A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
-rasm. Listdan vakuumdan yoki havo (yoxud bug') bosimidan
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.12-rasm. Vakuumda qoliplash y o ‘li bilan presslash sxemasi
6.11-rasm. Listdan vakuumdan yoki havo (yoxud bug') bosimidan
foydalanib, matritsaga у о ‘nalgatt botirish usulida shtamplash. Termoplastning shtamplanadigan listi qisqichlar ( 2 ) ga mahkamlanadi; buyum (3) qolipda to sovuguncha qoldiriladi. Erkin botirishda shakl hosil qilish usuli yirik buyumlar tayyor lashda qoilaniladi, bu usulda havoning bosimidan hamda vakuum usuli yoki pnevmatik usuldan foydalaniladi. Ayni usulda buyum shtamp devorlariga ishqalanmaydi, bu esa tiniq optik buyumlarining silliq yuzalarini hosil qilishda juda muhimdir. 6.12-rasm. Vakuumda qoliplash y o ‘li bilan presslash sxemasi 6 . 1 2 -rasmda vakuum usulida erkin botirish sxemasi tasvirlangan. Qizdirilgan list tanavor botirish halqasi ( 2 ) bilan siqish halqasi (3) 97 orasiga qisqichlar (4) yordamida siqiladi. Vakuum-kameradan havo so‘rib olina borgan sari tanavor ( 6 ) halqa (2) orqali botadi. Botish qiymati ko‘rsatkich (5) bilan nazorat qilinadi va vakuum nasosning uzilishi (ajratilishi) bilan belgilanadi. Pnevmatik usulda erkin botirish vakuum usulida botirish kabidir. Presslash. Plastmassalami presslash deganda ulami yopiq kameralarda (press-qoliplarda) bosim ta ’sir ettirib ishlash tushuniladi. Presslash odatdagi presslash bilan quyma presslash ga boiinadi. Odatdagi presslash usuli qizdirib va sovuqlayin presslash turlariga bo‘linadi; odatdagi presslash usuli press-qolipga solinadigan material miqdori juda aniq bo‘lishini talab etadi, chunki pressmaterialning juda oz miqdorigina puanson (1) bilan matritsa (3) orasidan siqib chiqariladi. Buyum (2) hosil qilishda materialning siqib chiqarilgan ortiqcha miqdori grot shuningdek, piter deb ataladi. Qizdirib presslash turi eng ko‘p tarqalgan. Buyum presslash uchun presskompozitsiya (granulalar, smola shimdirilgan to‘qimalar va boshqalar tarzida) qizdirilgan press-qolipga solinadi, bu yerda u qizib plastik bo‘lib oladi. Press-qolip sekin-asta yumila borgan sari presskompozitsiya qolipning barcha chuqurlik va bo‘shliqlarini to'ldiradi. Buyum to qotguncha bosim ostida tutib turiladi. Ko‘pincha presskompozitsiya qolipga solish oldidan 80-150 °C gacha qizdirib olinadi (buyumning kesimi katta boMganda qizdirib olish usulidan ayniqsa, ko‘p foydalaniladi), shunday qilinganda ish unumi ortadi va presslash vaqtida bosimni kamaytirishga imkoniyat tug‘iladi. Presskompozitsiya yuqori chastotali tok bilan qizdiriladi, yuqori chastotali tok molekulalar orasida sodir bo‘ladigan ishqalanish hisobiga pressmaterial ichida issiqlik ajralib chiqishini ta’minlaydi (molekulalaming ishqalanishi tok yo‘nalishi o ‘zgarganda ulaming burilishidan kelib chiqadi). Press-qolip, odatda, bu, gaz, o ‘ta qizigan suv yoki elektr toki bilan 160-135 °C gacha qizdiriladi, qizdirib presslashda bosim 100-550 kG/sm 2 bo‘ladi. Qizdirib presslash usulida, asosan, fenol-formaldegid smolalari asosida tayyorlangan kompozitsiyalar va aminoplastlar, shuningdek, armaturalangan poliefir plastikalaridan buyumlar tayyor lanadi. Qizdirib presslash usuli shakli murakkab bo‘lmagan chuqur buyumlar (masalan, televizorlar va radiopriyomniklaming, telefon apparatlarining korpuslari), shuningdek, ko‘plab ishlab chiqarishda 98 mayda buyumlar (tugmachalar, taqalar va shu kabilar) tayyorlashda qoilaniladi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling