A. V. Vahobov, T. S. Malikov


Jismoniy shaxslardan olinadigan  mahalliy soliqlar


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/75
Sana20.10.2017
Hajmi5.09 Mb.
#18289
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75

Jismoniy shaxslardan olinadigan  mahalliy soliqlar 

-   yer uchun 

to'lovlar (yer solig'i, yer uchun ijara haqi),  reklama solig'i,  mahalliy 

yig'im lar  (birjada  amalga  oshirilgan  bitim lar  bo'yicha  yig'im , 

mahalliy  auksion  va  lotereya  o'yinlarini  o'tkazish  huquqi  uchun 

litsenziya  yig'imi,  savdo  qilish  huquqi  uchun  yig'im  va  boshqa 

maqsadli  yig'imlar)dan  iborat.

Jon  soligM 

—  har  bir  soliq  to'lovchidan  teng  sum m alarda 

olinadigan  soliq.


Z

Zararlar 

—  fuqarolik  huquqida  qonunga  xilof harakatlar  tufayli 

bir shaxs  (yuridik yoki jismoniy) tomonidan ikkinchi shaxsga (yuridik 

yoki jismoniy) yetkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli. Zararlar 

mahsulot, ish, xizmatlami sotishdan, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlami 

talab qilib olmasdan voz kechishdan,  to'liq amortizatsiya qilinmagan 

asosiy  fondlarga  barham  berishdan  va  boshqalardan  vujudga  kelishi 

mumkin.  M ahsulot,  ish  va  xizmatlaming  bahosi  ularning  to ‘liq 

tannarxidan  past  bo'lganda  ham  zararlar  paydo  bo'ladi.

I

Ikki marta soliqqa tortish 

— 

1) 

soliqlami  daromad (kapital)ning 

y ag o n a  m a n b a id a n   o lin is h i;  2)  q o 's h m a   k o rx o n a  x o rijiy  

ishtirokchisining  foydasini  xorijga  o'tkazilayotgan  paytda  soliqqa 

tortish va xuddi shu foydani  xorijiy ishtirokchi  mamlakatida soliqqa 

tortilishi;  3)  sof foyda (daromad)  (korporatsiyalar foydasi) va undan 

to'lanadigan  dividentlarni  ular  shaxsiy  daromadga  aylanayotgan 

paytda  soliqqa  tortish.  Boshqa  mamlakatda  to'langan  soliqlami  bu 

mamlakatda  hisobga  olish  yoki  bir  mamlakatdagi  soliqqa  tortish 

manbaini  ikkinchi  mamlakatda  soliqqa  tortishdan  ozod  qilish  yo'li 

bilan  ikki  marta  soliqqa  tortishdan  qutilish  mumkin.  1979  yilda 

BMT  tom onidan  manfaatdor  davlatlar  o'rtasidagi  munosabatlarda 

ikki  marta soliqqa tortishga barham berish uchun  maxsus konvensiya 

ishlab  chiqilgan  bo'lib,  uning  asosida  ikki  tom onlam a  bitim lar 

imzolanadi.  Ular  tom onidan  o'm atilgan  soliqqa  tortish  tartibiga 

ko'ra  qo'shm a  korxona  xorijiy  ishtirokchisi  o ‘z  foydasini  xoryga 

o'tkazayotgan  paytda  qo'shim cha  soliqdan  ozod  qilinadi.



Investitsiyalar 

—  yuridik jihatdan  mustaqil  bo'lgan  korxonaga 

uzoq  muddat  (bir  yildan  kam  bo'lmagan)  davomida  qo'shim cha 

foyda  olish,  ta’sir  etish  doirasini  sotib  olish  maqsadlarida  yoki  shu 

sohada  o 'z  faoliyatini  tashkil  qilgandan  ko'ra  uni  shunday  qo'yish 

(sarf etish)  afzalroq  bo'lganligi  uchun  kapitalni joylashtirish.  Foyda 

(daromad)  olish va  ijobiy  ijtimoiy  samaraga  erishish  maqsadida pul 

m ablag'lari,  m aqsadli  bank  o m o n a tlari,  aksiyalar  va  boshqa 

qimatbaho  qig'ozlar,  texnologiyalar,  mashinalar,  asbob-uskunalar, 

litsenziyalar,  kreditlar,  boshqa har xil  mulklar yoki  mulkiy huquqlar



hamda  intellektual  boyliklami  tadbirkorlik  va  faoliyatning  boshqa 

turiari ob’ektlariga qo‘yilishining barchasi investitsiyalar hisoblanadi. 

Investitsiyalarning moliyaviy,  real,  yalpi,  sof,  xususiy va davlat kabi 

turiari  bo‘lishi  mumkin.



Investitsion  soliq  krediti 

—  soliq  to'lovchi  tomonidan  m a’lum 

bir  hududning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  bo'yicha  juda  muhim 

buyurtmani bajarganligi yoki shu hudud aholisiga juda muhim xizmatni 

taqdim etganligi uchun unga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan 

soliq summasi doirasida beriladigan yengillik,  imtiyoz (soliq to'lovining 

kechiktirilishi).  Bu  kredit  soliq  to'lovchi  va  mahalliy  ma’muriyat 

o'rtasida tuziladigan  soliq bitimi  bilan  rasmiylashtiriladi.  Investitsion 

soliq  kreditini  taqdim  etish  (berish),  rasmiylashtirish  va  qaytarish 

tartibi  «Investitsion  soliq  krediti  to 'g ‘risida»gi  qonunga  muvofiq 

belgilanadi.

Investor 

—  1)  o 'z,  qarziy  va  jalb  qilingan  m ab lag 'lam i 

investitsiyalar shaklida joylashtirishni amalga oshiruvchi va ularning 

maqsadli foydaianilishini  ta’minlovchi  investitsion  faoliyat sub’ekti; 

2) qimmatbaho qog'ozlarni soiib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.

Imtiyoz — m a’lum bir majburiyatlarni  bajarishdan qisman  (yoki 

to'liq)  ozod  etish,  m a’lum  bir  qulayliklarga  ega  bo'lish,  masalan, 

soliq  imtiyoziga.



Ish faolligi solig'i 

— bir necha  xorijiy mamlakatlaming (masalan, 

AQShda)  soliqqa  tortish  amaliyotida  qllanilib,  o'z  tarkibiga  ikki 

elementni oladi:  1) korxonaning umumiy yillik oborotni soliqqa tortish 

(odatda  1,0 foizdan 2,5 foizgacha);  2)  ish haqi fondini soliqqa tortish.

Ish haqi soligM 

— yuridik shaxslardan ish haqi xarajatlariga nisbatan 

va  xodimlaming  ish  haqidan  ma’lum  foizda  olinadigan  soliq.

Import-eksport  soligM 

—  soliqqa  tortishning  ko'rinishlaridan 

biri; tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). 

Soliqqa  tortish  ob’ekti  bo'lib  belgilangan  kurs  bo'yicha  milliy 

valyutada  hisoblangan  tovarlaming  boj  qiymati  yoki  og'irlik  va 

miqdor  birliklarida  ifodalangan  tovarlaming  soni  hisoblanadi.



Iste’mol  soligM 

—  bir  necha  mamlakatlardagi  soliqlar  guruhi, 

daromad sarf qilinayotgan  paytda  olinadi.  Qo'shilgan  qiymat solig'i 

va  aksizlar  ana  shunday  soliq  tarkibiga  kiradi.  Bojxona  bojlarini 

ham  iste’mol  soliqlari  qatoriga  kiritish  mumkin.  Bu  soliqlaming 

ayrim lari  davlat  foydasiga  olinsa,  boshqa  birovlari  m ahalliy 

byudjetlarga  borib  tushadi.


Ijtimoiy  soliqlar 

—  ish  haqi  va  ishchi  kuchiga  nisbatan 

qo'llaniladigan soliqlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ijtimoiy 

ta’minotga  badallaridan  (ajratmalaridan)  tarkib  topadi.



Imtiyozli  soliqqa  tortish 

—  jismoniy  yoki  yuridik  shaxslami 

soliqlardan  to ‘liq  yoki  qisman  ozod  etish.

Ijara haqi 

— ijara  sharoitida  (sharti  bilan)  taqdim  etilgan  mulk 

uchun  to'lovning  turi.  Asosiy  fondlarning  alohida  ob’ektlari  ijaraga 

olinganda  ular  ijara  shartnomasining  butun  amal  qilish  davomida 

teng  hissalarda  (qismlarda)  mahsulot  tannarxiga  kiritiladi.

Y

Yig'imlar 

—  qonun  aktlariga  muvofiq  belgilangan  tartibda  va 

shartlarda  to'lovchilar  tom onidan  tegishli  darajadagi  byudjetlarga 

yoki  byudjetdan tashqari  fondlarga o'tkaziladigan  majburiy badallar. 

Ularning  tarkibiga  savdo-sotiq  qilish  huquqi  uchun  yig'im,  shu 

jum ladan,  ayrim  turdagi  mahsulotlami  sotish  huquqini  beruvchi 

litsenziya  yig'imlari,  yuridik  shaxslami,  shuningdek,  tadbirkorlik 

faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslami  ro'yxatga olganlik 

uchun  yig'im,  avtotransport  to'xtash joyidan  foydalanganlik  uchun 

yig'im,  obodonchilik  ishlari  uchun  yig'im  va  boshqalar  kiradi.



Yo‘1  fondini  shakllantiruvchi  soliqlar 

—  yoqilg'i-moylovchi 

m ateriallam i  sotishdan  olinadigan  soliq,  avtomobil  yo'laridan 

foydalanuvchilardan  olinadigan  soliq,  tran sp o rt  vositalarining 

egalaridan  olinadigan  soliq  va  transport  vositalarini  sotib  olganlik 

uchun  to'lanadigan  soliqdan  iborat.



К

Kafolat  fondi 

—  davlat  qarzi  bo'yicha  to'lovlarni  o'z  vaqtida 

amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki  va xorijdan mablag' 

jalb qilish bo'yicha  O'zbekiston Respublikasi  majburiyatlaridan kelib 

chiquvchi  to'lovlarni  amalga oshirish  uchun  mablag'lami jamlashga 

shart-sharoit  yaratish  maqsadida  respublika  byudjeti  tarkibida 

tuziladigan  fond.

Korxonalaming  davlat  reestri 

—  soliq  to'lovchilarni  soliq 

inspeksiyasida hisobga olish uchun qo'llaniladi va xo'jalik yurituvchi 

sub’ektlarni  identifikatsiyalashtirishni  ta’minlaydi.



Ko'chmas  mulk 

—  yer  bilan  mustahkam  bogiiq  b o ig an   yer 

maydonlari,  alohida  boigan  suv  ob’ektlari,  o'rmonlar,  ko‘p  yillik 

0‘simliklar,  binolar,  inshootlardan  iborat.  Ulaming  ko‘chirilishi  shu 

narsalaming moijallanganligiga zarar yetkazadi.  Ko‘chmas mulkning 

tarkibiga  davlat  qaydidan  0‘tgan  havo  va  dengiz  kemalari,  kosmik 

ob’ektlar  ham  kiradi.  Ko‘chmas  mulkning  asosiy  belgisi  sifatida  yer 

hisobga olinadi.  Qonun bo‘yicha ko'chmas mulkning tarkibiga boshqa 

mulklar,  masalan,  korxona  yoki  xonadonlar  ham kiritilishi  mumkin.

Korxona  mulki 

—  asosiy  fondlar,  nomoddiy  aktivlar  va  ishlab 

chiqarish  zaxiralarining  yig‘indisidan  iborat.  Uning  tarkibiga: 

materiallar,  tayyor mahsulot,  kelgusi  davr xarajatlari,  hisobot davrida 

(kunida)  mahsulot  tannarxi  tarkibiga  kiritilmagan,  lekin  amalga 

oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlari, qoldiq mahsulotlaming muomala 

xarajatlari  va  ortib  jo 'n atilgan   m ahsulotlar,  bajarilgan  ishlar, 

ko'rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi.  Soliqqa tortish bazasi (asosi) 

hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,  kam baholi 

va  tez  eskiradigan  predmetlarning  qiymatidan  eskirish  summasi 

chiqarib  tashlanadi.

Kvota 

—  1)  tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro birlashma 

ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok etish hissasi; 

2) xalqaro iqtisodiy yoki moliya- valyutaviy tashkilotning ustav fondi 

yoki  kapitalida  mamlakatning  badali;  3)  soliqqa  tortish  birligi dan 

olin ad ig an   soliqning  stavkasi  (absolyut  ifodada  yoki  hissa 

ko'rinishida);  4)  nimaningdir  qismi,  hissasi,  normasi  (m e’yori), 

miqdoriy  cheklanishlar.



Korporatsiyalarning  daromadidan  olinadigan  soliq 

—  daromad 

solig‘i  va  foyda  solig'ining  (ayrim  mamlakatlarda)  o'm iga  barcha 

kompaniyalaming foydasidan qat’iy foizda olinadigan soliq.  Barcha 

korporativ  organ  va  nokorporativ  assotsiatsiyalarga  nisbatan 

qoilaniladi.  Taqsimlanadigan  dividentlar  summalaridan  ham  soliq 

olishni  taqoza  etadi.

Kasb  solig'i  (kasbiy  soliq) 

—  mahalliy  hokimiyat  organlari 

tom onidan  tadbirkorlik  faoliyatining  barcha  turlaridan  har  yili 

olinadigan  to'g'ri  (bevosita)  soliqlardan  biri.  Masalan,  Fransiyada 

kasb  solig'i  (kasbiy  soliq)ning  stavkasini  hisoblashda  baza  sifatida 

k o 'c h m a s   m ulk  ija ra s in in g   q iy m a ti,  ish la b   c h iq a r is h d a  

foydalanilayotgan barcha asbob-uskunalarning qiymati  (sub’ektning 

o'z  mulkimi  yoki  ijaraga  olganmi,  bundan  qat’iy  nazar),  ish  haqi



fondining  qiymati  va  boshqalar  xizmat  qiladi.  Kasb  soligM  (kasbiy 

soliq)ning summasi  asos  raqamlari va  mahalliy  hokimiyat organlari 

tom onidan  belgilanadigan  koeffitsient  asosida  hisoblanadi.  Bunda 

uning summasi  korxonada yangidan yaratilgan  mahsulotning maMum 

bir  foizidan  (masalan,  5  foiz)  oshmasligi  lozim.

Kvotativ  soliqlar 

—  daromad  yoki  mulk  qiymatining  puldagi 

ifodasiga  nisbatan  foizlarda  o'm atiladigan  soliqlar.

Kontingentlashtirilgan  soliqlar 

—  umumiy  summasi  oldindan 

o ‘rnatiladigan va so‘ng m a’muriy birliklardan tortib to  alohida soliq 

toMovchilar  o'rtasida  taqsimlanadigan  soliqlar.



L

Lizing 

—  moliya-kredit  munosabatlarining  shakllaridan  biri 

boMib,  korxonalar  tomonidan  mashina,  asbob-uskuna  va  shunga 

o ‘xshashlami  uzoq  muddatli  ijaraga  olinishini  anglatadi.  Lizingda 

uning  o b ’ektlari  odatda  (lekin  majburiy  tartibda  emas)  ijaraga 

beruvchi  korxonaning  balansidan  ijaraga  oluvchi  korxonaning 

balansiga  pirovardida  o'tkaziladi.  Bu  tartibdagi  bitimlar  ijarachi 

korxona uchun foydali  hisoblanib, ular moliyaviy zarar ko‘rmaydilar 

va  odatda,  soliq  va  amortizatsiya  imtiyozlariga  ega  boMadilar.

Litsenziya 

—  u  yoki  bu  mahsulotni  tayyorlash,  xo'jalik  ishlab 

chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish,  mahsulotning 

m a’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish,  olish kirish, 

olib  chiqish  yoki  o'tkazib  ketishga  davlat  yoki  mahalliy  boshqaruv 

organlarining  rasmiy  ruxsati  (roziligi).  Savdo  qilish  huquqi  yoki 

lotereya  va  mahalliy  auksionlami  o'tkazish  uchun  litsenziya  uch 

nusxada rasmiylashtiriladi.  Birinchi nusxa ijarachiga (o'tkazuvchiga, 

shug'ullanuvchiga)  beriladi,  ikkinchisi  tum an  soliq  inspeksiyasiga 

yo'llanadi,  uchinchi  nusxa  esa  tegishli  qaror,  xat  va  unga  ilova 

qilingan  hujjatlar  bilan  birgalikda  tum an  yoki  shahar  m a’muriya- 

tining  ish jildida saqlanadi.  Litsenziya olish  uchun murojaat etayot­

gan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huqu­

qiga  ega  ekanliklari  to'g'risida  guvohnomaga  ega  bo'lishlari  shart.



London klubi 

— o'z hukumatlarining kafolatlarisiz Sobiq ittifoqqa 

ssuda taqdim etgan 600 yirik g'arb bank-kreditorlaming birlashmasi. 

1996  yilda  Rossiya va  London  klubi  o'rtasida  kelishuvga erishilgan 

bo'lib, unga muvofiq  32  mlrd. AQSh dollari  miqdoridagi Rossiyaning


tashqi  qarzi  (shundan,  25  mlrd.  AQSh  dollari-asosiy  qarz,  7  mlrd. 

AQSh  dollari  esa-asosiy  qarz  b o 'y ich a  to 'lan m ag an   foizlar) 

muddatidan  oldin  restrukturizatsiya qilingan va unga ko'ra,  bu qarz 

navbatdagi  25  yilga  qayta  rasmiylashtirilgan  va  5  yillik  imtiyozli 

davr  taqdim  etilgan  edi.

M

MahaUiy byudjet 

—  Davlat byudjetining tegishli viloyat,  tuman, 

shahar pul  mablag'lari  fondini  tashkil  etuvchi  bir qismi  bo'lib,  unda 

daromadlar  manbalari  va  ulardan  tushumlar  miqdori,  shuningdek 

moliya yili mobaynida aniq  maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar 

sarfi  yo'nalishlari  va  miqdori  nazarda  tutiladi.



Mahalliy soliqlar va yig'imlar 

— mahalliy byudjetlaiga olinadigan 

jism oniy  va  yuridik  shaxslaming  majburiy  to'lovlari.  Ularning 

tarkibiga  quyidagiiar  kiradi:  mol-mulk  solig'i,  yer  solig'i,  reklama 

solig'i,  avtotransport  vositalarini  olib  sotganlik  uchun  soliq,  savdo- 

sotiq  qilish  huquqi  uchun  yig'im,  shu  jum ladan,  ayrim  turdagi 

tovarlami  sotish  huquqini  beruvchi  litsenziya  yig'imlari,  yuridik 

shaxslami,  shuningdek,  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug'ullanuvchi 

jismoniy  shaxslami  ro'yxatga  olganlik  uchun  yig'im,  avtotransport 

to'xtash joyidan  foydalanganlik  uchun  yig'im,  obodonchilik  ishlari 

uchun  yig'im  va  boshqalar.

Mahsulot  tannarxi  tarkibiga  kiritiladigan  mahsulotni  ishlab 

chiqarish  va  sotish  xarajatlari 

—  maxsus  Nizom  asosida  belgilanib, 

uning tarkibiga mahsulot  (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish bilan bevosita 

bog'liq  bo'lgan  xarajatlar,  tabiiy  xom-ashyo,  yer,  o'rm on,  suv 

resurslaridan  foydalanish  bilan  bog'liq  bo'lgan  xarajatlar,  ishlab 

chiqarishni  tayyorlash  va  o'zlashtirish  xarajatlari,  texnologik 

jarayonlarni takomillashtirish va mahsulot sifatini oshirish bilan bog'liq 

bo'lgan  nokapital  xarakterdagi  xarajatlar,  tajriba-eksperimental  va 

ixtiro  xarajatlari,  ishlab  chiqarish  jarayoniga  xizmat  ko'rsatish 

xarajatlari  kabilar  kiradi.



Mahsulotning  boj  qiymati 

—  mahsulot  chegaradan  o'tayotgan 

paytda  uning  egasi  tom onidan  e ’lon  qilinadigan  qiymat.  Uning 

to'g'riligini  aniqlash  ustidan  nazorat  mahsulotlami  rasmiylashti- 

ruvchi  bojxona  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Mahsulot­

laming  boj  qiymatini  aniqlashda  turli  metodlardan  foydalaniladi:



a)  kiritilayotgan  mahsulotlaming  bitim  bahosi  bo'yicha  (eng  ko‘p 

q o 'llaniladigan  m eto d );  b)  turdosh  (bir  turdagi,  b ir  xildagi) 

mahsulotlar  bitim  bahosiga  ko'ra;  v)  qiymatni  hisoblash  metodi 

bo'yicha;  g)  qiym atlarni  qo'shish  yo'li  bilan;  d)  rezerv  metodi 

boyicha.

Maxsus  bojxona  bojlari 

—  bojxona  bojlarining  ko'rinishlaridan 

biri  bo'lib,  agar  mamlakatga  olib  kirilayotgan  mahsulotlar  shunga 

o'xshash mahsulotlami ishlab chiqaruvchi mamlakatning o'zidagilarga 

zarar yetkazadigan bo'lsa, himoya vositasi bo'lib xizmat qiladi.  Boshqa 

m am lakatlam ing  diskrim inatsion  harakatlariga  nisbatan  javob 

tariqasida  ham  qo'llanilishi  mumkin.

Maqsadli  soliq  imtiyozlari 

—  xo'jalik  yurituvchi  s u b ’ekt 

tomonidan  davlatning  maqsadli  ijtimoiy,  iqtisodiy,  investitsion  va 

boshqa  dasturlarining  bajarilganligi  uchun soliqqa  tortish  hajmining 

pasaytirilishi.  Investitsion  soliq  kreditidan  farqli  ravishda  o'zaro 

manfaatdorlik (o'zaro  foydalilik) asosida mintaqaviy byudjetga borib 

tushuvchi  soliq  summalari  doirasida  ijroiya  hokimiyati  organlari 

tomonidan  har  qanday  korxonaga  berilishi  mumkin.



Maqsadli ajratmalar 

— nobyudjet fondlarning daromadlar qismini 

shakllantiradi.  Bu ajratmalarning manbai  ishlab chiqarilgan (yaratilgan) 

yalpi  ichki  mahsulot  bo'lib,  uning hisobidan  birlamchi  daromadlami 

shakllantirish  jaray o nida  ijtim oiy  m aqsadlar  uchun  nobyudjet 

fondlarga,  mehnat haqi  fondiga bog'langan va mahsulot tannarxining 

tarkibiga kiritiladigan to'lovlaming tegishli qismi tarkib topadi: pensiya 

fondiga,  majburiy  tibbiyot  sug'urtasi  fondiga  va  h.k.



Maqsadli  byudjetdan  tashqari  (nobyudjet)  fondlar 

—  qarang: 

Byudjetdan  tashqari  (nobyudjet)  fondlar.

Maqsadli  xorijiy  kredit 

—  loyihalarning  maqsadlariga  muvofiq 

ravishda  tovariar,  ishlar  va  xizmatlaming  haqini  to'lash  yo'li  bilan 

mablag'lami  xorijiy  valyutada  qaytarilish  va  tiklash  asosida  taqdim 

etilishini  ko'zda tutgan  holda hukumatning tashqi  qarz olish  Davlat 

dasturiga  kiritilgan  loyihalarini  moliyalashtirish  shakli.  U lar xorijiy 

davlatlarning  hukum atlari,  banklari  va  firmalarining  kreditlariga 

bog'langan  kreditlarni  va  xalqaro  moliyaviy tashkilotlaming  nom o­

liyaviy  kreditlarini  o 'z   ichi  ga  qamrab  oladi.

Ma’muriy  javobgarlik 

—  m a’muriy  huquqbuzarlikni  sodir 

etganligi  uchun  fuqarolar  va  mansabdor  shaxslar  javobgarligining 

shakllaridan  biri.



Moliya 

— davlatning funksiyalari va vazifalarini  bajarish hamda 

kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  uchun  sharoitlami  yaratish 

maqsadida  markazlashtirilgan  va  markazlashtirilmagan  pul  mab­

lag'lari  fondlarini  shakllantirish,  taqsimlash  va  ulardan  foydalanish 

jarayonida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlar  tizimi.



Moliya  yili 

—  birinchi  yanvardan  o'ttiz  birinchi  dekabr  kuni 

oxirigacha  bo'lgan  vaqtni  o'z  ichiga  oluvchi  davr.

Moliya tizimi 

— davlat va korxonalar pul  mablag'lari  fondlarini 

shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va metodlari tizimi.

Moliyaning  funksiyalari 

—  moliya  m ohiyatining  am alda 

namoyon  bo'lishi.  Uning  taqsimlash  va  nazorat  funksilari  mavjud.

Moliyaviy  resurdar 

—  davlat  va  korxonalar  pul  mablag'lari 

maqsadli  fondlarining  majmui.  Ular o'sishining  asosiy sharti  milliy 

darom adning  ko'payishidir.  Mamlakatning  moliyaviy  resurslari 

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan yig'ma moliyaviy balansda 

o'z ifodasini topadi.  U o'z ichiga davlat byudjet tizimi,  hukumatning 

nobyudjet  fondlari  va  turli  mulkchilik  shaklidagi  korxonalaming 

(amortizatsiya  va  ularning  ixtiyoriga  qoladigan  foyda  summasi) 

resurslarini  qamrab  oladi.

Moliyaviy apparat 

— moliyaviy boshqaruvni  amalga  oshiruvchi 

o rg a n la r.  O 'z b e k is to n d a   u la rn in g   ta rk ib ig a   O 'z b e k is to n  

Respublikasining  Oliy  majlisi  va uning  ikki  (Senat va  Qonunchilik) 

palatalari,  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Davlat  soliq 

qo'm itasi,  Davlat  bojxona  qo'mitasi  va  ularning  joylardagi  quyi 

organlari,  turli  mulkchilik  shakllaridagi  korxonalarda  moliyani 

operativ  boshqarish  funksiyasini  amalga  oshiruvchi  moliyaviy 

bo'lim lar va  boshqarmalar va  h.k.lar  kiradi.

Moliyaviy bozor 

— qisqa, o'rta va uzoq muddatli kreditlar hamda 

fond  qim m atlari,  y a’ni,  aksiyalar  obligatsiyalar  va  qim m atli 

qog'ozlam ing  boshqa  ko'rinishlari  bozori.  Birlamchi  moliyaviy 

bozorda yangi  qimmatli  qog'ozlar chiqariladi,  ikkilamchi moliyaviy 

bozorda esa, oldin chiqarilgan qimmatli qog'ozlaming qayta sotilishi 

sodir  etiladi.

Moliyaviy  nazorat 

—  m oliyaviy  b osh q aru v   tiz im in in g  

elementlaridan biri, barcha iqtisodiy sub’ektlaming (davlat, hududiy- 

m a’muriy  bo'linmalar,  korxona  va  tashkilotlar)  moliyaviy  faoliyati 

moliyaviy-xo'jalik  qonunchiligiga  rioya  etilishi,  amalga  oshirilgan 

xarajatlarning maqsadga muvofiqli,  moliyaviy-xo'jalik operatsiyalari-



ning  iqtisodiy  samaradorligi  ustidan  amalga  oshiriladigan  qiymatiy 

nazoratning  alohida  sohasidir.



Moliyaviy  mexanizm 

—  moliyaviy  m unosabatlam i  tashkil 

etishning davlat tom onidan o ‘rnatilgan shakllari, turiari va metodlari 

tizimi.  Davlat  tom onidan  tartibga  solishning  darajasiga  bogMiq 

ravishda  ikkiga  boMinadi:  direktiv  moliyaviy  mexanizm  va  tartibga 

soluvchi  moliyaviy  mexanizm.  Direktiv  moliyaviy mexanizm  davlat 

bevosita  ishtirok  etadigan  munosabatlar  (soliqlar,  davlat  krediti, 

byudjet jarayoni  va  boshqalar)  bilan  bogMangan.  Tartibga  soluvchi 

moliyaviy  mexanizm  esa,  davlatning  manfaatlariga  to'g'rida-to'g'ri 

ta’sir  etmaydigan  moliyaviy  munosabatlardan  (masalan,  korxona 

ichki-xo‘jalik  faoliyatini  tashkil  etish)  foydalanishning  asosiy 

yo‘nalishlarini  belgilab  (aniqlab)  beradi.



Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling