A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75

Moddiy  xarajatlar 

—  xom -ashyo  va  asosiy  m ateriallar, 

yordamchi  materiallar,  yoqilgM,  energiya  va  boshqa  xarajatlardan 

iborat.  Moddiy  resurslam ing  qiymati  ulam i  sotib  olish  bahosi 

(q o 'sh ilg an  q iy m at  so lig 'isiz),  ta ’m in o t  va  tashqi  iq tisodiy 

tashkilotlarga  toManadigan  ustamalar,  komission  mukofotlar  boj 

toMovlari,  tovariar birjasining xizmat  qiymatlari,  tashish,  saqlash  va 

yetkazib  berish  haqlarining  yig'indisidan  tashkil  topadi.



Mehnat haqi xarajatlari 

— asosiy ishlab chiqarish xodimlarining 

ish  haqi  mukofotlari,  rag'batlantiruvchi  va  tiklovchi  (qoplovchi) 

toManmalar,  natural haq sifatida beriladigan mahsulotlaming qiymati, 

tuzilgan shartnom alar bo'yicha xodimlarga beriladigan  mehnat haqi 

va  boshqa  to'lanm alarni  o'z  ichiga  oladi.



Meros 

—  qonun  yoki  vasiyatga  muvofiq  merosxo'rlik  asosida 

qabul  qilinadigan  mulk.

Merosxo‘rlar 

—  qonunga  muvofiq  ikki  toifaga  bo'linadi:  1) 

birincha  darajali  (navbatdagi)  merosxo'rlar-vafot  etgan  shaxsning 

bolalari,  xotini  (eri),  ota-onasi,  vafot  etgandan  so'ng  tug'ilgan 

farzand;  2)  ikkinchi  darajali  (navbatdagi)  merosxo'rlar-vafot  etgan 

shaxsning aka-ukalari,  opa-singillari, ota yoki ona tomonidan bobosi 

va  momosi.  Ikkinchi  darajali  (navbatdagi)  m erosxo'rlar  qonun 

bo'yicha  birinchi  darajali  (navbatdagi)  m erosxo'rlar  bo'lmaganda, 

ular tomonidan meros qabul qilinmaganda yoki vasiyatchi tomonidan 

ular meros qabul qilish huquqidan mahrum etilganda merosni  qabul 

qilishga  chaqiriladilar.

Muomala  xarajatlari 

—  m ahsulotlar  muom alasi  jarayoniga



xizmat  qiluvchi  xarajatlardan  iborat.  Ular  ikki  ko'rinishda  bo'lishi 

mumkin:  1)  oldi-sotdi jarayoni  bilan  bog'liq  bo'lgan  xarajatlar  (sof 

muomala  xarajatlari);  2)  ishlab  chiqarish  jarayonining  muomala 

sohasida  ham   davom   etishi  bilan  bog 'liq   b o 'lg an   x arajatlar 

(mahsulotlami  saqlash,  ortib  jo'natish,  qadoqlash  va  boshqalar). 

Muomala xarajatlari absolyut summalarda va mahsulot aylanmasiga 

nisbatan  foizda  ijtimoiy  zaruriy  xarajatlar  chegarasida  (doirasida) 

rejalashtiriladi.



Mulkiy  soliqqa  tortish 

—  soliq  to'lovchining  mulkidan,  ko'p 

hollarda  uning  kapitalidan  olinadigan  soliqlar  tizim i.  O datda, 

progressiv  xarakterga  ega-m ulkning  o'lcham i  (hajmi,  m iqdori) 

oshishiga  qarab  soliqning  stavkasi  ham  ortadi.

Mulk solig'i (mulkiy soliq) 

— o'z tarkibiga ko'chmas  mulk  (yer, 

binolar) solig'ini va shaxsiy mulk(asbob-uskunalar,  zaxiralar) solig'ini 

oladi.  Mahalliy  hokimiyat  organlari  foydasiga  hisoblanib,  ko'pgina 

mamlakatlarda  ular  daromadlarining  asosiy  manbai  hisoblanadi. 

Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslaming mol-mulkiga 

va  jism oniy  shaxslam ing  m ol-m ulkiga  solinadigan  soliqlarga 

bo'lingan.



N

Nafaqa 

—  vaqtinchalik  m ehnat  qobiliyatini  y o 'qotganda, 

homiladorlik va tug'ishda, bola tug'ilganda,  bola parvarishi bo'yicha 

va  shunga  o'xshash  boshqa  holatlarda  m am lakat  fuqarolariga 

beriladigan  doimiy  ravishdagi  yoki  bir  martalik  pul  to'lanmasi.

Nodavlat moliyaviy nazorati 

— xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning 

m oliyaviy  ahvoli  va  lik v id lilig i,  m oliyaviy  h iso b o tla rin in g  

ishonchliligi,  foydaliligi  va  to'lovga  layoqatliligi  ustidan  auditorlik 

firmalari,  korxona  va  tashkilotlam ing  rahbariyati  va  moliyaviy 

xizmatlari, aksionerlari,  tijorat banklari, sug'urta firmalari tomonidan 

amalga  oshiriladigan  nazorat.

О

Obligatsiya 

—  foiz  shaklida  darom ad  keltiruvchi  qim matli 

qog'oz.  Davlat organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash uchun 

va aksionerlik jamiyatlari  tomonidan  kapitalni jalb qilish  maqsadida


chiqariladi.  Aksiyadan  farqli  o ia ro q   obligatsiyada  uni  qaytarish 

(uzish)  muddati  ko‘rsatiladi.



Oborot  solig'i 

-   ishlab  chiqarishning  yakuniy  bosqichida  xalq 

iste’moli  uchun  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlam ing  qiym atidan 

olinadigan  soliq  turi.  Asosan,  uch  xil  metod bo'yicha  aniqlanadi:  1) 

chakana baho (savdo va ta’minot ustamalari chegirilgan) va korxona 

ulgurji  bahosi  o'rtasidagi  farq;  2)  chakana  baholardagi  (savdo 

ustamalari  chegirilgan)  tovar oborotga  nisbatan  foizda;  3)  mahsulot 

birligiga  nisbatan absolyut pul  summalarida.  Barcha mahsulotlardan 

olinm asdan,  balki  texnologik  zanjirning  oxiridagi  m ahsulotdan 

olinadi  (m asalan,  cho 'y an   rudasidan  emas,  balki  m uzlatgich, 

avtomobildan  olinadi).  Hozirgi  paytda  Buyuk  Britaniya,  Fransiya, 

Germaniya,  Rossiya,  0 ‘zbekiston  kabi  mamlakatlarda  bu  soliqdan 

qo'shilgan  qiymat  solig'iga  o'tilgan  bo'lsa,  AQShda  uning  o'rniga 

sotuvdan  olinadigan  soliq joriy  etilgan.



Ortiqcha  toMovlar 

—  to'lovning  byudjetga  tushgan  ortiqcha 

summasi. Odatda soliq to'lovchining boshqa to'lovlar bo'yicha mavjud 

bo'lgan  boqimandalarini  uzish  uchun hisobga olinadi  va bu  to'g'rida 

unga ma’lum qilinadi  yoki soliq oiganining qarori nusxasi va bankning 

tegishli  ko'chirmasi  asosida  soliq  to'lovchiga  qaytariladi.  Boshqa 

to'lovlar  bo'yicha  boqim andalari  bo'lm agan  holda  korxonaning 

ortiqcha to'lovlari summasi uning yozma arizasiga ko'ra to'lov muddati 

yetib  kelmagan  to'lovlarni  to'lashga  yo'naltirilishi  yoki  uning  o'ziga 

qaytarilishi mumkin.  Ortiqcha to'lovlaming qaytarilishi soliq organlari 

tomonidan  byudjet  hisobidan  amalga  oshiriladi.

P

Patent 

—  m a’lum  bir  huquq  yoki  imtiyoz  beruvchi  hujjat. 

Masalan,  savdo  yoki  hunarmandchilik  bilan  shug'ullanish  huquqi. 

Amaldagi  soliq  qonunchiligiga  muvofiq  doimiy  savdo  nuqtalarida 

(joylarida)  savdoni  amalga  oshiruvchi  yuridik  va jismoniy  shaxslar 

savdo  qilish  huquqiga ega bo'lish  uchun vaqtinchalik patentni  sotib 

oladilar.  Patentda  uning  berilish  muddati  (patent  amal  qiladigan 

davr), savdo amalga oshiriladigan mahsulotlar guruhi va savdo qilish 

joyi  o'z  aksini  topgan  bo'lishi  lozim.

Parij klubi 

— dunyoning asosiy (bosh) kreditor-davlatlari guruhi. 

Agar  biror-bir  qarzdor  mamlakat  o 'z  to'lov  balansini  balanslashti-


rishda  qiyinchilikka  duch  kelib,  XVF yordamida  o ‘z  iqtisodiyotini 

sogiomlashtirish  dasturini  amalga  oshirishga  kirishsa,  Parij  klubi 

qarzdor  mamlakatning  moliyaviy  muammolarini  hal  etishda  o'z 

hissasini qo‘shadi.  Buning uchun hamkorlikda o ‘sha mamlakat bilan 

(biigalikda) bitim ishlab chiqiladi.  Unga ko‘ra, uning tashqi qarzlarini 

qaytarish  muddatlari  uzaytiriladi.  M asalan,  Rossiya  Parij  klubi 

davlatlariga  qarzining  hajmi  40  mlrd.  AQSh  dollariga  teng  bo'lgan 

bir  paytda,  1996  yil  aprelining  oxirida  Parijda  Rossiyaning  Parij 

klubi  kreditoriariga bo'lgan qarzini  uzoq  muddatli  restrukturizatsiya 

qilish  to'g'risida  bitim  imzolandi.  Unga  muvofiq  ravishda  Rossiya 

tomonidan  qarzning  qaytarilishi  2002  yildan  boshlanishi  va  2020 

yilga  kelib  tugashi  kerak.  Bu  narsa  iqtisodiy  krizisdan  chiqqandan, 

iqtisodiyotda real o'sish sodir bo‘lgandan so'ng Rossiyaga  Parij klubi 

kreditorlarining  tashqi  qarzlarini  qaytarishga  kirishishga  im kon 

beradi.

Penya 

—  fuqarolik  huquqida  jazo  choralari  (jarim a)ning 

ko'rinishlaridan  biri,  qonun  yoki  shartnomaga  muvofiq  to'lovlar 

muddatini  buzganlik uchun undiriladigan  moliyaviy jazoning shakli. 

Uning miqdori qonunga ko'ra to'lovning  har bir kechiktirilgan kuni 

uchun to'lanishi lozim bo'lgan summaga nisbatan  foizda belgilanadi. 

Korxona  tomonidan  to'langan  penya  summasi  noishlab  chiqarish 

xarajatlarining  tarkibiga  kiritiladi.



Pensiya 

—  qarilik,  nogironlik,  xizmat  qilgan  yillari  uchun  va 

boquvchisini  yuqotganda  fuqarolami  moddiy  jihatdan  ta ’minlash 

uchun  pul  summalarining  kafolatlangan  har  oylik  to'lovi.  Uning 

quyidagi  turiari  bo'lishi  mumkin:  qarilik  pensiyasi;  nogironlik 

pensiyasi,  xizm at  qilgan  yillari  uchun  pensiya;  boquvchisini 

yuqotganligi  uchun  pensiya;  ijtimoiy  pensiya.

Pulli kapital daromadlaridan olinadigan soliq—

dividentlar,  aksiya 

va  obligatsiyalaming  foizlari,  bankdagi  omonatlar  bo'yicha  foizlar, 

zayomlar  bo'yicha  yutuqlar  va  boshqa  shunga  o'xshash  bir  necha 

daromadlardan  olinadi.  Avstriya,  Kanada,  Ispaniya,  Fransiya  kabi 

mamlakatlarda  amal  qiladi.  Pulli  kapitalning  egasiga  darom ad 

berilayotgan paytda soliq ushlab qolinadi.  Soliqning stavkasi  20%dan 

40  foizgacha  tebranadi.



Progressiv soliq 

— soliqqa tortish  bazasining oshishi  bilan soliq 

stavkasining ko'tarilishi xarakterlidir.  Progressiv soliqlaming orasida 

eng  ko'p  uchraydigani  daromad  solig'idir.



Progressiv  soliqqa  tortish 

—  soliqqa  tortiladigan  summaning 

o'sishiga  mos  ravishda  soliq  stavkasi  ham  ortadigan  soliqqa  tortish 

tizimi.  Ular quyidagi  shakllarda mavjud bo'ladi:  1)  oddiy progressiya 

-d a ro m a d n in g   b a rc h a   su m m asi  u c h u n   s o liq n in g   stavk asi 

darom adning  o'sishiga  muvofiq  o 'sad i  (o rtadi);  2)  murakkab 

progressiya-daromad  qismlarga  bo'linadi  va  ularning  har  biri  o'z 

stavkasi  bo'yicha  soliqqa  tortiladi.  Daromadning  har  bir  keyingi 

qismi uchun soliqning stavkasi oldingisiga nisbatan yuqoriroq bo'ladi.

Proporsional  soliq 

—  soliq  shaklida  olinishi  mumkin  bo'lgan 

summa  soliqqa  tortish  bazasining  o'lchamiga  (miqdoriga,  hajmiga) 

proporsionaldir.  Bu  soliq  yagona  stavkali  soliqlar jumlasiga  kiradi.



Proporsional soliqqa tortish 

— soliqning stavkasi soliq to'lovchi 

daromadining  hajmiga  bog'liq  bo'lmagan  holda  uning  daromadiga 

nisbatan  foizda  o'matiladi.



Preferensiya 

—  in v estitsio n   va  in n o v a tsio n   xarajatlarni 

moliyalashtirish  uchun  investitsion  soliq  krediti  va  maqsadli  soliq 

imtiyozi  ko'rinishida  belgilangan  imtiyoz,  afzallik.



R

Respublika byudjeti 

— Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi 

tadbirlami  moliyalashtirishda  foydalaniladigan  qismi  bo'lib,  unda 

daromadlar  manbalari  va  ulardan  tushum lar  miqdori,  shuningdek, 

moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar 

sarfi  yo'nalishlari  va  miqdori  nazarda  tutiladi.



Respublika  byudjetining  daromadlari 

—  l)qonun  hujjatlarida 

belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, 

yig'imlari, bojlari va boshqa majburiy to'lovlar;  2)  qonun hujjatlarida 

belgilangan  norm ativlar  bo 'yicha  davlat  m oliyaviy  va  boshqa 

aktivlarini  joylashtirilishi,  foydalanishga  berilishi  va  sotilishidan 

olingan daromadlar;  3)qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya 

etish  huquqi  bo'yicha  davlat  mulkiga  o'tgan  pul  mablag'lari;  4) 

yuridik  va  jismoniy  shaxslardan,  shuningdek  chet  el  davlatlaridan 

kelgan  qaytarilm aydigan  pul  tu shu m lari;  5)  rezident-yuridik 

shaxslaiga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish 

hisobiga  berilgan  to'lovlar;  6)  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan 

boshqa  daromadlardan  iborat.

Respublika byudjetining xarajatlari 

—  o'z tarkibiga  1)  respublika



byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag'i oluvchilarning joriy 

xarajatlari;  2) joriy  byudjet  transfertlari;  3)  kapital  xarajatlar  (asosiy 

fondlar  va  vositalami  (ular  bilan  bog'liq  ishlar  va  xizmatlar  ham 

shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab 

chiqarish,  chet  elda  davlat  ehtiyojlari  uchun  yer  va  boshqa  mol- 

mulk olish,  davlat ehtiyojlari uchun yerga bo'lgan huquqni va boshqa 

nomoddiy  aktivlami  olish,  davlat  zahiralarini  vujudga  keltirish 

xarajatlari);  4)  kapital  xarajatlarni  qoplash  uchun  yuridik  shaxslarga 

beriladigan  byudjet  transfertlari;  5)  Qoraqalpog'iston  Respublikasi 

byudjeti  va  mahalliy  byudjetlarga  byudjet  dotatsiyalari,  byudjet 

subvensiyalari  va  byudjet  ssudalari;  6)  rezident-yuridik  shaxslarga va 

chet  el  davlatlariga  beriladigan  byudjet  ssudalari;  8)  davlat  maqsadli 

jamg'armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari;

9)  qonun  hujjatlarida  ta’qiqlanmagan  boshqa  xarajatlarni  oladi.



Respublika  byudjeti  defitsitini  moliyalashtirish 

—  davlat 

tomonidan xorijdan va ichki mablag'ni jalb qilish,  respublika byudjeti 

mablag'larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunlarga 

muvofiq  boshqa  manbalar  hisobidan  amalga  oshiriladi.

Real  soliq 

—  soliq  to'lovchining  ayrim  mulklarini  soliqqa 

tortadigan  to'g'ri  soliqlardan  iborat.

Regressiv soliq 

— soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan 

soliq  stavkasining  pasayishi  xarakterlidir.  Bunday  soliqlar  toifasiga, 

xususan,  egri  (bilvosita)  soliqlam i  kiritish  mumkin.  Regressiv 

soliqlaming  yuki  (og'irligi)  boylarga  nisbatan  kambag'al  qatlamlar 

uchun  og'irroq  deb  sanaladi.  Masalan,  qo'shilgan  qiymat  solig'ini 

to'lash  uchun  kambag'allar  boylarga  nisbatan  o'z  daromadlarining 

ko'proq  qismini  (hissasini)  sarflaydilar.  Proporsional  soliq  ham 

regressiv  bo'lishi  mumkin.

Regressiv soliqqa tortish 

— soliq asosi (bazasi)ning o'sib borishi 

bilan  soliq  stavkasining  pasayishini  taqoza  etadi.  Soliq  undirish 

og'irligi  daromadga  teskari  prorporsionaldir:  daromad  qancha  kam 

bo'lsa,  soliq  to'lovchi  uchun  soliqning  og'irligi  shuncha  og'irdir. 

Hozirgi  paytda qo'shilgan  qiymat  solig'ining joriy etilishi  bilan  egri 

(bilvosita)  soliqlaming  regressivligi  kuchayib  bormoqda.

Rezidentlar 

—  kalendar  yilida  mamlakatda  183  kundan  kam 

bo'lmagan muddatda yashagan, O'zbekistonda doimiy yashash joyiga 

ega  b o 'lgan   va  bo'lm agan  soliq  to io v c h ila rd a n   ibo rat.  Shu 

mamlakatning rezidentlarining daromadlari  (shu mamlakat hududida


va  undan  tashqarida  olinganlari  ham)  shu  mamlakatda  soliqqa 

tortilishi  shart.



S

Soliqlar 

—  qonunda  belgilangan  tartibdagi  stavka  b o ‘yicha 

xo'jalik  yurituvchi  sub’ektlardan  va  fuqarolardan  davlat  tom onidan 

davlat  yoki  mahalliy byudjetga olinadigan  majburiy to'lovlar.  Soliq, 

yig'im,  boj  va  boshqa  to'lovlar  deyilganda  qonuniy  aktlar  asosida 

belgilangan  tartibda  va  shartlarda  to'lovchilar  tom onidan  tegishli 

darajadagi  byudjetlarga yoki  byudjetdan tashqari  fondlarga  majburiy 

badallarning  to'lanishi  tushuniladi.  Belgilangan  tartibda  olinadigan 

soliqlar,  yig'imlar,  bojlar  va  boshqa  to'lovlaming  yig'indisi  soliq 

tizimini  tashkil  etadi.



Soliq  to'lovchilami  hisobga  olish  (qayddan  o'tkazish) 

—  ulami 

xo'jalik yurituvchi sub’ektning identifikatsiyalashuvini ta’minlaydigan 

soliq  to'lovchining  Davlat  reestriga  kiritish  orqali  amalga  oshiriladi. 

Soliq  to'lovchilar  majburiy  ravishda  soliq  organlarida  hisobdan 

(qayddan)  o'tishi  shart.  Bunda  bank  va  boshqa  kredit  tashkilotlari 

soliq  to'lovchilar  tomonidan  ularning  soliq  organlarida  hisobdan 

(qayddan)  o'tganligini  tasdiqlovchi  m a’lum otnom ani  taqdim  

etganlaridan so'nggina ulaiga hisob-kitob va boshqa hisob varaqlarini 

ochishi hamda belgilangan muddat ichida ularga (soliq to'lovchilarga) 

xabar berishi  kerak.  Ko'rsatilgan talablar bajarilmagan holda  bank va 

boshqa kredit tashkilotlarining rahbarlari belgilangan tartibda m a’muriy 

jazoga  tortiladilar.

Soliq asosi, negizi (bazasi) 

— umumiy holda belgilangan soliqqa 

tortish  davri  mobaynida  m a’lum  hududdagi  soliq  to'lovchilar  va 

soliqqa  tortish  ob’ektlarining  yig'indisi.



Soliq  og'irligi  (yuki,  «zulmi») 

—  davlat  va  jam iyat  hayotida 

soliqlaming rolini xarakterlab (ko'rsatib) beradigan eng umumlashgan 

ko'rsatkich.  Ishlab  chiqarishning  umumiy  hajmi  va  daromadlarda 

soliq  ajratm alarining  salm og'ini  (hissasini)  ko'rsatuvchi,  bozor 

iqtisodiyotining  amalga  oshirilayotgan  modelidan  kelib  chiqadigan 

o'lcham.  Soliq  yig'imlarining  jami  milliy  mahsulotga  (yalpi  ichki 

mahsulotga)  nisbati  bilan  aniqlanadi.



Soliq  imtiyozi 

—  soliq  to'lovchi  soliq  majburiyatlari  hajmining 

to'liq yoki  qisman qisqarishi, to'lov muddatining kechiktirilishi yoki


orqaga  surilishi.  Soliqlaming  rag'batlantiruvchi  funksiyasi  soliq 

imtiyozlari  tizimi  orqali  amalga  oshiriladi.  Soliq  imtiyozi  soliqqa 

to rtish  o b ’ek tin ing  o 'zg arish id a ,  so liq q a  to rtish   b azasining 

kamayishida  (qisqarishida),  soliq  stavkalarining  pasaytirilishida  va 

boshqalarda  o'z  ifodasini  topadi.  Soliqqa  tortilmaydigan  ob’ekt 

minimumi, alohida shaxslar va soliq to'lovchilaming ayrim toifalarini 

soliq  to'lashdan  ozod  qilish,  soliqqa  tortish  ob’ektidan  ayrim 

elementlarni  chiqarish,  soliq stavkalarini  pasaytirish,  maqsadli  soliq 

imtiyozlari,  soliq  kreditlari  (soliqlaming  undirilishini  kechiktirish) 

va  boshqalar  soliq  imtiyozlarining  ko'rinishlaridir  (turlaridir). 

Masalan, korxonalar foydasidan olinadigan soliq bo'yicha imtiyozlar 

ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va  uy-joy  qurilishini  rivojlantirish 

xarajatlarini  moliyalashtirishni,  tadbirkorlikning  kichik  shakllarini, 

nogironlar  va  pensionerlaming  bandligini  ta’minlashni,  ijtimoiy- 

madaniy  va  tabiatni  muhofaza  qilish  sohalarini  rag'batlantirishga 

qaratilgandir.  Individual  xarakterga  ega  bo'lgan  soliq  imtiyozlarini 

berish,  odatda,  ta’qiqlanishi  kerak.

Soliq stavkasi 

— soliqqa tortish birligiga to'g'ri keluvchi soliqning 

hajmi (miqdori,  darajasi).  Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga bog'liq 

bo'lm agan  holda  soliqqa  tortish  birligiga  nisbatan  absolyut 

summalarda o'matiladi.  Proporsional stavkalar daromadning hajmiga 

(miqdoriga)  bog'liq  bo'lmagan  holda unga  nisbatan  bir xil  foizlarda 

belgilanadi.  Progressiv  soliq  stavkalari  soliqqa  tortiladigan  daromad 

hajmining  ortishi  bilan  oshib  boradi.  Regressiv  soliq  stavkalari  esa, 

aksincha,  daromadning  ortib  borishi  bilan  pasayadi.

Soliq  tizimi 

—  mamlakat  doirasida  (hududida)  to'lovchilardan 

(yuridik  va  jismoniy  shaxslardan)  belgilangan  tartibda  olinadigan 

soliqlar, yig'imlar va boshqa to'lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining 

shakl  va  uslublari  yig'indisi.

Soliq  yurisdiksiyasi 

—  davlat  soliq  organlarining  huquqiy 

masalalarni  va  soliq  huquqbuzarligi  to'g'risidagi  ishlarni  hal  qilish 

bo'yicha  qonunga  binoan  (yoki  boshqa  m e’yoriy  hujjatga  ko'ra) 

belgilangan vakolatlari  yig'indisi.  Bu vakolatlar ikki  me’zon bo'yicha 

aniqlanadi:  l)rezidentlik;  2)  hududiylik.  Bular, o'z  navbatida soliqqa 

tortiladigan  darom adlam ing  tarkibini  aniqlab  beradi.  Barcha 

mamlakatlarda  bu  m e’zonlarni  qo'llashda  yagonalik  boim aganligi 

uchun  ikki  m arta  soliqqa  tortish  muammosi  vujudga  keladi. 

M e’zonlarni  tanlash  har  bir  mamlakatning  milliy  manfaatlari  bilan



bog'liqdir.  Ayrim  mamlakatlar  amaliyotida  bu  m e’zonlarni  turli 

variantlarda  kombinatsiya  qilib  qo'llash  keng  tarqalgan.  Masalan, 

AQSh  va  Buyuk  Britaniyada  asos  sifatida  rezidentlik  m e’zoni 

olinsada,  u  mamlakatlaming  aniq  manfaatlariga  bog'liq  ravishda 

h u d u d iy lik   m e z o n i  b ila n   to 'l d ir ilg a n .  L o tin   A m e rik a si 

mamlakatlarida  esa  soliq  yurisdiksiyasi  ustuvorlik  bilan  hududiylik 

m e’zonini  qo'llash  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  tartib  Fransiya, 

Shveytsariya  va  boshqa  mamlakatlaming  soliq  amaliyotida  ham 

muhim  ahamiyat  kasb  etgan.

Soliq  qonunchiligi 

—  davlatda  soliqlaming  turi,  ularni  undirish 

mexanizmi  va  soliq  majburiyatlarining  vujudga  kelishi,  o'zgarishi 

va  to'xtashini  tartibga  solib  turuvchi  yuridik  m e’yorlar  yig'indisi; 

moliyaviy huquq  instituti.  Soliq huquqi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 

tuzilishi  (qurilishi),  uning  vazifa  va  funksiyalari  bilan  belgilanadi.



Soliq  badallari  (toMovlari) 

—  soliq  qonunchiligi  bo'yicha 

belgilangan  tartibda  va  muddatda  soliq  to'lovchilar  tom onidan 

to'lanadigan,  hisoblangan  yoki  qat’iylashtirilgan  summalar.  Ulami 

hisoblash tartibi har bir soliq turi bo'yicha qonunga binoan aniqlanadi.

Soliq 

bitimlari-Moliya vazirligi  tom onidan tasdiqlangan byudjet 

daromadlari va xarajatlari  klassifikatsiyasining daromadlar qismidagi 

har  bir  soliq  va  boshqa  majburiy  to'lovlarga  mo'ljallangan  qism, 

band,  kod  va  moddaga  muvofiq  vakolatli  banklarning  hisob-kitob 

hisob varag'iga yoziladigan,  hisoblangan  va haqiqatda kelib tushgan 

soliq  badallari  (to'lovlari)  va  moliyaviy  sanksiyalar.

Soliq  hisob-kitoblari 

—  yuridik  shaxslar  tom onidan  qonunda 

ko'zda  tutilgan  muddatlarda  buxgalteriya  hisoboti  bilan  birgalikda 

soliq  organlariga  taqdim   etilib,  o 'zid a  m a ’lum  hisobot  davri 

mobaynida to'lanishi lozim bo'lgan  hisoblangan to'lovlar summasini 

aks ettiradi.  Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga 

ko'ra  har  bir  soliq  turi  bo'yicha  alohida-alohida  belgilanadi.


Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling