A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


Download 6.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/147
Sana17.11.2023
Hajmi6.21 Mb.
#1782616
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   147
Bog'liq
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

Tekshirish uchun savollar
1. Quyma buyumlar tayyorlash texnologiyasi qanday jarayonlami 
o ‘z ichiga oladi?
2. Quymalar olishning qanday maxsus usullari mavjud?
3. Markazdan qochirma quyish usuli haqida ma’lumot bering.
4. Vagranka pechining tuzilishini tushuntiring.
5. Suyuq metallami qoliplarga quyish necha usulda olib boriladi?
6. Quymakorlik sanoatida eng ko‘p ishlatiladigan quymabop 
materiallar to‘g‘risida ma’lumot bering.
7. Quymakorlikda qaysi rangli metall va qotishmalar keng 
ishlatiladi?
8. Quymalarda qanaqa nuqsonlar uchraydi?
9. Cho‘kish bo‘sh!ig‘i deb nimaga aytiladi?
139


10. Quyma tarkibidagi metailmas qo‘shilmalarning la ’sirini ay-
ting.
11. Nusxa tayyorlash texnologiyasi qanday amalga oshiriladi?
12. Texnikada ishlatiladigan nusxalar necha turga bo'linadi?
13. Nusxalar qanday materiallardan tayyorlanadi?
14. Steijen tayyorlash texnologiyasi haqida ma’lumot bering.
15. Sterjenlar qanaqa materiallardan tayyorlanadi?
16. Detal tayyorlashda steijenning vazifasi nimadan iborat?
140


9. 
KONSTRUKSION MATERIALLARNI BOSIM BILAN 
ISHLASH. METALLARNI PROKATLASH, PRESSLASH VA
KIRYALASH
9.1. Bosim bilan ishlash usullari va ularning fizik asoslari
Mashinasozlikda metallami bosim bilan ishlashning quyidagi 
usullari keng tarqalgan.
1. Prokatlash. Bunda tayyorlanma prokatlash mashinasining 
qarama-qarshi tomonlarga aylanuvchi silindrik jo ‘valari orasidan ezib 
o ‘tkazib ishlanadi. Bunda tayyorlanmaning ko‘ndalang kesimi yuzi 
kichrayib, bo‘yiga uzayadi. Bu usulda listlar, polosalar, chiviqlar, har 
xil shaklli mahsulotlar tayyorlanadi.
2. Kiryalash. Bunda tayyorlanma uning ko‘ndalang kesimidan 
kichik bo‘lgan, kirya (asbob) teshigidan (ko‘zidan) tortib o ‘tkaziladL 
Bu usulda turli diametrdagi chiviqlar, simlar, quvurlar va shakldor 
boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
3. Presslash Bunda tayyorlanma ahvoli silindrik konteynerga 
kiritilib, uning matritsa deb ataluvchi asbobi ko‘zidan puanson yorda­
mida siqib chiqariladi. Bu usulda turli o‘lchamli chiviqlar, 
quvurlar va shakldor boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
4. Bolg'alash. Bunda ko‘pincha zarur haroratda qizdirilgan 
tayyorlanma bolg‘aning pastki bo‘yoq muhrasiga (dastaki bolg‘a- 
lashda sandonga) qo‘yib, bolg‘aning ustki muhrasi bilan zarblanadi. 
Bu usulda val, shatun, tishli g‘ildirak va boshqa detallaming chala 
mahsulot (pokovka) lari olinadi.
5. Shtamplash. Bunda ko‘pincha zamr haroratgacha qizdirilgan 
tayyorlanma shtampning pastki palla bo‘shlig‘iga qo‘yilib, bolg‘a 
babsiga o ‘matilgan shtampning ustki pallasi bilan zarb beriladi. Bunda 
tayyorlanma deformatsiyalanib, shtamp bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Bu 
usulda turli shakldagi mahsulotlar (tishli g‘ildirak, tirsakli val va 
boshqa tayyorlamnalar) olinadi.

Download 6.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling