A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75

boshqalar kiradi.

Soliqsiz  daromadlar  davlatga  tegishli  bo'lgan  korxona  va 

tashkilotlardan olinadigan to'lovlardir.

Davlat  mulkiga aylanadigan va qaytarilishi  talab etilmaydigan 

mablag'lar ham  byudjetning  daromadlari  bo'lishi  mumkin.  Biroq 

ayrim to'lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun 

o'tkazilishi ham mumkin.  Bunday holda davlat olingan mablag'lami 

sarf  etsa-da,  bu  mablag'lami  belgilangan  muddatlarda  va  to'liq 

ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday byudjet daromadlarining 

ko'rinishlaridan  biri  davlat  obligatsiyalarini  realizatsiya  qilishdan

olingan tushumlar hisoblanadi^Byudjet daromadlariga ular shartli 

ravishda,  faqat shu  yilning byudjeti  daromadlari  nuqtai  nazaridan 

kiritilishi  mumkin,

I  Byudjetlarning  barcha  daromadlari  u  yoki  bu  byudjetlarga 

biriictirilishiga qarab ikkiga bo'linishi  mumkin:

1)  byudjetning  o'z daromadlari;

2)  byudjetning tartibga keltiruvchi  daromadlari^

Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli

byudjetga  to‘liq yoki  qisman  biriktirilgan  daromadlar byudjetning 

o ‘z daromadlari  deyiladi.  Ularga tegishli  byudjetlarga biriktirilgan 

soliqli va soliqsiz daromadlar kiradi.

Navbatdagi  moliyaviy  yil  (yoki  uzoq  muddatli  davr  asosida, 

odatda  3  yildan  kam  bo‘lmagan  holda)  uchun  boshqa  darajadagi 

byudjetlarga ajratmalar normativi o ‘rnatiladigan soliqlar va boshqa 

to'lovlar byudjetning tartibga keltiruvchi daromadlari deyiladi.

Byudjet  daromadlarining  deyarli  barchasi  sarflanish  nuqtai 

nazaridan  oldindan  mo'ljallangan  maqsadlarga  ega  emas.  Ular 

umumiy  fondga  tushiriladi  va  ulardan  odatdagi  moliyalashtirish 

tartibida  foydalaniladi.  Byudjet  daromadlarining  faqat  ba’zi 

birlarigina  oldindan  belgilangan  maqsadlar  uchun  mo'ljallangan. 

Ularning tarkibiga  ijtimoiy sug'urta badallarini  kiritish  mumkin.

Soliqlar, to'lovlar,  yig'imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning 

alohida shakllari va turlarining yig'indisi  byudjet  daromadlarining 

yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan 

byudjet  daromadlari  umumdavlat  ehtiyojlarini  ta’minlab,  bir-biri 

bilan o'zaro bog'langandir.

’  Byudjet  daromadlarining  tarkibi  va  uning  tuzilmasi  doimiy 

bo'lmasdan, mamlakat taraqqiyoti va davlat oldidagi vazifalarning 

o'zgarishiga  muvofiq  ravishda  o'zgarib  boradi.  Masalan,  keyingi 

yillarda O'zbekiston  Respublikasi  Davlat byudjetining daromadlari 

uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan:  mamlakatimiz Davlat 

byudjetining daromadlari so'nggi yillarda to'g'ri  (bevosita) soliqlar, 

egri  (bilvosita)  va  resurs  to'lovlari  va  mol-mulk  solig'i,  ustama 

foydadan  olinadigan  soliq,  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratu­

zilmani  rivojlantirish uchun soliq va boshqa daromadlardan  tarkib 

topm oqda.  D avlatim iz  byudjetining  darom adlarini  tarkibiy

tuzilmasida egri  (bilvosita) soliqlar, ya’ni qo'shilgan qiymat solig'i, 

aksizlar,  bojxona  bojlari, jismoniy  shaxslardan  olinadigan  yagona 

boj  to'lovi  va  transport vositalari  uchun benzin,  dizel yoqilg'isi  va 

gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hal qiluvchi 

rol  o'ynamoqda.  Aynan  shu  guruhga  kiruvchi  soliqlar  hisobidan 

Davlat  byudjeti  daromadlarining  yarmi  (50,23%)  shakllanayapti. 

Bu  soliqlar  orasida  qo'shilgan  qiymat  solig'i  (28,15%)  va  aksizlar 

(16,47%)  Davlat  byudjeti  daromadlarini  shakllantirishda  alohida 

ahamiyatga  egadir.  Birgina  qo'shilgan  qiymat  solig'i  yordamida 

Davlat  byudjeti  daromadlarining  1/4  qismidan  ko'prog'i  shakl- 

lanayotganligi  bu soliqning byudjet daromadlari tuzilmasidagi o'mi 

qanday ekanligini  yaqqol  ko'rsatayapti.

Shuningdek,  Davlat  byudjeti  darom adlarining  tarkibiy 

tuzilmasida  to'g'ri  (bevosita)  soliqlar  ham  o'z  o'rniga  ega.  Ular 

yordamida  byudjet  daromadlarining  1/4  qismi  tashkil  topayapti. 

Uning asosiy qismi  (jami to'g'ri  (bevosita) soliqlaming 49,4%)  esa 

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining hissasiga to'g'ri 

kelayapti.  Bu  yerda  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig'i 

ham  shu  guruhga  kiruvchi  boshqa  soliqlarga  nisbatan  byudjet 

daromadlarini shakllantirishda alohida rol  (5,2%) o'ynamoqda.

Resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i yordamida  Davlat byudjeti 

daromadlarining  15,95%  tashkil topayapti.  Uning asosiy qismi (shu 

guruhga kiruvchi soliqlaming 61,6%) yer osti boyliklaridan foyda­

langanlik uchun soliqqa to'g'ri  kelayapti 

.j

16.3.  Soliqlar va soliq tizimi

^Byudjet  daromadlarini  shakllantirishda  soliqlar  hal  qiluvchi 

ahamiyatga  ega.  Yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  tegishli  bo'lgan 

mablag'laming  bir  qismini  davlat  ixtiyoriga  majburiy  va  qayta­

rilmaydigan  tarzda  o'tkazuvchi  to'lovlarga  soliqlar  deyiladi.  Ular 

mamlakat milliy daromadining bir qismi bo'lib,  byudjet tizimining 

barcha bo'g'inlari bo'ylab jalb qilinadi,  qonunga muvofiq oldindan 

belgilangan  miqdorda  va  muddatlarda  davlatning  ixtiyoriga  borib 

tushuvchi  yuridik va jismoniy shaxslaming  majburiy to'lovlaridan 

iboratdir.  Soliqlar hisobidan davlatning funksiyalari va vazifalarini

bajarish uchun  moliyaviy asos yaratiladi] Soliqlarsiz davlat faoliyat 

ko'rsatolmaydi.  Chunki  ular  bozor  munosabatlari  va  xususiy 

mulkchilik  hukmronligi  sharoitida  daromadlami  byudjetga  jalb 

qilishning asosiy metodi  bo‘lib  hisoblanadi.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari 

daromadlarining  40%  gachasi  soliqlar orqali  davlatning  ixtiyoriga 

o ‘tmoqda.  Mamlakatlar  yalpi  ichki  (milliy)  mahsuloti  va  milliy 

daromadida  soliqlar  salmog'i  ortib,  uning  darajasi  o'rtacha  18% 

dan  30—50%  gacha  yetib  bordi.

Soliqlar  yalpi  ichki  mahsulot va  uning  tarkibiy  qismi  bo'lgan 

milliy  daromadni  qayta  taqsimlashda  ishtirok  etib,  yagona  takror 

ishlab chiqarish jarayonining bir qismi,  ishlab chiqarish munosabat­

larining  o'ziga  xos  shakli  hisoblanadi.  Bular  soliqlaming  ijtimoiy 

mazmunini  shakllantiradi.  Soliqlar jamiyatdagi  taqsimlash  muno­

sabatlarining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini 

o'zida  ifoda etadi.

Ijtimoiy  mazmundan  tashqari  soliqlar  moddiy  asosga  (maz­

munga)  ham  egadir,  ya’ni ular jamiyatning  davlat  tomonidan jalb 

qilinadigan  pul  mablag'larining  aniq  summasini  ham  ifodalaydi. 

Milliy  daromadni  qayta  taqsimlashda  soliqlar  davlat  hokimiyat 

organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismi  bilan ta’min­

laydi.  Majburiy  ravishda va  soliqlar shaklida^amlakatning butun 

aholisidan o'zlashtirilgan  milliy daromadning bu qismi davlatning 

markazlashtirilgan moliyaviy resurslari fondiga aylanadi.  O'ziga xos 

tarzda majburiy chetlashtirishdan iborat bo'lgan bu jarayon ekviva­

lent  almashuvsiz  qiymatning  bir  tomonlama  (soliq  to'lovchidan 

davlatga) harakatini  ifodalaydi.

Davlatning  soliqli  daromadlari  ishlab  chiqarish  jarayonida 

(mehnat,  kapital  va  tabiiy  resurslar  ishtirokida)  yaratilgan  yangi 

qiymat hisobidan shakllantiriladi.  Ular davlatning mulkiga aylanadi 

hamda harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarda foydalaniladi.

Ishlab  chiqarish  munosabatlarining  alohida  sohasi  (tarkibiy 

qismi)  sifatida soliqlar qat’iy ichki  xususiyatiari,  rivojlanish  qonu- 

niyatlari va namoyon bo'lishning farqlanuvchi shakllariga ega bo'lgan 

o'ziga xos tarzdagi iqtisodiy kategoriyadir.  Soliqlar milliy daromad 

qiymatining bir qismining umumdavlat ehtiyojlari foydasiga olinishi

jarayonida namoyon bo'ladigan va aniq mavjud pul munosabatlarini 

ifodalaydi. Soliq munosabatlari moliyaviy munosabatlaming tarkibiy 

qismi  sifatida  doimiy ravishda o'zgarishda bo'ladi.

Soliqlar faqat iqtisodiy kategoriya bo'lib qolmasdan, bir vaqtning 

o'zida moliyaviy kategoriya hamdir.  Ular moliyaviy munosabatiarga 

xos bo'lgan umumiy xususiyatlarni ifoda etadi, o'zining farqlanuvchi 

belgilari  va  xususiyatlariga,  o'z  harakat  shakliga,  ya’ni  moliyaviy 

munosabatlaming  barcha  to'plamidan  ajratib  turadigan funksiya­

lariga ega.

]  Soliqlaming  funksiyalari  ularning  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati 

va  ichki  mazmunini  ochib  beradi.  Hozirgi  sharoitda  soliqlar  ikki 

funksiyani bajaradi:

1)  Fiskal  funksiya;

2) Tartibga solish  (rag'batlantirish)  funksiyasi.

Bu  funksiyalarning  har  biri  soliqlaming  moliyaviy  kategoriya 

sifatida alohida tomonlarini  namoyon etadi.

Soliqlaming fiskal funksiyasi ulaming asosiy funksiyasi bo'lib, 

bu  barcha  davlatlar  uchun /xarakterlidir.  Bu  funksiya  yordamida 

davlat  pul  fondlari,  ya’ni  davlatning  faoliyat  ko'rsatishi  uchun 

moddiy asos yaratiladi.  Xuddi shu funksiyaning o'zi  milliy daromad 

qiymatining bir qismini jamiyatning eng kam ta’minlangan ijtimoiy 

qatlamlari  foydasiga  qayta  taqsimlash  uchun  real  imkoniyatni 

vujudga keltiradi.

Jamiyat  rivojlanishi  iqtisodiy  darajasining  oshib  borishiga 

muvofiq  ravishda  soliqlami  fiskal  funksiyasining  ahamiyati  ham 

o'sib  boradi.  Insoniyat  taraqqiyotining  XX  asri  va  XXI  asrining 

boshlari soliqlami  undirish hisobidan davlat daromadlarining juda 

katta o'sishi bilan xarakterlanadiki,  bu narsa,  o'z navbatida, davlat 

funksiyalarining  kengayishi  va  hokimiyat  tepasida  bo'lgan  ayrim 

ijtimoiy guruhlar tomonidan  ma’lum bir siyosatning hayotga tatbiq 

etilishi bilan bog'liqdir.  Keyingi yillarda davlat iqtisodiy va ijtimoiy 

tadbirlarga,  mudofaa  qobiliyatini  mustahkamlash  va  boshqaruv 

apparatini  saqlashga  katta  miqdordagi  moliyaviy  mablag'lami 

sarflamoqda.  Ayniqsa,  ikkinchi jahon  urushidan  so'ng  dunyoning 

rivojlangan  mamlakatlariga  soliqli  daromadlar  o'sishining  yuqori 

sur’atlari  xos  bo'lib,  bu  narsa  faqatgina  iqtisodiyotning  tiklanishi

bilan  emas,  balki  o ‘tgan  asrning  60-70-yillarida  G'arbning  juda 

ko‘p  mamlakatlarida  takror  ishlab  chiqarish  sharoitlarining 

yomonlashuvi bilan ham izohlanadi. XX asming 80-yillari o'rtalarida 

soliq tushumlari sekinlashdi va ularning milliy daromaddagi salmog'i 

barqarorlashdi.  Ammo,  shunday  bo'lishiga  qaramasdan,  milliy 

daromadni qayta taqsimlashda davlat salmog'ining yuqoriligi hamon 

saqlanib qolmoqda.

Soliqlaming fiskal funksiyasi  iqtisodiy munosabatlarga davlat­

ning aralashuvi uchun ob’ektiv shart-sharoit yaratadi, ya’ni u tartibga 

solish  funksiyasini  taqozo  etadi.

Tartibga  solish  (rag'batlantirish)  funksiyasi  qayta  taqsimlash 

jarayonlarining faol  ishtirokchisi sifatida soliqlaming takror ishlab 

chiqarishga  uning  sur’atlarini  rag'batlantirib  yoki  to'sqinlik  qilib, 

kapitalning  jamg'arilishini  kuchaytirib  yoki  susaytirib,  aholining 

to'lovga qobiliyatli talabini kengaytirib yoki qisqartirib,  keskin ta’sir 

ko'rsatishi mumkinligini anglatadi.  Milliy daromadni jalb qilishning 

soliq metodini davlat tomonidan kengaytirilishi orqali soliqlaming 

ishlab  chiqarish  jarayoni  ishtirokchilari  bilan  doimiy  ravishda 

to'qnash  kelishiga  sabab  b o'lib ,  bu  narsa  unga  mamlakat 

iqtisodiyotiga  va  takror  ishlab  chiqarishning  barcha  bosqichlariga 

ta’sir ko'rsatishi  uchun  real  imkoniyat yaratadi.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlari­

ning rivojlanishi davlatni ishlab chiqarish jarayoniga aralashuvi uchun 

ehtiyojni  vujudga  keltiradi.  Bu  narsa  soliqni  tartibga  solishni 

(rag'batlantirishni) yangi  pog'onaga ko'tardi.  Daromadlami soliqqa 

tortishning  kengayishi  bilan  korxonalaming  foydasi  va  aholining 

daromadlari  asosiy soliq ob’ektlariga, jismoniy va yuridik shaxslar 

esa,  asosiy soliq sub’ektlariga  aylanadi.

Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir ko'rsatadi. 

Ular, bir vaqtning o'zida,  talabning bozor mexanizmi orqali  ishlab 

chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko'rsatishi yoki uning rivojlanishiga 

to'sqinlik qilishi  mumkin.  Soliqlaming  miqdori  (hajmi)  mehnatga 

haq to'lash darajasini aniqlashga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi.  Chunki 

ular soliq to'lovlarining tarkibiga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab 

chiqarish  quwatlarini  realizatsiya  qilish  yoki  ulardan  foydalanish 

jarayonida  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo'lgan  mahsulotlar  va

xizmatlar bahosi  bilan ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi nisbat 

ham soliqlarga bog'liq.

Soliqlar va ulaming  funksiyalari  bazis  munosabatlarini  o'zida 

aks ettiradi.  Ulardan davlat soliq mexanizmini tashkil etadigan turli 

xildagi  vositalar  (soliq  stavkalari,  soliqqa  tortish  usullari,  soliq 

imtiyozlari va shunga o'xshashlar) orqali soliq siyosatini yurgizishda 

foydalanadi.

Soliqlaming asosiy elementlari quyidagilardan iborat:

• soliq sub’ekti — qonun bo'yicha soliqni to'lovchi shaxs (yuridik 

yoki jismoniy);

•  soliq  ob’ekti  —  mavjudligi  egasini  soliqqa  tortishga  asos 

bo'ladigan  predmet  (mol-mulk,  yer va boshqalar);

•  soliq  manbai  —  hisobidan  soliq  to'lanadigan  daromad  (ish 

haqi,  foyda,  foiz va boshqalar);

•  soliqqa  tortish  birligi  —  soliq  ob ’ektini  o'lchash  birligi 

(masalan,  yer solig'i  bo'yicha yerning  bir gektari);

•  soliq stavkasi — soliqqa  tortish  birligiga nisbatan  o'matilgan 

soliqning  miqdori  (o'lchami).  Ular  regressiv,  proporsional  va 

progressiv  stavkalarga  bo'linganligi  uchun  soliqlar  ham  regressiv, 

proporsional va progressiv bo'ladi.  Regressiv soliqlarda daromadning 

o'sib borishi bilan uni soliqqa tortish  foizi  kamayadi.  Tovarlaming 

bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressivdir. 

Proporsional soliqlarda daromadning miqdoriga (o'lchamiga) bog'liq 

bo'lmagan holda ular bii xil stavkada undiriladi.  Progressiv soliqlarda 

esa  daromadlaming  ortib  borishiga  qarab  soliqning  stavkasi  ham 

ortib  boradi.  Progressiyalar  oddiy va  murakkab  bo'lishi  mumkin. 

Oddiy progressiyada soliqning stavkasi  daromadning barcha qismi 

uchun  ortadi.  Murakkab  progressiyada  esa  soliq  to'lovchining 

daromadi  qismlarga  bo'linadi  va  uning  har  bir  qismiga  nisbatan 

tegishli soliq stavkasi qo'llaniladi;

• soliq tizimi — mamlakat territoriyasida amal qiladigan soliqlar, 

ularning tuzilishi  metodlari va prinsiplari  majmui.

•  soliq  imtiyozlari  —  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  soliq 

to'lovchini  soliq to'lashdan  to'liq yoki qisman  ozod  qilish;

• soliqqa tortiladigan baza  (asos,  negiz)  — unga  nisbatan soliq 

stavkasi  qo'llaniladigan  daromad.  Soliq  to'lovchining  yalpi

daromadidan  amaldagi  qonunchilik bo'yicha  taqdim  etilgan  soliq 

imtiyozlarini chegirish  orqali aniqlanadi;

• 

soliq  okladi  —  uning  sub’ekti  tomonidan  to'lanadigan  soliq 

summasi;

Soliqqa  tortishni  boshqarishning  tashkiliy-huquqiy normalari 

va  metodlari  majmuiga  soliq  mexanizmi  deyiladi.  Davlat  soliq 

mexanizmiga  soliq  qonunchiligi  orqali  yuridik  shakl  beradi  va  u 

orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko'rsatib, uni tartibga solib turadi.

Soliq  mexanizmidan  foydalanishning  samaradorligi  davlat 

tomonidan  soliqlaming  ichki  mohiyati,  ularning  harakatlanish 

qonunlari  va  qarama-qarshiliklari  qanday  hisobga  olinganligiga 

bog'liq.  Bir  tomondan,  soliqlar va  ularning  funksiyalari,  ikkinchi 

tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmining chegaralanganligi 

soliqlaming  ob’ektivligini  va  davlat  faoliyatining  sub’ektivligini 

tushunishga imkon  beradi.

Soliq siyosati  va soliq  mexanizmi jamiyatda  soliqlaming o'rnini 

aniqlab  beradi  va  u  davlatning  faoliyati  bilan  uzviy  bog'langandir. 

Ulaming  har  ikkalasi  doimiy  harakatda  bo'lib,  davlatning  iqtisodiy 

siyosatiga  bevosita  bog'liq  bo'ladi.  Yangi  iqtisodiy  konsepsiyalarga 

muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq mexanizmi qayta ko'rib chiqiladi.

Umumdavlat  soliqlari  hamda  mahalliy  soliqlar  va  yig'imlar, 

ulami  o'rnatish,  o'zgartirish  va  bekor  qilishning  prinsip,  shakl  va 

metodlari,  to'lash  va  ularning  to'lanishini  ta’minlash  bo'yicha 

choralarni qo'llash,  soliq nazoratini amalga  oshirish, javobgarlikka 

tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralari 

majmuiga  soliq  tizimi  deyiladi.  Zamonaviy  soliq  tizimi  ijtimoiy- 

iqtisodiy  rivojlanish  istiqbollarini  hisobga  olgan  holda  bozor 

munosabatlarining talablariga asoslanadi.

Zamonaviy  soliq  tizimi  mamlakat  hududida  amal  qiladigan 

soliqlar  to'plamidan  iborat  bo'lib,  soliqlaming  ko'pligi  bilan 

xarakterlanadi.  Soliq to'lovchilar daromad solig'idan  tashqari yana 

ko'plab  egri  (bilvosita)  soliqlami,  ijtimoiy  sug'urtaga  ajratmalar, 

mahalliy soliqlar va yig'imlami to'laydi.

Soliq  tizimining  tarkibiy  tuzilmasi  davlat  tuzilishiga  bog'liq. 

Unitar davlatlarda soliq tizimi tarkibi  quyidagicha:

•  davlat soliqlari;

•  mahalliy soliqlar va yigMmlar.

Federativ  davlatlarda  esa  soliq  tizimi  uch  bo‘gMndan  tarkib 

topadi:

• davlat  (federal)  soliqlari;

•  federatsiya a’zolarining byudjetlariga biriktirilgan soliqlar;

•  mahalliy soliqlar va yigMmlar.

Byudjetga  tushumlarning  katta  qismini  ta’minlaydigan  asosiy 

soliqlar Davlat byudjetiga biriktiriladi.  Odatda, bunday asosiy soliqlar 

tarkibiga quyidagilar kiritilishi  mumkin:

•  qo'shilgan  qiymat soligM;

•  aksizlar;

•  aholidan olinadigan  daromad soligM;

•  korporatsiyalarning  (korxonalaming)  daromadidan  (foyda­

sidan)  olinadigan soliq;

• bojxona bojlari.

G'arbning  rivojlangan  mamlakatlarida byudjet  daromadlarini 

shakllantirishda  aholidan  olinadigan  daromad  soligM  muhim  rol 

o'ynab, uning yordamida byudjet  daromadlarining 25—45%  tarkib 

topmoqda.  Bu  soliq  murakkab  progressiya  prinsipi  bo'yicha 

progressiv stavkalarda undiriladi.  Daromad solig'i  yordamida aholi 

daromadlari  soliqqa  tortilayotgan  paytda  soliqqa  tortilmaydigan 

minimum  (soliq  to'lovchi  daromadining  soliqqa  tortilmaydigan 

qismi)  qo'llaniladi.

Rivojlangan  mamlakatlardagi  soliqqa  tortishga  xos  bo'lgan 

muhim tendensiyalardan biri korporatsiyalar (korxonalar) daromadi 

(foydasi)dan  olinadigan  soliq  bo'yicha  tushumlar  salmog'ining 

pasayishidir.  Bu narsa doimiy va uzluksiz ravishda soliq imtiyozlarini 

kengaytirish  va  soliq  stavkalarini  pasaytirish  evaziga  qo'lga  kiri- 

tilayapti.

Soliq  tizimida qo'shilgan  qiymat  solig'i  va  aksizlar  o'ziga  xos 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling