A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion
Suyuqlanuvchi nusxa yordamida quyma olish
Download 6.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Nurmurodov S.D. Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoliplar yordamida quymalar olish
Suyuqlanuvchi nusxa yordamida quyma olish usulida quyma olish
uchun oson suyuqlanuvchi materialdan-parafin, stearin, mum (bitum) va boshqalardan turli quymalaming nusxalari tayyorlanadi. Buning uchun esa p o iat, bronza yoki jezdan nusxa etaloni yasalib, bu etalonni oson suyuqlanuvchi qotishmaga botirish yo‘li bilan press-qolip tayyorlanadi. Ana shu press-qolip suyuqlantirilgan parafin, stearin, mum (bitum) bilan 3-6 atm (303-606 kN/m2) bosim ostida to'ldirilib, juda aniq nusxa hosil qilinadi. Shu usulda tayyorlangan bir necha nusxa blok qilib yig'iladi va quyish tizimiga tutashtiriladi. Keyin bu yig‘ilgan nusxalar bloki suyuq shisha yoki gidrolizlangan etil silikat (C 2 5 O 4 ) Si eritmasi bilan kvars kukuni qorishmasiga 2-3 marta botirib olinadi, shunda nusxalar blok sirtida 2-3 mm qalinlikdagi o ‘tga chidamli silliq qoplama hosil bo‘ladi. Nusxalar bloki zavodda 2-3 soat davomida quritilgandan keyin opoka ichida atrofi qolip aralashmasi bilan zich qilib to‘ldiriladi. Opoka ichidagilari bilan birga mufelli pechda qizdiriladi, bunda nusxalar va quyish tizimi suyuqlanadi hamda tashqariga olib chiqadi, natijada nusxalar va quyish tizimi o‘mi bo‘shab qoladi, ya’ni qolip hosil bo‘ladi. Bu qolip 800-900 °C gacha qizdiriladi, bunda qolip puxtalanadi va metall quyish uchun tayyor holga keladi. Bunday qolipga suyuq metall odatdagi usul bilan ham, markazdan ochirma usul bilan ham quyilishi mumkin. Bu usul bilan quyib hosil qilinadigan quyma zich bo‘ladi, demak, uning mexanik xossasi yaxshilanadi. Qoliplar yordamida quymalar olish uchun ko‘pincha qotish- malardan, masalan, cho‘yandan quymaning ikki pallali nusxasi (qolip ikki simmetrik qismdan iborat qilib tayyorlanadi, ya’ni avval qolipning birinchi yarmi, keyin ikkinchi yarmi bir har xil texnologik jarayonda bajariladi) yasaladi, nusxaning har bir pallasi metall plitaga mahkamlanadi. Ana shu nusxa asosida qobiq qolip (qolipning yarmi) tayyorlanadi. Qolip materiali sifatida kvars qumi kukuni bilan bakelit (fenol-formaldegid smolasi) kukuni (pulver-bakelit) aralashmasidan foydalaniladi. Ma’lum bir texnologik jarayon orqali tayyorlangan kabilar (ikkita yarimqolip) o ‘zaro birlashtiriladi va tayyor qobiq qolip hosil boiadi. Bu qolipga suyuq metall kiradigan teshik ochiladi, quti tik holatda o‘rnatiIib, atrofi qum bilan zich qilib toidiriladi va shundan keyin suyuq metall yoki qotishma quyiladi. Quymalarda ichki bo‘shliqlar hosil qilish zarur bo‘lgan hollarda qobiq (qolipning yarmi qoliplarga maxsus mashinalar yordamida 131 tayyorlangan qobiq steijenlar o ‘matiladi. Bunday qoliplar istalgan quymakorlik qotishmasidan quymalar olishga imkon beradi. Bunday qoliplarda olingan quymalaming olcham lari aniq chiqadi. Quymaning tannarxi korxonaning turi, quymaning materialiga, murakkabligiga, olcham lari, og‘irligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Download 6.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling