(7.4-rasm).
Elektr-yoy pechlari,
o ‘z navbatida, elektrod 1 ning
o‘rnatilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
• elektrodlari tik (vertikal) o ‘matilgan pechlar (ular po‘lat ishlab
chiqarishda ishlatiladi);
• elektrodlari yotiq (gorizontal) o ‘matilgan elektr pechlari (ular
quymakorlik sexlarida rangli metallar qotishmalarini suyuqlantirishda
ishlatiladi).
Bu pechlarda tok birinchi elektroddan metallga,
undan ikkinchi
elektrodga o ‘tadi. Natijada tok zanjiri hosil bo‘ladi. Elektr yoyi
elektrodlar bilan pechga solingan shixta orasida hosil boiadi. Elektr-
yoy pechlari sirti po‘lat list bilan qoplangan bo‘lib,
ichki devorlari
o ‘tga chidamli g ‘ishtlardan teriladi. Pechning yuqori qismi
gumbaz
deb, tagi esa
tub deb ataladi. Shixta materiallarini
pechga tezroq
yuklash maqsadida gumbaz ajraladigan qilinadi. B a’zi pechlaming
yon tomonlariga shixta materiallari solinadigan darcha, ikkinchi
tomonidan esa suyuq metall chiqaradigan nov qilinadi.
7.4-rasm. Elektr-yoy pechL
Pech elektrodlari ko‘mir yoki grafitdan diametri 200-600 mm,
uzunligi 3000 mm gacha qilib tayyorlanadi. Elektrodlaming diametri
quw atiga qarab belgilanadi. Bir tonna po‘lat olish uchun 5-10 kg
grafit elektrod sarf bo‘ladi.
124
Pechning kamchiligi shuki, unda olingan po‘lat tarkibida N2, 0 2,
llj, gazlar hamda metallmas qo‘shimchalar bo‘ladi.
Ular metallning
mexanik xossalarini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: