A xoljuvon qo‘rqadi deb b xoljuvonga rahmi kelib


Download 30.17 Kb.
Sana22.11.2021
Hajmi30.17 Kb.
#176413
Bog'liq
test 11


250. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida: «Peshonamda bir qiz bor, buning ham qo‘lini qabartirib kir yuvdiraymi», – deb turgan Rayhon arab nega qizini Xoljuvonga qo‘shib yuborishga rozi bo‘ladi?

A) Xoljuvon qo‘rqadi deb B) Xoljuvonga rahmi kelib

C) qizi ham kir yuvishni o‘rgansin deb D) Xoljuvonni o‘g‘irlatib, uyatga qolmayin deb

251. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi she’r qaysi qahramon tilidan

aytilgan?

Ko‘zlaring – tongning yulduzi,

Qoshlaring – daryo qunduzi,

O‘zing Shirvonning azizi,

Suv bergin, arabning qizi.

A) Ravshanbek B) Gajdumbek C) Go‘ro‘g‘libek D) Rustambek

252.«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz Go‘ro‘g‘liga achchiq qilib, labini tishlab, soldarini solib, yerga qarab bir tortganida G‘irotning tizzasidan pastini yerga kirgizib yuboradi?

A) Qovishtixon B) Rayhon arab C) Zaydinoy D) Rustamxon

253. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida quyidagi so‘zlarni kim kimga qarata

aytadi?«Yosh boshing bor, senga savob darkor emasmi? Suv bergan savobga botar emish, dilozor tip-tikka imonsiz qotar emish».

A) Go‘ro‘g‘li Zaydinoyga B) Xoljuvon Zaydinoyga

C) Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga D) Zaydinoy Xoljuvonga

254. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida Rayhon arabning Xoljuvonni olib

qochishida kim o‘zini aybdor his qiladi?

A) Ahmadbek B) Go‘ro‘g‘li C) Xoljuvon D) Urayhon

255. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonidagi Xumoroyning laqabini toping.

A) Zaydinoy B) Barchinoy C) Zulxumoroy D) Gulshanoy

256. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi so‘zlarni Xoljuvon

qanday maqsadda aytadi?

Yangi olamday qilganman o‘zimni,

Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni.

Sen qanday bemazasan, yo‘lovchi,

Qo‘yib yubor, mahkam ushla qizimni!

A) o‘ch olish maqsadida B) Rayhon arabdan qo‘rqqani uchun

C) Zaydinoyning ko‘ngli undan qolmasligi uchun D) o‘z yurtiga tezroq ketish uchun

257. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi she’r qaysi qahramon

tomonidan kimga qarata aytilgan?

Ostingda o‘ynaydi chin tulpor oting,

Rustamga o‘xshaydi shon-u shavkating.

Qayerda, mehmonsan, sening elating,

Ajdaho nishonim, qaydin bo‘larsan?

A) Rayhon arab tomonidan Go‘ro‘g‘liga

B) Go‘ro‘g‘li tomonidan Rustamga

C) Rayhon arab tomonidan Rustamga

D) Go‘ro‘g‘li tomonidan Rayhon arabga

258. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kim Go‘ro‘g‘libekning boshidan sallasini olib, Zaydinoyni G‘irotning yoliga teng tarozi qilib, egnidan, oyog‘idan o‘rab egarning qoshiga mahkam qilib boylab beradi?



A) Xoljuvon B) Rustambek C) Ahmadbek D) Urayxon

259. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Xoljuvon Zaydinoyni kimga omonat deb aytadi?

Yovmit elga boring sog‘-u salomat!

Arab qizi………………... omonat.

A) Go’ro’g’liga B) Ahmadbekka C) Rayhon Arabga D) Urayxonga

260. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi so’zlar qaysi qahramon tilidan kimga qarata aytilgan?

Otam sening bilmaganing bildirar,

Xanjar chekib qora bag‘ring tildirar.

Joningning hiylasin qilgin, yosh bachcha,

Rahmi kelmas, sizday mardni o‘ldirar!

A) Rayhon arab tomonidan Go‘ro‘g‘liga

B) Zaydinoy tomonidan Go‘ro‘g‘liga

C) Xoljuvon tomonidan Go‘ro‘g‘liga

D) Go‘ro‘g‘li tomonidan Rayhon arabga

261. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi so’zlar qaysi qahramon tilidan kimga qarat aytilgan?



Ne savdo ko‘tarmas mardlaming boshi

O‘ljasini tashlab ketmas mard kishi.

O‘ljasin tashlamoq — xotinning ishi.

Ot chopsa, shaqirlar tog‘larning toshi,

A) Rayhon arab tomonidan Go‘ro‘g‘liga

B) Zaydinoy tomonidan Go‘ro‘g‘liga

C) Xoljuvon tomonidan Go‘ro‘g‘liga

D) Go‘ro‘g‘li tomonidan Zaydinoyga

262. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida qaysi ot yuz quloch Tajan daryosiga duch kelganda, «mening otim toy» deya xavotirga tushib, ko‘zlarini yumib olgan egasini narigi tomonga o‘tkazib qo‘yadi?



A) Boychibor B) G‘irot C) Jiyronqush D) Rayhon arabning oti

263. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada Zaydinoy kimga nopisandlik bilan javob beryapti?



G‘o‘non toyni o‘ynatasan,

Sen ko‘nglimni qabartasan.

Yuraging kuysa, yo‘lovchi,

Chashmaning boshiga tushib,

O‘zing suv ichib ketarsan.

A) Xoljuvonga B) Ravshanga C) Go‘ro‘g‘liga D) Gajdumbekka

264. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida: «Kir yuvaman,» – deb Zaydinoyni



qirga olib chiqaman, shuni olib qochib ketsangiz, hamma or-nomusga

barobar bo‘ladi, siz Gulshan chorbog‘da yotib turing», – deb Go‘ro‘g‘liga kim,

nima uchun aytadi?

A) Xumoroy, Rayhon arabni yomon ko‘rgani uchun

B) Xoljuvon, qiz olib qochish odati shunaqa bo‘lgani uchun

C) Xoljuvon, Rayhon arab o‘zini olib qochgani uchun

D) Xumoroy, Shirvonda bandi bo‘lganligi uchun

265. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimni bo‘ynidagi ko‘rpasi daryolardagi namatchilarning namatiday bo‘lib suvda aylanib botgani qo‘ymay oqib borayotibdi. Suv qo‘ymay oqizib ketayotibdi. Baliqlar: «Bizga yaxshi ovqat kelib qoldi», — deb har yer-har yeridan tishlab kelayotibdi.



A) Go’ro’g’lining B) Rayhon arabning C) Xoljuvonning D) Zaydinoyning

266. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning to’qson chitdan bo’lgan ko’rpasi bor edi?

A) Go’ro’g’lining B) Rayhon arabning C) Xoljuvonning D) Zaydinoyning

267. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Go‘ro‘g‘li Yovmit elidan araz urib kelmay ketgan kunidan beri uyda ilonday to‘lg‘anib, ayiqday ag‘anab ham o‘g‘lidan, ham xotinidan ayrilib yotgan» obraz qaysi?

A) Gajdumbek B) Rustambek C) Ahmadbek D) Yusufbek

268. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach,



uni qayerga olib boradi?

A) Yovmit shahriga B) Shirvon yurtiga C) Taka turkman yurtiga D) Mari bekligiga

269. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon Xoljuvonga yetisha olmasa-da, har yili Ahmadbekning yo‘qligini poylab, pana yerlardan turib uni ko‘rib ketar, ko‘rmasa kasal bo‘lib qolar va uni har doim olib qochish payida bo‘lar edi?



A) Shohdorxon B) Rayhon arab C) Go‘ro‘g‘li D) Odilxon

270. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining ota-onasini toping.



A) Xoljuvon va Ravshanbek B) Xoljuvon va Gajdumbek

C) Bibi Hilol va Ravshanbek D) Bibi Hilol va Rustambek

271. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach,



uni kimga nikohlaydilar?

A) Rustambekka B) Go‘ro‘g‘liga C) Gajdumbekka D) Ahmadbekka

272. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li qaysi yurtni: «Katta taraf dushmanimning mamlakati», – deya tilga oladi?

A) Marini B) Taka turkmanni C) Yovmitni D) Shirvonni

273.«Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida qaysi qahramon kelishi bilan TakaYovmit elida burilishlar bo‘ladi, eng muhimi u el-yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi?

A) Ravshan B) Gajdumbek C) Go‘ro‘g‘li D) Rustambek

274. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga Zaydinoyni

kimga omonat ekanligini aytadi?

A) Rustambekka B) Ahmadbekka C) Gajdumbekka D) Ravshanbekka

275. Darslikdagi «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostoni qaysi baxshining varianti hisoblanadi?

A) Muhammad Jomurot o‘g‘li Po‘lkan shoirning

B) Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining

C) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining

D) Saidmurod Panoh o‘g‘lining

276.Go‘ro‘g‘li ismining o‘zagi hisoblangan «kur» so‘zi qanday ma’nolarni

bildiradi?

A) «o‘t», «olov», «quyosh», «qir», «tog‘» «kir»

B) «olov», «qo‘ra», «qadah», «o‘t», «qir», «tog‘»

C) «quyosh», «o‘t», «olov», «qo‘r», «qir», «tog‘»

D) «qir», «tom», «quyosh», «o‘l», «olov», «qo‘r»

277.«Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida qahramonlarning portretiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, quyidagi Go‘ro‘g‘lining portretida qanday tasvir vositalaridan foydalanilgan?

«Rustambek shunday qarasa, Go‘ro‘g‘li o‘n besh kunlik oyday, qaddiqomati, shoni-shavkati, har kishining bo‘lar ekan o‘ziga yarasha hurmati».

A) o‘xshatish, sa’j, ta’did B) tazod, o‘xshatish, sa’j

C) iyhom, sa’j, ta’did D) o‘xshatish, tanosib, ta’did

278.«Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining g‘ayritabiiy tug‘ilishi

nimaga ishora hisoblanadi?

A) nomusulmonlar – g‘ayridinlar qilgan nohaqliklar o‘tkinchi ekanligiga

B) kelajakda favqulodda kuch-qudrat va aql-idrok egasi bo‘lib kamol topishiga

C) onasining e’tiqodi salomatligiga, ishonch va umidi meva berganligiga

D) kelajakda har narsaga qodir ilmli imom va kuch-qudratli sarkarda bo‘lishiga

279. «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.

1) Uning «go‘r» – qabrda tug‘ilishi motivini asoslaydigan qarashlar ustuvorlik kasb etadi;

2) Uning «ko‘r otaning farzandi» ekanligiga urg‘u beradigan yo‘nalish ham mavjud;

3) Po‘lkan shoir variantida «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi ikkala

qarashning ham ta’siri ochiq seziladi;

4) Nomning «go‘r» va «ko‘r»dan tashqari «kur» o‘zagi ham mavjud bo‘lib,

bu narsa talqinda rang-barangliklardan birini tashkil etadi;

5) «Kur» o‘zagi alp, botir, mard, kar kabi ma’nolarni ifodalaydi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5

C) 1, 2, 3,4, 5 D) 1, 3, 4, 5

280.«Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida qaysi obrazning tengdoshlariga nisbatan sho‘xliklari, o‘zidan kattalarga ham tegajoqlik va zo‘ravonlik qilishi undagi alplik alomatlarining badiiy tasviri hisoblanadi?

A) Holmonning B) Rustambekning C) Gajdumbekning D) Go‘ro‘g‘lining

281. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida qaysi qahramon: «Rustam kelbatli, pahlavon, qo‘rqmas va jasur, o‘ziga ishongan podshoh. Uning mingan oti chin tulpor bo‘lib, uni quvib yetib bo‘lmas edi», – deya ta’riflanadi?

A) Shohdorxon B) Rayhon arab C) Go‘ro‘g‘li D) Odilxon

282. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida Rayhon arab qayerning podshosi

edi, unga yana qaysi mamlakatlar qarar edi?

A) Taka-Yovmitning, Zargar va Arabiston

B) Taka turkmanning, Iroq va Shirvon

C) Shirvonning, Iroq va Arabiston

D) Zargarning, Shirvon va Iroq

283.«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq

manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida kimlar katta o‘rin tutadi?

A) Bibi Hilol va Ravshanbek B) Gajdumbek va Rustambek

C) Xizr alayhissalom va chiltanlar D) Bibi Hilol va Rustambek

284. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida qaysi obraz: «Har nima bo‘lsa o‘ljangni birovga berma, mard ekansan, sen ham o‘g‘il ekansan, haloling bo‘lsin!» – deya Go‘ro‘g‘liga taslim bo‘ladi?

A) Rustambek B) Rayhon arab C) Gajdumbek D) Ahmadbek

285. «Go‘ro‘g‘lining tu g‘ilishi» dostonida qaysi obrazlar hali hayot tajribasiga ega bo‘lmagan qahramonga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o‘rgatadi?

A) chiltanlar va Xizr alayhissalom B) Gajdumbek va Rustambek

C) Bibi Hilol va Ravshanbek D) Bibi Hilol va Rustambek

286. Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga kelgan?

A) Koshg‘ar B) Bolasog‘un C) Sayram D) Taroz

287. Mahmud qayerdagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan?

A) Buxoro, Marv, Nishopur, Hirot, Bag‘dod

B) Samarqand, Buxoro, Marv, Hirot

C) Buxoro, Marv, Nishopur, Bag‘dod, Samarqand

D) Xiva, Buxoro, Marv, Nishopur, Samarqand

288. M. Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida qaysi xalqlar haqida:

«...shaharlari, qishloq va yaylovlarini, ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘otlarini

to‘pladim», – deydi?

A) o‘g‘uzlar, qipchoqlar, boshqirdlar, turkmanlar, chigillar, qozoqlar

B) turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar

C) turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlar

D) qipchoqlar, qarluqlar, qirg‘izlar, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar

289. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarning mazmunini toping.

Aqtirur ko‘zum yo‘laq,

Tushlanur o‘rdak, yug‘aq.

A) Ko‘zim yoshlari dengizday oqadi,

Hatto unda o‘rdak, turna kabi qushlar yig‘iladi, sh o‘ng‘ishadi.

B) Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,

Sho‘rligidan hatto unga o‘rdak, g‘oz kabi qushlar sho‘ng‘imaydilar.

C) Ko‘zim yo‘lingga zor, buloqqa yetolmagan,

Tusholmagan o‘rdak, oqqushday.

D) Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,

Hatto unda o‘rdak, oqqush kabi qushlar yig‘iladi, sh o‘ng‘ishadi.

290.«Devonu lug‘ot at-turk» yodgorligi vositasida biz nechanchi asrgacha

bo‘lgan adabiyotimizdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos

xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz?

A) IX asrgacha B) X asrgacha C) XI asrgacha D) XII asrgacha

291. «Devonu lug‘ot at-turk» asari haqidagi no‘to‘g‘ri ma’lumotni toping.

A) «Devon»da yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka

yo‘naltirish kabi qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalari mavjud.

B) «Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan

she’riy parchalar katta o‘rin tutadi.

C) «Devon»da ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar berilgan.

D) «Devon»da ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar keltirilib,

qit’alar bilan to‘ldirilgan.

292. Yusuf Amiriy qalamiga mansub munozarani toping.

A) «O‘q va Yoy» B) «Boz va Bulbul» C) «Binafsha va Chang» D) «Bang va Chog‘ir»

293. «Devon»dagi to‘rtliklar, asosan, qanday qofiyadoshlikka ega?

A) a-a-a-b B) a-b-a-b C) a-a-a-a D) a-a-b-a

294. «Devon»dagi «Qish bilan Bahor» munozarasida qaysi tasvir usuli ustunlik

qiladi?

A) o‘xshatish B) sifatlash C) jonlantirish D) qarshilantirish

295. «Alp Er To‘nga» marsiyasida keltirilgan turklarning qadimiy qahramoni

kim?


A) Alp Er To‘nga B) Barsg‘on C) Barman D) Siyovush

296. «Devon»dan olingan quyidagi parchada qaysi shahar haqida gap

ketgan?

«U sariqligiga ko‘ra mis shahri demakdir. Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi – Qazning eri Siyovush o‘ldirilgan. Majusiy otashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyovush o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning

mozori tepasiga to‘kadilar. Ularning odatlari shunday».

A) Qazvin shahri B) Dizro‘yin shahri C) Qum shahri D) Shohijon shahri

297.Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.

A) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya marsiya janrining bizgacha yetib

kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.

B) Marsiya, odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga bag‘ishlab yoziladi yoki to‘qiladi.

C) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya – og‘zaki ijod mahsuli hisoblanadi.

D) Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada Siyovushning faqat bek emas, balki «beklar begi» ekanligi aytiladi.

298. Quyidagi izohlar qaysi maqolga tegishli ekanligini toping.

«Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi».

Maqol mazmunan ikki qismga ajraladi. Bunda bir ishning amalga

oshirilishi uchun boshqa bir ishning sabab va bahona bo‘layotgani e’tiborga olinadi. Ayni mana shu holat inson tabiatidagi bir noloyiq xususiyatning kishi ko‘z o‘ngida aniq gavdalanishi uchun imkon beradi».

A) «Tag‘ig‘ uqruqin egmas, tengizni qayg‘iqin bukmas».B) «Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur».

C) «Anuq o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas». D) «Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti».

299. «Devonu lug‘ot at-turk»da Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy parchalar, qahramonlik qo‘shiqlarining jamlangani ham alohida e’tiborga molik bo‘lib, quyidagilardan qaysilar shular jumlasidandir?

A) «Bulnar meni ulas ko‘z...», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga» marsiyasi

B) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang»

C) «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga» marsiyasi

D) «Tangutlar bilan jang», «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Bulnar meni ulas ko‘z...»

300. «Devon»dagi xalq qo‘shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, qaysilari tez-tez ko‘zga tashlanadi?

1) o‘xshatish; 2) talmeh; 3) qiyoslash; 4) qarshilantirish;

5) jonlantirish; 6) ishtiqoq; 7) sifatlash.

A) 1, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 7 C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 6, 7

301. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kabi insoniy tuyg‘ular tabiatga nisbat berilsa, adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi nima deyiladi?

A) o‘xshatish B) sifatlash C) jonlashtirish D) epitet

302.«Devon»da qo‘shiqning qanday turlari uchraydi?

1) mehnat va marosim qo‘shiqlari;

2) hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;

3) dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;

4) mavsum qo‘shiqlari;

5) chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.

A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5

C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5

303. «Devon»da keltirilgan «Erdi ashin taturg‘an» she’rida kimning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlari ta’kidlanadi?

A) jasur qabila boshlig‘ining B) oshiqning C) marhumning D) ma’shuqaning

304. «Devon»da muallif adabiyotshunoslikka doir qanday adabiy parchalar haqida gapirib o‘tgan?

1) hikmatli so‘z; 2) saj’; 3) topishmoq; 4) rajaz; 5) nasr; 6) matal; 7) maqol.

A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 2, 3, 5, 6, 7 C) 1, 3, 4, 5, 7 D) 1, 2, 4, 5, 7

305. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozib tugatilgan?

A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida

B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni

C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida

D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni

306. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.

«Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida ... , ... , ... , ... va ... deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan sh«e’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, maqollardan keltirdim».

1) hikmatli so‘zlar; 2) saj; 3) maqollar; 4) rajaz; 5) nasr; 6) matal; 7) nazm.

A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6

307. Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismini toping.

A) Husayn ibn Mahmud Koshg‘ariy B) Muhammad ibn Mahmud Koshg‘ariy

C) Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad D) Husayn ibn Mahmud ibn Muhammad

308.Nechanchi asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san’ati rivojlanishining yangi pallasi boshlandi?

A) XII asrga kelib B) XI asrga kelib C) XIII asrga kelib D) XIV asrga kelib

309. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida muallif kitobning necha karra yozilgan (ko‘chirilgan)ligini va tuzatilganligini aytadi?

A) besh karra B) uch karra C) ikki karra D) to‘rt karra

310. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarda qaysi obrazning bulut ko‘tarilib, tuman tushib do‘l yog‘gani uchun chopib, sho‘xliklar qilgani ta’riflanadi?

Iqilachim erig bo‘ldi,

Erig bo‘lg‘u yen ko‘rdi.

Bulit o‘rub ko‘k o‘rtuldi,

Tuman turub to‘li yag‘di.

A) qizchaning B) o‘g‘ilchaning C) qo‘zichoqning D) otning

311. Quyidagilardan «Devon»da keltirilgan qaysi so‘z she’rga nisbatan qo‘llanadi?

A) lirika B) yir C) saj’ D) maqol

312. «Devon»da keltirilgan qaysi she’rda sho‘x, o‘ynoqi otning chopqirligi tasvirlanadi?

A) «Erdi ashin taturg‘an» B) «Bulnar meni ulas ko‘z»

C) «Iqilachim erik bo‘ldi» D) «Qish yay bila to‘qushti»

313. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»i haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni toping.

A) «Devon»dagi bir turkum qo‘shiqlar bevosita farzandlar va, umuman, jamiyat a’zolarining ma’naviy kamolotiga bag‘ishlangan.

B) «Devon»dagi she’riy parchalarning asosiy qismi xalq og‘zaki ijodi mahsulidir.

C) «Devon»dagi she’riy parchalar shakliga ko‘ra, asosan, ikkilik, to‘rtliklardan tashkil topgan.

D) «Devon»dagi marosim qo‘shiqlaridan birida qishning tugab, bahorning boshlanayotgani, oqar suvlarning ko‘paygani, havo iliy boshlagani hamda atrofdagi o‘t-o‘lanlarning ko‘karishi tavsif etilgan.

314. Tabiatdagi jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o‘xshatilib, unga qiyosiy holda aks ettirilgan «Qish yayg‘iru savlanur» misrasining ma’nosini toping.

A) «Qish yomg‘iri savalayapti». B) «Qish Bahorga qarab maqtanadi».

C) «Qish izg‘irini Bahorni savalay olmadi». D) «Qish yomg‘irni sevmaydi».

315. «Devon»dagi to‘rtliklarda qanday badiiy tasvir vositalari tez-tez qo‘llanadi?

A) o‘xshatish, sifatlash,jonlantirish, qarshilantirish, qiyoslar B) iyhom, takrir, tazod, mubolag‘a, ta’did

C) takrir, mubolag‘a, iyhom, istifhom, tazod D) istifhom, ta’did, ishtiqoq, tazod, iyhom

316. To‘nga Alp Er so‘zi qanday ma’no bildiradi?

A) turklarning eng kuchli bahodiri B) yo‘lbars kabi kuchli bahodir

C) to‘qson alpning eng kuchlisi D) burgut kabi kuchli bahodir

317. «Devon»dan olingan quyidagi parchada kim haqida gap ketgan? «U Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar butun Movarounnahrni turklar o‘lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizro‘yindir».

A) Siyovush B) Afrosiyob C) Qaz D) Barman

318. Marsiya nima?

A) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki nasriy asar.

B) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan dramatik asar.

C) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq.

D) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan hikoya yoki qissa.

319. Quyidagi qadimgi maqollar ichidan badnafslik haqidagi maqolni toping.

A) «Qul savi qalmas, Qag‘il bag‘i yazilmas».

B) «Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur».

C) «Erik erni yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘».

D) «O‘d kechar, kishi to‘ymas, yalinguq o‘g‘li mangu qalmas».

320. «Devon»da keltirilishicha, Qazvin so‘zining asli qanday ma’noni anglatadi?

A) qaz o‘yini – oqqush o‘ynaydigan joy B) qaz o‘yini – qiz o‘ynaydigan joy

C) qaz o‘yini – qor o‘ynaydigan joy D) qaz o‘yini – g‘oz o‘ynaydigan joy

321.«Devon»dagi she’riy parchalarning qaysi vaznda yozilganligi haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.

A) Faqat aruz vaznida yozilgan. B) Faqat barmoq vaznida yozilgan.

C) Asosan, barmoq vaznida, ayrim namunalar aruzning ba’zi ko‘rinishlariga muvofiq keladi.

D) Asosan, aruz vaznida, ayrim namunalar barmoqning ba’zi ko‘rinishlariga muvofiq keladi.

322. Mahmud Koshg‘ariy qaysi munozaraga oid ko‘plab to‘rtliklarni keltirgan, ammo ular asarning bir joyida emas, balki uning turli qismlarida har xil so‘zlarning izohiga dalil tarzida yoyilgan?

A) «Binafsha va Chang» B) «Bang va Chog‘ir» C) «Boz va Bulbul» D) «Qish va Bahor»

323. Qo‘shiq atamasi ilk marta Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qayd etilgan bo‘lib, muallif unga qanday izohlar bergan?

A) she’r, qasida B) maqom, ohang C) qo‘shug‘, kuy D) she’r, to‘rtlik

324. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi she’rda bir-birini yengishni istagan qaysi obrazlarning o‘zaro to‘qnashgani, bir-birlariga yomon ko‘z bilan qarashgani va bir-birlarini tutish uchun yaqinlashganlari tasvirlanadi?

«... ... bila to‘qushti,

Qing‘ir ko‘zun baqishti,

Tutashqali yaqishti,

Utg‘alimat o‘g‘rashur».

A) qish va yozni B) qish va bahorni C) yovuzlik va ezgulikni D) kun va tunni

325. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozila boshlangan?

A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni

C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni

326. Hozirda qaysi davlatda Barskon nomida daryo va dovon bor?

A) Qozog‘istonda B) Qirg‘izistonda C) Tojikistonda D) O‘zbekistonda

327. Nechanchi asrga kelib Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan?

A) IX asrga kelib B) X asrga kelib C) XI asrga kelib D) XII asrga kelib

328.«Devon»da muallif Barsg‘an kimning o‘g‘lining nomi ekanligini aytar ekan, «Barsg‘an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu shahardan», – deb yozadi?

A) Tamg‘ochxonning B) Bo‘riteginning C) Bug‘raxonning D) Afrosiyobning

329. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida turkiy so‘zlarning ma’nosini qaysi tilda izohlab bergan?

A) fors tilida B) arab tilida C) turk tilida D) hind tilida

330. Mahmud Koshg‘ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ‘ibotchisi sifatida qaysi til bilan «... ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib borayotgan turk tilini» ko‘klarga ko‘taradi?

A) arab tili bilan B) so‘g‘d tili bilan C) hind tili bilan D) fors tili bilan

331. Adabiyotda to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlar qaysilar?

A) ruboiy, tuyuq, to‘rtlik, fard B) to‘rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba

C) qit’a, to‘rtlik, ruboiy, tuyuq D) tuyuq, musamman, ruboiy

332. Munozara janri haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.

1) Munozara biror insonning vafoti munosabati bilan yoziladi;

2) Munozara asar qahramonlarining o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga

quriladi;

3) Munozara she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin;

4) Munozara asar qahramonlarining ta’rif va tavsifi asosiga quriladi;

5) Munozarada ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega

bo‘ladi;


6) Munozara faqat she’riy shaklda yaratiladi.

A) 2, 3, 5 B) 2, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6

333. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtliklaridan birida ko‘z yoshlarini nimaga o‘xshatadi?

A) dengizga B) daryoga C) yomg‘irga D) buloqqa

334. «Devonu lug‘ot at-turk»da qaysi buyuk tarixiy shaxsning o‘limi achchiq qismat, dahshatli fojia, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish sifatida baholanadi?

A) Siyovushning B) Afrosiyobning C) Qazning D) Barmanning

335.Sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadigan «Ardam bashi – til» maqolinining to‘g‘ri izohini toping.

A) «Odam boshiga keladigan balolarning boshi – til(da)dir». B) «Odob boshi, baxt boshi – til(da)dir».

C) «Odam boshi bo‘sh bo‘lsa, til ko‘p shovqin solar». D) «San’at, fazilatlarning boshi til(da)dir».

336. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlarini toping.

A) Buxoro, Isfijob (Sayram), Xo‘tan, O‘tror, Qashqar

B) Bolasog‘un, Qashqar, Isfijob (Sayram), Shosh, Buxoro

C) O‘tror, Shosh, Xo‘tan, Samarqand, Bolasog‘un

D) Isfijob (Sayram), O‘tror, Shosh, Bolasog‘un, Xo‘tan

337. Turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim kim?

A) Ahmad Yugnakiy B) Yusuf Xos Hojib C) Alisher Navoiy D) Mahmud Koshg‘ariy

338. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida tarixiy mavzuda kimlar bilan bo‘lgan janglar haqidagi parchalar mavjud?

A) qipchoqlar, tangutlar bilan B) yabog‘u (yobg‘u)lar, tangutlar bilan

C) o‘g‘uzlar, yabog‘u (yobg‘u)lar bilan D) turklar, o‘g‘uzlar bilan

339. «Devon»da nimalar bilan bog‘liq she’riy parchalar katta o‘rin tutadi?

A) turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq she’riy parchalar

B) turli insoniy kechinmalar talqini bilan bog‘liq she’riy parchalar

C) mehnat shavqi bilan bog‘liq she’riy parchalar

D) tabiat manzaralari go‘zalligi bilan bog‘liq she’riy parchalar

340. «Devon»dagi qaysi to‘rtlik boshdan oxirigacha jonlashtirishga tayanadi?

A) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi…» B) «Qish bilan Bahor»

C) «Bulnar meni ulas ko‘z» D) «Alp Er To‘nga o‘ldimu?..»

341. «Devon»da keltirilishicha, ba’zilar turk shaharlari chegarasini qayerdan boshlanishini aytadilar?

A) Marvash – Shohijondan B) Qum – Marvashdan

C) Qazvin – Shohijondan D) Qazvin – Qumdan



342. Alp Er To‘nga haqidagi marsiya qanday she’riy shaklda yozilgan?

A) g‘azal B) qasida C) murabba D) muxammas
Download 30.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling