromadlari o'z manbalariga ko'ra qanday 

guruhlarga bo'linadi?

•  Byudjetning soliqli  daromadlari  tarkibi  nimalardan  iborat?

•  Davlat  byudjetining  soliqsiz  daromadlari  tarkibiga  nimalar 

kiradi?

•  Tushumlarning  qanday  turiari  (ko'rinishlari)  byudjet 

daromadlarining tarkibi hisobiga olinishi  mumkin?

•  Hozirgi amaliyotda Davlat byudjetining daromadlari qanday 

tartibda klassifikatsiya qilinayapti?

•  To'g'ri  (bevosita)  va  egri  (bilvosita)  soliqlaming  tarkibi 

nimalardan iborat?

• O'zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko'ra  Davlat byudjetining 

daromadlari qanday guruhlarga bo'linishi  mumkin?

•  Mulkchilik shakliga  ko'ra  Davlat  byudjetining  daromadlari 

qanday  ko'rinishlarga ega  bo'lishi  mumkin?

•  Sub’ektlarning  daromadlari  qanday  metodlarni  qo'llash 

evaziga  Davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti?

•  Hozirgi  sharoitda  Davlat  byudjeti  daromadlarining  tarkibi 

nimalardan  iborat va uning  tuzilmasi  qanday?

•  Milliy  iqtisodiyotda  qo‘llanilayotgan  Davlat  byudjeti  daro­

madlari  tizimining samaradorligi bevosita nimaga  bogMiq va u  o ‘z 

ichiga nimalarni oladi?

•  «Davlat  byudjeti  daromadlari»  va  «Davlat  daromadlari» 

tushunchalari o'rtasiga barobarlik (tenglik) belgisini qo'yish mum­

kinmi?

•  Davlat  byudjetining  xarajatlari  qanday  xarakterli  belgilarga

ega?

•  Davlat  byudjeti  xarajatlari  konkret  turlarining  xilma-xilligi 

nimalar bilan izohlanadi?

•  Davlat  byudjetining  xarajatlari  qanday  belgilarga  ko‘ra 

turkumlashtiriladi?

•  Iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra  Davlat  byudjetining  xarajatlari 

qanday xarajatlarga bo'linadi?

•  Davlat  byudjetining  kapital  xarajatlari  deyilganda  nimalar 

tushuniladi va ularning tarkibi  nimalardan  iborat?

•  Davlat  byudjetining  joriy  xarajatlari  deyilganda  nimalar 

tushuniladi va ularning  tarkibiga nimalar  kiradi?

• Takror ishlab chiqarishdagi  roliga ko'ra  Davlat byudjetining 

xarajatlari qanday guruhlarga bo'linadi?

•  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  tarmoq  belgisi  bo'yicha 

guruhlarga ajratishning asosida  nimalar yotadi?

•  Ijtimoiy  yo'nalishi  bo'yicha  Davlat  byudjetining  xarajatlari 

qanday guruhlardan  tashkil  topgan?

•  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  konkret  turiari  nimalardan 

tarkib topadi?

•  Davlat  byudjetining  xarajatlari  tashkiliy  jihatdan  qanday 

guruhlarga ajratiladi?

•  Davlat  byudjetining  xarajatlari  hududiy  belgilariga  muvofiq 

qanday guruhlardan tashkil  topadi?

•  Faqat  Respublika byudjetidan  moliyalashtiriladigan xarajat­

larga nimalar kiradi?

•  Bozor iqtisodiyoti  sharoitida  Davlat byudjetining xarajatlari 

uning daromadlari bilan uzviy bog'langanmi?

•  Hozirgi  sharoitda  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  konkret 

tarkibi  nimalardan  iborat va ularning  tuzilmasi  qanday?

•  Byudjetdan  moliyalashtirish  deyilganda nimalar tushuniladi?

•  Byudjetdan  moliyalashtirishning  umumiy  prinsiplari  nima­

lardan iborat?

•  Amaliyotda  byudjetdan  moliyalashtirishning  qanday  shakl­

laridan foydalanilmoqda?

• «Davlat byudjetining xarajatlari» va «Davlat xarajatlari» ibora- 

lari  bir xil  ma’no-mazmunni  anglatadimi?

•  Byudjet  defitsiti  deb  nimaga aytiladi?

• Byudjet defitsitining vujudga kelishidagi eng umumiy sabablari 

nimalardan iborat?

•  Byudjet  defitsiti  vujudga  kelganda  unga  nisbatan  strategik 

yondashuv  (strategiya)  nimalarga  alohida  e ’tibor  berishni  taqozo 

etadi?

•  Byudjet  defitsiti  darajasini  kamaytirish  yoki  unga  barham 

berish borasida amalga oshirilishi lozim boMgan chora-tadbirlarning 

asosiy yo'nalishlari  nimalardan iborat?

•  Byudjet  defitsitini  moliyalashtirishning  asosiy  manbalariga 

nimalar kiradi?

•  Davlatning ichki va tashqi qarzlari deyilganda nimalar tushu­

niladi?

•  Davlatning  ichki  qarzlari  tarkibi  nimalardan  iborat  boMishi 

mumkin?

•  Davlat tashqi  qarzlari  tarkibiga nimalar kiradi?

•  Byudjet defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari qan­

day guruhlardan  tashkil topadi?

•  Byudjet  defitsitini  moliyalashtirishning  ichki  manbalariga 

nimalar kiradi?

•  Byudjet  defitsitini  moliyalashtirishning. tashqi  manbalari 

nimalardan iborat?

• Mamlakatning qarziy majburiyatlari qanday shakllarda boMishi 

mumkin?

• «Byudjet defitsiti», «Byudjet kamomadi», «Byudjet taqchilligi», 

«Byudjet yetishmovchiligi» iboralarining ma’no-mazmuni bir xilmi?

16-B O B . 

BYUDJET  DAROMADLARI

16.1. Byudjet daromadlarining mazmun-mohiyati va 

ularni shakllantirish  prinsiplari

I

  Byudjet  daromadlari  davlatni  markazlashtirilgan  moliyaviy 

resurslarining bir qismi bo'lib, davlat^funksiyalarini  bajarish uchun 

zarurdir.  Ular pul  mablag'lari  fondlarini  shakllantirish jarayonida 

vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy)  munosabatlami o'zida ifoda 

etadi  va  turli  darajadagi  hokimiyat  organlarining  ixtiyoriga  kelib 

tushadi.

Qayd etilganlarni inobatga olgan holda unga byudjet daromad­

larining  ma’no-mazmunini  ifodalovchi  quyidagi  ta’riflarni  berish 

mumkin: pul mablag'lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga 

keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlami o'zida ifoda etadigan, 

hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, 

davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan davlat markaz­

lashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi byudjet daromadlari 

deyiladi.

Mamlakatlaming  davlat  tuzilishiga  bog'liq  ravishda  byudjet 

daromadlari quyidagicha farqlanadi:

1)  markaziy  (davlat)  byudjet(i)  daromadlari;

2) unitar (yagona) davlatlardagi mahalliy byudjetlar daromadlarjy'

Federativ  (ittifoqchilik)  tuzilish(i)ga  ega  bo'lgan  davlatlarda

byudjet  daromadlarining  bu  ikki  ko'rinishi  federatsiya  a’zolari 

byudjetlarining daromadlari  bilan to'ldiriladi.

’  Byudjet  daromadlari  davlat  daromadlariga  nisbatan  torroq 

darajadagi tushunchadir.  Chunki davlat daromadlari hokimiyatning 

barcha  darajadagi  byudjetlarining  moliyaviy  mablag'lari  bilan 

birgalikda  yana  o'zining  tarkibiga  davlatning  byudjetdan  tashqari 

jamg'armalar  va  barcha  davlat  sektoriga  tegishli  bo'lgan  boshqa 

resurslami ham qamrab oladi.

Byudjet  daromadlarining  asosiy  moddiy  manbai  milliy  daro- 

maddir.  Agar  davlatning  moliyaviy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun

milliy daromad yetarli bo'lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga 

milliy boylikni jalb etishi mumkin.  Bu yerda milliy boylik deyilganda 

ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo'lgan, hozirgi va o'tgan 

avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda 

kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy 

resurslar majmui  nazarda tutilayapti^

Milliy  daromadni  davlat  ixtiyoriga  o'tkazish  turli  metodlar 

yordamida amalga oshiriladi.  Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi 

davlat hokimiyati organlari tomonidan milliy daromadni qayta taq­

simlash  va  byudjet  daromadlarini  shakllantirish  uchun  foydalani­

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling