A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
6.2.1. Yelim materiallar
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida turli detallardan (buyumlardan) ajralmas birikmalar hosil qilish uchun yelimlash jarayonidan keng foydalaniladi. Buning uchun turli yelimlardan foydalaniladi. 103 Yelimlar - muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan konstruksion materiallami (buyumlar yoki detallami) bir-biriga mahkam yopishtiradigan yopishqoq materiallardir. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yelimlar, asosan, hayvon, o‘simlik va smola yelimlariga bo‘linadi. Hayvon yelimining asosini organik moddalar, o ‘simlik yelimlari asosini oqsillar, smola yelimlari asosini esa sintetik moddalar tashkil etadi. Hayvon yelimlariga kollagen yelimlar, shuningdek, kazeinli va albuminli yelimlar, o ‘simlik yelimlariga soya, kanakunjut, (xashaki no‘xat) dan olingan yelimlar, smola yelimlariga Б -3, К Б-3 markali fenolformaldegidli, M K-1, М -2, К М -12, K -17 markali karbamidli (mochevina formaldegidli) hamda ЦНИИПС-2 yelimlari va bosh qalar kiradi. Yelimlar qanday moddalardan tayyorlanishiga qarab, go‘shtlarda, suyak, baliq, kazein, albuminli hayvonot yelimlari, loviya, no‘xat, kunjut, kartoshka, jo ‘xori, guruch kraxmallaridan olinadigan o ‘simlik yelimlari va smolalardan tayyorlanadigan yelimlarga bo‘linadi. Faner tayyorlashda, asosan, albuminli, kazein, o‘simlik yelimla- ridan foydalaniladi. Namga, suvga chidamli fanerlar va yelimlangan yog‘ochdan qurilish konstmksiyalari tayyorlashda smola yelimlaridan foydalaniladi. Go‘shtparda va suyak yelimlari duradgorlik yelimlari hisoblanib, ular qushxona va teri zavodlari chiqindilarini pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan yelimlar yordamida har qanday materialni shu turdagi yoki boshqa turdagi material bilan (masalan, yog‘och bilan yoki metall bilan) birlashtirib turli ajralmas birikmalar hosil qilish mumkin. Tarkibi sintetik materiallardan iborat boMgan yelimlaming asosiy hamda zaruriy xususiyatlari shundan iboratki, ular yordamida hosil qilingan birikmalar atmosferaga, korroziyaga va chirishga chidamlidir. Yelimlaming yana bir afzal tomoni shundaki, yelimli birikmalar har qanday ajraluvchi (boltli, shpilkali, vintli va h.) hamda ajralmas (parchinmixli, payvandlangan) birikmalarga nisbatan ancha yengil bo‘ladi, tannarxi arzon, tuzilishi sodda bo‘ladi. Sintetik yelimlar, avtomobil, aviatsiya, kemasozlik, elektro va radiotexnika, yog‘ochni qayta ishlash, poyabzal, poligrafiya va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng ishlatilmoqda. 104 Yelimli birikmalar puxta chiqishi uchun: a) yelimlanadigan sirdar silliq boim asligi, ya’ni sirtlar, g‘adir-budur, notekis bo‘lishi kerak; b) yelimlangan birikma yelim qurib qotgunga qadar qayta ishlanmasligi lozim; d) hosil qilingan birikmani qisqichlar orasiga olib, qurigunga qadar qo‘zg‘atmaslik zarur. Quyida maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o ‘quv yurtlarining o ‘quv ustaxonalarida ko‘proq ishlatiladigan ba’zi yelimlaming tarkibiy qismlari va xususiyatlari hamda yelimlash texnologiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi. Konstruksion metallar va nometall materiallami termoizolat- siyalarga, gazlamalarga va dekorativ qoplama materiallariga yelimlab biriktirish uchun B K -32-2, BKT-2H, 8 8 H, ПУ-2М, AK-20, ПК-10, XBK-20 va boshqa yelimlar ishlatiladi. Metailmas materiallar (yog‘ochlar, shisha, plastmassalar, teksto- litlar, penoplastlar va b.) ВИАМ-ВЗ va ПУ-2 yelimlari bilan birik- tiriladi. Organik shishaga boshqa materiallami yelimlash uchun ВЗ-Ф9, B K -32-70 va ПУ-2 yelimlari ishlatiladi. Rezinalar o ‘zaro va metallar bilan 8 8 H, К П -6-18, ЧНБ, BKP-7, КТ-15, KT-25 yelimlari yordamida biriktiriladi. Yelimlash jarayoni quyidagi tartibda bajarilishi kerak: a) yelimla nadigan yuzalar turli iflosliklardan tozalanishi va g ‘adir-budur qili- nishi lozim; b) biriktiriladigan sirtlaming bir tomoniga qo‘lda cho‘tka va pulverizator yordamida yelim surtilishi kerak; d) biriktiriladigan detallami havoda (xona haroratida) tutib turib yelim tarkibidagi uchuvchi moddalar chiqib ketishiga imkon berish zarur; e) biriktiri ladigan sirtlami birlashtirib, qisuvchi yoki bosuvchi qurilmalar bilan qisib qo‘yish kerak; f) qisib yoki bostirib qo‘yilgan detallami m aium haroratda muayyan vaqt davomida saqlash lozim, chunki turli yelimlaming qotish harorati va muddati har xil boiadi; g) biriktirilgan detallami tozalash va birikmaning mustahkamligini tekshirish (bunda birikmay qolgan joylar y o iig a e’tibor berish) kerak va h. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling