A. V. Vahobov, T. S. Malikov


amalga oshiriladi.  Nonisbiy qayta sug'urta qilishga nisbatan nisbiy


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75

amalga oshiriladi.  Nonisbiy qayta sug'urta qilishga nisbatan nisbiy 

qayta sug'urtalash ancha ilgari  paydo bo'lgan.  Shu  nuqtai nazardan 

qaraganda  nisbiy  qayta  sug'urtalashni,  ba’zan,  an’anaviy  qayta 

sug'urtalash  deb ham atash  qabul qilingan.

Nisbiy qayta sug'urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta 

sug'urtalovchi kompaniyaning riskni taqsimlashdagi ulushi sug'urta 

kompaniyasi aniqlagan nisbat asosida, oldindan aniqlanadi.  Ushbu 

nisbatga  qarab,  qayta  sug'urtalash  mukofotining  va  sug'urta 

kompaniyasining  tegishli  ulushi  aniqlanadi.  Nisbiy qayta  sug'urta 

qilishning prinsipi  «qayta sug'urtalovchi sedentning  riskini bo'ladi» 

degan  ma’nodan  iborat.

Sug'urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug'urtalashning quyidagi 

shakllari  mavjud:

•  kvotali  qayta sug'urta  qilish;

• ekssedent  qayta sug'urta qilish;

•  kvotali-ekssedent qayta sug'urta  qilish.

Nonisbiy  qayta  sug'urta  qilishda  qayta  sug'urtalovchining 

sug'urta  mukofoti  va  qoplamasidagi  foizlardagi  ishtiroki  prinsipi 

qo'llanilmaydi. Nisbiy qayta sug'urta qilishda tomonlarning manfaati 

bir-biriga mos keladi.

Qayta  sug'urta  qilish  shartnomasiga  xos  bo'lgan  belgilardan 

biri  qayta sug'urta  qilish  bo'yicha sug'urta  mukofotlarini  qaytarib 

o lish   xarakteriga  ega  ek an ligid ir.  Q ayta  sug'urta  q ilish  

munosabatlarining uzoq yillik rivojlanishi jarayoni davomida xalqaro 

va  m illiy  darajalarda  foydalaniladigan  qayta  sug'urta  qilish 

shartnomalarining bir necha xillari shakllangan.  Ular quyidagilardir:

•  fakultativ qayta sug'urta  qilish;

•  obligatorli qayta sug'urta qilish;

•  fakultativ-obligatorli qayta  sug'urta qilish;

Yuqorida qayd qilingan qayta sug'urta qilish  shartnomalaridan 

eng ommaviysi va uzoq yillardan beri qoilanib kelinayotgani fakultativ 

qayta sug'urta qilish shartnomalaridir.  Mazkur shartnomaning ijobiy 

tomoni,  riskni  qayta  sug'urtaga  beruvchi  —  sug'urta  kompaniyasi 

ham, qayta sug'urtalovchi kompaniya ham qancha miqdordagi riskni 

o'ziga olib qolish yoki qabul qilish masalalarini mustaqil hal qiladilar. 

Aksincha,  obligatorli  qayta  sug'urta  qilish  shartnomalari  bo'yicha 

sug'urta  kompaniyasi  qabul  qilib  olingan  har  bir  riskning  tegishli 

qismini  qayta sug'urta kompaniyasiga berishi shart.

Bahs-munozara va nazorat uchun savollar

•  Sug'urtaning  iqtisodiy mohiyati  nimadan  iborat?

•  Sug'urta qanday pul munosabatlarining yig'indisi hisoblanadi?

•  2002 yilning 5 aprelida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 

qabul  qilgan  «Sug'urta  faoliyati  to'g'risida»gi  qonunning  3- 

moddasida sug'urtaga qanday ta’rif berilgan?

•  Sug'urta  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  qanday  prinsiplarga 

asoslanadi?

•  Sug'urtaga qanday funksiyalar xos?

•  Sug'urta qanday shakllarda amalga oshiriladi?

•  Sug'urtaning  maqsad  va  vazifalari  mustaqillik  yillarida tom 

ma’noda qanday o'zgardi?

•  Sug'urta o'z rivojlanish tarixida qanday bosqichlardan o'tgan?

•  tijoratga  asoslanmagan sug'urtaning  o'ziga xos xususiyatiari 

nimalardan iborat?

•  tijorat  sug'urtasi  paydo  bo'lishining  bosqichlari  qanday 

davrlarni  o'z ichiga  oladi?

•  Sug'urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar qanday 

yo'nalishlarda namoyon  bo'ladi?

•  Sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qanday 

turlarga bo'lish mumkin?

•  «Sug'urta faoliyati  to'g'risida»gi qonunning asosiy mazmuni 

nimalardan  iborat?

•  Yuridik shaxslaming qanday mol-mulklari bilan bog'liq mulkiy 

manfaati sug'urta ob’ekti sifatida qabul  qilinishi  mumkin?

•  Yuridik shaxslar mol-mulkining sug'urtasida sug'urta ob’ekti 

bo'lib  nima  xizmat qiladi?

•  Yuridik shaxslar mol-mulkini sug'urtalash bo'yicha shartnoma 

nimalar asosida tuziladi?

•  Yuridik  shaxslaming  mol-mulki  qanday  hodisalarning  ro'y 

berishi natijasida yetkazilgan zarardan sug'urta qilinadi?

•  M o l-m u lk la r n i  su g 'u rta   q ilish   su g'u rta  fa o liy a ti 

klassifikatorining qaysi  klasslarida ko'rsatilgan?

•  Yuridik  shaxslar  mol-mulkini  sug'urtasi  bo'yicha  tuzilgan 

sug'urta shartnomasiga muvofiq sug'urtalanuvchi qanday huquqlarga 

ega?

•  Yuridik  shaxslar  mol-mulkini  sug'urtasi  bo'yicha  tuzilgan 

shartnoma  qaysi holatlarda  bekor etilishi  mumkin?

•  Yuridik shaxslaming  mol-mulki sug'urtasida sug'urtachining 

sug'urta qoplamasini to'lash bo'yicha majburiyati qachon boshlanadi?

•  Sug'urta  hodisasi  ro'y  berganda  korxona  qanday  chora- 

tadbirlarni amalga oshiradi?

•  Sug'urta  qoplamasi  yuridik  shaxsga  qaysi  hujjatlar  asosida 

to'lanadi?

•  Yuridik  shaxslaming  mol-mulki  sug'urtasini  rivojlantirish 

muammolari  haqida so'zlab bering.

•  Mulkiy sug'urta shartnomasi bo'yicha nimalar sug'urtalanishi 

mumkin?

•  Shaxsiy  sug'urta  shartnomasi  tuzishda  sug'urta  qildiruvchi 

bilan sug'urtalovchi o'rtasida nimalar to'g'risida kelishuvga erishilishi 

lozim?

•  Shaxsiy sug'urta, odatda,  fuqarolami qanday xavf-xatarlardan 

himoyalanishini nazarda tutadi?

•  Ixtiyoriy shaxsiy sug'urta turlariga  nimalar kiradi?

•  Majburiy  tarzda  amalga  oshiriladigan  shaxsiy  sug'urtaning 

turiari  nimalardan  iborat?

•  Sug'urta  summasini  olish  uchun  sug'urtalangan  shaxslar 

sug'urtalovchiga qanday hujjatlarni  taqdim  etishi shart?

•  Javobgarlik sug'urtasi  nima?

•  Javobgarlik sug'urtasi  mazmun-mohiyati jihatidan nechtaga 

bo'linadi?

•  Fuqarolik-huquqiy javobgarlik qanday turlardan  iborat?

•  O'zbekiston sug'urta bozorida javobgarlikni sug'urta qilishning 

qanday turiari amalga oshirilmoqda?

•  Sug'urta bozori  deganda nima tushuniladi?

•  Sug'urta bozori qanday ishtirokchilarga bo'linadi?

•  Sug'urta  bozori  professional  ishtirokchilari  tarkibiga  yana 

kimlarni  kiritish  mumkin?

•  Sug'urta  bozorida  sug'urta  kompaniyalarining  mavqyei 

qanday?

•  Qayta  sug'urta  yoki  qayta  sug'urtalash  deyilganda  nimalar 

nazarda tutiladi?

•  Qayta sug'urta qilish shartnomalari qanday o'ziga xos belgilar­

ga  ega?

•  Sedent va  retrotsedent  nima?

•  Fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug'urtalash 

deyilganda nimalar tushuniladi? •

•  Sug'urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug'urtalashning qanday 

shakllari mavjud?

24-B O B .

UY XO'JALIKLARI  MOLIYASI

24.1.  Moliya munosabatlarining  umumiy tizimida 

uy xo'jaliklari moliyasi

Uy-xo‘jaliklari moliyasi  har bir davlat moliya tizimining ajralmas 

tarkibiy qismi  (elementi) hisoblanadi.  Bozor munosabatlari tizimida 

uy  xo'jaliklarining  moliyaviy  ahamiyati  uning  iqtisodiy  jihatdan 

nimaga  mo'ljallanganligi  bilan  belgilanadi.  Bir  tomondan,  uy 

xo'jaliklari  ishlab  chiqarish  omillarining  (mehnat,  yer,  kapital, 

tadbirkorlik qobiliyati va boshqalaming) xususiy egalari hisoblanadi 

va xuddi shu asosda o'zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy 

tushilmalarini  shakllantiradi.  Boshqa  bir  tom ondan  esa,  uy 

xo'jaliklari iqtisodiyotda tovariar va xizmatlami iste’mol qiluvchilar 

sifatida  maydonga  chiqadi  va  demak,  bozor  talabini  belgilab 

(aniqlab)  beradi.  Bir vaqtning  o'zida,  uy  xo'jaliklari jamiyat  yalpi 

daromadining bir  qismini jamg'aradi,  real  va  moliyaviy aktivlami 

sotib  olish  orqali  moliyaviy  rezervlami  yaratishda  ishtirok  etadi, 

soliq to'lovlari  orqali  esa  davlatning  markazlashtirilgan  moliyaviy 

fondlarini shakllantirishda katta  (muhim)  rol  o'ynaydi.

Odatda,  «uy xo'jaligi»  atamasidan  milliy statistikada aholidan 

(fuqarolar to'plamidan) iborat bo'lgan institutsional birlikni ifodalash 

uchun foydalanmoq kerak.  Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar 

Tashkiloti  (BM T)  tomonidan  tavsiya  etilgan  M illiy  hisoblar 

tizimining  (M HT)  zamonaviy  xalqaro  andozasi  (standarti)  uy 

xo'jaligini  yagona  (bir)  yashash  maydonchasida  (maydonida) 

birgalikda  yashayotgan,  umumiy  fondga  o'zlarining  daromadlari 

va  boyliklarini  to'liq  yoki  qisman  o'tkazayotgan  (berayotgan)  va 

ayrim  tovariar  hamda  xizmatlami,  eng  asosan  uy-joy va  iste’mol 

mahsulotlarini  umumiy  tarzda  (birgalikda)  iste’mol  qilayotgan 

kishilaming katta  bo'lmagan guruhi,  deb  ta’riflaydi  (aniqlaydi)57.

57 


Bu to‘g‘rida batafsil qarang:  Финансово-кредитный энциклопедический словарь 

/   Под общ.  ред.  А.Г.Грязновой.  -   М.:  2002.  С.  299.



Ayrim  hollarda  o ‘zbek  iqtisodiy  adabiyotda  «uy  xo'jaligi» 

atamasining «xonadon» yoki «oila» atamalari bilan almashtirilishiga 

yo‘1  qo'yilmoqda.  Shunga  mos  ravishda  «uy  xo'jaligi  moliyasi» 

iborasining o'rniga «xonadon moliyasi» va «oila moliyasi» iboralari 

ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda58.  Shu 

munosabat bilan «oila» yoki «xonadon»ni «uy xo‘jaligi»dan ajratmoq 

(farqlamoq)  lozim.  Eng avvalo,  «uy xo'jaligi» aniqlilik darajasining 

«oila»ga  nisbatan  kamroq  darajada  cheklangan  xarakterga  ega 

ekanligini qayd etib o'tmoq lozim.  Masalan,  o'zlarining o'g'illariga 

tegishli  bo'lgan joyda  (binoda)  yashayotgan  keksa  ota-onalar  uy 

xo'jaligining a’zolari  bo'lsalar-da,  uning oilasi  boiolm aydi.  Xuddi 

shuningdek,  bir  xonani  ijaraga  olgan  talaba  uy-joy  egasining  uy 

xo'jaligi tarkibiga kiradi,  lekin uning oilasi  tarkibiga kirolmaydi va 

h.k.  Boshqacha  aytganda,  uy  xo'jaligi  qarindosh  bo'lmaganlami 

ham o'z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo'lishi 

mumkin.

Yuqoridagilarni  inobatga  olgan  holda  ta’kidlash  joizki,  uy 

xo'jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda 

oilaviy  aloqalar  asosiy  omil  bo'laolmaydi.  Buning  ustiga,  uy 

xo'jaligining miqdoriy tarkibi ham o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarga 

ega.  Bu xususiyatlar,  eng avvalo,  shu bilan belgilanadiki, birgalikda 

yashayotgan va umumiy xo'jalikni  yuritayotgan shaxslar  (kishilar) 

guruhi  ham  va  bir  vaqtning  o'zida,  o'zining  iste’molini  mustaqil 

ravishda  ta’minlayotgan  yagona  bir shaxs  (kishi)  ham  uy  xo'jaligi 

bo'lib  hisoblanishi  mumkin.  Uy  xo'jaligini  xo'jalik  yuritishning 

mustaqil  iqtisodiy  va  moliyaviy  birligi  sifatida  ajratilishi  quyidagi 

m e’zonlar asosida amalga oshirilmog'i  lozim:

•  birgalikda  (bir joyda)  yashash;

5X Ming  afsuski,  bunday  holatlarda  o‘zbek  tilining  boyligi,  uning  rang-barangligi  va 

serqirraligi,  asossiz  ravishda,  su’iste’mol  qilinmoqda.  Ona  tilimizda  turli  shakl  va 

mazmunda  ishlatilishi  lozim  bo‘lgan  hamda  shunga  mos  ravishda  turli  ma’no  va 

mohiyatlami  anglatishga  xizmat  qiluvchi  so‘z,  ibora,  atama  va  tushunchalar  o‘rtasida 

yetti  o‘lchab,  bir  kesilmasdan,  oxir-oqibatini  sira  o‘ylamasdan,  mas’uliyatsizlik  bilan 

barobarlik  yoki  tenglik  belgisining  qo‘yib  yuborilayotganligi,  turli  chalkashliklarni, 

noaniqliklarni va yetarli darajada asoslanmagan, ayrim hollarda esa, mutlaqo xato boMgan 

xulosalarni  keltirib  chiqarib,fanimizning, jumladan,  moliya  fanining  rivojlanishiga  ham 

jiddiy  zarar yetkazmoqda,  o‘quvchilami  noto‘g‘ri  yo‘lga  boshlab  yubormoqda.



•  umumiy byudjetning  mavjudligi;

•  iqtisodiy qarorlami  birgalikda (hamkorlikda) qabul  qilish.

Uy  xo'jaliklari  moliyasi  moliya  tizimining  muhim  elementi

hisoblanadi.  Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo'jaliklarida iste’mol 

maqsadlari  va  jamg'arish  uchun  pul  mablag'lari  fondlarini 

shakllantirish,  ularni  taqsimlash  va  foydalanishga  oid  bo'lgan 

iqtisodiy munosabatlar  majmuidan  iboratdir.  Ana shuni  e ’tiborga 

olgan  holda  uy  xo'jaliklari  moliyasiga  quyidagicha  ta’rif  berish 

mumkin: uy xo'jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg'arish uchun 

pul  mablag'lari  fondlarini  shakllantirish,  ulami  taqsimlash  va 

foydalanishga  tegishli  (oid)  bo'lgan   iqtisodiy  (m oliyaviy) 

munosabatlar  majmuiga uy xo'jaliklari  moliyasi  deyiladi  (1).

Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning alohida olingan 

sohasida  bir xilda va  doimiy  ravishda  vujudga  keladigan  munosa­

batlar  mustaqil  iqtisodiy  kategoriyaning  mazmunini  tashkil  etishi 

umume’tirof etilgan.  Bu o'rinda gap «uy xo'jaliklari moliyasi»  kate- 

goriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni to'g'risida ketmoqda. Ana 

shuni  inobatga olgan  holda  uy xo'jaliklari  moliyasiga quyidagicha 

ta’rif ham berish  mumkin: o'zlarining  ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari 

jarayonida  uy  xo'jaliklari  va  ularning  alohida  a’zolari  ishtirokida 

pul  mablag'lari  maqsadli  fondlarini  shakllantirish,  taqsimlash  va 

foydalanish  borasida  vujudga  keladigan  pul  munosabatlarining 

majmui  uy xo'jaliklari  moliyasi  deb  ataladi  (2)59.

Bozor iqtisodiyoti  sharoitida  uy  xo'jaliklari  o'zlarining  ichida 

va  o'zlariga  nisbatan  tashqi  bozor  sub’ektlari  sanalganlar  bilan 

moliyaviy  munosabatda  bo'ladi.  Shunga  muvofiq  ravishda  uy 

xo'jaliklarida  mavjud  bo'lgan  moliyaviy  munosabatlar  majmuini 

ikki guruhga bo'lish  mumkin:

•  ichki;

•  tashqi.

Individlar  —  uy  xo'jaligi  a ’zolarining  ehtiyojlarini  yanada 

to'laroq qondirish  maqsadida zaruriy (kerak bo'lgan) pul fondlarini 

(joriy  iste’mol  darajasini,  pul  rezervlarini,  investitsiyalashtirishni

5’  Ushbu  betda  keltirilgan  (1)  va  (2)  ta’riflar shaklan  bir-biridan  biroz  farq  qilsa-da, 

mazmunan yoki  mohiyatan bir narsaga — uy xo‘jalik!ari  moliyasining  mohiyatini,  uning 

ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi va bir-birini to‘ldiradi, boyitadi.



ushlab  (saqlab)  turish  uchun  va  h.k.)  shakllantirish  va  ulardan 

foydalanishga oid uning ishtirokchilari  (a’zolari) o'rtasida vujudga 

keladigan  m unosabatlar  uy  xo'jaligining  ichki  m oliyaviy 

munosabatlari hisoblanadi.

Uy  xo'jaliklarining  tashqi  moliyaviy  munosabatlari  ularning 

boshqa  iqtisodiy  sub’ektlar  bilan  bo'lgan  o'zaro  aloqalari  orqali 

namoyon  bo'ladi.  Korxonalar  va  tashkilotlar  moliyasi  bilan  uy 

xo'jaliklari bevosita o'zaro bog'langan: firmalarda iqtisodiy resurslami 

taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xo'jaliklari yaratilgan 

mahsulotning  qiymatidan  o'z  hissalarini  (ulushlarini)  oladilar  va 

demak,  ular  shu  bilan  yalpi  mahsulotni  birlamchi  taqsimlashda 

ishtirok etadilar.  Bu munosabatlar o'zining yana bir muhim iqtisodiy 

tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang'ich 

darajasini  belgilab  beradiki,  bu  narsa,  o'z  navbatida,  iste’molning 

shakllanishi,  ko'lami  va  tarkibiy  tuzilmasiga,  to'lovga  layoqatli 

talabning  shakllanishiga  va  nihoyat,  uy  xo'jaliklari  tomonidan 

jamg'arish funksiyasining amalga oshirilishiga to'g'ridan-to'g'ri o'z 

ta’sirini ko'rsatadi.

Davlat va uy xo'jaliklari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham 

to'g'ridan-to'g'ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) 

aloqalar  asosida  quriladi  (vujudga  keladi)  va  ular  byudjet  hamda 

nobyudjet  fondlarni  shakllantirish  va  ulardan  foydalanishdagi 

munosabatlami  ifodalaydi.  Uy xo'jaliklarining daromadlari va mol- 

mulklari soliqqa tortilish ob'ekti sifatida maydonga chiqadi va demak, 

byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. 

Bir vaqtning o'zida soliqlar, pensiya tizimi, ijtimoiy transfertlar orqali 

davlat moliyaviy oqimlarni uy xo'jaliklarining turli guruhlari o'rtasida 

qayta  taqsimlaydi.  Uy  xo'jaliklari  va  davlat  o'rtasidagi  moliyaviy 

munosabatlami  amalga  oshirish  jarayonida  milliy  daromadning 

ikkilamchi  qayta  taqsimlanishi  sodir  bo'ladi.  Bozor  iqtisodiyoti 

sharoitida  davlat  uy  xo'jaliklariga  tegishli  bo'lgan  daromadning 

taqsimlanish jarayoniga to'g'ridan-to'g'ri ta’sir qilish instrumentlariga 

ega emas.  Moliyaviy munosabatlaming bu sohasi davlat tomonidan 

eng kam darajada reglamentatsiya qilinadi.  Buning sababi shundaki, 

uy  xo'jaliklari  pul  fondlarini  shakllantirishning  zarurligi,  usuli  va 

maqsadi  to'g'risida,  ularni  sarflashning  o'lchami  va  vaqti  xususida

qarorlar qabul  qilishda  mustaqildir.  Shu  bilan  birgalikda  davlat  uy 

xo'jaliklariga tegishli bo'lgan daromad va yakuniy (oxiigi) iste’molning 

o'lchamiga  (ko'lamiga)  ta’sir  etishi  mumkin.  Bu  narsa,  jumladan, 

quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:

•  soliq orqali tartibga solish  (tartiblash);

•  mehnat haqini to'lash stavkalarini  o'rnatish  (belgilash);

•  birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish 

(tartiblash);

•  imtiyozlar tizimi;

•  sog'liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali 

ijtimoiy ta’minotni  rivojlantirish;

•  va  boshqalar60.

Uy  xo'jaliklarining  o'zlari  o'rtasidagi  (uy  xo'jaliklariaro) 

moliyaviy munosabatlar uy xo'jaliklari sektorining ichida moliyaviy 

resurslaming  harakatlanishi jarayonida  vujudga  keladigan  muno­

sabatlar  sifatida  qaraladi. • Bu  yerda  ushbu  jarayon  hamma  vaqt 

ham  oydinlashmagan  va  kuchsiz  tartibga  solinuvchi  hisoblanadi. 

Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagilami  kiritish mumkin:

•  fermer xo'jaliklarining hamkorlikdagi  maqsadli  fondlari;

•  iste’mol  kooperatsiyasiga xizmat ko'rsatuvchi  fondlar;

•  uy xo'jaliklari o'rtasidagi  norasmiy  kredit munosabatlari;

•  uy xo'jaliklari sektori doirasida  (chegarasida)  hamkorlikdagi 

pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususidagi boshqa 

munosabatlar.

Uy xo'jaliklarining moliyaviy  institutlar bilan o'zaro aloqalari 

moliyaviy munosabatlaming alohida guruhini  ifodalaydi.  Ularning 

kredit  muassasalari  bilan  munosabatlari  uy  xo'jaligi  byudjeti 

defitsitini to'ldirish (iste’mol  krediti vositasida, yordamida),  bo'sh 

turgan  pul  mablag'larini  bank  hisob  varaqlarida joylashtirish  yoki 

ularni saqlash va jamg'arish  maqsadida boshqa  moliyaviy aktivlarga 

qo'yish  orqali  namoyon  bo'ladi.  Uy  xo'jaliklarining  sug'urta

60 


Keyingi  yillarda  ayrim  mamlakatlarda  natural  shakldagi  ijtimoiy  transfertlar  uy 

xo‘jaliklari  oxirgi  (yakuniy)  iste’moli  tarkibiy  tuzilishining  15%dan  ko‘proq  boigan 

qismini  tashkil  etayotir.  Bu  uy xo‘jaliklariga  xizmat  ko'rsatayotgan  davlat  muassasalari 

va  notijoriy  tashkilotlaming  maorif,  sog‘liqni  saqlash,  uy-joy-kommunal  xo'jaligi, 

madaniyat  va  san’atdagi  taqdim  etilgan  moddiy  imtiyozlaridan  iborat.


kompaniyalari bilan bo'ladigan munosabatlari esa turli ko'rinishdagi 

sug'urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida 

namoyon bo'ladi.

Moliyaning  mohiyati  uning  funksiyalari  orqali  nam oyon 


Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling