А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Kreditning asosiy shakllari


Download 491.92 Kb.
bet12/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

3.2. Kreditning asosiy shakllari
Kreditning asosiy shakllari uning tarkibi va kredit munosabatlarining mohiyati bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Kredit tarkibiga kreditor, qarz oluvchi va qarzga olingan qiymat kiradi, uni kredit shakllarining xarakteriga bog‘liq holda ko‘rib chiqish mumkin: kreditor va qarz oluvchi, qarzga olingan qiymat bilan qarz oluvchining muayyan maqsadga qaratilgan talabi.
Kreditning asosiy shakllarini qarzga olingan qiymat asosida kreditning tovar shakli, kreditning pul shakli, kreditning aralash (tovar-pul) shakliga ajratish mumkin.
Kreditning tovar shakli tarixan pul shaklidan oldin mavjud bo‘lgan. Kredit qiymatning pul shakliga qadar mavjud bo‘lgan, ayriboshlash paytida tovarlar (teri, chorva mollari va boshqa predmetlar)dan ekvivalent sifatida foydalanilgan. Kreditor dastlab o‘zining iste’molidan ortiqcha predmetga ega bo‘lgan sub’ekt sifatida ishtirok etgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, er egasiga (dehqonga) yangi hosilni yig‘ib olgunga qadar don yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari shaklida kredit berilgan.
Zamonaviy amaliyotda kreditning tovar shakli kreditning asosini tashki etmaydi. Kreditning pul shakli uning asosiy shakli sifatida harakat qiladi, ammo amaliyotda kreditning tovar shakli ham qo‘llaniladi. Kreditning oxirgi shaklidan tovalarni sotish, buyumlarni yoki mulkni ijaraga olish (lizing uskunasi), to‘lovlarni qisman to‘lash shaklida foydalaniladi. Kreditor tovarga pul shaklida to‘lovlarni qisman to‘lashda kreditga bo‘lgan talabga duch keladi. Bu holatda kreditning tovar shakli harakatda bo‘ladi, uning harakati kreditning pul shaklida namoyon bo‘ladi.
Kreditning pul shakli - zamonaviy xo‘jalikda o‘ziga xos shaklga ega. Pul - tovar qiymatga ayirboshlanganda, muomala va to‘lov vositalarida umumiy ekvivalent sifatida ishtirok etadi. Hukumat, fuqaro va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kreditning bu shaklidan tashqi iqtisodiy aylanmada foydalanadilar.
Kreditning tovar va pul shakllari bilan bir qatorda uning aralash shakli ham qo‘llaniladi. Kreditning tovar va pul shakli bir vaqtning o‘zida harakat qilganda uning aralash shakli yuzaga keladi. Qimmat turadigan uskunani sotib olish uchun nafaqat kreditning lizing shakli, hatto uning pul shakli ham sotib olingan texnikani o‘rnatishda va sozlashda talab qilinadi.
Kredit nafaqat mablag‘lardan vaqtinchalik foydalanish bosqichida, hatto boshqa bosqichlarda ham muayyan natijaga erishadi (masalan, qarzga olingan qiymatni qaytarishda). Agar kredit pul shaklida berilib, pul shaklida qaytarib berish talab etilsa, u holda bu kelishuv kreditning pul shakli deb yuritiladi. Kreditning tovar shaklini faqat kredit kelishuvida tan olish mumkin, bunda mablag‘larni qarzga berish va ularni qaytarib berish jarayonida tovarning qiymat shakli paydo bo‘ladi.
Agar kredit tovar shaklida berilgan bo‘lib, u pul yoki tovar shaklida qaytarib berilgan bo‘lsa, u holda kreditning aralash shakli paydo bo‘ladi.
Kreditning aralash (tovar-pul) shakli rivojlangan davlatlarning iqtisodiyotida tez-tez uchraydi. Ichki iqtisodiyotda to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali tovarlarni sotish kreditni pul shaklida asta-sekin qaytarib olish holati sodir bo‘ladi.
Kredit kelishuvida kreditning bank krediti shakli, xo‘jalik (tijorat) shakli, davlat shakli, xalqaro shakli, fuqarolik (xususiy, shaxsiy) shakli ishtirok etadi. Kredit kelishuvida ham kreditor ham qarz oluvchi birgalikda, teng huquqli sub’ektlar sifatida qatnashadi. Kreditor ssudani taklif etadi, qarz oluvchi esa ssudani talab qiladi.
Agar bank tomonidan, masalan, aholiga kredit berilsa, jismoniy shaxs o‘zining jamg‘armasini bankdagi depozitlarga joylashtirsa, u holda ishtirokchilar tarkibi shakllanadi. Har ikki tomon ham birgalikda turlicha holatda bo‘ladi: birinchi holatda bank kreditor, ikkinchi holatda esa u qarz oluvchi sifatida xizmat qiladi va o‘z navbatida, jismoniy shaxs birinchi holatda qarz oluvchi, ikkinchi holatda esa kreditor sifatida ishtirok etadi. Bunda kreditor bilan qarz oluvchining o‘rni almashadi, ya’ni kreditor qarz oluvchi, qarz oluvchi esa kreditor sifatida shakllanadi. Bu holatda kreditning shakli bir-biriga o‘zaro o‘rin almashadi.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling