A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Quymalarda uchraydigan nuqsonlar. Ma’lumki, quymakorlik 
sanoatida olinadigan quymalarda ba’zan turli nuqsonlar, ya’ni 
kimyoviy tarkibi va strukturasining notekisligi, cho'kish bo‘shlig‘i, 
kovaklik, gaz pufaklari, likvatsiya kabi nuqsonlar uchraydi. Bunday 
nuqsonlar quyidagicha hosil bo‘ladi, ya’ni quyma soviyotganda uning 
hajmi ma’lum darajada kichrayadi, natijada quymaning yuqorigi 
qismida cho'kish boshlig'i deb ataladigan bo‘shliq paydo bo‘ladi. 
Bundan tashqari, suyuq eritmada erigan gazlar metall qotayotganda 
ajralib chiqib, o ‘mida g‘ovaklar yuzaga keladi va ushbu quymalar 
nuqsonlari sharoitga qarab, quymaning ustki qismiga yoki butun 
sig‘imga taralgan holda bo‘lishi mumkin.
Kimyoviy jihatdan turli jinslilik, ya’ni eritmadagi yoki 
qotishmadagi qo‘shimchalaming quymada notekis taqsimlanish 
hollari ham bo‘ladiki, bu hodisa likvatsiya deyiladi va u tegishli 
qotishmaning mexanik xossalarini pasaytiradi. Likvatsiya hodisasi
135


suyuq qotishmaning (masalan, po‘latning) notekis kristallanishidan 
kelib chiqadi.
Ayniqsa, po‘lat quymalarda uchraydigan yana bir nuqson 
g ‘uddalardir. G ‘uddalar suyuq po‘lat qolipga quyilayotganda sachra- 
shi va tomchilar tarzida quymaga yopishib qolishidan hosil bo‘ladigan 
notekislikdir.
Endi yuqorida keltirilgan quymalardagi ba’zi nuqsonlaming oldini 
olish uchun sanoat miyoqsida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar bilan 
tanishishni zarur deb hisoblaymiz.
Quymada cho'kish b o ‘shlig‘i /zosil bo‘lmasligi uchun qolipda 
p ribil deb ataladigan maxsus bo‘shliqlar qilinadi. Qolipga suyuq 
metall quyilganda u qolipni to ‘ldirib, pribilga o ‘tadi va cho‘kish 
bo‘shlig‘i quymada emas, balki pribilda hosil bo'ladi, pribil esa 
quymadan kesib tashlanadi.
Quymada gaz pufakchalari hosil bo‘lmasligi uchun suyuq 
metallni qolipga quyishdan oldin unga maxsus qaytargichlar, masalan, 
ferrosilitsiy, 
ferromarganes, ferroaluminiy, silikokalsiy qo‘shiladi, 
qolipda gaz chiqish kanallari soni ko‘paytiriladi, quyish yo‘llari to‘g‘ri 
tanlanadi, metallning qolipga quyish vaqtidagi harorati to‘g‘ri 
belgilanadi. Quymalarda uchraydigan nuqsonlardan darzlar Aamda 
yoriqlar ko‘pincha quymaning notekis sovishidan kelib chiqadi. 
Mayda darzlar, yoriqlar, sirti kovakliklar va shu kabilar metallizator 
yordamida suyuq metall purkash yo‘li bilan tuzatilishi mumkin. 
Bundan tashqari, quymada ko‘p miqdorda metailmas qo ‘shilmalar- 
shlak, qolip aralashmasi, shuningdek, pech va cho‘michning o ‘tga 
chidamli qoplamalaridan o ‘tadigan qo‘shilmalar quymaning tuzatib 
bo‘lmaydigan nuqsonlari jumlasiga kiradi.
Qolipga quyilgan qotishma (masalan, suyuq cho‘yan) ning sovish 
tezligi katta bo‘lsa, quymaning sirti qatlami oqarib qoladi, ya’ni oq 
cho‘yanga aylanadi. Kesib ishlanishi lozim bo‘lgan cho‘yan quymalar 
uchun bu hodisa nuqson hisoblanib, bunday cho‘yanni kesib ishlash 
qiyinlashadi. Bunday nuqsonni yo‘qotish uchun quymalar termik 
ishlash orqali albatta yumshatilishi kerak.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling