A. V. Vahobov, T. S. Malikov


iqtisodiy  tizimda  soliqlaming  summar  o'lchovi  barqaror  o'sish


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75

iqtisodiy  tizimda  soliqlaming  summar  o'lchovi  barqaror  o'sish 

tendensiyasiga  ega  bo'ladi.  Barqarorlik  kafolati  sifatida  davlat 

o'zining  majburiyatlarini  buzishni  boshlasa,  kapital  xufyona 

iqtisodiyotga  yoki  xorijga  o'tib  ketib,  byudjetning  daromadlar 

bazasini qisqartiraveradi;

•  soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo'lmog'i lozim. Soliqlar 

sonini,  soliqqa  tortish  ob’ektlarini  ko'paytirish,  ko'p  bosqichli 

soliqlami joriy etish soliqlami undirish bo'yicha xarajatlar ortishiga, 

boqimanda  va  jarimalarning  o'sishiga  va  pirovardida,  mulkni 

qamoqqa olish, soliq to'lovchini kasod deb e’lon qilish singari yo'llar 

orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib keladi;

•  soliqqa tortish  egri (bilvosita)  tizimining ustuvorligi byudjet 

daromadlarini  shakllantirish  nuqtai-nazaridan  qulay  hisoblanadi. 

Lekin  bu  narsa,  oxir oqibatda,  mamlakat  aholisi asosiy qismining 

qashshoqlanishiga  olib  keladi.  Chunki  bunday  soliqlaming  yuki 

tovariar  va  xizmatlaming  oxirgi  iste’molchisi  gardaniga,  ya’ni 

yashash  minimumi  darajasida  yoki  ijtimoiy  tirikchilik  darajasida 

daromadga ega bo'lgan  aholining  80—90%  qismiga yuklanadi.  Bu 

holat  daromadlaming  turli  darajalarida  iste’molning  nisbatan  bir 

xil bo'lishiga asoslangan;

•  egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfi shundaki, bu tizimda 

aholining  asosiy  qismidan jamg'armalar olib  qo'yiladi  va  bu,  o'z 

navbatida,  kredit  tizimi  va  ikkilamchi  moliyaviy  bozor  tizimi 

asoslarini  buzadi.  Egri  (bilvosita)  soliqlardan voz  kechgan  AQSh 

tajribasi  bunga yaqqol  misoidir;

•  egri (bilvosita) soliqlami sog'liq uchun zararli bo'lgan tovariar, 

zebu-ziynat buyumlari,  ayrim hollarda import qilinadigan tovariar 

va xizmatlar, singari bir qancha o'ziga xos maxsus holatlarga nisbatan 

joriy etish  zarur;

•  daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining 

asosiysi  hisoblanishi  kerak.  Ularni  proporsional  soliqqa  tortish 

prinsiplariga asoslanib qurish  lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyatdagi

barcha  a’zolarning  samarali  mehnatisiz  iqtisodiyotni  tiklash 

murakkab  bo‘lib  qolaveradi.  Soliqlar  bozor  iqtisodiyotida 

mehnatning  asosiy  rag'batlantirishni  salohiyatini  (motivatsiya 

qilinishini) olib qo‘yadi, xolbuki mehnat daromad keltirishi lozim. 

Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon 

boMadi -  yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining 

investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste’mol darajasi 

kamayadi,  bu  holat  esa,  o‘z  navbatida,  ishlab  chiqarish va xizmat 

sohalarining o‘sish bazalari pasayishiga olib keladi.

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo‘nalishlaridan) yana 

biri  pul siyosatidir.  Agar muomaladagi  pul  miqdori  tovariar massasi 

miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, 

pul  massasining yetmagan qismi qog'oz pullar (pullaming surrogati) 

hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan toMdiriladi. Va aksincha, agar 

pul  massasi  unga  boMgan  talabdan  ortiq  boMsa,  yo  pul  massasining 

mamlakatdan  chetga  chiqishi  (oqishi)  yoki  milliy  valyutaning 

qadrsizlanishi sodir bo'ladi. Tabiiy ravishda, bu holatlaming barchasi 

mamlakat qonunchiligiga ham bevosita bog'liq — mamlakatda xorijiy 

valyutaning muomalada bo'lishiga ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, milliy 

valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo'qmi? va  h.k.

Tovariar  massasi  cheklanganda  pul  emissiyasi  boshqa 

mamlakatlaming  pul  birligiga  nisbatan  milliy  pul  birligi 

qadrsizlanishiga olib keladi.

Emissiya siyosati va milliy valyuta barqarorligi  pul siyosatining 

tarkibiy  qismlaridir  (yo'nalishlaridir).  Emissiya  siyosati  muomala 

uchun  zarur bo'lan  pulning  miqdorini  aniqlashdan tashqari  yana 

boshqa  bir  yo'nalishga  ega.  Bu  yo'nalish  byudjet  daromadlarini 

ko'paytirishdir. Ana shu yo'nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. 

Chunki  ma’lum  bir  miqdoriy  chegaradan  o'tilganidan  so'ng  pul 

tizimi  inflyasiyaga  moyil  (ta’sirchan)  bo'lib  qoladi,  ya’ni  byudjet 

daromadlarining  real  qadrsizlanishi  sodir  bo'lishi  mumkin.  Agar 

qandaydir bir sabablarga ko'ra davlat o'z pul tizimini tartibga solishga 

qodir bo'lmasa,  mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. 

Chunki  bunday  sharoitda  mamlakatning  milliy  valyutasi  boshqa 

kuchli  valyutalaming  ekspansiyasiga  qarshi  turaolmaydi va  milliy 

boylikdan  mahrum bo'lib qolish  mumkin  .

Kredit  siyosati  ham  moliyaviy  siyosatning  tarkibiy  qismi 

(yo'nalishi)  bo'lib,  uning  namoyon bo'lishi  mamlakatning  krediti 

tizimi  orqali  amalga  oshiriladi.  Kredit  tizimi  ssuda  kapitalining 

faoliyat ko'rsatishini ta’minlaydi. O'z navbatida, ssuda kapitali takror 

ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshirishdgi  muhim  shart 

hisoblanib, aylanma mablag'lami to'ldirish va investitsiyalar uchun 

mablag'laming qarzga olinishini ta’minlaydi.  Iqtisodiyotning kredit 

sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat 

qiladi.  Foiz stavkasi  darajasi jamiyatdagi  iqtisodiy faollikka  salbiy 

ta’sir ko'rsatishi mumkin.  U asossiz darajada yuqori bo'lsa, quyidagi 

salbiy oqibatlarga olib keladi:

•  kreditlarning qaytarilmasligi;

•  ishlab  chiqarish  sohasi  va  xizmatlar  sohasida  mahsulotlar 

narxining o'sishi;

• qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning 

oqibatda soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;

•  ishlab chiqarishning qisqarishi;

• takror  ishlab  chiqarish  jarayoni  sub’ektlari  daromadlari 

pasayishi natijasida ichki  iste’mol bozorining torayishi.

Aksincha,  kreditning  arzonlashuvi  ishlab  chiqarishning 

sog'lomlashuviga, tovariar massasi ortishiga,  tovariar va xizmatlar 

bahosi  pasayishiga  va  ana  shularning  natijasida  esa,  takror  ishlab 

chiqarish jarayoni  sub’ektlari  daromadlarining  oshishiga,  soliqqa 

tortish  bazasi  kengayishiga va  byudjet  daromadlari  ko'payishiga 

olib keladi.

Moliyaviy  siyosatning  tarkibiy  qismi  (yo'nalishi)  sifatida 

davlatning  baho  siyosati  monopol  tovar  va  xizmatlar  bahosi  va 

tarifining  o'zgartirilishi  orqali  ifodalanadi.  Yer osti  boyliklari,  suv 

havzalari,  temir  yo'llar,  elektr  uzatish  tarmoqlari,  neft  va  gaz 

quvurlari davlatning monopol egaligidadir.  Bu tarmoqlar tovarlari 

va xizmatlari bahosi o'sishi (ortishi) milliy xo'jalikning barcha boshqa 

sektorlarida  baholar  o'sishiga  olib  keladi.  Bu  yerda  bog'lanish 

shunchalik ayonki, hech  qanday izohga hojat yo'q.  Shuning uchun 

ham  baho  siyosati  iqtisodiyotni  tartibga  solishning  muhim  omili 

bo'lib hisoblanadi.

Investitsiya  siyosati  ham  moliyaviy  siyosatning  tarkibiy

qismlaridan  (yo'nalishlaridan) biri bo‘lib,  u eng awalo,  mamlakat 

iqtisodiyotining  real  sektoriga  o‘z  va  xorijiy  investitsiyalami jalb 

qilish  uchun  sharoitlar  yaratish  bo'yicha  tadbirlar  kompleksidan 

iborat.  Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo'jalik yurituvchi sub’ektlar 

moliyasini boshqarishga bog’liq turli darajalarda amalga oshiriladi. 

Investitsion  siyosatning  asosiy  vazifasi  mamlakat  iqtisodiyotiga 

investorlar tomonidan moliyaviy resurslami kiritish, mamlakatdan 

kapitalning  «chiqib»  ketmasligi  va  aksincha,  mamlakatga  xorijiy 

kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali 

ifodalanadi.

Ijtimoiy moliyaviy siyosat  Konstitutsiyaga  muvofiq mamlakat 

aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog'liq. 

Hozirgi  paytda  bu  siyosat,  o'z  navbatida,  nafaqa  siyosati, 

immigratsiya siyosati, aholining ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy 

yordam  ko'rsatish siyosati singari sohalarni o'z ichiga  oladi.

Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) 

sifatida  qarash  bilan  birgalikda  uni  soliq  va  baho  siyosatlarining 

ham  bir qismi sifatida e’tiborga olish  kerak.  Chunki soliqlar va boj 

yig'imlari tovar va xizmatlaming bahosiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. 

Bir  vaqtning  o'zida  boj  siyosati  mamlakat  iqtisodiyotiga  ta’sir 

ko'rsatishning o'ziga xos  usuliga ham ega bo'ladi.  Usulning o'ziga 

xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga 

import  qilinayotgan  tovariar  va  xizmatlami  kengaytirishi  yoki 

cheklashi,  ikkinchi  tomondan  esa,  mamlakatdan  tovariar  va 

xizmatlar  eksportini  rag'batlantirishi  yoki  unga  to'sqinlik  qilishi 

mumkin.  Masalan,  mamlakatda  mavjud  bo'lmagan  texnologik 

asbob—uskunani  import  qilishga  20%  li  boj  yig'imi  o'matilsa,  bu 

narsa  mamlakatdagi  ishlab  chiqaruvchilaming  investitsion 

imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarish o'sish sur’atlarini 

pasaytiradi,  import  mahsulotlari salmog'ini oshiradi.

Har qanday  mamlakatning  boj  siyosati  bumerang  harakatiga 

egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag'batlantiruvchi 

hajmlarining  joriy  qilinishi  xuddi  shunday  javob  choralari 

qo'llanilishini  taqozo  etadi.  Boj  siyosati  yo'nalishi  tanlanishi 

mamlakat  iqtisodiy  ahvoliga  mos  kelishi  kerak.  Agar  biz  bugun 

oziq-ovqat  va  kundalik  ehtiyoj  tovarlarining  import  qilinishiga

bog‘lanib  qolsak,  bu  boj  stavkalarida  o'z  aksini  topmog‘i  lozim. 

Ammo boj stavkalari rag'batlantiruvchi bo'lsa, u holda mamlakatdagi 

tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovariar bilan raqobat qila olmay 

qoladi.

Umuman olganda,  aksari  hollarda mamlakatning  boj  siyosati 

bojxona  bojlari  va  to'lovlarini  oshirishga  yo'naltirilgan  byudjet 

siyosatiga bog'liq bo'ladi.

Xullas,  moliyaviy  siyosat  va  uning  tarkibiy  qismlari 

(yo'nalishlari)  ilmiy jihatdan asoslangan,  ma’lum  bir maqsadlarga 

erishishga yo'naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish 

sub’ektlarining manfaatlariga zid kelmaydigan bo'lishi kerak.  Uning 

muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi  davlat  ichki  va  tashqi  qarzlari 

kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zaxiralari ortishiga, inflyasiyani 

jilovlashga,  byudjet defitsitining kamayishiga, YalM  ko'payishiga, 

mamlakat  tovarlarining  raqobatbardoshligi  kuchayishiga  olib 

kelmog'i lozim.

2.3. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning  o'ziga 

xos xususiyatiari

Yaqin  o'tmishda,  ya’ni  sho'rolar  davrida  mamlakatimizning 

iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, to'sqinlik qilib 

kelgan moliyaviy siyosat yurgizilgan edi.  Buning ustiga shu davrlar 

mobaynida  mamlakat  taraqqiyotini  ta’minlashda  faol  moliyaviy 

siyosatning  roliga  yetarlicha  baho  berilmadi.  Jamiyat  hayotining 

barcha  jabhalarida  va  eng  avvalo,  iqtisodiy  sohada  moliyaviy 

munosabatlaming  mavqyei  buzib  ko'rsatildi.  Moliya va moliyaviy 

dastaklarning  faol  roli  inkor etilib,  moliyaviy siyosat  talab  etilgan 

muammolami hal qilishga qaratilgan zarur usullami ishlab chiqishga 

ojizlik  qilib  qoldi.  Rivojlanishning  uzoq  davriga  mo'ljallangan  va 

ilmiy jihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, 

kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko'zlab amalga 

oshirilgan  chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi.

O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor 

munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 

bo'lgani  kabi,  moliya  va  moliyaviy  munosabatlarda  ham  chuqur

islohotlami  amalga  oshirishga  to‘g‘ri  keldi.  Belgilangan  strategik 

vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi.

Tovariar va xizmatlaming mamlakatlararo  harakatini tartibga 

solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga 

qaratilgan  boj  siyosati  ishlab  chiqilib,  hayotga  tadbiq  etildi.  Bu 

siyosat  hozirgi  kunda  mamlakat  ichki  bozoriga  past  sifatli,  inson 

salomatligiga  putur  yetkazuvchi  tovariar  kirib  kelishiga  yo‘1 

qo'ymaslik  va  ilg'or  texnologiyalar,  fan-texnika  yutuqlari  natija­

larining mamlakat iqtisodiyotida yetakchi bo‘lishini rag‘batlantirish 

vositasida og'ishmay amalga oshirilmoqda.

O'zbekistonda  moliyaviy  siyosatning  hozirgi  kundagi  asosiy 

vazifalari quyidagilardan iborat:

•  davlat  byudjetidagi  defitsitni  yo'l  qo'yilgan  eng  kam  daraja 

doirasida  (YalMning  3—4%i  atrofida)  cheklashga  yo'naltirilgan 

qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish;

•  davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur 

tarkibiy o'zgarishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini 

ko'zlab yo'naltirishni ta’minlash;

•  ijtimoiy  yo'naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish 

talablaridan  kelib  chiqqan  holda,  aholining  ijtimoiy  himoyasini 

ta’minlash,  fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini 

himoya  qilishni  ta’minlovchi  moliyaviy  bazani  yaratish,  erkin 

mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish 

uchun zarur shart-sharoitlami yaratish;

•  ijtimoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish,  moliyaviy 

mablag'laming  ijtimoiy  yordamga  haqiqatda  muhtoj  aholi 

qatlamlariga yetib borishini ta’minlash;

•  Davlat  byudjeti  va  korxonalar  moliyaviy ahvolining  barqa­

rorligini ta’minlash;

•  byudjet intizomiga qat’iy  rioya qilish;

•  soliq  siyosatini  takomillashtirish,  soliqlaming  iqtisodiyotga 

rag'batlantiruvchi ta’sirini  kuchaytirish maqsadida:

— soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga,  moddiy, 

tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to'plangan mol-mulkdan 

samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi ta’sirini oshirish;

— korxonalar zimmasidagi  soliq yukini,  qo'shilgan  qiymat  va

foyda  solig‘idan  olinadigan  soliq  stavkalarini  kamaytirish  va  shu 

asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;

— 

soliq tushumlari tarkibini tubdan o'zgartirish, resurslar, mol- 

mulk solig'ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirish­

ning ilg'or tizimini joriy etish.

•  mahalliy  byudjetlarni  shakllantirish  manbalari  bo'lgan  res­

publika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o'rtasida aniq chegara o'tka­

zish;

•  Davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga birik- 

tirish,  mahalliy byudjetlarning daromad  manbalarini  mustahkam­

lash;

•  soliq  siyosati  belgilab  bergar.  chora-tadbirlami  amaliyotga 

tadbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini  ishlab chiqish va 

takomillashtirish;

•  va boshqalar.

Hozirgi  vaqtda  mamlakatimiz  moliya  siyosati  muammolari 

qatoriga  uning  hayot bilan  hamnafasligini  ta’minlash,  davlatimiz 

rivojlanishining  o'zgargan  sharoitlariga  tezda  moslasha  bilishini 

ta’minlash,  o'z yechimini  kutayotgan  vazifalami  hal  etish  uchun 

kerakli  usullami  o'z  vaqtida  topa  bilish,  strategik  konseptual 

yechimlarni  ishlab  chiqish,  mablag'larga  qarab  yashash  talabiga 

rioya  etilishini  ta’minlash,  fuqarolar  ijtimoiy  talab-ehtiyojlarini 

qondirishning moliyaviy asosini belgilashda qoldiq usulidan ijtimoiy 

xarajatlarning maqsadliligini ta’minlashga o'tish kabi tadbirlar kiradi.

Hozirgi  sharoitda  ishlab  chiqilgan  davlat  moliya  siyosati 

konsepsiyasining  maqsadi  iqtisodiyotni  barqaror  rivojlantirish, 

ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish 

asosida jamiyat a’zolarining turmush  farovonligi darajasini ta’min­

lashdan  iborat.  Moliya  strategiyasining  ijtimoiy  yo'naltirilganligi 

xalq  farovonligini  oshirishga  yuboriladigan  moliya  resurslarini 

ko'paytirish  imkoniyatlarini  qidirib  topishda  namoyon  bo'libgina 

qolmay,  balki  iqtisodiy  siyosatning  bosh  maqsadiga  butunlay 

yangicha  yondoshuvda  ham  namoyon  bo'ladi  va  endilikda  aholi 

turmush darajasi va ishlab chiqarishning o'sishini moliyaviy resurs­

laridan samarali foydalanish yo'nalishlarini belgilaydi.

Ijtimoiy  himoya,  birinchi  navbatda,  kam  ta’minlangan

fuqarolami, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini  ijtimoiy 

himoya qilishni  ham nazarda tutadi  Ijtimoiy himoya, eng awalo, 

daromadlami indeksatsiyalash vositasida, ya’ni, byudjet mablag'lari 

hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol  indeksiga mufoviq 

oshirish  yo'li bilan ta’minlanadi.

Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir 

o'tkazishning  asosiy  uslublari  sifatida,  soliq  solish,  moliya 

resurslaridan  mohirona  va  oqilona  foydalanish,  moliyalashtirish, 

moliya  bozori  va  boshqalarni  ko'satish  mumkin.  Jamiyat 

taraqqiyotining  hozirgi  bosqichidagi  moliya  siyosati  moliya 

strategiyasi  talablari  asosida  va  yuzaga  kelgan  iqtisodiy  shart- 

sharoitlami  hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Xo'jalik  yuritishning  turli-tuman  shakllaridan  foydalanish 

jamoat  talab-ehtiyojlarini  yaxshiroq  qondirish,  resurslami  tejash, 

mahsulot  assortimenti  va  texnika  bazasini  yangilash,  mehnat 

jamoalarining  ijtimoiy  muammolarini hal- etishi yo'lida  raqobatni 

rivojlantirish,  tashabbuskorlik  ko'rsatish  uchun  shart-sharoitlami 

yaratadi.

Ijtimoiy va  boshqa  ehtiyojlami  qondirishga  yo'naltiriladigan 

moliya  resurslarining  o'sishiga,  eng  awalo,  samarali  faoliyat 

ko'rsatish orqali erishiladi.  Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit 

o'zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo o'sib boradi.  Shu munosabat 

bilan hozirgi moliya siyosati davlat moliya resurslarining muntazam 

o'sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlami nazarda tutadi.

Byudjetga  tushayotgan  to'lovlar  hajmini  oshirish  zarurligi 

xo'jalik bo'g'inlaridagi ishchanlik kuchini jonlantirishga qaratilgan 

moliya siyosatini  hayotga tatbiq etilishini talab qiladi.

Moliyaviy  siyosatni  faollashtirish  maqsadida  moliyaviy 

resurslami  qayta  taqsimlash  amaliyotini  tubdan  o'zgartirish katta 

ahamiyatga ega.  Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori tashkilotlar 

orqali  amalga  oshiriladigan  «vertikal»  uslubga  qarama-qarshi 

moliyaviy  resurslami  moliya  bozori  orqali  «gorizantal»  qayta 

taqsimlash ham boigan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag'laming 

o'tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifni hisobga 

olgan holda foydalanishni  nazarda tutadi.

Moliya  bozorining  rivojlanishi  munosabati  bilan  milliy

iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  umumdavlat  ehtiyojlarini  qondirish 

uchun  aholi,  korxona  va  tashkilotlaming  pul  daromadlari  va 

jamg'armalarini  jalb  etish  zarur.  Shu  munosabat  bilan  Davlat 

obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish  ham davlat  resurslari 

Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling