A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1-rasm. Model komplekti.
Model tayyorlash. Ma’lumki, quymakorlik sanoatida biror quyma
detal olish uchun avval uning modeli tayyorlanadi. Bunday modellami turli yog‘och, metall, qotishma yoki boshqa materiallardan tayyorlash aytilgan edi. 8.1-rasm, b da vtulkaning yog‘ochdan ajraluvchi ikki pallali qilib tayyorlangan modeli keltirilgan. Modelning shakli 136 quymaning shakliga aynan o ‘xshash bo‘ladi, o ‘lchamlari esa kattaroq qilinadi, chunki qolipga quyilgan metall qotishida m a’lum darajada kirishadi. 8.1-rasm. Model komplekti. Quymakorlik sanoati qolip tayyorlash uchun foydalaniladigan va eng ko‘p ishlatiladigan ba’zi qotishmalaming chiziqli kirishish darajalari 8.1-jadvalda keltirilgan. Ba’zi qotishmalaming chiziqli kirishish darajalari 8.1-jadval Qotishmalar nomi Chiziqli kirishish darajasi, % Qotishmalar nomi Chiziqli kirishish darajasi, % Kulrang cho‘yan Oq cho‘yan Uglerodli po‘lat Marganesli po‘lat Titan va uning qotishmalari l,i0-0,3 1.7-2,0 2,0-2,5 2.8-3,0 Aluminiyli qotishmalar Magniy qotishmalari Qalaysiz bronza Rux qotishmalari 0,9-1, 2 1,0-1,6 2,3-2,5 0,9-1,2 1,5-2,3 Qalayli bronza 1.4-1,6 Jez 1,3-1,8 137 Shuni ta ’kidlash lozimki, hajmiy va erkin kirishish darajalari turli metall, qotishma va nometall materiallar uchun har xil bo‘lishi amalda tasdiqlangan. Shuning uchun turli materiallardan nusxalar tayyorlash- da bu parametrlami ham hisobga olish zarur, aks holda tayyorlangan quyma detal (buyum) olcham lari aniq chiqmaydi. Nusxa tayyorlashda uning qolipdan oson chiqishi lozimligi ham nazarda tutiladi. Nusxani qolipdan chiqarish oson bo‘lishi uchun uning vertikal yuzalari m a’lum darajada qiya qilib tayyorlanadi. Bu qiyalik yog‘och nusxalar uchun 0° 15 dan 3° gacha, metall nusxalar uchun esa 0°20 dan 0°30 gacha bo‘ladi. Yog‘och nusxalar qarag‘ay, archa, zarang, olcha, j o ‘ka, qora qayin kabi qattiq yog‘och navlaridan, metall nusxalar esa turli qotishmalardan tayyorlanadi. Yog‘och nusxalar nam tortmasligi uchun ulaming sirti nam o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Har xil qotishmalardan olinadigan quymalaming nusxalari turli rangga bo‘} aladi. Masalan, cho‘yan va po‘lat nusxalar qizil, rangdor metall nusxalar esa sariq rangga bo‘yaladi. Kesib ishlanishi lozim bo‘lgan quymalaming sirtiga qora dog‘lar (belgilar) qilinadi. Quymada bo‘shliqlar hosil qilish lozim bo‘Isa, sterjenlardan foydalaniladi. Sterjenni qolipga o ‘matish uchun esa qolipda tayanch yuzalar hosil qilinadi. Qolipda tayanch yuzalar hosil qilish uchun nusxada bo‘rtiqchalar qoldiriladi. Bunday tayanchlaming sirti qora rangga bo‘yaladi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling