A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Havo muhitida va vakuumda suyuqlantirilgan po‘lat tarkibidagi
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Po ‘lat quyish usullari
Havo muhitida va vakuumda suyuqlantirilgan po‘lat tarkibidagi
gaz, metailmas qo‘shimchalar miqdori 7.4-jadval Po‘latni suyuqlantirish usuli Po‘latdagi qo‘shimchalar miqdori, % 0 2 H2 N2 Boshqa metailmas qo‘shimchalar Gaz muhitida 0,0192 0,003 0,0056 0,039 Vakuumda 0,0019 0,0005 0,0028 0,0042 Po ‘lat quyish usullari Sanoatda po‘lat quyishning asosan uchta usulidan foydalaniladi: • po‘latni qolipga ustidan quyish; • po‘latni qolipga tagidan kiritib quyish; • po‘latni uzluksiz quyish. Yirik, zich sifatli quymalar olishda po‘latni qolipga ustidan quyish usulidan foydalaniladi. Bunda metall har bir qolipga kovsh bilan alohida-alohida quyiladi. Bundan tashqari, quyilayotgan metall haroratining pastroq boMishi uning shlak, gazlardan to‘laroq tozalanishini ta’minlaydi. Mayda va o ‘rtacha og‘irlikdagi quymalar olishda po‘latni qolipga tagidan kiritib quyish usuli ishlatiladi. Bunda bir yo‘la bir necha qolipga metall o‘zaro tutashtirilgan markaziy quyish tizimi kanali orqali tagidan bir tekisda kiritiladi. Bu usulda bir vaqtning o‘zida sirti tekisroq boigan, kirishish bo‘shlig‘i bo‘lmagan ko‘plab quymalar olinadi. Yuqorida ko‘rilgan quyish usullarining kamchiliklarini bartaraf etishga oid izlanishlar natijasida metallni uzluksiz quyish usuli kashf etildi. Bu usul yuqorida ko‘rsatilgan usullardek metall qoliplar, qizdirish pechlarini talab etmaydi, chiqindi miqdori 5-8 marta kam, ish unumi esa yuqori bo‘ladi. Temir oksididan temimi ajratish darajasiga qarab uni sekin, qaynaydigan va chala qaynaydigan xillarga ajratish mumkin. Qaynaydigan po‘lat quymalar olish uchun po‘lat avval pechda I'erromarganes bilan chala qaytarilib, so‘ngra qolipda uglerod hisobiga qaytariladi. Bunda metalldan ajralayotgan CO gazi aralashtirilayot- 127 ganda u qaynaydi va ajralayotgan gaz pufakchalarining ko‘pi quymada qoladi, kirishish bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Bunday quymalarning sifati sokin poMat quymalardan pastroq bo‘ladi. Suyultirilgan po‘latda temir ikki oksidi, azot erib, uning mexanik va texnologik xossalarini pasaytiradi. Shu sababli eritilgan po‘latdan sifatli quymalar olishda oldin u qaytariladi. Qaytaruvchi birikmalar sifatida ferromarganes, ferrosilitsiy, alu- min ishlatiladi. Qaytarish jarayonida quyidagi reaksiyalar boradi: FeO + Mn = Fe + MnO + Q kkal 2FeO + Si = 2Fe + S i0 2 + Q kkal 3FeO + 2A1 = 3Fe + A120 2 + Q kkal Metalining qanchalik tozalanganligini shlakdan olingan namuna rangiga qarab bilsa bo‘ladi. Namunaning rangi qora bo‘lsa, metall oksidlaridan yaxshi tozalanmagan bo‘ladi. Bu holda yana qisman qaytaruvchilar kiritilishi kerak bo‘ladi. Shlak metall oksidlaridan tozalangani sari oqarib boradi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling