A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
11.4-rasm. Pog'onali uzatmalar:
a - tasmali; b - zanjirli; d - tishli; e - shnekli; f - reyka va reyka tishili g 'ildirak; g - reyka va reykali shnek; h - vintli; i - kinematik zanjir. 11.5. Tokarlik dastgohlari. Tokarlik-vint qirqish dastgohlari Tokarlik-vint qirqish dastgohlari xilma-xil ishlami bajarish uchun m o‘ljallangan. Bu dastgohlarda shakldor yuzalar yo‘nish, silindrik va konussimon teshiklami yo‘nib kengaytirish; ko‘ndalang kesim yuzalarini yo'nish; tashqi va ichki rezbalar ochish: teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash; tanavorlami qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlami bajarish mumkin. Tokarlik-vint qirqish dastgohlarining asosiy parametrlari ishlov beriladi gan tanavoming staninadan yuqoridagi eng katta diametri va dastgoh markazlari orasidagi eng katta masofadir. Markazlar orasidagi eng katta masofa ishlov beriladigan detaining eng katta uzunligini belgilaydi. Tokarlik-vint qirqish dastgohlarining bu asosiy parametr- laridan tashqari, ulaming tegishli DS larda belgilangan muhim 186 oMchamlariga ishlov beriladigan tanavorning supportdan b o igan eng katta diametri: shpindelining eng katta aylanish chastotasi; shpindel teshigidan o ‘ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel mar- kazining o'lchami, keskichning eng katta balandligi kiradi. Sanoati- mizda, asosan, 160-1250 mm li tanavorga ishlov bera oladigan va markazlari orqali 12500 mm bo‘lgan tokarlik-vint qirqish dastgohlari ishlab chiqariladi. Tokarlik-vint qirqish dastgohlari aniqligini oshirish, boshqari- lishini takomillashtirish, surish tezliklari diapazonini kengaytirish, texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash borasida rivojlan- tirilmoqda. Tokarlik-vint qirqish dastgohlarida tanavorning aylanishi asosiy harakat, keskichli supportning harakati esa surish harakatidir. Boshqa barcha harakatlar yordamchi harakatlarjumlasiga kiradi. Tokarlik-vint qirqish dastgohlari deyarli bir turdagi komponovkaga ega, bunday komponovkaga 1K62 dastgohi misol bo‘la oladi (11.5- rasm). Uning asosiy uzellari jumlasiga stanina (2), old (shpindelli) bab- ka (1), fartuk (4), keskich tutkichli support (3), orqa babka (5) kiradi. Old babkada tezliklar qutisi, surish qutisi ( 8 ) joylashtirilishi mumkin. Stanina dastgohning barcha asosiy uzellarini o‘matish uchun xizmat qiladi va uning asosi hisoblanadi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling