Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etilayotgan mavzular


Download 128.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.04.2023
Hajmi128.11 Kb.
#1350912
  1   2   3   4
Bog'liq
5-Ma\'ruza



5.Mavzu: Plastik deformatsiya. 
Reja: 
1. 
Kuchlanishlarni turlari
2. 
Metallarning elastik va plastik deformatsiyalanishi
3. 
Metallardagi o`ta plastiklik
4. 
Metallarning yemirilishi 
 
Tayanch iboralar: Plastik deformatsiya, kuchlanish turlari, siljish yuzalar, naklyop, 
dislokatsiya zichligi, yemirilish turlari, deformatsiyalangan struktura, polikristallardagi plastik 
deformatsiya. 
Kuchlanishlarni turlari 
Kuch ta'siri ostida metall jismlarining o`z formasini o`zgartirishga deformatsiyalanish 
deb ataladi. Metallarni deformatsiyalanishi faqat tashqi kuch ta'siridagina ro`y bermasdan balki, 
metallar faza o`zgarishida hajmini o`zgarishi yoki temperaturani beqaror o`zgarishi ta'sirida ham 
ro`y berishi mumkin. 
Kuchlanish (zo`riqish) bo`ylama kuch ta'sirida bo`lsa =P/Ғ MPa bo`ladi. 
Lekin, odatda ta'sir etayotgan kuch P yuziga (Ғ) perpendikulyar bo`lmaydi, balki biror bir 
burchak ostida ta'sir qiladi. Ana shuning uchun kuchlanish ikki turga bo`linadi, ya'ni normal (^) 
hamda urinma (t) kuchlanishga. Normal kuchlanish cho`zilishda ham, siqilishda ham hosil 
bo`ladi. 
Deformatsiya momentiga mos kelgan yuzaga nisbatan kuchlanish sof kuchlanish deb 
ataladi. Deformatsiyadan oldingi yuzaga nisbatan kuchlanish esa shartli deb ataladi. 
Kuchlanish metall deformatsiyalanayotganda bir xil hajm bo`yicha tarqalmaydi. 
Kuchlanishni notekis taqsimlanishiga ataylab teshilgan ariqchalar (nadrez) darzlar, materialning 
ichki nuqsonlari geometriyadagi beqaror o`zgarishlar, teshikchalar ta'sir ko`rsatadi. Ana shunday 
nuqsonlar (nuqsonlar) kuchlanishi ma`lum joyda kuchaytirishga (oshirishga) olib keladi. Lekin 
qancha nuqson kichik bo`lsa, kuchlanishini to`planishi shuncha katta bo`ladi. 
Kuchlanishni hosil bo`lishini har xil sabablari bo`lgani kabi, kuchlaiish ham vaqtinchalik, 
ya'ni faqat kuch ta'siri paytidan keyin yo`qoladigai, yoki kuch ta'siri olingandan keyin ichki 
kuchlanish sifatida metall ichida qoladigan bo`lishi mumkin.
Ichki qoldiq kuchlanishlar, faqat mexanik deformatsiya ta'siridagina paydo bo`lmasdan 
balki metalni tez sovitish (isitish) natijasida yoki butun hajm bo`yicha notekis qizdirish (sovitish) 
natijasida bo`lishi mumkin. Bunday qoldiq kuchlanishlar issiqlik yoki termik qoldiq 
kuchlanishlar deb ataladi. Umuman kuchlanishlar kristallanish jarayonida ham hosil bo`lishi 
mumkin yoki butun hajm bo`yicha struktura o`zgarishlari bir xil bo`lmaganda yoki metall
bir tekis deformatsiyalanmaganda ham ichki qoldiq kuchlanishlar mavjud bo`lishi mumkin. 
Bunday ichki kuchlanishlarga strukturaviy yoki fazoviy ichki kuchlanishlar deb ataladi. 
 

Download 128.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling