A. V. Vahobov, T. S. Malikov


yetkazilgan zarar miqdorida sug'urta qoplamasi  olishga haqqi bor


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75

yetkazilgan zarar miqdorida sug'urta qoplamasi  olishga haqqi bor.

Kasbiy javobgarlikni  sug'urtalash  shartnomasini  tuzishda jabr 

ko'rganlar (foyda oluvchilar) sug'urtalanuvchiga ham, sug'urtalovchiga 

ham  ma’lum bo'lmaydi.  Ushbu  holatda,  sug'urta shartnomasida bu 

shartnoma  kimning  foydasiga  tuzilganligi  aytilmagan  yoki  u 

sug'urtalanuvchi  yoxud  boshqa  shaxs  foydasiga  tuzilgan  bo'lsada, 

sug'urta qoplamasi olish huquqiga foyda oluvchi yoki sug'urtalanuvchi 

oldida javobgar bo'lgan shaxsgina (yoki uning merosxo'ri) hisoblanadi.

Kasbiy  javobgarlikni  sug'urtalash  shartnomasi  shartlarida 

sug'urtalovchining  sug'urtalanuvchi  yoki  uning  xodim ining 

vakolatiga  nisbatan  kafolatlari  ko'zda tutilmagan.

Sug'urtalanuvchi  tomonidan  uchinchi  shaxsga  qonuniy  va 

me’yoriy hujjatlaming buzilishi,  sug'urtalanuvchining atayin  qilgan 

harakatlari  natijasida  zarar  yetkazilsa,  sug'urtalanuvchining 

majburiyatlari  bo'yicha  sug'urtalovchi  javobgar  hisoblanmaydi. 

Sug'urtalanuvchining harakatlaridagi niyatni  isbotlash sug'urtalovchi 

zimmasiga yuklatiladi.  Sug'urtalanuvchining  niyati sudning qonuniy 

kuchga  kirgan  qarori,  hukmi  bilan  aniqlanadi.  Agarda  sug'urtala­

nuvchiga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgan bo'lsa, sug'urta qoplamasi 

to'g'risidagi  masala sud  qarori va hukmigacha  to'xtatiladi.

0 ‘zbekistonda  kasbiy  javobgarlikni  sug‘urta  qilish  o ‘z 

rivojlanishining dastlabki bosqichida bo'lib, bu yo'nalishda bir qator 

muammolar  mavjud.  Birinchidan,  m e’yoriy-huquqiy  bazaning 

shakllanmaganligi  va ayrim kasblarga nisbatan standartlaming ishlab 

chiqilmaganligi, ikkinchidan esa, kasb egalariga bildiriladigan e’tiroz, 

da’volar  bo'yicha  statistik  ma’lumotlarning  yuritilmasligidir. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda  ayrim  kasb  egalariga jabr  ko'rgan 

shaxslar  tomonidan  bildirilgan  da’volarni  hisobga  olish  bo'yicha 

statistik bazani shakllantirishni  taklif etamiz.

M amlakatimizda  amal  qilayotgan  qonunchilik  bazasiga 

muvofiq,  kasbiy javobgarlik sug'urtasi shartnomasida,  faqat kasbiy 

faoliyat bilan yakka tartibda shug'ullanuvchi jismoniy shaxslaming 

kasbiy javobgarligi  sug'urtalanishi  mumkin.  Yuridik  shaxslar  o'z 

kasbiy  javobgarligini  sug'urtalay  olmaydilar,  sababi  kasbga  ega 

emaslar. Ammo,  uiar o'zlarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik 

javobgarliklarini sug'urtalashlari  mumkin.

O 'zbekiston  R espublikasining  «N otariat  to'g'risida»gi 

qonunining  20-m od dasiga  binoan  shaxsiy  am aliyot  bilan 

shug'ullanuvchi  notarius o'z kasbiy faoliyatini sug'urtalash bo'yicha 

shartnoma tuzishga  majbur.  Notarius o'z majburiyatlarini sug'urta 

shartnomasini  tuzmasdan  turib,  bajarish  huquqiga ega  emas.

Notariusning  qonunchilik  tomonidan  belgilangan  tartibda 

uchinchi shaxsga notarial faoliyatni amalga oshirishda yetkazilgan 

zararni qoplashga doir majburiyatlari bilan bog'liq mulkiy manfaat­

lari sug'urta ob’ekti  hisoblanadi.

Notariuslarning kasbiy javobgarlikni sug'urtalash shartnomasi 

shartlariga  muvofiq  sug'urtalovchi  sug'urtalanuvchi  tomonidan 

sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan sug'urta mukofotini to'laganidan 

keyin  sug'urtalanuvchiga  sug'urta  shartnomasining  amal  qilinish 

davrida ahamiyatga ega bo'lgan notarial harakatlami qonunga xilof 

ravishda  amalga  oshirgan  (yoki  kerakli  notarial  harakatlami 

bajarmagan)  sug'urtalanuvchi  o'z  kasbiy  majburiyatlarini  tegishli 

tarzda  bajarmagani  oqibatida  yuzaga  kelgan  e ’tirozlar  bo'yicha 

zararni qoplash  majburiyatlarini  qabul  qiladi.

Sug'urtalovchining  zararni  qoplash  majburiyati  notarius 

tomonidan  mijozlariga kasbiy majburiyatlarini amalga oshirishdagi

e’tiborsiz harakatlari, xatolari yoki kerakli notarial xatti-harakatlami 

bajarmaganligi natijasida zarar yetkazilgan holatlarda paydo boMadi. 

Sug'urtalovchi,  odatda,  amaldagi qonunchilikka zid  tarzda amalga 

oshirilgan  notarial  harakatlar  yoki  sug'urtalanuvchining  g'arazli 

niyatda kerakli notarial harakatlami bajarmasligi  natijasida yetkazil­

gan zararni qoplamaydi.  Notariusning g'araz niyati sudning qonuniy 

kuchga kirgan qarori va hukmi bilan aniqlanadi.  Bunda sug'urtala­

nuvchining  harakatlarida  g'araz  niyat  borligini  isbotlash  sug'ur­

talovchi zimmasiga yuklanadi.

Sug'urtalovchining  zararni  qoplash  majburiyati  u  tomonidan 

sug'urta hodisasi  tan olingan paytdan boshlanadi.  Odatda, sug'urta 

hodisasi  notariusga  uchinchi  shaxsga  u  tomonidan  bajarilgan 

noqonuniy  notarial  harakatlar,  xatolar  yoki  kerakli  notarial 

harakatlami  bajarmaslik  oqibatida  yetkazilgan  zararni  qoplashni 

yuklaydigan  sud  idorasining  qarori  kuchga  kirgach,  tan  olingan 

hisoblanadi.  Sug'urta  shartnomasida sug'urta  hodisasini  tan  olish 

va  mijozning  notariusga  zararni  qoplash  talabi  bildirilgan  e ’tirozi 

asosli bo'lganda, uni sug'urta yo'li bilan to'lash  majburiyati ko'zda 

tutiladi.  Sug'urta  hodisasini  aniqlash  sug'urta  shartnomasida aniq 

bayon etilishi shart.

Notariusning  kasbiy  javobgarligini  sug'urtalash  shartnomasi 

notarius kasbiy faoliyatini amalga oshirishda o'z  harakatlari uchun 

javob bergandagina, shaxslar foydasiga tuzilgan  hisoblanadi.  Sug'urta 

shartnomasini  tuzishda  foyda  oluvchilar  sug'urtalanuvchi  yoki 

sug'urtalovchiga  ma’lum  qilinmaydi.  Shunday  bo'lsada,  sug'urta 

shartnomasida u kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan bo'lsa yoki 

shartnoma  notarius  yoxud  boshqa  shaxs  foydasiga  tuzilgan  bo'lsa 

ham,  sug'urta  qoplamasi  olish  huquqiga  ega  foyda  oluvchi  faqat 

notarius  uning oldida javobgar bo'lgan  shaxs  bo'lishi  mumkin.

Sug'urta  shartnomasi,  odatda,  bir  yildan  kam  bo'lmagan 

muddatga  tuziladi.  Sug'urta  shartnomasi,  agarda,  shartnomada 

boshqa narsa ko'zda tutilmagan bo'lsa, sug'urtalanuvchi tomonidan 

sug'urta  mukofotlari  to'liq to'langanidan  keyin,  kuchga kiradi.

Sug'urta  shartnom asining  amal  q ilinishi  shartnom ada 

ko'rsatilgan  muddatda  yoki  sug'urtalanuvchi  tomonidan  sug'urta 

summasi  bo'yicha  sug'urta  qoplamasi  to'liq  to'langan  holatda

to'xtatiladi.  Sug'urtalanuvchining  sug'urta  manfaati  notarius  o'z 

vakolatini  to'xtatganda  yo'qotilgan  sanaladi.  Ushbu  holatda 

sug'urtalanuvchi  sug'urtalovchiga  bu  haqda  yozma  bildirishnoma 

va  sug'urta  manfaati  yo'qolganini  tasdiqlovchi  hujjatlarni  taqdim 

etadi.  Shartnomani  sug'urtalanuvchining  sug'urta  manfaati 

yo'qotganligi natijasida muddatidan oldin to'xtatishda sug'urtalovchi 

sug'urtalanuvchiga sug'urta mukofotini sug'urta shartnomasi bekor 

qilinishining  haqiqiy  sanasidan  unda  ko'rsatilgan  amal  qilish 

sanasigacha qolgan  muddatga  mutanosib tarzda qaytaradi.

Odatda, sug'urta shartnomasiga ko'ra, sug'urtalanuvchi quyidagi 

majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi: sug'urta hodisasining sabablari, 

uning borishi va oqibatlarini aniqlash uchun barcha imkoni  bor va 

m aqsadga  m uvofiq  ch o ra -ta d b irla rn i  am alga  o sh irish ; 

sug'urtalovchini  unga  sug'urta  hodisasi  m unosabati  bilan 

bildirilayotgan  fcaicha  e ’tiroz  haqida  kechiktirmasdan  (sug'urta 

sh a rtn o m a sid a   k e lish ilg a n   m u d datd a)  xabardor  q ilish ; 

sug'urtalovchiga sug'urta hodisasi sabablari va oqibatlari, yetkazilgan 

zarar  xususiyatiari  va  miqdori  haqida  muhokama  qilish  imkonini 

beradigan  barcha axborotlar hamda  hujjatlarni  taqdim  etish.

Sug'urta  shartnom asiga  m uvofiq  sug'urtalovchi  unga 

sug'urtalanuvchi  nomidan  zararni  undirish  to'g'risida  talab  qayd 

etilgan  e ’tirozlar  bildirilgan  holatda  muzokaralar  olib  borishi  va 

yetkazilgan  zararni  qoplash  haqida bitim  tuzish,  sug'urta  hodisasi 

sabablarini  yoki  sug'urtalanuvchining  roziligini  kutmasdan,  zarar 

miqdorini  aniqlash  uchun  choralar  ko'rish,  shuningdek,  sud  va 

boshqa vakolatli organlarda sug'urtalanuvchi nomidan  hamda uning 

topshirig'i  bo'yicha ish yuritish  huquqiga  ega.

Agarda  notarius sug'urtalovchiga zarur ma’lumotlarni bermasa 

yoki  boshqa  tarzda  qayd  etilgan  harakatlami  amalga  oshirishga 

to'sqinlik qilsa, sug'urtalovchi sug'urta qoplamasini to'lashdan bosh 

tortishi mumkin.

Notariusning kasbiy javobgarligini sug'urtalash shartnomasida 

sug'urta  mukofotini  to'lash  muddatlari  belgilanadi.  Sug'urta 

mukofotining miqdori sug'urta shartnomasiga muvofiq  belgilanadi 

va sug'urta  summasi  miqdoriga bog'liq bo'ladi.

Sug'urta  mukofoti  tarif  stavkalaridan  kelib  chiqqan  holda

belgilanadi va sug'urta summasiga bogMiq boMadi.  Sug‘urta tariflari 

statistika  maMumotlari,  sug'urta  bozori  konyunkturasi  sharoiti,  risk 

darajasi, sug'urta qilish  muddati va sug'urta summasi miqdori hisobga 

olingan holda belgilanadi.  Bundan tashqari, sug'urta mukofoti miqdori 

notarius tomonidan kasbiy harakatlaming amalga oshirilishi va amalga 

oshirilayotgan notarial harakatlar turiari munosabati bilan e ’tirozlarni 

qonunda  belgilangan  tartibda  qondirish  to'g'risida  ma’lumotlar 

yetarligiga bog'liqdir. Notarius ijro xatlarini amalga oshirish chog'ida 

sug'urtalovchi oshiruvchi  koeffitsentlarni qoMlashi  mumkin.

Hisoblab  chiqarilgan  sug'urta  mukofoti  sug'urtalanuvchi 

tomonidan bir yo'la yoki qisman  naqd yoxud  naqd pulsiz shaklda, 

shartnoma  tuzilgan  kundan  boshlab,  kelishilgan  muddat  ichida 

toManadi.  Sug'urta  mukofoti to'liq to'lanmagan  holda esa sug'urta 

summasi  sug'urta  mukofotining  to'langan  qismiga  mutanosib 

ravishda kamayadi.

Respublikamizning  qator  sug'urta  kompaniyalari  ayni  paytda 

auditorlarning kasbiy javobgarligini sug'urta qilishni amalga oshirmoqda. 

Ushbu holatda quyidagilar sug'urtalanuvchilar hisoblanadi: auditorlik 

firmalari  —  yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan  tashkil  etilgan 

va auditorlik xizmatlarini ko'rsatadigan, belgilangan tartibda ro'yxatga 

olingan va tegishli  litsenziyaga ega yuridik shaxslar.

Sug'urtalanuvchining  mijoz  oldida  auditorlik  tekshiruvini 

o'tkazish  uchun  ular  o'rtasida  tuzilgan  shartnoma  va  amaldagi 

qonunchilikdan kelib chiqadigan mulkiy javobgarligi sug'urta ob’ekti 

hisoblanadi.  Sug'urtalovchi  sug'urta  shartnomasiga  muvofiq 

sug'urtalanuvchiga  amaldagi  qonunchilikka  mos  kelmaydigan 

auditorlik  harakatlarini  amalga oshirishda  (yoki  kerakli  auditorlik 

harakatlarini amalga oshirmaganda) sug'urtalanuvchining o'z kasbiy 

majburiyatlarini  tegishli  ravishda  bajarmaganligi  yoki  o'z lavozim 

majburiyatlari doirasida faoliyat yuritayotgan sug'urtalanuvchining 

yoxud  u  professional  xizmat  ko'rsatish  uchun  xizmatlaridan 

foydalangan  boshqa  sh axslam in g  e h tiy o ts iz lig i,  xatolari, 

kamchiliklari tufayli bildirilgan e’tirozlar bo'yicha zararni qoplash 

majburiyatini  qabul  qiladi.  Bundan  tashqari,  sug'urtalovchi 

tomonidan  sug'urtalanuvchining  e ’tirozlarni  hal  qilish  bo'yicha 

barcha sarf-xarajatlari  ham qoplanishi  mumkin.

Sug'urtalovchining  zararni  qoplash  majburiyatlari  auditor 

mijozlari yoki boshqa uchinchi shaxsga auditor tomonidan o ‘z kasbiy 

majburiyatlarini  amalga  oshirishda  e’tiborsiz  harakatlar,  xatolar, 

kamchiliklar,  shuningdek,  kerakli  auditorlik  xatti-harakatlarini 

bajarmaslik  natijasida  zarar yetkazilgan  holatlarda  paydo  bo'ladi. 

Sug'urtalovchi,  odatda,  amaldagi qonunchilikka mos kelmaydigan 

auditorlik  harakatlami  yoki  kerakli  auditorlik  harakatlarini 

sug'urtalanuvchining g'arazli niyati borligida bajarmasligi  natijasida 

yetkazilgan  zararni qoplamaydi. Auditorning g'arazli  niyati sudning 

qarori,  hukmi  qonuniy  kuchga  kirgach,  aniqlanadi.  Sug'urtala­

nuvchining  harakatlarida  g'arazli  niyatlar  borligini  isbot  qilish 

sug'urtalovchi zimmasiga yuklatiladi.

Odatda, sug'urta hodisasi vakolatli davlat organlarining sifatsiz 

o'tkazilgan audit yoki sug'urtalanuvchining auditorlik hisoboti yoki 

xulosasida  aks  ettirilgan,  ataylab  yo'l  qo'yilgan  xatolar  oqibatida 

sug'urtalanuvchi bilan auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun shart­

noma  tuzgan  uchinchi  shaxsga  jarima  yoxud  boshqa  moddiy 

sanksiyalar yuklash  qarori,  shuningdek,  auditorning  zimmasiga  u 

tomonidan  amalga  oshirilgan  noqonuniy  auditorlik  harakatlar, 

xatolar,  kamchiliklar yoki kerakli auditorlik harakatlari amalga oshi- 

rilmagani  sababli,  uchinchi shaxsga yetkazilgan  zararni  qoplashni 

yuklaydigan  sud  organi  qarori  kuchga  kirgach,  sodir  etilgan 

hisoblanadi.

Agarda sug'urta shartnomasida boshqa narsa ko  zda tutilmagan 

bo'lsa, sug'urtalovchi  sug'urta hodisasi  fors-major vaziyatlar, ya’ni 

qon un lar,  qarorlar,  idora  va  ishlab  chiqarish  q oid alari, 

yo'riqnomalar,  boshqa  m e’yoriy  hujjatlar  buzilganda,  ishlab 

chiqarishda  ishtirok  etishga  vakolati  yo'q  yoki  instruktaj,  qayta 

tayyorlanish vaqtini o'tkazib yuborgan xodimlaming,  shuningdek, 

ruhiy xastaliklar, tutqanoqva ishga layoqatliligini cheklovchi boshqa 

kasalliklarga duchor bo'lgan shaxslaming ishlab chiqarishda ishtiroki 

(ishlami bajarish, xizmatlar ko'rsatish), sug'urtalanuvchi yoki uning 

vakolatli vakiliga  ma’lum bo'lgan,  biroq  sug'urtalovchiga  ma’lum 

qilinmagan  sug'urta  hodisasi  riskini  oshiruvchi  holatlar oqibatida 

sodir  etilganda  sug'urta  qoplamasi  to'lashdan  ozod  etiladi. 

Shuningdek,  sug'urta  shartnomasida  sug'urtalovchini  sug'urta

qoplamasi  to'lashdan  ozod etishning boshqa holatlari  ham  ko'zda 

tutilgan bo'lishi  mumkin.

Odatda,  sug'urtalanuvchi  tomonidan  uchinchi  shaxslaming 

tadbirkorlik  tavakkalchiligi  bilan  bog'liq  auditorlik  xulosasi  yoki 

hisoboti asosida amalga oshirilgan xo'jalik operatsiyalari natijasida 

ularga  yetkazilgan  zarar  tan  olinmaydi.  Sug'urta  shartnomasi 

bo'yicha  sug'urta  summasi  tomonlarning  kelishuviga  binoan 

sug'urtalanuvchining auditorlik xizmatlari  ko'rsatishi bo'yicha yalpi 

m ablag'  aylan m asid an   kelib  chiqqan  holda  b elg ila n a d i. 

Tomonlarning  kelishuviga  binoan  sug'urta  shartnomasida  barcha 

sug'urta hodisalari yoki bitta hodisa bo'yicha qoplamalar to'lashni ng 

eng  kam  summasi  belgilanishi  mumkin.  Sug'urtalovchi  tuzilgan 

sug'urta  shartnomasiga  ko'ra  shartnomada  ko'rsatilgan  sug'urta 

summasi  doirasida  javobgar  hisoblanadi.  Bir  qancha  sug'urta 

hodisalari  bo'yicha  to'lovlam in g  umumiy  qiym ati  sug'urta 

summasidan oshmasligi  lozim.

Mamlakatimizning  xalqaro  iqtisodiy  aloqalar  sohasidagi 

munosabatlari  jadal  rivojlanib  bormoqda.  Chet  mamlakatlardan 

O'zbekiston  Respublikasi  hududiga  ko'plab  import  tovarlari  kirib 

kelmoqda.  Eksport-import  operatsiyalarini  amalga  oshirayotgan 

korxona  va  tashkilotlaming  tovarlami  bojxonada  rasmiylashtiruvi 

maxsus litsenziyaga ega bo'lgan bojxona brokerlari tomonidan amalga 

oshirilmoqda.  Bojxona brokerlari o'zlari bilmagan holda yoki  kasbiy 

malakasining  pastligi  oqibatida  uchinchi  shaxslar  bo'lgan  korxona 

va tashkilotlaming  manfaatiga zarar yetkazishlari  mumkin.  To'g'ri, 

hozirgi paytda bir qator yetakchi sug'urtalovchilar tomonidan bojxona 

b rok erlarin in g  u c h in c h i  shaxslar  o ld id ag i  ja v o b g a rlig i 

sug'urtalanmoqda,  ammo  u  yetarli  darajada emas.  Ushbu  sug'urta 

turinining bir tomondan sug'urtalanuvchilar, ya’ni bojxona brokerlari 

uchun,  ikkinchi  tomondan,  uchinchi  shaxs  bo'lgan  korxona  va 

tashkilotlar uchun iqtisodiyjihatdan katta ahamiyatga egaligini hisobga 

olib,  bojxona  brokerlariga,  kasbiy  javobgarligi  sug'urtalanganligi 

to'g'risidagi  polis  mavjud  bo'lgandagina,  ushbu  faoliyat  bilan 

shug'ullanishga  ruxsat berishni joriy etish  lozim.

O'zbekiston sug'urta bozorida javobgarlikni sug'urta qilishning 

quyidagi turiari amalga oshirilmoqda.

•  Transport vositalari egalarining uchinchi shaxs oldidagi fuqa­

rolik javobgarligini  majburiy va  ixtiyoriy sug'urta qilish;

•  Yuk tashuvchi laming uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik javob­

garligini sug'urta qilish;

•  Lizingga oluvchining lizing to'lovlarini to'lay olmaslik javob­

garligini  ixtiyoriy sug'urta qilish;

•  Qurilish-montaj  ishlarini  olib  borishda  uchinchi  shaxslarga 

zarar yetkazish javobgarligini  majburiy va ixtiyoriy sug'urta  qilish;

•  Qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilaming kontraktatsiya 

va fyuchers shartnomalari  bo'yicha ajratilgan avans  mablag'larini 

o'z vaqtida  qaytara olmaslik javobgarligini  sug'urta  qilish;

•  Aksiyadorlik jamiyatlarining investorlar oldidagi javobgarligini 

sug'urta qilish;

•  Auditorlarning kasbiy javobgarligini ixtiyoriy sug'urta qilish;

•  Bojxona brokerlarining javobgarligini sug'urta qilish;

•  Tibbiy  xizmat  xodimlarining  kasbiy javobgarligini  sug'urta 

qilish;

•  Advokatlarning  kasbiy javobgarligini sug'urta qilish;

•  Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug'urta qilish;

•  Baholovchilarning  kasbiy  javobgarligini  sug'urta  qilish  va 

boshqalar;

23.5. Sug'urta  bozori

O'zbekistonda sug'urta bozorining shakllanishi iqtisodiyotni bozor 

munosabatlariga  o'tkazish  jarayoni  bilan  chambarchas  bog'liqdir. 

Mazkur jarayon xalq xo'jaligida uzoq yillar hukm suigan yakkahokimlik 

tamoyilidan voz  kechishni,  mulklami davlat tasarrufidan chiqarishni 

va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni taqozo etdi.  Bunday sharoitda, 

shubhasiz har xil mulk shakllariga asoslangan xo'jalik sub’ektlarining 

moliyaviy xizmatlarga, shu jumladan, sug'urta xizmatiga bo'lgan talabi 

keskin oshadi. Xo'jalik, tashkilot va muassasalar o'zlarining ehtiyojiga 

mos  keladigan  sug'urta  xizmatini  faqat  sug'urta  bozoriga  murojaat 

qilish  natijasidagina  olishi  mumkin.  Fikrimizcha,  bu  yerda  sug'urta 

bozori  nima va unga  kimlar xaridor yoki  sotuvchi sifatida  namoyon 

bo'lishi mumkin,  degan savollarga javob topish o'rinlidir.

Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor boMadi hamda 

ular  o'rtasida  tegishli  tovariar  (xizmatlar)  ayirboshlanadi.  Sug'urta 

bozorida  ham  sotuvchi  (sug'urtalovchi)  va  xaridor  (potensial 

sug'urtalanuvchi) ishtirok etadi.  Bu yerda potensial sug'urtalanuvchi 

tushunchasini  qanday  izohlash  mumkin?  Gap  shundaki,  basharti, 

potensial sug'urtalanuvchini to'g'ridan-to'g'ri sug'urtalanuvchi, deb 

atasak,  katta  xatoga  yo'l  qo'ygan  bo'lamiz.  Negaki,  amaldagi 

qonunlarga muvofiq, sug'urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma 

tuzgan,  fuqarolik  salohiyatiga  ega  bo'lgan jismoniy  va  belgilangan 

tartibda davlat ro'yxatidan o'tgan yuridik shaxslar sug'urtalanuvchilar 

deyiladi. Aksincha,  sug'urta «mahsulotini» sotib olishga ehtiyoji bor, 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling