A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75

belgilanadi.

Sug'urta  bozorida  mijozlarni  jalb  etish  bo'yicha  raqobat 

bo'lganligi  tufayli  ixtiyoriy  shaxsiy  sug'urta  turiari  bo'yicha  tarif 

stavkalari  doim o  o'zgarib  turadi.  M asalan,  «O'zbekinvest» 

kompaniyasida  20-25  yoshlardagi  shaxslami  100,0  ming  so'mga 

sug'urtalash uchun tarif stavkasi ana shu sug'urta summasiga nisbatan 

1,125 foizni, yoshi 55-60 da bo'lgan fuqarolar uchun esa tarif stavkasi 

1,575 foizni tashkil etadi.  «O'zagrosug'urta» sug'urta kompaniyasida 

maktab  o'quvchilarini  baxtsiz  hodisalardan  ixtiyoriy  sug'urtalash 

bo'yicha  tarif  stavkasi  sug'urta  summasiga  nisbatan  0,2  foiz 

miqdorida belgilangan.

«K afolat»  sug'urta  kom paniyasida  talabalarni  baxtsiz 

hodisalardan  ixtiyoriy  sug'urtasi  bo'yicha  tarif  stavkasi  sug'urta 

summasiga  nisbatan  0,5  foizni  tashkil  etadi.

Shaxsiy sug'urta turiari tarkibida fuqarolami baxtsiz hodisalardan 

ixtiyoriy  sug'urtalash  alohida  o'ringa  ega.  Shu  bois,  biz  ushbu 

sug'urta  turi  bilan  yaqindan  tanishamiz.  Fuqarolami  baxtsiz 

hodisalardan  ixtiyoriy  sug'urtalash  bo'yicha  shartnoma  qonunga 

ko'ra yuridik va jismoniy shaxslami yozma arizasi asosida tuziladi. 

Shartnoma  tuzishdan  aw al  sug'urta  tashkiloti  o'z  mijozlariga 

sug'urta xizmatini  taklif etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar sug'urta 

shartnomasi  tuzishdan avval,  albatta, sug'urtalovchining moliyaviy 

holati, litsenziyasi  bor-yo'qligi  bilan  qiziqishi  lozim.

Sug'urta shartnomasi  tuzishdan aw al sug'urta tashkiloti vakili 

sug'urtalayotgan  fuqarolami  baxtsiz  hodisalardan  sug'urtalash 

qoidalari  bilan  tanishtirishi  lozim.  Mazkur  sug'urta  turi  bo'yicha 

fuqarolami baxtsiz hodisa  ro'y berishi  natijasida sog'lig'i va hayotini 

saqlash  bilan  bog'liq  manfaati  sug'urta  o b ’ekti  hisoblanadi.

Sug'urtalovchi,  odatda,  asab  va  ruhiy  kasallikka  duchor  boMgan, 

shol,  ko'zi  ojiz shaxslar,  eshitish  qobiliyati  zaif boMgan  va  nogiron 

shaxslar bilan sug'urta shartnomasini  tuzmaydi.

Sug'urtalangan shaxsning hayotiga va sog'lig'iga quyidagi baxtsiz 

hodisalarning  ro'y  berishi  natijasida  shikast  yetganda  sug'urta 

summalari berilishi  mumkin: jarohat olganda; suyaklarning sinishi, 

chirishi; ichki organlarning zararlanishi;  kuyish;  teri qatlamlarining 

sovuq urishi;  elektr toki ta’sirida jarohatlanish;  kimyoviy moddalar 

va zararli  o'simlik ta’sirida zararlanish;  tish sinishi.

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan holatlar natijasida o'lim 

holati  yuz berganda xam  sug'urta summasi  to'lanadi.

Quyidagi  hodisalarning  ro'y  berishi  oqibatida  sug'urtalangan 

shaxsning  hayoti  va  sog'lig'iga  shikast  yetkazilsa  yoxud  o'limga 

olib kelsa sug'urta summasi to'lanmaydi:  yadro portlashi;  radiatsiya 

va  nurlanish;  sug'urtalangan  shaxsning  atayin  xatti-harakati 

natijasida baxtsiz hodisalar yuz berganda,  o'z joniga qasd qilganda 

va jinoiy harakatlar natijasida  ro'y berganda.

Sug'urta mukofoti sug'urta tashkilotining hisob-kitob raqamiga 

kelib tushgandan so'ng, u shartnomada ko'rsatilgan muddat  ichida 

fuqarolarga  sug'urta  polisini  berishi  shart.  Agar  sug'urta  polisi 

yo'qotilgan taqdirda sug'urta tashkiloti sug'urtalangan shaxsga uning 

dublikatini beradi.

Sug'urtalanuvchilarning huquqlariga quyidagilar kiradi: sug'urta 

shartnomasi  amalda  boMgan  davrda  sug'urtalangan shaxs  sug  urta 

tashkilotidan sug'urta masalalari bo'yicha maslahatlar olish; sug'urta 

polisi yo'qotilganda uning dublikatini  olish.

Fuqarolami  baxtsiz  hodisalardan  suurtalashda  sug'urtalangan 

shaxslar  yana  quyidagi  huquqlarga  ega  bo'lishi  mumkin:  sug'urta 

summasini olishda nizolar paydo bo'lganda mustaqil ekspertni jalb etish; 

sug'urtalovchi bilan kelishilgan holda amaldagi sug'urta shartnomasiga 

qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish: sug'urtalovchi bilan kelishgan holda 

sug'urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish.

Sug'urtalanuvchining  majburiyatlariga  quyidagilar  kiradi: 

sug'urta shartnomasida  ko'rsatilgan  muddat va shartlarda sug'urta 

mukofotini to'lash; sug'urtalangan shaxslarga sug'urta shartnomasi 

shartlari to'g'risida ma’lumotlar berish.

Sug'urtalovchining huquqlariga esa quyidagilar kiradi:  sug'urta 

hodisalari  sug'urtalovchi  tomonidan  tan  olinmaganda  sug'urta 

summalarini  to'lamaslik;  sug'urta  shartnomasida  ko'rsatilgan 

muddatda sug'urta mukofoti to'lanmasa, sug'urta shartnomasini bekor 

qilish.  Uning majburiyatiariga quyidagilar kiradi: sug'urtalanuvchini 

fuqarolaming baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug'urtalash qoidalari va 

sug'urta  shartnom asi  shartlari  bilan  tanishtirish;  sug'urta 

shartnomasida ko'rsatilgan muddatda sug'urta polisini berish; sug'urta 

hodisasi ro'y berganda sug'urta summasini to'lash; sug'urta summasini 

to'lashdan voz  kechilganda, shartnomada ko'rsatilgan  muddatda bu 

haqda sug'urtalanuvchiga yozma  ravishda xabar berish.

Sug'urta hodisasi  ro'y berganda sug'urtalangan shaxslar voqyea 

tafsilotlari  haqida  qisqa  muddatda  sug'urtalovchiga  xabar  berishi 

lozim.  Sug'urta  summasini  olish  uchun  sug'urtalangan  shaxslar 

sug'urtalovchiga quyidagi  hujjatlarni taqdim  etishi shart:

1.  Sug'urta  polisi.

2.  D avolash-profilaktika  muassasasidan  sug'urtalangan 

shaxsning davolanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

Zaruriyat bo'lganda sug'urtalovchi sug'urta summasini to'lash 

masalasini hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlarni so'rashga 

ham  haqli.

Baxtsiz  hodisalar  natijasida  o'lim   hodisasi  ro'y  berganda 

quyidagi  hujjatlar taqdim  etiladi:

1.  Sug'urta  polisi.

2.  FXDYodan  fuqaroning  vafot  etganligini  tasdiqlovchi 

ma’lumotnoma.

3.  Merosxo'rlik  huquqini  tasdiqlovchi  hujjat.

4.  Agar  o'lim  hodisasi  yo‘l-transport  hodisasi  natijasida  ro'y 

bergan  bo'lsa,  yo'l  harakati  xavfsizligi  idorasidan  olingan 

ma’lumotnoma.

5.  Fuqaroning  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjat.

Sug'urtalovchi  zaruriyat  bo'lganda  yuqoridagi  hujjatlardan

tashqari  boshqa  hujjatlarni  so'rashga ham  haqli.

Sug'urtalovchi tomonidan sug'urta summasini to'lash to'g'risida 

qaror qabul  qilinganda sug'urta summasi shartnomada ko'rsatilgan 

muddat  ichida  mijoz yoki  uning  merosxo'riga to'lanadi.

O'zbekiston  Respublikasida keng qamrovli  iqtisodiy islohotlami 

amalga oshirish turli mulkchilik shakliga ega sug'urta tashkilotlarining 

vujudga kelishi bilan bir qatorda yangidan-yangi sug'urta xizmatlarini 

ko'rsatishga shart-sharoit yaratdi. Ana shunday sug'urta xizmatlaridan 

biri javobgarlikni sug'urta qilishdir.

Ko'pgina  iqtisodiy  adabiyotlarda  javobgarlik  sug'urtasi 

sug'urtaning mustaqil tarmog'i sifatida yoritiladi. Jumladan, professor 

V.V.Shaxovning ta’kidlashicha  «Javobgarlikni  sug'urtalash  mulk va 

shaxsiy sug'urtadan farq qilib, sug'urtalovchining uchinchi shaxslarga 

zarar  yetkazish  yuzasidan javobgarligini  nazarda  tutadi».  Sug'urta 

sohasidagi  tajribali  mutaxassislardan  biri  dotsent  M.A  Safronov 

javobgarlik  sug'urtasiga  quyidagicha  ta’rif  beradi:  «Bir  shaxs 

tomonidan  boshqa  bir shaxs  mulkiy manfaatlariga zarar yetkazish- 

javobgarlikni sug'urtalovchi ixtiyoriga o'tishi deb tushuniladi»52.

Bozor  munosabatlariga  o'tishga  qadar,  boshqa  sobiq  ittifoq 

respublikalari  kabi  O'zbekistonda  ham  javobgarlik  sug'urtasi 

bo'lmagan.  Sug'urta  sohasida  davlat  monopoliyasining  tugatilishi 

va  buning  natijasida  raqobatning  vujudga  kelishi  yangi  xizmat 

turlarini,  xususan,  javobgarlikni  sug'urtalash  turlarining  joriy 

etilishini  talab qildi.

Javobgarlik sug'urtasi-tasodifan va oldindan  ko'zda tutilmagan 

holda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan uchinchi bir shaxslarga 

yetkazilgan  zararni  sug'urta  vositasida  qoplash  bilan  bog'liq 

munosabatlar yig'indisidir.

Javobgarlikni  sug'urtalash  sug'urtaning  eng  yosh  va  mustaqil 

tarmog'idir.  Uning  paydo  bo'lganligiga  100  yildan  oshdi53. 

Javobgarlikni sug'urtalash  hayotimizning barcha jabhalarini qamrab 

olib,  uning rivojlanishi fan va texnika taraqqiyoti  bilan chambarchas 

bog'liq.  Mazkur  sug'urta  turlarining  iqtisodiy  mohiyati  shundaki, 

sug'urtalanuvchining  uchinchi  shaxslarga  yetkazgan  zararlarini 

to'lash  majburiyatini  sug'urtalovchi  o'z  zim m asiga  oladi. 

Sug'urtalanuvchi  sifatida  har  qanday  yuridik  yoki jismoniy  shaxs

52  Сафронов А.  Страхование  ответственности.  -   «Страховое дело»,  №2  1997  г. 

Стр. 12.

53  Основы  страховой  деятельности.  Учебник  (отв.ред.  проф.  Т.А.Федорова).  -  

М.:  «БЕК»,  2001  г.  С.  549.

maydonga chiqishi  mumkin.  Ba’zi  holatlarda uchinchi  shaxslarga 

yetkazilgan  zarar juda  katta  miqdorni  tashkil  etadi  va  aybdor  uni 

to‘liq qoplash  imkoniyatiga ega boMmaydi. Agar, uchinchi  shaxsga 

zarar yetkazgan shaxs o'zining javobgarligini sug'urtalagan bo'lsa, 

uning uchun  moddiy zararni sug'urtalovchi  to'laydi.

Javobgarlik  sug'urtasining  ayrim  unsurlarini  qadimgi  Rimda 

ham  ko'rish  mumkin.  Rimda  «dengiz  xatarlaridan  himoyalanish 

bo'yicha jamiyat»  tashkil  etilgan va  uning vazifasi jamiyat  a’zolari 

dengiz  qaroqchilari  tomonidan  o'g'irlanganda  uni  sotib  olish 

xarajatlarini  to'lashdan  iborat  bo'lgan.  Grek  huquqida  ham 

javobgarlik sug'urtasining ayrim jihatlari  nazarga tashlanadi.

Javobgarlik  sug'urtasining  hozirgi  zamon  shakliga  o'xshash 

turiari  ilk  marta  XIX  asrning  birinchi  yarmida  Fransiyada  paydo 

bo'lgan.  U ot va  mashina  egalarini baxtsiz  hodisalardan va  kasko- 

sug'urtasidan tashkil  topgan.

Mustaqil  soha  sifatida  javobgarlikni  sug'urtalash  sanoatning 

rivojlanishi  bilan  yangi  bosiqichga ko'tarildi.  Ishlab chiqarishning 

fabrika usuliga o'tilishi ishlab chiqarish vositalari  ishlatishda yuzaga 

keladigan risklarni vujudga kelishiga olib keldi.  Transport vositalarini 

yaratilishi,  shubhasiz,  yo'l  harakati  ishtirokchilarining  manfaatiga 

daxldor bo'ladigan risklarni paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Transport 

vositasini  boshqarish  natijasida  fuqaroni  jabrlanishi  bilan  bog'liq 

dastlabki  hodisa  1897  yil  Londonda  bo'lgan.  Bunda soatiga  7  km 

tezlikda  kelayotgan mashina yo'lovchiga tan jarohati  yetkazgan54.

Javobgarlik o'z  mazmun-mohiyati jihatidan  uchga  bo'linadi:

•  ijtimoiy javobgarlik;

•  ma’naviy javobgarlik;

•  huquqiy javobgarlik.

Ijtimoiy  javobgarlik  umumiy  tushuncha  bo'lib,  jamiyatdagi 

barcha  javobgarlikni  o'z  ichiga  oladi.  Fuqarolaming  o'zaro 

muomalasida axloqiy normalarning buzilishi  ma’naviy javobgarlikni 

keltirib  chiqaradi.  Huquqiy  javobgarlik  esa  davlat  tomonidan 

o'matilgan qonuniy normalarning buzilishi oqibatida yuzaga keladi.

54 

Основы  страховой  деятельности.  Учебник  (отв.ред.  проф.  Т.А.Федорова).  -  

М.:  «БЕК»,  2001  г.  С.  550.

Huquqiy javobgarlikning  o'zi  bir  qancha  turlarga  bo'linadi. 

Jumladan,  intizomiy javobgarlik,  ma’muriy javobgarlik,  fuqarolik- 

huquqiy  javobgarlik,  moddiy  javobgarlik,  jinoiy  javobgarlikka 

bo'linadi.

Yuqorida  ko'rsatib  o'tilgan  javobgarliklar  ichida  fuqarolik- 

huquqiy javobgarlik  o'ziga xos o'rin  egallaydi.  Zero, javobgarlikni 

sug'urtalash  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  bilan  chambarchas 

bog'liq.  Bu javobgarlik,  odatda,  bir shaxs  tomonidan  ikkinchi  bir 

shaxsga  mulkiy zarar yetkazganda yuzaga keladi.

Fuqarolik—huquqiy javobgarlik quyidagi  ikkita turga bo'linadi:

— shartnomaviy javobgarlik;

— shartnomasiz javobgarlik.

Shartnomaviy  javobgarlik  shartnoma  majburiyatlarini  bajar­

maslik  yoki  lozim  darajada  bajarmaslik  oqibatida  yuzaga  keladi. 

Bunda bir tomon  ikkinchi  tomonning  aybi  bilan  zarar ko'radi.

Shartnomasiz javobgarlik  deganda  aybdor  tomonidan jabrla- 

nuvchiga u bilan shartnoma munosabatlarida bo'lmagan holda zarar 

yetkazish  tushuniladi.  Masalan,  avtomobil  transporti  egasi  o'ziga 

tegishli bo'lgan  transport vositasini  noto'g'ri  boshqarish  oqibatida 

tasodifan  uchinchi  shaxs  hisoblanuvchi  yo'lovchiga  tan  jarohati 

yetkazadi.  Bunda tomonlar muqaddam shartnoma munosabatlarida 

bo'lmagan.

O'zida bir nechta sug'urta turlarini  mujassamlashtirgan hamda 

sug'urta  sohasining  mustaqil  larm og'i  bo'lgan  javobgarlik 

sug'urtasining  mohiyati  shundan  iboratki,  u  jismoniy  va  yuridik 

shaxslarga sug'urtalanuvchi  tomonidan yetkazilgan moddiy zararni 

qoplashga qaratilgandir.  Javobgarlik sug'urtasi o'zida mol-mulk va 

shaxsiy sug'urta turlarining ayrim qirralarini namoyon etgan. Ya’ni, 

agar zarar yuridik yoki jismoniy shaxsning  mol-mulkiga yetkazilgan 

bo'lsa-mol-mulk sug'urtasini;  agar zarar jismoniy shaxsning hayoti 

yoki sog'lig'iga  yetkazilgan bo'lsa, shaxsiy sug'urta turlarini  qamrab 

oladi.

Javobgarlik  sug'urtasida,  sug'urtalanuvchining  uchinchi 

shaxslarga  yetkazgan  zararlarini  qoplash  bilan  bog'liq  mulkiy 

manfaatlari sug'urta ob’ekti bo'lib hisoblanadi.  Sug'urtalanuvchining 

uchinchi  shaxslarga  yetkazgan  zararlarini  qoplash  bilan  bog'liq

javobgarligi tuzilgan sug'urta shartnomasiga  muvofiq  muayyan haq 

to'lash  evaziga sug'urtalovchiga o'tkaziladi.  Sug'urta hodisasi  ro'y 

berganda,  ya’ni  sug'urtalanuvchi  uchinchi  shaxslarga  zarar 

yetkazganda,  bu zararlar sug'urtalovchi tomonidan qoplanadi.

Ayni  chog'da,  mol-mulk  va  shaxsiy sug'urta  turlaridan  farqli 

ravishda, javobgarlik sug'urtasi birinchi navbatda sug'urtalanuvchi 

tomonidan  uchinchi  shaxslarga  yetkazilgan  zararlarni  qoplash  va 

bir  vaqtning  o'zida  sug'urtalanuvchining  mulkiy  manfaatlarini 

himoya etish vositasidir.  Sug'urtalanuvchining  mulkiy manfaatlari 

deganda, uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash yuzasi­

dan  u  ko'radigan  ziyonni  tushunish  kerak.  Agar,  sug'urtalanuv­

chining uchinchi  shaxslarga  zarar  yetkazish javobgarligi  sug'urta­

langan bo'lsa,  zarar sug'urtalovchi  tomonidan kelishilgan  sug'urta 

summasi doirasida qoplanadi.

Ma’lumki,  mol-mulk  sug'urtasida  sug'urta  summasi  shu  mol- 

mulkning  butun  qiymati  doirasida  yoki  uning  bir  qismi  sifatida 

aniqlanishi mumkin. Javobgarlikni sug'urtalashda esa tomonlar o'zaro 

kelishgan  holda  uchinchi  shaxslarga  zarar  yetkazilganda  ularga 

to'lanadigan sug'urta qoplamasi summasini, ya’ni javobgarlik limitini 

belgilaydilar.  Shuning  uchun  javobgarlik  sug'urtasida  «sug'urta 

summasi» tushunchasi o'rniga «javobgarlik limiti» degan tushuncha 

qo'llaniladi.  Qoidaga ko'ra, javobgarlikni sug'urtalash shartnomalarida 

bir  yillik javobgarlik  limiti  ko'rsatiladi.  Shuningdek,  shartnomada 

har bir sug'urta hodisasi bo'yicha ham javobgarlik limiti belgilanadi.

Sug'urtalovchilar sug'urta hodisasi  sodir bo'lgan  taqdirdagina 

sug'urta qoplamasini to'laydi.  Sug'urtalanuvchi tomonidan uchinchi 

shaxslarga zarar yetkazilib,  bu zararni aybdor tomonidan  majburiy 

qoplanishi  xususida qonun  kuchiga ega sud  qarori  qabul  qilingan- 

dagina sug'urta  qoplamasi  to'lanishi  mumkin.

Sug'urtalanuvchining tasodifan va o'zi bilmagan holda uchinchi 

shaxslarga yetkazgan zararini aniqroq holda  quyidagicha  ifodalash 

mumkin:

•  uchinchi shaxs bo'lgan fuqaroning hayotiga, sog'lig'iga jarohat 

yetkazilishi  yoki o'lim  holatining  ro'y berishi;

•  uchinchi  shaxs  bo'lgan  fuqaro  yoki  yuridik  shaxsning  mol- 

mulkiga zarar yetkazilishi.

Javobgarlikni sug'urtalash orqali uchinchi shaxslarga yetkazilgan 

mulkiy  zarar qoplanadi,  ammo  bu  bilan  aybdor  shaxs jinoiy  yoki 

ma’muriy javobgarlikdan ozod etilmaydi.  Masalan,  avtomobil egasi 

yo‘l-transport hodisasi ro'y berishi natijasida fuqaroning fojiali halok 

bo'lishiga  sababchi  bo'ldi.  Bu  baxtsiz  hodisa  avtomobil  egasining 

atayin yoki  qasddan  qilgan xatti-harakatlari  natijasida  emas,  balki 

tasodifan va bexosdan sodir bo'ldi.  Sug'urtalovchi  mazkur holatni 

muayyan o'rganishlardan so'ng sug'urta hodisasi sifatida tan olishi 

va  shunga  ko'ra  sug'urta  qoplamasi  to'lashi  mumkin.  Ammo, 

sug'urtalovchi  tomonidan jabrlangan shaxsga sug'urta qoplamasini 

to'lanishi  aybdor  shaxs  ma’muriy  va  jinoiy jazodan  ozod  etildi, 

degan  m a’noni  keltirib  chiqarm aydi.  Bu  yerda  fuqarolik 

javobgarligini  jinoiy  javobgarlikdan  farqlash  zarur.  Fuqarolik 

javobgarligi  uchinchi  shaxslarga  yetkazilgan  zararni  qoplashni 

nazarda tutsa, jinoiy javobgarlik esa qasddan jinoyat qilgan shaxsni 

jazolashdir.

Javobgarlikni  sug'urtalash  ixtiyoriy  va  majburiy  shakllarda 

amalga  oshiriladi.  Rivojlangan  chet  el  davlatlarida  javobgarlikni 

sug'urta qilishning  majburiy shakllari  ancha taraqqiy etgan.

Javobgarlik  sug'urtasining  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati  sug'ur­

taning  ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bilan chambarchas bog'liq desak, 

xato bo'lmaydi.

Sug'urta  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun,  albatta,  sug'urta 

tashkilotida  yetarli  miqdorda  pul  mablag'lari  fondi  bo'lishi  lozim. 

Agar, sug'urtalovchi pul fondini, ya’ni sug'urta fondini tashkil etmasa, 

uning  moliyaviy ahvoli  murakkablashishi  mumkin.  Tashkil  etilgan 

sug'urta fondining mablag'lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo'lib, 

u  faqat  sug'urta  hodisalari  ro'y  berganda  qoplama  berish  uchun 

ishlatiladi.  Sug'urta  fondining  mablag'larini  boshqa  maqsadlarda 

ishlatish mumkin emas.  Sug'urta fondi mablag'lari davlat tomonidan 

olib qo'yilishi  va soliqqa  tortilishi  ham  mumkin  emas.

2. 

Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi 

fuqarolik javobgarligining  majburiy sug'urtasi.

Bozor munosabatlari sharoitida yuridik va jismoniy shaxslaming 

uchinchi  shaxslar  manfaatiga  zarar  yetkazish  xavfi  kuchayadi.  Bu 

xavfning ro'y berishi natijasida yetkazilgan zarami qoplash yuzasidan

zarar  yetkazgan  shaxslam ing  javobgarligini  sug'urta  qilish 

mamlakatimizda o'z rivojini topmoqda. Ana shunday javobgarlikni 

sug'urta qilishning  keng tarqalgan turlaridan biri-transport vositalari 

egalarining  uchinchi  shaxslarga  zarar  yetkazishdagi  fuqarolik 

javobgarligini sug'urtalashdir.

Ma’lumki,  transport yuqori xavfni keltirib chiqaruvchi  manba­

lardan biri  hisoblanadi.  Transport  haydovchisi  transport vositasini 

boshqarish jarayonida uchinchi shaxslaming muayyan manfaatlariga, 

sog'lig'iga zarar yetkazishi  mumkin.

Yo'l  transport  hodisasi  natijasida  zarar  ko'rgan  shaxslar,  ko'p 

holatlarda aybdorlardan zararni undirib ololmaydilar.  G'ayri qonuniy 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling